Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.03.2005
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI HAMDA BOSh BUXGALTERLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QO‘YISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA 3-SON O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALARNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 2-aprelda 1204-3-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 29-yanvardagi 1/7-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida Nizomni yangi tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1455, 10.03.2005-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan .
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga 3-son o‘zgartirish va qo‘shimchalar loyihasini ko‘rib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 22-yanvarda 1204-son bilan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga 3-son o‘zgartirish va qo‘shimchalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank raisi F. M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 13-mart,
6/7-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvining 2004-yil 13-martdagi
6/7-sonli qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
521-3-son
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga
3-son o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 8-bandda “Komissiya suhbatidan” so‘zlaridan so‘ng “va (yoki) test sinovidan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
2. 10-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kichik biznesni kreditlash tartibi;”
3. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Xodimning lavozimiga muvofiqligi Komissiya tomonidan o‘tkaziladigan suhbat va (yoki) test sinovi orqali aniqlanadi. Suhbat va (yoki) test natijalariga ko‘ra nomzodning tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Mazkur qaror tijorat banklariga hamda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga yetkaziladi.”
4. 23-bandda “Komissiyaga qayta suhbatga” so‘zlaridan so‘ng “va (yoki) test sinoviga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 13-son, 167-modda)