1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.11.00 Oʻzbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini tashkil etish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishini taʼminlash boʻyicha kompleks choralar qabul qilindi.
Fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini monitoring qilishning taʼsirchan mexanizmlari ishlab chiqildi, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar inson huquq va erkinliklarini taʼminlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro norma va standartlarni samarali amalga oshirish zaruratini tugʻdirmoqda.
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyati samaradorligini oshirish, inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarishning taʼsirchan tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:
1. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish)]
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini, milliy maʼruzalar tayyorlanishini, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni taʼminlovchi davlat organi hisoblanadi;
Markaz oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Markaz har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;
Markaz davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, taʼlim, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish masalalari boʻyicha koʻmaklashadi;
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish)]
inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, ushbu sohadagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha davlat organlari faoliyatiga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish)]
inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini oʻrganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish)]
Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish boʻyicha milliy maʼruzalar tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha milliy harakat rejalarini (“yoʻl xaritalari”ni) ishlab chiqish;
normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilishni taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish masalalari boʻyicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlarga maslahat berish funksiyasini amalga oshirish va ularga amaliy koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
inson huquqlari sohasida aholining huquqiy savodxonligini oshirishga koʻmaklashish, inson huquqlariga rioya qilish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazani tizimlashtirish, oʻquv, ilmiy-uslubiy va ommabop nashrlar hamda xalqaro shartnomalarning davlat tilidagi toʻplamlari doimiy chop etilishini taʼminlash;
inson huquqlarini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xronologiyasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari boʻyicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
3. Inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarishda faol va bevosita ishtirok etish, idoralararo hamkorlik qilish inson huquqlarini himoya qilish sohasida davlat organlari, shu jumladan sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri etib belgilansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
4. Inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarishga aloqador vazirliklar, idoralar, boshqa davlat organlari Markaz bilan doimiy hamkorlik qilish, uning soʻroviga koʻra inson huquqlari sohasida tegishli axborot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish uchun masʼul tuzilmalar va mansabdor shaxslarni belgilasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.04;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.05 Oliy Majlis Senati qoʻmitalari va komissiyalari;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.05 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalari;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish)]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga:
inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish boʻyicha milliy maʼruzalar loyihalarining muhokamalarini oʻzlarining qoʻmita va komissiyalarida oʻtkazish;
inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish boʻyicha milliy maʼruzalarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustav va shartnomaviy organlarida koʻrib chiqish yakunlarini zaruratga qarab eshitish;
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha milliy harakat rejalarini (“yoʻl xaritalari”ni) tasdiqlash tavsiya qilinsin.
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga rioya qilish va ularni cheklash masalalari boʻyicha qonun loyihalari Markaz bilan majburiy ravishda kelishiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.05 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.06.00 Xalqaro kongresslar. Konferensiyalar]
6. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, oʻzaro anglashuv va hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzish, qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, inson huquqlari masalalari boʻyicha xalqaro forumlarda muntazam ishtirok etishni nazarda tutuvchi Markazning xalqaro hamkorligini rivojlantirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqsin.
boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 41 nafar kishidan iborat Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining yangilangan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Markaz xodimlarining mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash razryadlari 3-ilovaga muvofiq;
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
Markazni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor boshqaradi;
Markaz direktori uning taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikkita oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega;
Markaz direktori maqomi, tibbiy va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha vazirga, direktorning birinchi oʻrinbosari vazirning birinchi oʻrinbosariga, direktor oʻrinbosari vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.05.00 Davlat xizmatchilari xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari (shuningdek, 02.06.00.00 ga qarang)]
Markaz xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan maxsus unvon — martaba darajalari beriladi hamda martaba darajalari uchun ustama toʻlanadi;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra Markaz xodimlari lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 2 baravar koʻpaytirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
9. Markaz direktoriga:
zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy belgilangan soni doirasida oʻzgartirish kiritish;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
belgilangan mehnatga haq toʻlash fondidan tejab qolingan mablagʻlarni, shuningdek, tasdiqlangan shtatlar jadvalida nazarda tutilgan birliklar toʻldirilmaganligi sababli boʻshab qolgan mablagʻlarni Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun sarflash;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
Markaz zimmasiga yuklangan vazifalar ijrosini taʼminlash doirasida maslahatchi sifatida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, ilmiy-tadqiqot muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, belgilangan tartibda xalqaro va xorijiy tashkilotlar ekspertlarini jalb etish huquqi berilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
respublika budjetidan Markaz xodimlari lavozim maoshi miqdorining oshishi, ularga ustama va qoʻshimcha haqlar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur miqdorda mablagʻ ajratsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish]
2019-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Markaz xodimlarining ish haqi fondini oshirilgan miqdorda moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Markazga asoslangan hisob-kitoblarga koʻra moddiy-texnik bazasini shakllantirishga zarur boʻlgan asbob-uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish hamda maʼmuriy binoni taʼmirlash uchun mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin;
Markazga xizmat koʻrsatish uchun uchta shaxsan biriktirilgan va bitta navbatchi avtomobilni taʼminlab turish uchun zarur limitlar ajratsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
11. Markaz Toshkent shahar, Islom Karimov koʻchasi, 15-uyga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.09.00 Hukumat va boshqa turdagi maxsus aloqalar. Feldyegerlik aloqasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Markazni aloqaning zarur vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan hamda butunjahon Internet axborot tarmogʻidan keng polosali foydalanishni taʼminlashga koʻmaklashsin, shuningdek, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda videokonferensiyalar, internet-forumlar va telekoʻpriklar oʻtkazishda zarur texnik yordam koʻrsatsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudining statistik axborotlari majburiy joʻnatmalar reyestriga;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritilsin.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
14. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-dekabr,
PQ-4056-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qaroriga 1-ILOVA
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining
TASHKILIY TUZILMASI
Direktor
Yordamchi
Direktorning birinchi oʻrinbosari
Direktor oʻrinbosari
Inson huquqlari sohasidagi tahlil va tadqiqotlar boʻlimi
4
Inson huquqlari boʻyicha xalqaro hamkorlik boʻlimi
5
Inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarni implementatsiya qilish boʻlimi
4
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi
4
Bosh yuriskonsult
1
Matbuot xizmati
3
Inson huquqlari sohasidagi taʼlim va maʼrifat boʻlimi
4
Tahririyat-nashriyot boʻlimi
2
“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati
Umumiy boʻlim
3
Hisob-kitob boʻlimi
2
Axborot-resurs multimedia boʻlimi
3
Inson huquqlari boʻyicha axborot-kutubxona markazi — “Inson huquqlari uyi”
2
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 41 nafar.
Izoh: texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning soni meʼyorlar boʻyicha belgilanadi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qaroriga 2-ILOVA
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Markaz inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini, milliy maʼruzalar tayyorlanishini, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni taʼminlovchi davlat organi hisoblanadi.
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Markaz oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
5. Markaz har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
6. Markaz davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, taʼlim, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish masalalari boʻyicha koʻmaklashadi.
7. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
8. Markazning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq — Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, qisqartirilgani — Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz;
b) rus tilida:
toʻliq — Natsionalniy sentr Respubliki Uzbekistan po pravam cheloveka, qisqartirilgani — Natsionalniy sentr po pravam cheloveka;
v) ingliz tilida:
toʻliq — National Centre of the Republic of Uzbekistan for Human Rights, qisqartirilgani — National Centre for Human Rights.
9. Markaz yuridik shaxs hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida gʻazna hisob raqamlariga, milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi.
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, ushbu sohadagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha davlat organlari faoliyatiga koʻmaklashish;
inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini oʻrganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish;
Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish boʻyicha milliy maʼruzalar tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha milliy harakat rejalarini (“yoʻl xaritalari”ni) ishlab chiqish;
normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilishni taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish masalalari boʻyicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlarga maslahat berish funksiyasini amalga oshirish va ularga amaliy koʻmaklashish;
inson huquqlari sohasida aholi huquqiy savodxonligini oshirishga koʻmaklashish, inson huquqlariga rioya qilish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish.
11. Markaz oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, ushbu sohadagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha davlat organlari faoliyatiga koʻmaklashish sohasida:
inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xorijiy davlatlarning inson huquqlari toʻgʻrisidagi hisobotlarida taqdim etilgan maʼlumotlarga sharhlar tayyorlaydi;
inson huquq va erkinliklarini ragʻbatlantirish va himoya qilish, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlarning takliflarini toʻplash va umumlashtirishni amalga oshiradi;
inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya qilish masalalari boʻyicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining axborotlarini tinglaydi;
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tuzilmalardan kelib tushadigan individual murojaatlar boʻyicha tegishli choralar koʻradi;
inson huquqlari, shuningdek, inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarni qoʻllash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining yakdil nuqtai nazarini shakllantirishga koʻmaklashadi;
b) inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini oʻrganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish sohasida:
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini davlat organlari tomonidan bajarilishi masalalari boʻyicha maʼlumot toʻplashni amalga oshiradi;
inson huquqlari sohasidagi qonunchilikka, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalariga davlat organlarining rioya qilish holatini tizimli tahlil qiladi va umumlashtiradi;
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tuzilmalar tavsiyalarini, shuningdek, tegishli davlat organlari va tashkilotlarning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarishning, shu jumladan maʼlumotlar bazasidan foydalanish orqali milliy harakat rejalarini amalga oshirish boʻyicha yaxlit uslubiyotni ishlab chiqadi va monitoringini amalga oshiradi;
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini bajarish boʻyicha davlat organlari faoliyati samaradorligini baholaydi;
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tuzilmalardan kelib tushadigan individual murojaatlarni davlat organlari tomonidan koʻrib chiqishning tizimli monitoringini amalga oshiradi;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi, shuningdek, ularning hal qilinishi monitoringi va tahlilini oʻtkazishni amalga oshiradi;
v) Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish boʻyicha milliy maʼruzalar tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha milliy harakat rejalarini (“yoʻl xaritalari”ni) ishlab chiqish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari taʼminlanishi holati toʻgʻrisidagi hisobotlarni har yili chop etadi;
milliy maʼruzalar tayyorlash jarayonlarini standartlashtirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining axborot va maʼlumotlarini yigʻishni muvofiqlashtirish boʻyicha choralar koʻradi;
inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarni bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy maʼruzalarini tayyorlash va taqdim etish jarayoniga inson huquqlari koʻrsatkichlarini moslashtirish va tatbiq qilish boʻyicha choralar koʻradi;
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida BMTning ustav va shartnomaviy organlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining asosiy, milliy va davriy maʼruzalarini oʻz vaqtida va sifatli tayyorlashni taʼminlaydi;
BMTning ustav va shartnomaviy organlari tavsiyalarini bajarish toʻgʻrisida oraliq axborotlar taqdim qiladi;
BMTning ustav va shartnomaviy organlari tavsiyalarini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy maʼruzalari loyihalari muhokamasi yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan muntazam muvofiqlashtiruvchi kengashlar oʻtkazadi;
davlat organlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy maʼruzalari loyihalarining muhokamasini oʻz vaqtida oʻtkazishni taʼminlaydi;
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tuzilmalarga Oʻzbekiston Respublikasining milliy maʼruzalarini yuboradi va ularni BMTning ustav va shartnomaviy organlariga taqdim qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli milliy va davriy hisobotlarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha BMT ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini koʻrib chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari boʻyicha milliy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha BMT ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini davlat tiliga tarjima qilish va manfaatdor davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga oʻz vaqtida joʻnatishni taʼminlaydi;
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning yakuniy taklif va tavsiyalarini koʻrib chiqish va bajarish boʻyicha davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini metodik boshqarishni hamda ularning samarali hamkorligini taʼminlaydi;
manfaatdor davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan milliy harakat rejalarini (“yoʻl xaritalari”ni) ishlab chiqish boʻyicha maslahatlashuv oʻtkazadi;
BMTning ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajarish boʻyicha milliy harakat rejalarini (“yoʻl xaritalari”ni) ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlash uchun taqdim qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli davriy hisobotlarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha BMTning ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajarish boʻyicha tasdiqlangan milliy harakat rejalari (“yoʻl xaritalari”) masʼul ijrochilarga yetkazilishini taʼminlaydi;
BMTning ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajarish boʻyicha milliy harakat rejalari ijrosi masalalari yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari uchun metodik tavsiyalar tayyorlaydi;
inson huquq va erkinliklariga rioya qilish va ularni himoya qilishni taʼminlash sohasidagi ilgʻor oʻzgarishlarni tavsiflovchi inson huquqlari boʻyicha axborot-tahlil va statistik maʼlumotlarning yagona bazasini shakllantiradi;
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar tavsiyalarining yagona maʼlumotlar bazasini ishlab chiqadi va uning ishlashini taʼminlaydi;
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet xalqaro axborot tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarining taʼminlanishi holati haqidagi xolis axborotning chop etilishini tashkillashtiradi;
g) normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilishni taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash sohasida;
inson huquqlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning doimiy tahlilini amalga oshiradi va inson huquqlari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning xalqaro standart va tavsiyalarini, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarning milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilinishini taʼminlash choralarini ishlab chiqadi;
inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish va tegishli davlat organlari tomonidan ularning amaliy ijrosi boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
inson huquqlari va erkinliklari masalalari boʻyicha qonun loyihalarining ishlab chiqilishi va muhokamasida ishtirok etadi;
inson huquqlari masalalari boʻyicha qonun loyihalarini tayyorlash tashabbuslari bilan chiqadi va ularning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan keng muhokamasini oʻtkazadi, shuningdek, ularni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga kiritadi;
d) inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish masalalari boʻyicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlarga maslahat berish funksiyasini amalga oshirish va ularga amaliy koʻmaklashish sohasida:
inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari borasida davlat organlari xodimlarining salohiyatini oshirish boʻyicha choralar koʻradi;
inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish sohasida davlat organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishiga toʻsqinlik qiluvchi sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish ishlari samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni tashkil etadi;
inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda koʻmaklashadi;
e) inson huquqlari sohasida aholi huquqiy savodxonligini oshirishga koʻmaklashish, inson huquqlariga rioya qilish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini amalga oshirish sohasida:
inson huquqlari va erkinliklari masalalari boʻyicha maʼrifat va taʼlim tizimini takomillashtirishga yordam koʻrsatib, jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan milliy dasturlar va harakat rejalarini ishlab chiqadi;
inson huquqlari boʻyicha adabiyotlar, telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar tayyorlaydi va taqdim qiladi;
inson huquqlari masalalari boʻyicha davlat organlari xodimlarini oʻqitish va ularning malakasini oshirishning samarali mexanizmlarini va tartibini shakllantiradi;
BMTning ustav va shartnomaviy organlariga inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasi milliy maʼruzalarini, muqobil maʼruzalarni, inson huquqlari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar soʻrovlariga javoblarni tayyorlash asoslari yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini ishlab chiqadi va olib boradi;
oʻqitishni tashkil etish uchun oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, xorijiy mutaxassislarni jalb etadi;
inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish masalalari boʻyicha axborot-maʼrifiy kampaniyalar, seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, jamoat maslahatlashuvlarini oʻtkazadi;
inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazadi, inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarni amalga oshirishda xalqaro va xorijiy tajriba yuzasidan ilmiy-tahliliy materiallarni oʻrganadi va tayyorlaydi;
inson huquqlari masalalari boʻyicha ilmiy-texnik grant va loyihalarning amalga oshirilishida ishtirok etadi, Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar faoliyatidagi ishtiroki samaradorligini ilmiy tahlil qiladi va baholaydi;
noshirlik faoliyatini olib boradi, “Demokratlashtirish va inson huquqlari” ilmiy-davriy nashrini hamda inson huquqlari boʻyicha boshqa bosma mahsulotlarni chop etadi;
j) inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish sohasida:
Inson huquqlari boʻyicha BMT Oliy komissari boshqarmasi, BMT tizimidagi dasturlar, fondlar va ixtisoslashtirilgan muassasalar, Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan inson huquqlariga rioya qilish, ularni himoya qilish va ragʻbatlantirish masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi;
inson huquqlari masalalari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi;
inson huquqlari sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro saʼy-harakatlarni faollashtirishga yoʻnaltirilgan tashabbuslarini xalqaro tashkilotlarda ilgari surish boʻyicha choralarni ishlab chiqadi;
inson huquqlari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, boshqa nohukumat huquqni muhofaza qilish tashkilotlari ishida qatnashadi;
inson huquqlari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga koʻmaklashadi;
xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi va hisobot hamda kelgusi harakatlar masalalari boʻyicha tajriba almashadi;
davlat organlarini inson huquq va erkinliklarining samarali himoyasi borasidagi xalqaro standartlar va ilgʻor amaliyot bilan tanishtirish maqsadida xalqaro va xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro va (yoki) mintaqaviy tadbirlar tashkil etadi;
inson huquqlari sohasida qonunchilik, taʼlim va maʼrifiy masalalarni takomillashtirish, davlat organlarining huquqni qoʻllash faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etishni tashkillashtirish yuzasidan tajriba almashish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
3-bob. Markazning huquqlari va majburiyatlari
1 §. Markazning huquqlari
12. Markaz oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlari, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil muassasalari, boshqa tashkilotlardan Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha axborot, statistik va boshqa material hamda maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat statistika organlaridan Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha zarur statistik axborotni bepul asosda olish;
oʻz vakolatlarini amalga oshirishda davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish;
inson huquqlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan hamkorlik qilish;
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
inson huquqlari masalalari boʻyicha Oliy Majlis palatalari, Oliy Majlis qoʻmita va komissiyalari, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar hayʼatlari, Oliy sud Plenumi, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi, ilmiy va taʼlim muassasalarining ilmiy kengashlari yigʻilishlarida ishtirok etish;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini taʼminlash va himoya qilish muammolari boʻyicha davlat organlari, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari oʻtkazadigan yigʻilishlar, anjumanlar va seminarlarda ishtirok etish uchun oʻz vakillarini yuborish;
jazoni ijro etish muassasalariga, qamoqda saqlash joylariga va maxsus qabulxonalarga moneliksiz kirish;
inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish, shuningdek, Markaz vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi koʻrib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish;
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qaroriga asosan oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
davlat organlari, huquqni muhofaza qilish tuzilmalari, shu jumladan jazoni ijro etish muassasalari, ilmiy va taʼlim muassasalari hamda boshqa tuzilmalarda inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha faoliyat amaliyotini joylarda bevosita oʻrganish;
inson huquqlarining buzilishi aniqlangan holatlarda vakolatli davlat organlari tomonidan inson huquqlari buzilganligi haqidagi maʼlumotlar tekshiruvini uyushtirish;
inson huquqlari masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va takomillashtirish monitoringini amalga oshirish, ularni takomillashtirish va amaliyotga tatbiq etish shakllari boʻyicha tavsiyalar taqdim etish;
manfaatdor tashkilotlarga inson huquqlariga rioya etilishini, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari tiklanishini taʼminlash boʻyicha tavsiya berish;
davlat organlari, ilmiy va taʼlim muassasalarining axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish;
davlat organlariga fuqarolarning shikoyatlarini koʻrib chiqish va tahlil qilish, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini monitoring qilish jarayonida aniqlangan qonun buzilishini bartaraf etish, inson huquq va erkinliklarining buzilishiga olib keladigan holatlarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish toʻgʻrisida tavsiyalarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
Markaz vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha xalqaro maydonda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifoda etish;
Markaz vakolatiga taalluqli masalalarni tashkil etish va hal etish uchun davlat organlari va tashkilotlarining yetakchi olimlar va yuqori malakali mutaxassislari orasidan ishchi va ekspert guruhlar tuzish;
inson huquq va erkinliklarini ragʻbatlantirish va himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish doirasida inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda kompleks chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqish, shuningdek, ularni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etish;
inson huquqlarini ragʻbatlantirish va himoya qilish masalalarini amalga oshirishga oid davlat buyurtmasiga muvofiq ushbu masalalar boʻyicha loyihalarni tanlash uchun tanlovlar eʼlon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;
davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahliliy muassasalar xodimlari, taʼlim muassasalari olimlari va oʻqituvchilarini milliy ekspertlar sifatida ilmiy va innovatsion tadqiqotlarga jalb etish;
Markaz vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha “davra suhbatlari”, konferensiya va seminarlar tashkil qilish va oʻtkazish;
xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari bilan inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklariga rioya etish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish;
noshirlik faoliyatini belgilangan tartibda olib borish, davriy ilmiy-amaliy nashrlar chiqarish;
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida hisob raqamlar ochish va ular boʻyicha tegishli operatsiyalarni oʻtkazish;
Markazning moddiy-texnika bazasini va ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
qonunda belgilangan tartibda budjet mablagʻlaridan, shu jumladan Markaz tomonidan grantlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar sifatida olinadigan valyuta mablagʻlaridan foydalanish.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
2 §. Markazning majburiyatlari
13. Markaz quyidagilar uchun masʼuldir:
Markazga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish boʻyicha dasturlar, tadbir rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa hujjatlarni amalga oshirishni tashkil qilish.
4-bob. Markaz tuzilmasi va uning faoliyatini tashkil etish
14. Markazning asosiy tarkibiy boʻlinmalari muayyan muammolarni hal etish uchun tuzilgan boʻlimlar hisoblanadi.
15. Markazni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor boshqaradi.
16. Direktorning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari Markaz direktori taqdimnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
17. Direktor joyida boʻlmagan davrda uning vakolatlarini bajarish Direktorning birinchi oʻrinbosari tomonidan, u boʻlmaganida esa direktorning buyrugʻiga muvofiq boshqa oʻrinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
18. Markaz direktori maqomi, tibbiy va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha vazirga, direktorning birinchi oʻrinbosari vazirning birinchi oʻrinbosariga, direktor oʻrinbosari vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
19. Markaz xodimlari Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
20. Markaz direktori, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari, shuningdek, Markaz boʻlimlari boshliqlariga tibbiy xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Bosh tibbiy boshqarmasining muassasalarida amalga oshiriladi.
21. Markaz xodimlariga egallagan lavozimlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan quyidagi eng yuqori maxsus unvonlar — martaba darajalari beriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi — Markaz direktoriga;
1-darajali davlat adliya maslahatchisi — Markaz direktorining birinchi oʻrinbosariga;
2-darajali davlat adliya maslahatchisi — Markaz direktori oʻrinbosariga;
2-darajali adliya maslahatchisi — Markazning boʻlim boshliqlariga, direktori yordamchisiga, bosh buxgalterga;
3-darajali adliya maslahatchisi — Markazning bosh mutaxassislariga, bosh yuriskonsultiga, kadrlar boʻyicha bosh inspektoriga, matbuot kotibiga;
1-darajali yurist — Markazning yetakchi mutaxassislariga.
Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi, 1 va 2-darajali davlat adliya maslahatchilari martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
2 va 3-darajali adliya maslahatchilari, shuningdek, 1-darajali yurist martaba darajalari Markaz direktori taqdimnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan beriladi.
Markaz xodimlariga martaba darajalarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri va Markaz direktorining qoʻshma buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizom.
211. Yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan, Markaz faoliyatining samaradorligini oshirishga hissa qoʻshayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yillik mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi (keyingi oʻrinlarda — Maxsus fond) tashkil etiladi.
Bunda:
Maxsus fond mablagʻlari Markaz direktorining buyrugʻiga binoan Markazning boshqaruv, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga ularning mehnatga haq toʻlash fondining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik ustamalar belgilash uchun yoʻnaltiriladi;
Maxsus fond mablagʻlaridan foydalanish tartibi, shuningdek, Markaz xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlari Markaz direktori tomonidan belgilanadi.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
22. Markaz xodimlariga martaba darajalari uchun ustama toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Markaz xodimlari uchun avvalgi ish joyida harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun berilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar saqlab qolinadi. Bunda, qonun hujjatlariga asosan xodimning oldingi ish joyi boʻyicha mazkur Farmonda belgilangan miqdordan yuqoriroq ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar belgilangan taqdirda, ushbu toʻlovlarni toʻlash yuqoriroq miqdor boʻyicha amalga oshiriladi.
Markazda ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni (martaba darajalarini, malaka toifalarini, diplomatik darajalarni va boshqalarni) olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 06/20/6012/0953-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 15-bobi.
Markazda amalda boʻlgan mehnat sharoitlari hisobga olingan hamda lavozim maoshi va boshqa toʻlovlar miqdorlari inobatga olingan holda avvalgi ish joyi boʻyicha xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralari;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 06/20/6012/0953-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilangan lavozim maoshlariga 20 foizli qoʻshimcha haq;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 16-avgustdagi PF-1213-son “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan belgilangan mehnat haqi yillik fondining 15 foizi miqdoridagi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilangan ikki oylik mehnat haqi fondi miqdorida yillik mukofotlash va oylik mehnat haqi miqdorida yillik moddiy yordam saqlab qolinadi.
231. Markaz xodimlarining, shu jumladan yordamchi xodimlarning lavozim maoshiga ragʻbatlantirish koeffitsiyenti va Maxsus fonddan har oylik ustamalar hisobga olingan holda, davlat organlaridagi koʻp yillik mehnati uchun 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan 20 yilgacha — 0,4; 20 yildan ortiq — 0,5 koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar toʻlanadi. Bunda, qonunchilik hujjatlariga asosan xodimning oldingi ish joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6012-son Farmonida belgilangan miqdordan yuqoriroq ustama belgilangan taqdirda, mazkur ustama yuqoriroq miqdor boʻyicha toʻlanadi.
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
232. Markaz xodimlarining lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qoʻshimcha haq toʻlanadi.
233. Mazkur Nizomning 231, 232va 24-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati xodimlariga nisbatan ham toʻliq qoʻllaniladi”.
(231 — 233-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 06/20/6012/0953-son)
24. Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra Markaz xodimlari lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 2 baravar koʻpaytirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 06/20/6012/0953-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
25. Markaz xodimlarining huquq va majburiyatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, lavozim yoʻriqnomalari, Markazda amalda boʻlgan nizomlar, yoʻriqnomalar, ichki mehnat tartib qoidalariga, jamoaviy va mehnat shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
26. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan oʻz blankiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qaroriga 3-ILOVA
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari
Lavozimning nomlanishi
Mehnatga haq toʻlash razryadlari
Direktor
19
Direktorning birinchi oʻrinbosari
18
Direktor oʻrinbosari
17
Matbuot kotibi
17
Direktor yordamchisi
15
Boʻlim boshligʻi
15
Bosh buxgalter
15
Bosh yuriskonsult
14
Bosh mutaxassis
12
Kadrlar boʻyicha bosh inspektor
12
Yetakchi mutaxassis
11
1-toifali ish yurituvchi
8
2-toifali ish yurituvchi
7
Gʻaznachi
7
Xoʻjalik ishlari mudiri
7
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qaroriga 4-ILOVA
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR
T/r
Chora-tadbirlarning nomlanishi
Amalga oshirish shakli
Ijro muddatlari
Masʼul
ijrochilar
I. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining faoliyatini huquqiy tartibga solish
1.
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Buyruq
2019-yil
1-yanvargacha
IHMM (A. Saidov)
2.
Markaz xodimlariga martaba darajalarini berish tartibini tasdiqlash.
Qoʻshma buyruq
2019-yil
1-yanvargacha
IHMM (A. Saidov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
3.
Amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2019-yil
1-fevralgacha
IHMM (A. Saidov), Adliya vazirligi (R. Davletov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
4.
Markazni rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika miqyosidagi boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2019-yil
1-fevralgacha
IHMM (A. Saidov),
IIV (P. Bobojonov)
5.
Inson huquqlari sohasida davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini oʻqitishni amalga oshirish, shuningdek, aholining ongini oshirish tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2019-yil
1-maygacha
IHMM (A. Saidov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
II. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining samaradorligini oshirish
6.
Markaz saytini modernizatsiya qilish va quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutish:
Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlarini amalga oshirish va rivojlantirish boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasi uchun platforma yaratish;
vebinarlar, onlayn uchrashuvlar va translyatsiyalar oʻtkazish;
elektron kutubxonalardan foydalanish;
Markazning jurnallarini elektron koʻrinishda nashr etish;
ijtimoiy tarmoqlarda Markaz sahifalarini yaratish.
Chora-tadbirlar rejasi
2019-yil
1-martgacha
IHMM (A. Saidov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)
7.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan videokonferens aloqadan foydalangan holda Markazning axborot-maʼrifat tadbirlarini tashkil etish uchun Markazni “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga ulash.
Chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-martgacha
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)
8.
Markazni zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan, Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishini professional darajada taʼminlay oladigan yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-martgacha
IHMM (A. Saidov)
9.
Markaz xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmini joriy etish.
Buyruq
2019-yil
1-aprelgacha
IHMM (A. Saidov)
10.
Xalqaro tashkilotlar tavsiyalari, shuningdek, inson huquqlari boʻyicha koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan Inson huquqlari boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish va uni Markazning rasmiy veb-sahifasida joylashtirish.
Chora-tadbirlar rejasi
2019-yil
1-aprelgacha
IHMM (A. Saidov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
TIV (A. Kamilov)
11.
Markazning inson huquqlari boʻyicha kutubxonasi ishlarini takomillashtirish, undan aholi keng doirasining, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali foydalanishini taʼminlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-aprelgacha
IHMM (A. Saidov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Moliya vazirligi
(A. Xaydarov)
12.
Markaz xodimlarining malakasini oshirish uchun BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi, YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi, boshqa taʼlim muassasalari va xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarida taʼlim va stajirovkalarni tashkil etish.
Reja jadvali
Doimiy
IHMM (A. Saidov)
III. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash
13.
Toshkent shahar, I. Karimov koʻchasi 15-uy manzilidagi Markazga taqdim etilayotgan maʼmuriy binoga tutash hududda taʼmirlash-tiklash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2019-yil
1-martgacha
Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov),
Toshkent shahar hokimiyati (J. Artikxodjayev),
IHMM (A. Saidov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
14.
Markazni kerakli mebel, inventarlar, kompyuter va boshqalar, shu jumladan Markaz faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa orgtexnika bilan taʼminlash.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2019-yil
1-martgacha
Vazirlar Mahkamasi, (J. Kuchkarov),
IHMM (A. Saidov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi(Sh. Sadikov)
15.
Markaz buyurtmanomalariga koʻra xizmat avtotransportlari uchun zarur hajmdagi avtobenzin va dizel yoqilgʻisini oʻrnatilgan tartibda ajratish va olish bilan Markazga bitta personal yengil va bitta navbatchi avtotransport vositalarini xarid qilish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2019-yil
1-martgacha
“Oʻzavtosanoat” kompaniyasi (Sh. Umurzakov),
“Oʻzbekneftgaz” AJ (B. Ashrafxanov),
IHMM (A. Saidov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
16.
Markazning kichik tipografiyasini yaratish va ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari, risolalar, darsliklar, bukletlar va inson huquqlari sohasidagi boshqa adabiyotlarni nashr etish va tarqatish uchun zarur boʻlgan zamonaviy nashriyot uskunalari bilan jihozlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-maygacha
IHMM (A. Saidov), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
17.
Davlat organlari xodimlarini masofadan oʻqitish uchun elektron darsliklar materiallarini ishlab chiqish maqsadida multimedia studiyasini yaratish va jihozlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-iyungacha
IHMM (A. Saidov), MTRK (A. Xadjayev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)
IV. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining inson huquqlari sohasida huquqiy ongni oshirish, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishida ishtirok etishi
18.
Inson huquqlariga rioya etish va himoya qilish masalalari boʻyicha axborot-maʼrifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
Chora-tadbirlar rejasi
2019-yil
1-fevralgacha
IHMM (A. Saidov)
19.
Inson huquqlari boʻyicha xalqaro hujjatlar, milliy axborotlar matnlarini, BMT Nizom va shartnomaviy organlarining tavsiyalari va yakuniy takliflarini axborot-izlash huquqiy tizimlarida eʼlon qilish.
Chora-tadbirlar rejasi
2019-yil
1-martgacha
IHMM (A. Saidov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
20.
“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-iyungacha
IHMM (A. Saidov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov)
21.
Inson huquqlari sohasidagi axborot materiallari va nashrlarni (risolalar, darsliklar, bukletlar va boshqa adabiyotlar) chop etish.
Chora-tadbirlar kompleksi
Doimiy
IHMM (A. Saidov),
TIV (A. Kamilov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
22.
BMT Nizom va shartnomaviy organlarining tavsiyalariga muvofiq xalqaro tajriba va xorijiy mamlakatlar amaliyotini oʻrganish asosida inson huquqlari sohasida maqsadli tadqiqotlar oʻtkazish.
Chora-tadbirlar rejasi
Doimiy
IHMM (A. Saidov)
23.
Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari uchun inson huquqlarini himoya qilish va davriy maʼruzalarni tayyorlash xalqaro tizimi masalalari boʻyicha qator axborot-maʼrifiy tadbirlarni (davra suhbatlari, treninglar, seminarlar, konferensiyalar) tashkil etish.
Chora-tadbirlar rejasi
Doimiy
IHMM (A. Saidov)
24.
Inson huquqlari sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, mamlakatda qabul qilinayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida fuqarolarning xabardorligini oshirishga qaratilgan qator radio va telekoʻrsatuvlarni tashkil etish.
Chora-tadbirlar kompleksi
Doimiy
IHMM (A. Saidov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
MTRK (A. Xadjayev),
OʻzA (A. Kuchimov),
Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)
V. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining xalqaro hamkorligini rivojlantirish
25.
Inson huquqlari boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xalqaro nohukumat tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarini qabul qilish.
Chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-fevralgacha
IHMM (A. Saidov),
TIV (A. Kamilov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
26.
Universal davriy sharh doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Uchinchi milliy maʼruzasi koʻrib chiqilishi yakunlari yuzasidan BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi bergan tavsiyalarni amalga oshirish yuzasidan Milliy harakatlar rejalarini tayyorlash.
Milliy harakatlar rejasi
2019-yil
1-fevralgacha
IHMM (A. Saidov),
TIV (A. Kamilov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
27.
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi va YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandumni tuzish.
Chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-aprelgacha
IHMM (A. Saidov),
TIV (A. Kamilov)
28.
Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi BMT Konvensiyasi qoidalarining bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Uchinchi davriy maʼruzasini tayyorlash.
Milliy maʼruza
2019-yil
30-maygacha
IHMM (A. Saidov),
TIV (A. Kamilov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
29.
Xalqaro sheriklar bilan birgalikda davlat organlari va fuqarolik jamiyati vakillari uchun inson huquqlari boʻyicha yozgi maktablarni oʻtkazish.
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi
2019-yil
1-sentabrgacha
IHMM (A. Saidov)
30.
Ayollarga nisbatan barcha turdagi kamsitishlarga barham berish toʻgʻrisidagi BMT Konvensiyasi qoidalarining bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Oltinchi davriy maʼruzasini tayyorlash.
Milliy maʼruza
2019-yil
20-oktabrgacha
IHMM (A. Saidov),
TIV (A. Kamilov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
31.
Inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimini yanada takomillashtirish, ayollar va bolalar huquqlarini taʼminlash, fuqarolarning sud himoyasi huquqlarining kafolatini kuchaytirish boʻyicha xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro tadbirlar (forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqalar) tashkil etish va oʻtkazish.
Chora-tadbirlar dasturi
2019-yil
1-noyabrgacha
IHMM (A. Saidov),
TIV (A. Kamilov),
Oliy sud (K. Komilov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
32.
BMT Kengashining inson huquqlari boʻyicha sessiyalarida, BMTning shartnomaviy organlarida, shuningdek BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi va uning Markaziy Osiyo boʻyicha hududiy boʻlinmasi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish.
Chora-tadbirlar
rejasi
2019-yil
1-dekabrgacha
taklifnoma-lar tushishiga qarab
IHMM (A. Saidov),
TIV (A. Kamilov)
33.
BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi va uning Markaziy Osiyo boʻyicha hududiy boʻlinmasi, BMTning rivojlanish Dasturi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va inson huquqlari masalalari boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan birgalikda qoʻshma loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqish.
Chora-tadbirlar kompleksi
2020-yil
1-martgacha
IHMM (A. Saidov)
34.
BMT Kengashining inson huquqlari boʻyicha maxsus jarayonlar soʻrovlariga maʼlumotlarni tayyorlash va oʻz vaqtida taqdim etish.
Maʼlumot
soʻrovlar tushishiga
qarab
IHMM (A. Saidov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 07/18/4056/2294-son; 23.06.2020-y., 06/20/6012/0953-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)