Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.03.2005
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI HAMDA BOSh BUXGALTERLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QO‘YISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA 1- SON QO‘ShIMChA VA O‘ZGARTIRIShLARNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 3-iyulda 1204-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 29-yanvardagi 1/7-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida Nizomni yangi tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1455, 10.03.2005-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga 1-son qo‘shimcha va o‘zgartirishlar loyihasini ko‘rib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga 1-son qo‘shimcha va o‘zgartirishlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Raisi F. M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 7-iyun,
12/5-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvining 2003-yil 7-iyundagi
12/5-sonli qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
521-1 son
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida” Nizomga
1-son qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
5-bandning 2-xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar;”
11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Tijorat banklarining respublika apparati, ularning viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari (filiallari), shahar va tuman bo‘limlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar bank tizimida yetarli ish tajribasiga hamda oxirgi ish joyidan tavsiyaga ega bo‘lishi lozim.”
12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Tijorat banklarining respublika apparati, ularning viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari (filiallari), shahar va tuman bo‘limlari bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar bank tizimida va buxgalteriya sohasida yetarli ish tajribasiga hamda oxirgi ish joyidan tavsiyaga ega bo‘lishi lozim.”
23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida” 1998-yil 24-sentabrdagi R-896-sonli Farmoyishiga muvofiq holda o‘tkaziladigan attestatsiya yakunlari bo‘yicha egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan rahbar xodimlar 1 yildan so‘ng Komissiyaga qayta suhbatga qo‘yilishi mumkin. Buning uchun qo‘shimcha ravishda quyidagilar taqdim etilishi lozim:
a) bank Boshqaruvi raisining tavsiyanomasi;
b) bank Kengashi yoki Boshqaruvining kamida ikkita a’zosining fikrnomasi;
v) Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining fikrnomasi;
g) xodimning o‘tgan vaqt mobaynida ish faoliyati natijalari, malakasi, nazariy va amaliy bilimlarini oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar shunday tavsiyalar berilgan bo‘lsa).”
Tavsiya etilayotgan nomzod uchun attestatsiyada egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan sanadan 3 yil o‘tgandan so‘ng qo‘shimcha ravishdagi hujjatlar talab qilinmaydi.
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son)