O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 6-apreldagi PQ-3657-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi tizimidagi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada takomillashtirish hamda xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
2. Quyidagilar:
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
2018 — 2021-yillarda baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish va xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga, zarurat bo‘lganda, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlarining cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida uning tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
3. Quyidagilar Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
baliqchilik tarmog‘ida ilmiy-tadqiqot ishlarining strategik yo‘nalishlarini va sohadagi mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan istiqbolli tadqiqot mavzularini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ilmiy dasturlari doirasida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar asosida baliqchilik sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
sohada seleksiya-naslchilik ishlari, baliqlarni oziqlantirish, shuningdek, baliqlar kasalliklarining oldini olish va ularni davolash tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
intensiv texnologiyalar asosida, jumladan, qafas moslamalarida, yopiq aylanma suv tizimida, oqar suv basseynlarida, sug‘orish tarmoqlari va daryo bo‘ylarida baliq yetishtirishning innovatsion usullarini ishlab chiqarishga keng ko‘lamda tatbiq etish;
baliqchilik tarmog‘i uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish, sohaga oid seminar va treninglar o‘tkazish;
yangi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
4. Quyidagilar Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy filiallarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan baliqchilik sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar uchun ajratiladigan mablag‘lar;
xo‘jalik yuritish va xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar va donor mamlakatlar grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Belgilansinki, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy filiallarining xodimlariga respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
bir oy muddatda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining yangilangan ustavini ishlab chiqib, tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutini iqtidorli yosh olimlar, ilmiy kadrlar va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
6. Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, “Qo‘shyog‘och” qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi binoga joylashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmurodov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-iyul,
606-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 606-son qaroriga
1-ILOVA
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining
TUZILMASI
Jami xodimlar soni — 87 nafar, shu jumladan:
boshqaruv xodimlari — 15 nafar, ilmiy xodimlar — 31 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 41 nafar.
*Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni qonunchilikda belgilangan me’yorlar asosida aniqlanadi.
**Xo‘jalik hisobidan moliyalashtiriladi.
Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda shartnoma asosida qo‘shimcha ilmiy xodimlar jalb qilinishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 606-son qaroriga
2-ILOVA
2018 — 2021-yillarda baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish va xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
ChORA-TADBIRLARI DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Mas’ullar

I. Baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar

1.

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida iqtidorli ilmiy mutaxassislarni jalb etish.

2018-yil

avgust-sentyabr

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

2.

Respublikada baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishning 2019 — 2023-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish.

2018-yil
dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

3.

Intensiv usullarda baliq yetishtirishni keng ko‘lamda joriy etish, yuqori mahsuldor baliq turlarini yetishtirish texnologiyalarining iqtisodiy samaradorligini asoslash va takliflar tayyorlash.

2019-yil
mart

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

4.

Suvning gidrokimyoviy tarkibini tahlil qilish laboratoriyasini ta’mirlash va uni jahon andozalari bo‘yicha jihozlash.

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

2019-yil
iyun

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

5.

Baliqchilik sohasini ilmiy darajasi bo‘lgan kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida belgilangan tartibda ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengash tashkil etish.

2019-yil

iyul

Fanlar akademiyasi, Qishl�q xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oliy attestatsiya komissiyasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

6.

Baliqchilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarining strategik yo‘nalishlarini va sohadagi mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan istiqbolli tadqiqot mavzularini ishlab chiqish.

har yili

Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

7.

Baliqchilik sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor va dolzarb yo‘nalishlari uchun tanlov asosida davlat ilmiy-texnik grantlarini ajratish.

Davlat ilmiy dasturlarining grant mablag‘lari

har yili

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

8.

Davlat ilmiy dasturlari doirasida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar asosida baliqchilik sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish.

Davlat ilmiy dasturlarining grant mablag‘lari

har yili

Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

9.

Mamlakatimiz tabiiy ko‘llari va sun’iy hov�zlarni baliqlantirish, baliq yetishtirish va ovlash tadbirlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

10.

Baliqlarni oziqlantirishning samarali texnologiyalari sohasida texnik jihatdan tartibga soluvchi normativ hujjatlar ishlab chiqish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari hisobidan

2019-yil

oktyabr

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

11.

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-t�xnika bazasini mustahkamlash, jumladan, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun maxsus asbob-uskunalar va baliq ovlash anjomlari bilan jihozlangan maxsus transport sotib olish.

Xalqaro grantlar

2019-yil

dekabr

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

12.

Yangi baliq turlarini (venger karpi, tilyapiya, laqqasimon, kamalak foreli, qora sazan va boshqalar) O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirish va ularni o‘stirish texnologiyasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion izlanishlari olib borish.

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

13.

Baliqchilik sohasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilari hamda magistrlarini fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni bajarishga jalb etish.

Davlat ilmiy dasturlarining grant mablag‘lari

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

14.

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlarining malakasini oshirish va yangi texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida xalqaro anjumanlar va seminarlar tashkil etish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari hisobidan

grafik asosida

Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

II. Xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish

15.

Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat texnika universitetining baliqchilik yo‘nalishi bo‘yicha filialini respublikada ochish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari hisobidan

2018-yil

oktyabr

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Tashqi ishlar vazirligi,

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

16.

Hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan respublikadagi ilmiy-tadqiqot institutlari va baliqchilik xo‘jaliklarida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari hisobidan

2018 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

17.

Xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida xorijiy davlatlarga xizmat safarlarini tashkil qilish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari hisobidan

2018 — 2019-yillar

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Tashqi ishlar vazirligi,

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

18.

Xorijiy davlatlarda (Turkiya, Rossiya, Xitoy, Vyetnam) intensiv usulda baliq o‘stirish texnologiyasini, jumladan, qafas usulida baliq yetishtirish tajribasini o‘rganish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari hisobidan

2018 — 2019-yillar

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

19.

Xitoy Xalq Respublikasining Baliqchilik Fanlar akademiyasi mutaxassislari va olimlari bilan birgalikda sho‘rlangan sizot suvlarda baliq yetishtirish texnologiyalarini respublikamizda joriy etish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari
va grantlar

2018 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi,

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

20.

Xorijiy davlatlarda baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarida ishtirok etish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari
va grantlar

2018 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

21.

Xitoy Xalq Respublikasining Baliqchilik Fanlar akademiyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda respublika hududlaridagi baliqchilik xo‘jaliklarida o‘quv seminarlar tashkil etish.

Xalqaro

grantlar

2019-yil

may

Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi,

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

22.

Baliqchilik sohasida yuqori tajribaga ega bo‘lgan xorijiy mamlakatlar, xususan, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Vyetnam, Turkiya, Vengriya davlatlari bilan muzokaralar o‘tkazish va o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari hisobidan

2019-yil

oktyabr

Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi,

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

23.

Rossiya Federatsiyasining Astraxan davlat texnika universiteti mutaxassislari bilan birgalikda karp va o‘simlikxo‘r baliqlarning yangi, yuqori mahsuldor ota-onalar to‘dasini shakllantirish maqsadida seleksiya — naslchilik ishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish.

Davlat ilmiy dasturlari grant mablag‘lari

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi,

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

24.

Vyetnam davlatining malakali mutaxassislari va olimlari bilan birgalikda tropik baliq turlarini (laqqasimonlar va tilyapiya) oziqlantirish va ular o‘stirish texnologiyalarini o‘rganish va natijalarini keng joriy qilish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari
va grantlar

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

25.

Xitoy Xalq Respublikasining Baliqchilik Fanlar akademiyasi bilan birgali�da O‘zbekiston hududida Qizil kitobga kiritilgan “Turkiston mo‘ylovdori” populatsiyasini ko‘paytirish maqsadida uning biologik xususiyatlarini o‘rganish hamda gormonal inyeksiyalar yordamida sun’iy ko‘paytirish ishlarini tashkil etish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari
va grantlar

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

26.

Turkiya Respublikasining “Chuchuk suvlar baliqchiligi” (Trabzon shahri) instituti bilan birgalikda baliqlar o‘sishining suv haroratiga bog‘liqligi, o‘stirish tig‘izligi, oziqlantirish, intensiv tizimlarda (yopiq suv aylanma tizimi qurilmasi, qafaslar, basseynlarda) baliq yetishtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

Ijrochilarning
o‘z mablag‘lari
va grantlar

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/606/1608-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son; 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)