Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.04.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLIGA NAQD PULGA AVTOMOBIL YONILG‘ISI SOTUVCHI RESPUBLIKA AVTOMOBIL YONILG‘ISI QUYISH SHOXOBCHALARINI XUSUSIYLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xususiy tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish, ichki bozorni neft mahsulotlari bilan to‘ldirish, bozor munosabatlarini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining aholiga naqd pulga avtomobil yonilg‘isi sotuvchi ishlab turgan 436 ta avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchasini ilovaga* muvofiq 1996-yilda Xususiylashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
* Ilova berilmaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga daromad manbalari to‘g‘risida deklaratsiya tuzishni talab qilmasdan yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga bergan holda hamda ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda kimoshdi savdolari va tanlov asosida mulk qilib sotsinlar (ilovaga muvofiq).
3. Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini sotishdan olingan mablag‘lar sotish narxining butun summasini to‘lash uchun bir oy muddat belgilangan holda Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-iyuldagi 273-f-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan Davlat mulki davlat tasarrufidan chiqarilganda va xususiylashtirilganda, obyektlar kimoshdi savdolarida, tanlovlar va birja savdolarida sotilganda haq to‘lashning, tushgan mablag‘larni taqsimlash va hisobga olishning, ushbu mablag‘larning tushishi va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilishning Yagona tartibiga muvofiq taqsimlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. Belgilab qo‘yilsinki, 1996-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligining ro‘yxatlari bo‘yicha urush nogironlari va qatnashchilari, mehnat nogironlariga sotiladigan avtomobil yonilg‘isining imtiyozli hajmi oyiga 300 so‘m miqdorida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zdavstandart” agentligi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalari tomonidan neft mahsulotlari sotib olinishi, qabul qilinishi, saqlanishi, sotilishi va hisobga olinishi qoidalariga, texnika va yong‘in havfsizligi, atrof muhit muhofazasi, sotiladigan neft mahsulotlari sifati qoidalariga rioya qilinishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari V. A. Chjen va Q. J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 20-mart,
107-son