Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻinlarida sportning futbol turini yanada rivojlantirish hamda fuqarolar yigʻinlari raislarining — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-martdagi PQ-3610-son qarori ijrosini taʼminlash hamda aholining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, maʼnaviy-estetik qadriyatlar asosida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, futbol bilan shugʻullanish uchun mahallalarda zarur shart-sharoitlar yaratish hamda fuqarolar yigʻinlari raislarining — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shartlari:
Oldingi tahrirga qarang.
mahallalarda futbol maydonlarini qurish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda yer uchastkalarini ajratish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan futbol maydonlari obyektlarini investitsion va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan belgilangan tartibda sotish;
xususiy sherikning mulki negizida tashkil qilingan futbol maydonlari holatini yaxshilashga koʻmaklashish asosida har bir mahallada futbol maydonlarini tashkil etish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Belgilansinki, mahallalarda futbol maydonlarini qurish sohasida davlat-xususiy sheriklik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, davlat-xususiy sheriklikning shakliga qarab xususiy sherik zimmasiga quyidagi investitsion va ijtimoiy majburiyatlar yuklanishi mumkin:
mahalla aholisini kunning maʼlum vaqtida futbol maydonidan bepul foydalanishi;
xususiy sherikka biriktirilgan futbol maydonini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash borasidagi ishlarni amalga oshirish;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutiladigan boshqa majburiyatlarni bajarish.
3. Quyidagilar:
Mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy futbol maydonlarini tashkil etish boʻyicha “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida futbol maydonlari tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida futbol maydonlarini qurish loyihalarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
tashabbuskorlarning mablagʻlari;
nodavlat tashkilotlar mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Mahallalardagi futbol maydonlarini saqlash hamda yoshlar oʻrtasida futbol va boshqa ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish tuman (shahar) hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-avgust,
688-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-avgustdagi 688-son qaroriga
1-ILOVA
Mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy futbol maydonlarini tashkil etish boʻyicha “Har bir mahallada futbol maydoni”
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Masʼul bajaruvchilar

Tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi va ulardan kutilayotgan natija

I. Mahallalarda futbol maydonlari faoliyatini tashkil etish

1.

Futbol maydonlarini xatlovdan oʻtkazish, qarovsiz holatdagi maydonlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlarga berish masalasini koʻrib chiqish

2018-yil

oktabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Futbol maydonlari va ularning mavjud holati yalpi xatlovdan oʻtkaziladi. Oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qarovsiz yotgan davlat mulki boʻlgan futbol maydonlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlarga berilishi taʼminlanadi.

2.

Futbol maydonlarini qurish istagida boʻlgan tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirish hamda zarur hollarda kreditlar ajratilishini taʼminlash.

2018-yil

oktabr-noyabr

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Mahallalarda futbol maydonlari qurilishini tashkil etish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilib, barcha mahallalarda futbol maydoni qurish istagida boʻlgan tadbirkorlar biriktiriladi.

3.

Futbol maydonlarida texnika xavfsizligiga rioya etish qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil

10-oktabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

Texnika xavfsizligiga rioya qilish qoidalari ishlab chiqiladi va futbol maydonining kirish qismiga oʻrnatiladi. Futbol maydonida shugʻullanuvchilar mazkur qoidalar bilan tanishishi va ularga qatʼiy amal qilishi barcha qonuniy vositalar bilan taʼminlanadi. Shu orqali futbol maydonlarida xavfsizlik taʼminlanishiga erishiladi.

4.

Sportga oid ommaviy axborot vositalarida “Mahallalarda futbol maydoni” turkumida maqolalar chop etib borish, koʻrsatuvlar tayyorlash hamda mahallalarda futbol maydonlarini saqlash va ulardan toʻgʻri foydalanish, yosh avlodning jismoniy va maʼnaviy rivojlanishida futbolning ahamiyati xususida davra suhbatlari oʻtkazish va targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish.

doimiy

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

Mahallalardagi futbol maydonlarini tashkil etishning foydali jihatlari aholi oʻrtasida ommalashadi.

Futbol maydonlarini tashkil etish, saqlash va rivojlantirishga eʼtibor kuchayadi.

II. Mahallalardagi futbol maydonlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, rivojlantirish

hamda ularning boshqaruv tizimini takomillashtirish

5.

Qarovsiz holdagi futbol maydonlarini tiklash hamda futbol maydonlari boʻlmagan mahallalarda boʻsh yer maydonlarini aniqlash va yangi maydonlarni qurish boʻyicha hududiy manzilli dasturga takliflar ishlab chiqish.

2018-yil

10-oktabr

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Qarovsiz holdagi futbol maydonlari hamda futbol maydoni uchun boʻsh yerlar aniqlanadi.

6.

Mahallalarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, futbol musobaqalarini tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil
15-oktabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

Ushbu yoʻriqnomani ishlab chiqilishi va mahallalarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, futbol musobaqalarini toʻgʻri tashkil etilishiga xizmat qiladi.

7.

Futbol maydoni boʻlmagan mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosida futbol maydonlari qurish boʻyicha 2018 — 2022-yillarga moʻljallangan hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil

25-oktabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari respublika kengashi

Mahallalarda futbol maydonlari qurilishining 2018 — 2022-yillarga moʻljallangan hududiy manzilli dasturlari tasdiqlanadi. Mahalla yoshlari uchun futbol maydonlari barpo etiladi.

8.

Mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy futbol maydonlarini qurish boʻyicha 2018 — 2022-yillarga moʻljallangan hududiy manzilli dasturlar ijrosi monitoringini olib borish maqsadida mahalliy hokimliklar huzurida monitoring guruhini shakllantirish.

2018-yil
25-oktabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari respublika kengashi

Futbol maydonlari sifatli va oʻz vaqtida qurilishi ustidan nazorat qilish hamda qurilgan maydonlar boʻyicha tizimli maʼlumot yuritiladi.

9.

Futbol maydonlariga qoʻyilgan talablar asosida futbol maydonlarining (mini-futbol, futbol) namunaviy loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil
10-oktabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

Mahallarda tashkil etiladigan futbol maydonlari uchun ajratilgan moliyaviy mablagʻlar miqdoridan kelib chiqib, futbol maydonlarining yagona namunaviy loyihalari tanlov asosida aniqlanadi, ular asosida futbol maydonlari qurilishiga erishiladi.

10.

Futbol maydonlarini sifatli qurilishini taʼminlash maqsadida mahalla fuqarolar yigʻinlarida jamoatchilik nazorati guruhlarini shakllantirish.

2018 — 2022-yillar

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi

Mahallalarda tashkil etilayotgan futbol maydonlarini sifatli qurilishi ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilishiga erishiladi.

11.

Tasdiqlangan hududiy manzilli dasturlar asosida namunaviy loyiha boʻyicha futbol maydonlarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida qurish va taʼmirlash chora-tadbirlarini koʻrish hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.

doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2018 — 2022-yillarda barcha mahallardagi futbol maydonlari zamonaviy qiyofaga keltiriladi, ular sport va oʻyin qurilmalari bilan jihozlanadi. Respublikaning har bir mahallasida kamida bitta futbol maydoni boʻlishiga erishiladi.

12.

Mahallalar oʻrtasida futbol boʻyicha musobaqalar oʻtkazilishini tizimli yoʻlga qoʻyish, gʻoliblarni munosib taqdirlash.

doimiy

Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi,

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

Mahallalar oʻrtasida tashkil etiladigan futbol musobaqalarida yoshlarni jismonan sogʻlom etib tarbiyalashga, iqtidorli yoshlarni futbolga jalb etishga xizmat qiladi.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-avgustdagi 688-son qaroriga
2-ILOVA
Mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida futbol maydonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida futbol maydonlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshlash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat-xususiy sheriklik — xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga yuridik rasmiylashtirilgan mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etishdagi oʻzaro samarali hamkorligi;
davlat sherigi — tuman (shahar) hokimliklari;
xususiy sherik — bitim tuzgan yoki bitim tuzish istagini bildirgan yuridik yoki jismoniy shaxs. Davlat tashkilotlari xususiy sheriklar boʻla olmaydi, shuningdek, xususiy sheriklar tarafida ishtirok eta olmaydi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi — mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etish boʻyicha nvestitsiyaviy, innovatsion, infratuzilmaviy va boshqa tadbirlar majmui;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim — (keyingi oʻrinlarda bitim deb ataladi) — tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan yozma shartnoma;
4. Quyidagilar mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etish loyihasi amalga oshirilishida davlat-xususiy sheriklikning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ochiqligi, davlat sirini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etgan maʼlumotlar bundan mustasno;
kamsitmaslik, bitim tomonlarining teng huquqliligi;
tomonlarning bitim boʻyicha majburiyatlarni vijdonan bajarishi;
xavf-xatar va majburiyatlarning bitim tomonlari oʻrtasida adolatli taqsimlanishi;
davlat-xususiy sheriklik tomonlari oʻzaro munosabatlarining shartnomada kelishib olingan asosi.
5. Mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etish uchun davlat-xususiy sheriklik bitimida belgilangan muddatga yer uchastkalarini ijaraga berish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
xususiy sherikning mulki negizida tashkil etilgan futbol maydonlarini moddiy texnik hamda moliyaviy jixatdan taʼminlash.
Mahallalarda futbol maydonlarini qurish sohasida davlat-xususiy sheriklik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
6. Davlat sherigi va xususiy sherikning futbol maydonlarini oʻzaro manfaatdorlikda tashkil etish boʻyicha takliflari davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish uchun asos hisoblanadi.
7. Ushbu Nizomga muvofiq mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etish uchun xususiy sheriklarga yer uchastkalari ajratishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari ajratish tartibi tatbiq etilmaydi.
2-bob. Xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etish tartibi
8. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etish istagini bildirgan xususiy sherik tuman (shahar) hokimligiga ariza bilan murojaat qiladi:
Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
a) yuridik shaxslar uchun — xususiy sherikning nomi va joylashgan joyi, jismoniy shaxslar uchun — shaxsiga oid maʼlumotlar va yashash manzili;
b) loyihani amalga oshirish maqsadi va shartlari;
v) bitimning moʻljallanayotgan obyekti yoki yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
g) agar davlat-xususiy sheriklik xususiy sherikning mulki negizida tashkil qilingan futbol maydonlari holatini yaxshilashga koʻmaklashish bilan bogʻliq boʻlsa, xususiy sherik qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkaziganligi haqidagi guvohnoma;
binolarga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkaziganligi haqidagi guvohnoma.
9. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) hokimliklariga tushgan arizalar yigirma kun mobaynida koʻrib chiqiladi.
Tuman (shahar) hokimligi uch kun mobaynida tushgan arizani kelishish uchun tegishli mahalla fuqarolar yigʻiniga yuboradi.
10. Tushgan ariza tuman (shahar) hokimligi va mahalla fuqarolar yigʻini bilan kelishilgandan soʻng, zaruratga koʻra, balansida saqlovchi tashkilotlarning ijobiy xulosalari olingach tanlov komissiyasi tomonidan bitim tuzish haqidagi taklif yozma ravishda xususiy sherikka maʼlum qilinadi.
Agar ayni bir hududdan ikki yoki undan ortiq xususiy sherikka ijobiy xulosalar berilgan boʻlsa, ular orasidan eng maqbuli xolis guvohlar ishtirokida “Eng yaxshi mahalla loyihachisi”, “Eng yaxshi maqbul loyiha egasi” tanlovi orqali aniqlanadi.
11. Ariza ushbu Nizomning 8-bandi talablari buzilgan holda berilgan boʻlsa, hujjatlar ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida qaytariladi.
Taqdim etilgan arizada talablar buzilganligi haqidagi bildirishnoma yozma shaklda, shu jumladan, elektron axborot tizimi orqali xususiy sherikka yetkaziladi (joʻnatiladi). Bildirishnomada qanday talablar buzilganligi, qonun hujjatlarining aniq normalari va xususiy sherik koʻrsatilgan talablar buzilishini bartaraf etib, hujjatlarni davlat sherigiga takror koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
Xususiy sherik talablar buzilishini bartaraf etishga va hujjatlarni takror koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat yozma yoki elektron bildirishnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Kamchiliklar bartaraf etilib takror taqdim etilgan ariza qabul qilingan kundan boshlab ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqiladi.
3-bob. Mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etish uchun yer uchastkalarini bepul asosda ajratish tartibi
12. Mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etish uchun aholi punktlari tarkibiga kiradigan yer uchastkalari ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari davlat sherigi — tuman (shahar) hokimligiga qonunchilikda belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 20 — 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tuman (shahar) hokimligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yer uchastkasini xususiy sherikka ijaraga berish shartlari bitimda belgilanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
16. Yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash va kelishish bilan bogʻliq xarajatlar xususiy sherik bilan bitim tuzilgandan keyin u tomonidan qoplanadi.
4-bob. Mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzish, oʻzgartirish, toʻldirish, shuningdek, bekor qilish va amal qilishini toʻxtatish tartibi
17. Davlat sherik va xususiy sherik qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablariga rioya qilgan holda bitim tuzadi.
18. Bitimda u amalga oshirilishi shakliga qarab quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi kerak:
xususiy investitsiyalar obyekti va hajmi;
bitimning amal qilish muddati va shartlari;
futbol maydonlari foydalanishga topshiriladigan va ishga tushiriladigan muddat;
bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari;
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlari uchun shartnomalar tuzish muddatlari, loyihani moliyalashtirish manbalari, amalga oshirish jadvallari, loyiha bajarilishining borishi ustidan texnik nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi bajarilishi ustidan monitoring olib borish tartibi va u qay darajada bajarilganligiga berilgan baho;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida koʻrsatiladigan xizmatlar sifatiga qoʻyiladigan talablar;
xususiy sherik tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarish jarayoni toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari;
davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida bitim tuzish bilan bogʻliq xavf-xatarlarni taqsimlash tartibi va shartlari;
davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun beriladigan obyektga egalik qilish va undan foydalanish tartibi;
futbol maydonlaridan foydalanish, unga texnik xizmat koʻrsatish, uni loyihalashtirish, qurish, qayta qurish, taʼmirlash, modernizatsiyalash tartibi;
bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin bitimni ijro etish jarayonida yaratilgan obyektga va boshqa mulkka doir huquqlarni taqsimlash tartibi;
bitim shartlariga rioya qilinmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi;
bitimni bekor qilish tartibi, shuningdek, bitimni muddatidan oldin bekor qilish natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini toʻldirish yoki qoplash tartibi;
xususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmasligi yoki tegishlicha bajarilmasligi uchun sanksiyalar;
bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish tartibi.
Bitimda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham keltirilishi mumkin.
19. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun davlat sherigi xususiy sherikka bitim loyihasi matnini taqdim etadi.
20. Agar zarur boʻlsa, davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida bitim qoidalarini kelishib olish maqsadida muzokaralar oʻtkaziladi.
21. Bitim davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida ikki nusxada, tomonlarning har biri uchun bittadan nusxada imzolanadi.
22. Tuzilgan bitimlarning yagona reyestri hokimliklar tomonidan yuritiladi.
23. Bitim oʻttiz yilgacha boʻlgan muddatda imzolanadi. Bitim, agar unda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, tomonlar imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bitim muddati tugashigacha yoki bekor qilinishigacha amal qiladi.
24. Quyidagi hollarda bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin:
tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;
davlat sherigining talabi boʻyicha — davlat sherigi va xususiy sherikning shartnoma asosidagi munosabatlariga doir mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etishni tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan;
sudning hal qiluv qarori boʻyicha.
25. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;
xususiy sherik bankrot boʻlsa yoki tugatilsa;
davlat sherigining talabi boʻyicha — xususiy sherik oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda;
xususiy sherikning talabi boʻyicha — davlat sherigi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda.
26. Bitim amal qilish muddati tugagandan keyin toʻxtatiladi.
Bitimning amal qilish muddati toʻxtatilishi tomonlarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
5-bob. Bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari
27. Davlat sherigi quyidagi huquqlarga ega:
xususiy sherikdan har chorakda bitim shartlarini bajarish jarayoni toʻgʻrisida hisobot olish;
bitim shartlarini bajarish jarayoni ustidan monitoring va davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshishini baholash;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va bitim shartlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish doirasida aniqlangan qonunbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilish;
xususiy sherik aybi bilan yuzaga kelgan obyekt boʻyicha zararlar qoplanishini talab qilish;
bitim shartlari xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda, bitimning sud tartibida bekor qilinishini talab qilish;
davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishini moliyalashtirishda ishtirok etish.
Davlat sherigi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
28. Davlat sherigi quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
xususiy sherikka obyektni bitimni belgilangan muddatlarda, tartibda va shartlarda bepul asosda taqdim etish;
xususiy sheriklarga soliq imtiyozlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa preferensiyalar taqdim etilishida koʻmaklashish;
futbol maydonlarini qurish va qayta qurish uchun zamonaviy qurilish mahsulotlarini xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar olishda koʻmaklashish;
barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va hokazolar) bilan taʼminlashda koʻmaklashish;
xususiy sherikning xoʻjalik faoliyatini olib borishiga aralashmaslik.
Davlat sherigiga ushbu Nizomda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
29. Xususiy sherik:
davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif qilish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish uchun davlat sherigiga taqdim etish;
yer uchastkalarini, boʻsh yotgan qarovsiz yer maydonlarini bitim amal qiladigan muddatga bepul asosda olishga hamda ulardan foydalanish;
futbol maydonlarini qurish va qayta qurish uchun zamonaviy qurilish mahsulotlarini xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar olish;
turli yoshdagi bolalar uchun futbol toʻgaraklari va boshqa xizmatlarni tashkil etish;
foyda olish va uni erkin tasarruf etish;
bitim shartlari davlat sherigi tomonidan buzilgan taqdirda, uni sud tartibida bekor qilishni talab qilish huquqiga ega.
Xususiy sherik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
30. Xususiy sherik quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
bitim va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilish;
bitim amal qiladigan butun muddat davomida obyekt faoliyatining ixtisosligini saqlash;
futbol maydonari hududida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normalariga rioya qilish;
futbol maydonlarida kun salqin paytda tegishli mahalla yoshlarining futbol bilan bepul shugʻullanishiga shart-sharoitlar yaratib berish;
futbol toʻgaraklari tashkil etilgan taqdirda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari futbol bilan shugʻullanishini tashkil etish uchun kamida uch yil davomida ushbu futbol toʻgaraklariga bepul asosida shugʻullanishini belgilash;
obyektning toʻliq yoki qisman moliyalashtirilishini, undan foydalanilishini, unga texnik xizmat koʻrsatilishini, shuningdek, loyihalashtirsh, qurish, qayta qurish, taʼmirlash, modernizatsiyalashni taʼminlash.
Xususiy sherikka ushbu Nizomda va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Bitim amal qiladigan muddat tugamay turib xususiy sherik mulki boʻlgan obyektning u tomonidan musodara qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, xususiy sherik Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq almashtirilishi bundan mustasno.
31. Bitim mulkni bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigiga qoldirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, xususiy sherik bitimni uzaytirish borasida ustuvor huquqqa ega boʻladi.
6-bob. Xususiy sherikning mulki negizida tashkil etilgan futbol maydonlarida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish
32. Xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan futbol maydonlarini moddiy taʼminlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish toʻgʻrisidagi loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida yetti kun ichida bitim tuziladi.
33. Davlat-xususiy sheriklikning ushbu shaklida tomonlar oʻrtasida tuzilgan bitimga muvofiq davlat sherigi xususiy sherikka loyihani amalga oshirishda imtiyozli kreditlar olishiga hamda barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari va hokazolar) bilan taʼminlashda koʻmaklashishi mumkin.
Davlat sherigi qonun hujjatlarida hamda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan hollarda xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan futbol maydonlarini moddiy taʼminlash shaklining boshqa turini qoʻllashi mumkin.
34. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda turli yoshdagi bolalar uchun futbol toʻgaraklari va boshqa xizmatlarni tashkil etadi hamda foyda olish huquqiga ega boʻladi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida futbol maydonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Mahallalarda futbol maydonini tashkil etish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini boshlash
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-avgustdagi 688-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
nizom
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom fuqarolar yigʻinlari raislarining — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni (keyingi oʻrinlarda maslahatchi deb ataladi) moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
2. Maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Fuqarolar yigʻinlari raislarining — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarning faoliyatini baholash va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha har bir tumanda (shaharda) ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaviy tarkibda komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) shakllantiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
4. Moddiy ragʻbatlantiriladigan maslahatchilar komissiya tomonidan tashkil etiladigan tanlov (keyingi oʻrinlarda tanlov deb ataladi) asosida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya tomonidan tanlovda har bir tuman va shahardan uch nafardan gʻolib boʻlgan maslahatchilarga olti oy davomida bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantirish puli toʻlab boriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Maslahatchilarga toʻlanadigan moddiy ragʻbatlantirish mablagʻlarining 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami, 40 foizi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasi, 40 foizi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
2-bob. Tanlov gʻolibini aniqlash mezonlari
6. Komissiya tomonidan tashkil etiladigan tanlov gʻoliblarini aniqlash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
yoshlar oʻrtasida futbol, ommaviy sport musobaqalari tashkil etilganligi;
mahallalarda yoshlar, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan targʻibot tadbirlari, davra suhbatlari tashkil etilganligi;
yoshlar bandligini taʼminlash, kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar, soha mutaxassislari ishtirokida mahalla yoshlari uchun biznes treninglar tashkil etilganligi;
taʼlim muassasalari oʻquvchilari davomatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etganlik;
tuman (shahar) va hududiy miqyosda tashkil etilgan sport musobaqalari, koʻrik-tanlovlarda mahalla yoshlarining ishtiroki taʼminlanganligi, shuningdek, ularning erishgan yutuqlari;
fuqarolar yigʻinining voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiyasining faoliyat samaradorligi hamda yoshlar oʻrtasida sodir etilgan jinoyatlar koʻrsatkichining keskin kamayishi.
Komissiya tomonidan tanlov gʻoliblarini aniqlashda maslahatchilar erishgan (amalga oshirgan) boshqa ishlar ham inobatga olinadi.
3-bob. Yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish toʻlovini tayinlash tartibi
7. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan maslahatchilar har yili yanvar va iyul oylarining 15-kuniga qadar komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza;
pasport nusxasi;
2 dona 3x4 sm oʻlchamli rangli fotosurat;
oxirgi yilning har chorak yakuni boʻyicha ushbu Nizomning 6-bandida sanab oʻtilgan mezonlarga muvofiq amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumot, video va fotolavhalar, erishilgan yutuqlar yuzasidan diplom, sertifikat va faxriy yorliqlar nusxalari;
mahalla hududida yashovchi voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oxirgi bir yilda kamayganligi yoki sodir etilmaganligi boʻyicha profilaktika inspektori tomonidan taqdim etiladigan hamda fuqarolar yigʻini raisi tomonidan tasdiqlanadigan maʼlumot.
8. Maslahatchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar komissiya tomonidan besh kun mobaynida oʻrganib chiqiladi va ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq baholanib, tanlov gʻoliblari aniqlanadi.
9. Tanlov gʻoliblariga komissiya qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kuni mobaynida xabar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tanlov yakunlari eʼlon qilingandan soʻng 5 ish kunida moddiy ragʻbatlantirish mablagʻlari ushbu Nizomning 5-bandida belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari hisob varaqlariga oʻtkazib beriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari tomonidan moddiy ragʻbatlanish uchun ajratilgan mablagʻlar tanlovda gʻolib deb topilgan maslahatchilarga har oyning uchinchi kunigacha belgilangan tartibda toʻlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
12. Moddiy ragʻbatlantirish toʻlovi tegishli tuman (shahar) komissiyasining qarori bilan toʻxtatiladi. Hisobot davrida moddiy ragʻbatlantirish toʻlovi boʻyicha ishlatilmay qolgan mablagʻlari olib qoʻyilmay, keyingi davrga oʻtkaziladi va ushbu Nizomda koʻzda tutilgan maqsadlarga sarflanadi.
13. Quyidagilar moddiy ragʻbatlantirish toʻlovi toʻxtatilishiga asos boʻladi:
lavozimidan ozod etilganda;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan taqdirda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan taqdirda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
sogʻligʻining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uzoq vaqt mobaynida maslahatchilik vazifasini bajarishga qodir boʻlmay qolgan taqdirda;
vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda.
Moddiy ragʻbatlantirish toʻlovi toʻxtatilishi maslahatchidan oldin toʻlangan toʻlovlar qaytarib olinishiga asos boʻlmaydi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Fuqarolar yigʻinlari raislarining — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni ragʻbatlantirish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

1-bosqich

Maslahatchi

Tuman (shahar) komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi

har yili yanvar va iyul oylarining 15-kuniga kadar

2-bosqich

Tuman (shahar) komissiyasi

Tuman (shahar) komissiyasi ragʻbatlantirish uchun tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarini koʻrib chiqadi va maslahatchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, tanlov gʻoliblarini aniqlaydi

5 kun

3-bosqich

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi,

Futbol assotsiatsiyasi

Maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari bank hisob raqamiga tegishli mablagʻlarni oʻtkazadi

5-ish kuni

4-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari tomonidan moddiy ragʻbatlantirish uchun ajratilgan mablagʻlarni tanlovda gʻolib deb topilgan maslahatchilarga belgilangan tartibda toʻlaydi

Har oyning 10-kuniga qadar

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalla fuqarolar yigʻini raisining — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Fuqarolar yigʻinlari raislarining — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarning faoliyatini baholash va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiyaning namunaviy
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) hokimi, Komissiya rahbari

lavozimi boʻyicha

Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi, Komissiya rahbarining oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashi raisi, Komissiya kotibi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2018-y., 09/18/688/1800-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)