Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.03.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI HAMDA BOSh BUXGALTERLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QOʻYISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA 4-SON OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALARNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 26-mayda 1204-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 29-yanvardagi 1/7-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida Nizomni yangi tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1455, 10.03.2005-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga 4-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihasini koʻrib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 22-yanvarda 1204-son bilan Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga 4-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 8-may,
10/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvining 2004-yil 8-maydagi
10/7-sonli qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
521-4-son
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga
4-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Tijorat banklari Boshqaruvi raislari, ularning oʻrinbosarlari, bosh buxgalterlari, viloyat va tuman filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari quyidagi hollarda tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas deb topiladilar va oʻz navbatida ular bu lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas:
oliy iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar;
amalga oshirgan harakatlari yuridik shaxslarning bankrotlikka yoki moliyaviy ahvoli yomonlashuviga olib kelganligi toʻgʻrisida dalillar maʼlum boʻlgan taqdirda, bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan banklar va yuridik shaxslarning sobiq rahbarlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi aʼzolari hamda yirik ishtirokchilar (ustav kapitalida 10 foiz va undan koʻp miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushlarga ega boʻlgan shaxslar);
oʻzining ishbilarmonlik va shaxsiy xatti-harakatida notoʻgʻri ish olib borish va vijdonan ish yuritmaslikni namoyon qilgan shaxslar;
oʻzaro yaqin qarindosh boʻlgan shaxslar bir bankda rahbarlik yoki moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida birga ishlasa.
Alohida hollarda, tijorat banki Boshqaruvi tavsiyasi asosida banklarning tuman filiallari bosh buxgalterlari lavozimlariga iqtisodiy oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan nomzodlarni maʼlumoti boʻyicha Komissiya qaror qabul qilish huquqiga ega. Shuningdek, tijorat banklarining tuman filiallari rahbarlari lavozimlariga oliy maʼlumotga ega boʻlgan hamda iqtisodiy mutaxassislik boʻyicha oliy oʻquv yurtida taʼlim olayotgan nomzodlar tavsiya etilishi mumkin.”
2. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Tijorat banklari rahbarlari va bosh buxgalterlari (Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan va tijorat banklari Boshqaruvi raislari lavozimlari bundan mustasno) egallab turgan lavozimidan ozod etilishi masalasi tijorat banki Boshqaruvi taqdimnomasi asosida Komissiyani xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Tijorat banklari rahbarlari va bosh buxgalterlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, buni tasdiqlovchi buyruq nusxasi 3 ish kuni muddat ichida Markaziy bankning Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasiga yetkazilishi hamda ushbu oʻrinlarga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning 1-ilovada koʻrsatilgan hisob-tavsiflov hujjatlari koʻrib chiqish uchun 15 kun muddatda Komissiyaga taqdim etilishi lozim.”
3. 20-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tijorat banklari rahbarlari va bosh buxgalterlari tavsiya etilgan lavozimiga muvofiq deb topilgan sanadan boshlab 10 kun muddat davomida lavozimiga tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirmani mazkur tijorat bankining xodimlar bilan ishlash boʻlinmasi tomonidan Markaziy bankning Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasiga taqdim etilishi lozim.”
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 21-son, 256-modda)