|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.09.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotgan, tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan shaxslarni sogʻliqni saqlash organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga belgilangan tartibda joylashtirish hamda ularning sogʻligʻini tiklash chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga biometrik pasport rasmiylashtirib berish hamda shaxsi va yashash joyi aniqlangan shaxslarni doimiy yashash joylariga joʻnatish tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov hamda ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-iyul,
597-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 597-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 1-ilova quyidagi mazmundagi III1-bob bilan toʻldirilsin:
“III1. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotganlarni “Saxovat” internat uylariga joylashtirish
171. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida (keyingi oʻrinlarda reabilitatsiya markazlari deb ataladi) saqlanayotgan mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan shaxslar “Saxovat” internat uylariga joylashtiriladi.
“Saxovat” internat uylariga joylashtirish uchun yuborish belgilangan tartibda reabilitatsiya markazi boshligʻining buyrugʻi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
172. Reabilitatsiya markazlaridan “Saxovat” internat uylariga yuborilayotganlar mazkur Nizomning 11 va 12-bandlarida koʻrsatilgan koʻrsatkichlar boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Tibbiy koʻrik reabilitatsiya markazlari tibbiyot xodimlari va tegishli mutaxassis shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha yozma xulosa rasmiylashtiriladi.
173. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarni “Saxovat” internat uylariga joylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
“Saxovat” internat uylariga joylashtirish toʻgʻrisida reabilitatsiya markazida saqlanayotgan mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan shaxslarning reabilitatsiya markazi boshligʻi nomiga berilgan arizasi;
“Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
“Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotganning sogʻligʻi holati boʻyicha tibbiy xulosa;
hududiy tibbiyot boshqarmasidan olingan ruhiy-asab kasalliklari, silga qarshi kurashish, onkologik hamda teri-tanosil kasalliklari dispansyerlarining xulosalari;
“Saxovat” internat uyiga joylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati;
“Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning nogironligi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning nusxasi ham taqdim etiladi.
Mazkur bandda koʻrsatilgan barcha hujjatlar reabilitatsiya markazlari tomonidan toʻplanadi.
174. Reabilitatsiya markazlarida “Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotgan har bir shaxs uchun ikki nusxada shaxsiy yigʻmajild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 173-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar tikib qoʻyiladi.
“Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotganlarning shaxsiy yigʻmajildlari bir nusxasi saqlash uchun “Saxovat” internat uyi direktoriga belgilangan tartibda taqdim etiladi”.
2. 2-ilova quyidagi mazmundagi III1-bob bilan toʻldirilsin:
“III1. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotganlarni “Muruvvat” internat uylariga joylashtirish
191. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida (keyingi oʻrinlarda reabilitatsiya markazlari deb ataladi) saqlanayotgan mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan shaxslar “Muruvvat” internat uylariga joylashiriladi.
“Muruvvat” internat uylariga joylashtirish uchun yuborish belgilangan tartibda reabilitatsiya markazi boshligʻining buyrugʻi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
192. Reabilitatsiya markazlaridan “Muruvvat” internat uylariga yuborilayotganlar mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida belgilangan koʻrsatkichlar boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Tibbiy koʻrik reabilitatsiya markazlari tibbiyot xodimlari va tegishli mutaxassis shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha yozma xulosa rasmiylashtiriladi.
193. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotganlarni “Muruvvat” internat uylariga joylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
“Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaxsning shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
“Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotgan shaxsning sogʻligʻi holati boʻyicha tibbiy xulosa;
hududiy tibbiyot boshqarmasidan olingan ruhiy-asab kasalliklari, silga qarshi kurashish, onkologik hamda teri-tanosil kasalliklari dispansyerlarining xulosalari;
“Muruvvat” internat uyiga joylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati;
belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning nusxasi.
Mazkur bandda koʻrsatilgan barcha hujjatlar reabilitatsiya markazlari tomonidan toʻplanadi.
194. Reabilitatsiya markazlarida “Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotgan har bir shaxs uchun ikki nusxada shaxsiy yigʻmajild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 193-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar tikib qoʻyiladi.
“Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotganlarning shaxsiy yigʻmajildlari bir nusxasi saqlash uchun “Muruvvat” internat uyi direktoriga belgilangan tartibda taqdim etiladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/597/1600-son)