Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishlarda xorijiy avtotashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishlarda xorijiy avtotashuvchilar uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlarni, hamda avtomobil transportida eksport-import yuklarni uzluksiz tashishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi diplomatik kanallar orqali xorijiy davlatlarning elchixonalari, konsulliklari va vakolatxonalarini mazkur qaror qoidalari toʻgʻrisida xabardor qilsin.
3. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari ― “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-dekabr,
1022-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1022-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshisidagi “3” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) davlat tilidagi matn 6-bandining beshinchi xatboshidagi “besh foizdan ortiq boʻlganda” soʻzlari “besh foizgacha boʻlganda (besh foiz ham qoʻshilgan holda)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali chet el fuqarolari va fuqaroligi yoʻq shaxslarning tranzit oʻtish qoidalarining 8-bandida:
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“mazkur bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan talablar Oʻzbekiston Respublikasi chegaralari orqali safar yoʻnalishi qayd etilgan avtotransport vositasida (tunash uchun qayta butlangan yer usti avtotransport vositasida) turistik (notijorat) maqsadlarda tranzit oʻtayotgan chet el fuqarolariga tatbiq etilmaydi”;
b) ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshisi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali alohida yuklar va harbiy boʻlinmalar tranzitini davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda):
a) 5-bandning uchinchi xatboshiga “Mudofaa vaziri” soʻzlaridan keyin “u boʻlmagan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan” soʻzlari qoʻshilsin;
4-bandga “Mudofaa vaziri” soʻzlaridan keyin “u boʻlmagan taqdirda ― Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari qoʻshilsin;
12-banddagi “uch” va “oʻn kun” soʻzlari tegishli ravishda “ikki” va “yetti kun” soʻzlari bilan almashtirilsin:
13-banddagi “oʻn besh” soʻzlari “oʻn” soʻzi bilan almashtirilsin;
15-bandning birinchi xatboshidagi “oʻttiz” soʻzi “yigirma” soʻzi bilan almashtirilsin;
16-bandning ikkinchi xatboshidagi “ikki kun” soʻzlari “bir kun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Tranzit uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati u imzolangan sanadan boshlab uch oyni tashkil etadi”;
ikkinchi xatboshidagi “oʻn kun” va “uch” soʻzlari tegishli ravishda “yetti kun” va “ikki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “uch kun” soʻzi “ikki kun” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yoʻlovchilar va yuk tashishlarini amalga oshirishni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita litsenziya talabgori tomonidan yoxud ular olinganligini tasdiqlovchi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda yetkazib beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, ularning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana koʻrsatilgan holda zudlik bilan ariza beruvchiga topshiriladi (yuboriladi)”.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 633-sonli qaroriga asosan 6-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 10-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/633/0915-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1022/2328-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son; 09.10.2025-y., 09/25/633/0915-son)