|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.03.1998
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
O‘ZBEKISTON SSJ PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON SSJ HUDUDIDA OV QILISh VA OVChILIK-BALIQ OVLASh XO‘JALIGINI YuRITISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA” 1991-YIL 10-APRELDAGI 95-SON QARORIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-martdagi 136-sonli “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” va “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 10-apreldagi 95-son qaroriga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
qaror nomidagi va matnidagi “O‘zbekiston SSJ” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi Nizomning 1 va 3-ilovalari yangi tahrirda bayon qilinsin (ilova qilinadi).
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, baliq ovlashga litsenziya uchun mazkur qaror bilan joriy etilayotgan to‘lov (1-ilova) “O‘zbaliq” konsernining baliq zaxiralarini tiklash va baliq ovlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalariga taalluqli emas.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-iyundagi 270-sonli qarori bilan to‘ldirilgan)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-mart,
111-son
O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida yovvoyi hayvonlarni ovlashga beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning
QIYMATI
| |
Yoshi va jinsidan qat’i nazar, yovvoyi hayvonlarni ovlashning narxlari (bir bosh hayvon uchun so‘m hisobida) | ||
| | Sport ovi | tayyorlov maqsadlari uchun | Ilmiy va boshqa maqsadlar uchun |
|
SUT EMIZUVChILAR | |||
| Shu jumladan: | | | |
| a) Qizil kitobga kiritilgan turlar | |||
| yo‘qolib borayotganlari | |||
| Gepard, old Osiyo qoploni, targ‘il sirtlon, burama shohli echki, Ustyurt qo‘chqori yoki arkal, Tyanshan qo‘chqori yoki arxar, Qizilqum qo‘chqori yoki Seversov qo‘chqori, tojik yoki Buxoro qo‘chqori |
— |
— | 2000 |
| kamyob hayvonlar | |||
| Qor qoploni, qoraquloq, Buxoro bug‘usi, qulon, jayron, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i, asalxo‘r, O‘rta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, manul | — | — | 1000 |
| Menzbir sug‘uri, olako‘zan | — | — | 500 |
| b) ovlanadigan va boshqa turlar | |||
| Tog‘ suvsari, qorako‘zan | 500 | 150 | 30 |
| To‘ng‘iz, Sibir tog‘ echkisi, kosulya | 300 | 200 | 30 |
| Oqquyruq (sayg‘oq) | — | 50 | 30 |
| Tulki, qorsoq, qizil sug‘ur, sassiqko‘zan, oqsuvsar | 100 | 50 | 30 |
| Bo‘rsiq, yovvoyi mushuklar, ariq sichqoni, chiyabo‘ri, jayra | 50 | 15 | 10 |
| Ondatra | — | 30 | 30 |
| Tolay tovushqon | 15 | 10 | 5 |
| Tipratikan, yumronqoziq, qo‘shoyoqlar, ko‘rshapalak, xavfli kasalliklarni tarqatadigan qishloq va o‘rmon xo‘jaligi zararkunandalaridan tashqari boshqa sut emizuvchilar | — | 1 | 1 |
|
| |||
| Shu jumladan: | |||
| a) qizil kitobga kiritilgan turlar | |||
| yo‘qolib borayotgan parrandalar | |||
| Shipun oqqushi, kichik yoki tundra oqqushi, yapaloqqush, uzun dumli suv burguti, qumay yoki qor kalxati, sariqbosh lochin yoki shaxin, oqturna, tuvaloq, bezgaldak, oqqorin bulduruq | — | — | 1000 |
| Qizg‘ish va jingalak patli soqaqushlar, oq va qora laylaklar, tog‘ g‘ozlari, qizil g‘oz, baliqxo‘r qush, sapsan, marmarrang churrak, oq dumli burgut, kichik burgut, cho‘l burguti, o‘limtikxo‘r burgut, burgut, boltayutar, itolg‘i, yo‘rg‘a tuvaloq yoki jek, shumkar, Osiyo loyxo‘ragi, uzunburun baliqchi qush, cho‘l chumchug‘i, qoshiqburun, boshqa turlar | — | — | 500 |
| b) sport va havaskorlik ovi uchun taqiqlangan turlar | | | |
| Qoravoy, qarg‘a, qora kalxat, oqboshli qo‘moy, jo‘rchi, turna, ukki | — | — | 30 |
| Boshqa yirtqich qushlar | — | — | 10 |
| v) ovlanadigan va boshqa turlar | |||
| Qirg‘ovul | 25 | 10 | 3 |
| G‘ozlar | 5 | 3 | 2 |
| O‘rdaklar, churraklar, kakliklar, qashqaldoq, cheregatlar, qarqara, qo‘ng‘irlar, saja, ular | 1 | 1 | 2 |
| Bedana, qoraqorin bulduruq | 0,5 | 0,5 | 0,5 |
| Kumushrang oq charloq, qorabosh chag‘alay | — | 1 | 1 |
| Kaptarlar, qumrilar, baliqchi qush, qamishzor qushi, baqlan | 0,2 | 0,2 | 0,2 |
| Qorayaloq, chug‘urchiq | 0,1 | 0,5 | 0,5 |
| Rekshesimon qushlar, kakku, tentakqush | — | 0,5 | 0,5 |
| Yovvoyi sayroqi qushlar (chumchuqsimonlar, dehqonchumchuq) | — | 5 | 5 |
| Boshqa parrandalar | — | 0,1 | 0,1 |
|
| |||
| Shu jumladan: | |||
| a) qizil kitobga kiritilgan turlar | | | |
| Kobra, kulrang echkiemar | — | — | 1500 |
| Xentaun yumaloqbosh, Shtraux yumaloq bosh ilonlari, Farg‘ona cho‘l kaltakesagi | — | — | 50 |
| b) zaharli ilonlar | |||
| Gyurza, efa, qalqon ilon, qora ilon | — | 1000 | 1000 |
| v) boshqa sudralib yuruvchilar | |||
| Bo‘g‘ma ilon | |||
| Zaharsiz ilonlar, sariq ilon, chirqildoq gekkon | — | 15 | 5 |
| Toshbaqa | — | 5 | 2 |
| Kaltakesaklar, gekkonlar, agamalar va boshqa turlar | — | 3 | 0,5 |
|
| |||
| Qurbaqalar, baqalar va boshqa turlar | — | 0,5 | 0,2 |
|
| |||
| Baqrabaliq, filmoy, Orol so‘zan balig‘i, chaklik (toshbaqra) | — | — | 250 |
| Laqqa, Turkiston so‘zan balig‘i | 4 | 1000 | 20 |
| Issiqko‘l gulmohi balig‘i, pelyad, qalqon baliq | 4 | 2000 | 10 |
| Qorabaliq, buffalo | 2 | 1000 | 5 |
| Olabo‘g‘a, karp, tovonbaliq, ilonbosh, leshch, cho‘rtanbaliq | 1 | 1000 | |
| Samarqand xramulasi, tarashabaliq, moybaliq, oqko‘z vobla, qizilko‘z baliq, kutum | 0,7 | 800 | 1 |
| Oqko‘z, qizilqanot | 0,5 | 500 | 0,5 |
Izoh:
belgilangan normada baliq ovlash uchun yo‘llanma qiymati — 1 so‘m;
birinchi katakda — belgilangan normadan ortiq ushlangan (ammo ko‘pi bilan 5 kg) har 1 kg baliq uchun, shuningdek, ovchilar va baliqchilar jamiyatlarining a’zosi bo‘lmagan baliqchi ushlagan 1 kg (ammo belgilangan normadan ko‘p bo‘lmagan) baliq uchun;
ikkinchi katakda 1 tonna baliqning narxi;
uchinchi katakda 1 ta baliqning narxi ko‘rsatilgan.
Sport-xavaskorlik maqsadida, baliq ovlashda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar, urush qatnashchilari, urush va mehnat nogironlari haq to‘lashdan ozod qilinadilar.
|
| |||
| Daryo qisqichbaqasi | — | 3 | 1 |
| Boshqa qisqichbaqasimonlar | — | 5 (1 kg uchun) | — |
| Qizil kitobga kiritilgan turlar, kolleksiya va muzey qimmatiga ega bo‘lgan mahalliy turlar |
— |
— |
25 |
| Zaharli umurtqasizlar | — | 1 | 1 |
| Amalda foydalaniladigan turlar | — | 0,1 | 0,05 |
| Mumiyo | — | 0,4 (0,001 kg uchun) | — |
Odamlarda va hayvonlarda uchraydigan xavfli kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlar — qishloq, o‘rmon va ovchilik xo‘jaligi zararkunandalari haq to‘lanmasdan ovlanadi (tegishli tashkilotlar beradigan ro‘yxatga muvofiq).
O‘rganish yoki iqlimlashtirish maqsadida Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni; ovlashga beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalarning qiymati dastlabki qiymatidan 5 baravar kam bo‘ladi.
Hayvonlarni, ularning qismlarini yoki hayoti faoliyati mahsulotlarini eksportga yetkazib berish maqsadida yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsatnoma bepul beriladi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologik nazorati bilan yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq keyinchalik valyutada hisob-kitob qilinadi.
Hayvonlarning ovlanadigan turlarini ovlash uchun ruxsatnomalar (litsenziyalar) yovvoyi hayvonlar sonini, ovchilik xo‘jaligining yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirishdagi va qo‘riqlashdagi ishtirokini hisobga olgan holda shartnoma narxlarida berilishi mumkin.
Yovvoyi hayvonlar hayot faoliyati mahsulotlari (zaharlar va boshqalar), shoxlar, mo‘ynali hayvonlarning terilari respublika tashqarisida Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologik nazoratning ruxsatnomalari bilangina sotiladi.
Pitomniklarda o‘stirilgan hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnomalar qiymati ishlab chiqaruvchilar bilan kelishuv bo‘yicha belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi Nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Noqonuniy ov qilish va baliq ovlash tufayli yetkazilgan zararni undirib olish miqdorini hisoblash uchun
QAT’IY NARXLAR
|
Yoshi, katta-kichikligi, og‘irligi va jinsidan qat’i nazar, har bir jonzot uchun (bosh, teri, shox) undirib olish miqdori, so‘m hisobida | |
|
SUT EMIZUVChILAR | |
| Shu jumladan: | |
| a) Qizil kitobga kirgan turlar Qor qoploni, gepard, old Osiyo qoploni, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i, targ‘il sirtlon, burama shoxli echki yoki morxo‘r, Ustyurt qo‘chqori yoki arqal, Qizilqum qo‘chqori yoki Seversov qo‘chqori, tojik qo‘chqori, Tyanshan qo‘chqori yoki arxar, Buxoro bug‘usi yoki xongul, jayron | 20000 |
| Qoraquloq, Turkiston silovsini, O‘rta Osiyo qunduzi, qulon, manul, asalxo‘r | 15000 |
| Menzbir sug‘uri | 5000 |
| Olako‘zan, Geptner qo‘shoyog‘i | 3000 |
| b) ovlanadigan turlar | |
| To‘ng‘iz, Sibir tog‘ echkisi, kosulya, sayg‘oq (erkagi), tog‘ suvsari, qorako‘zan, qizil sug‘ur | 2500 |
| Tulki, ondatra, chiyabo‘ri, sayg‘oq (urg‘ochisi) | 1000 |
| Bo‘rsiq, jayra, suv kalamushi, qorsoq, yovvoyi mushuklar, oqsuvsar | 700 |
| Sassiqko‘zan, ariq sichqoni, quyon | 300 |
| v) boshqa turlar | |
| Ko‘rshapalak, tipratikan | 10 |
| Xavfli yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi qishloq, o‘rmon va ovchilik xo‘jaligi zararkunandalariga kirmaydigan boshqa sutemizuvchilar | 5 |
| Sayroqlar, bug‘ular, echkilar, qo‘chqorlarning shoxlari | Tegishli turning bir boshiga muvofiq keladi |
| Buyumlardagi mo‘yna | Mazkur buyumdagi terilar soni bo‘yicha |
|
| |
| Shu jumladan: a) Qizil kitobga kiritilgan turlar |
|
| Shipun oqqushi, kichik yoki tundra oqqushi, yapaloqqush, uzun dumli suv burguti, qumay yoki qor kalxati, oq turna, tuvaloq, bezgaldak, oqqorin bulduruq | 5000 |
| Sariqbosh lochin yoki shaxin, sapsan, burgut, itolg‘i | 10000 |
| Qizg‘ish va jingalak patli soqaqushlar oq va qora laylaklar, tog‘ g‘ozlari, qizil g‘oz, baliqxo‘r qush, oq dumli burgut, kichik burgut, uzun dumli burgut yoki qirg‘iy, o‘limtikxo‘r burgut, boltayutar, rangdor tuvaloq yoki jek, shumkar, Osiyo loyxo‘ragi, uzunburun baliqchi qush | 4000 |
| Marmarrang churrak, qoshiqburun, kazarkalar | 2000 |
| Cho‘l chumchuqlari | 1000 |
| b) sport va havaskorlik ovi uchun taqiqlangan turlar | |
| Turnalar, qoravoy, ukki | 2000 |
| Qarqara, saja, haqqush, qoraqorin bulduruq, boshqa yirtqich qushlar, qorabosh chag‘alay | 1000 |
| Bedana (erkagi), jig‘altoy | 5000 |
| v) ovlanadigan turlar | |
| Qirg‘ovul | 500 |
| G‘ozlar | 400 |
| O‘rdaklar, kaklik, chil kaklik, ular qarg‘alar | 250 |
| Qashqaldoq, ko‘lbuqa, cheregatlar, churraklar | 100 |
| Qumri, kaptarlar, bedana, qamishzor qushi, qo‘ng‘irlar, baliqchi qush | 50 |
| g) parrandalarning boshqa turlari | |
| Yovvoyi sayroqi qushlar, kolleksiya va muzey qimmatiga ega bo‘lgan turlar | 50 yoki xalqaro katalog narxlari bo‘yicha |
| Parrandalarning boshqa turlari | 10 |
|
| |
| Shu jumladan: a) Qizil kitobga kiritilgan turlar |
|
| Kobra, kulrang echkiemar | 10000 |
| Xentaun yumaloqbosh, Shtraux yumaloqbosh ilonlari, Farg‘ona cho‘l kaltakesagi | 2000 |
| b) zaharli ilonlar | |
| Gyurza, efa | 6000 |
| Qalqon ilon, qora ilon | 5000 |
| v) sudralib yuruvchilarning boshqa turlari | |
| Bo‘g‘ma ilon | 1000 |
| Zaharsiz ilonlar | 500 |
| Toshbaqa | 250 |
| Chirqildoq gekkon | 500 |
| Boshqa sudralib yuruvchilar | 100 |
| Zaharlar va boshqa hayot faoliyati mahsulotlari | xalqaro katalogga muvofiq narxlarda |
|
| |
| Qurbaqalar, baqalar va boshqalar | 10 |
|
| |
| Baqrabaliq, filmoy, Orol so‘zan balig‘i, chaklik (toshbaqra) | 2000 |
| Laqqa, Turkiston so‘zan balig‘i | 500 |
| Issiqko‘l gulmohi balig‘i, pelyad, qalqonbaliq | 250 |
| Zog‘orabaliq, oqqayroq, oq va qora amur, do‘ngpeshana | 100 |
| Qorabaliq buffalo | 50 |
| Olabo‘g‘a, karp, tovonbaliq, ilonbosh, leshch, cho‘rtanbaliq | 25 |
| Samarqand xramulasi, tarasha baliq, moybaliq, vobla, qizilko‘z baliq kutum | 15 |
| Oqko‘z, qizilqanot va boshqa qimmatga ega bo‘lmagan turlar | 10 |
Izoh:
yirik baliq turlarining uvildirig‘ini noqonuniy ravishda tayyorlash tufayli yetkazilgan zarar uchun bu xil baliq uchun (1 kg uchun) undiriladigan pulning uch baravari miqdorida pul undiriladi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan yetkazilgan zarar Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologik nazorat tasdiqlagan yo‘riqnoma bilan aniqlanadi.
|
UMURTQASIZ JONIVORLAR | |
| Daryo qisqichbaqasi | 10 |
| Boshqa qisqichbaqasimonlar | 50 (1 kg uchun) |
| Zaharli umurtqasiz jonivorlar | 25 |
| Qizil kitobga kiritilgan, O‘zbekiston uchun kamyob turlar hisoblanuvchi umurtqasiz jonivorlar, mahalliy umurtqasizlar | 50 |
| Kolleksiya va muzey qimmatiga ega bo‘lgan turlar | xalqaro katalogga muvofiq narxlarda |
| Xavfli yuqumli kasalliklarni tarqatadigan, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi zararkunandalaridan tashqari, tayyorlash obyektlari bo‘lgan boshqa umurtqasizlar | 1 |
| Zaharlar va boshqa hayot faoliyati mahsulotlari | 1 g zahar olish uchun zarur bo‘lgan bosh soni hisobidan |
| Mumiyo | 25 (0,001 kg uchun) |
| Qo‘riqxona, milliy (xalq) bog‘, zakazniklar, tabiiy yodgorliklar, qo‘riqxonalarning qo‘riqlanadigan qismlari hududlarida, maxsus pitomniklarda uyalarni, inlarni, kataklarni buzganlik uchun, xayvonlarni ovlaganlik uchun | mazkur tur uchun undiriladigan pulning uch baravari miqdorida |
| Ovlash taqiqlangan parrandalarning uyasidan olingan har bir tuxum va jo‘ja uchun, ilon yoki echkiemarlarning har bir tuxumi uchun | 50 |
| Qizil kitobga kiritilgan turlarning uyasidan olingan har bir tuxum va jo‘ja uchun, shuningdek, noqonuniy ovlangan ona qushlarning har bir embrioni uchun | mazkur tur uchun undiriladigan pulning 50 foizi miqdorida |
| Olingan har bir tuxum va jo‘ja uchun, shuningdek, noqonuniy ovlangan ona qushlarning har bir embrioni (yoki tuxum reptiliyasi) uchun | 20 |
| Yovvoyi hayvonlar yashaydigan joylardagi to‘qaylarni, yosh nihollarni va ekilgan o‘rmon daraxtlarini, boshqa o‘simliklarni kesganlik va o‘rganlik uchun(1 ga uchun) | 1000 |
| Yovvoyi hayvonlar yashaydigan joylardagi qamishlarni yoqqanlik va bo‘sh yerlarni shudgorlaganlik uchun (1 ga uchun) | 500 |
| Yovvoyi hayvonlarning yashashiga xos bo‘lmagan sharoitda (muzlikda, suvda va hokazo) falokatga uchraganda (yong‘in, suv toshqini, ozuqa yetishmasligi va boshqalar), shuningdek, yoritish asboblarini qo‘llanib, transport vositalari bilan, motorli qayiqlar va katerlar, samolyotlar hamda vertolyotlar bilan ularni tunda nobud qilganlik uchun | mazkur tur uchun undiriladigan pulning uch baravari miqdorida |
Yovvoyi hayvonlarning maqomi o‘zgargan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi davlat biologik nazoratga yovvoyi hayvonlarni noqonuniy ovlaganlik uchun undiriladigan pulning miqdorini aniqlash huquqi beriladi.