ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
|
1. |
Amaldagi qonun hujjatlarini inventarizatsiya qilish va ularga taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
1. Amaldagi qonun hujjatlarini inventarizatsiya qilish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 2. Amaldagi qonun hujjatlariga taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2018-yil noyabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat test markazi, Oliy attestatsiya komissiyasi |
|
2. |
Oliy taʼlim turlarini takomillashtirish choralarini koʻrish. |
1. Alohida taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 2. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish |
2018-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
|
3. |
Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
1. Oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish kvotalaridan tashqari xorijiy fuqarolarni suhbat asosida test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish mexanizmini joriy etish. 2. Tegishli qaror loyihasini ishlab |
2018-yil iyul |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar, TIV |
|
4. |
Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish. |
Loyihada quyidagilarga asosiy eʼtiborni qaratish: 1. Baholash tizimi va mezonlarini uzluksiz taʼlim tizimining bosqichlariga muvofiqlashtirishga; 2. Taʼlim yoʻnalishlarining oʻziga xos jihatlarini inobatga olgan holda talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli (avtomatlashtirilgan, portfolio, test sinovlari, ijodiy ish, antiplagiat 3. Semestr yakuni boʻyicha akademik qarzdor talabaning qayta topshirishi mumkin boʻlgan fanlar sonini (uchtagacha) belgilashga va ularni topshirish muddatini oʻzgartirishga. |
2018-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
1. Bitiruvchilarning iqtidori va xohish-istaklarini inobatga olgan holda yakuniy davlat attestatsiyasini mutaxassislik fanlaridan (fanlararo) imtihon yoki bitiruv malakaviy ishini himoya qilish shakllarida oʻtkazishni tashkil etish. 2. Ayrim bitiruv malakaviy ishlarini ishlab chiqarish joylarida himoya qilish tizimini kuchaytirish mexanizmlarini ishlab chiqish. 3. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tarkibiga mutaxassis tayyorlovchi oliy taʼlim muassasasining pedagog kadrlari bilan birga kadrlar buyurtmachilarini ham kiritish amaliyotini yaratish. |
2018-yil noyabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
|
6. |
Magistratura toʻgʻrisidagi nizomni yangi tahrirda ishlab chiqish. |
1. Loyihada asosiy eʼtiborni magistraturada mutaxassislar tayyorlashni ishlab chiqarish (amaliy) (kamida bir yil) va ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yoʻnalishlarga ixtisoslashgan dasturlar asosida tashkil etishga qaratish. 2. Tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish |
2018-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik |
|
7. |
Oʻquv yuklamalarini hisobga olgan holda professor-oʻqituvchilar “vaqt meʼyorlari”ning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
1. Professor-oʻqituvchilarning vaqtini oʻquv jarayoniga xos boʻlmagan ishlarga sarflashning oldini olish boʻyicha aniq mexanizmlarni yaratish. 2. Professor-oʻqituvchilarning vaqtini talabalar bilan koʻproq ishlashga yoʻnaltirish maqsadida “ustoz — shogird” tizimini joriy etish. |
2018-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
|
II. Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar | ||||
|
8. |
Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlaridagi test savollarini tayyorlash uslublarini takomillashtirish. |
1. Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini ishlab chiqish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish. 2. Abituriyentni mantiqiy fikrlashga undaydigan test savollarini kiritish va uning ulushini koʻpaytirish. 3. Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tayyorgarlik sifatini oshirish maqsadida abituriyentlarning foydalanishi uchun muntazam ravishda kirish imtihonlari savollari toʻplamini (axborotnomani) chop etish va hududlarga yetkazish, shu jumladan uning elektron shaklini DTMning rasmiy veb-saytiga doimiy ravishda joylashtirib borish. |
2018-yil dekabr Doimiy ravishda |
Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
9. |
Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini oʻtkazish jarayoni, shu jumladan uning ustidan nazoratni kuchaytirishning samarali usullarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
1. Xorijiy oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini oʻtkazish jarayonini oʻrganish. 2. Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari jarayonidagi belgilangan tartiblarni buzish amaliyotini tanqidiy tahlil qilish. 3. Oʻrganish natijalariga koʻra takliflar ishlab chiqish. |
2018-yil sentabr |
Davlat test markazi, oliy taʼlim muassasalari |
|
10. |
Oliy taʼlim muassasalari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish. |
1. Oliy taʼlim muassasalari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni qabul qilish. 2. Oliy taʼlim muassasalari huzurida jamoatchilik kengashlari tarkibini aniqlash va tasdiqlash. Bunda ota-onalar, Yoshlar ittifoqining oliy taʼlim muassasalaridagi faol aʼzolari, kadrlar buyurtmachilari, professor-oʻqituvchilar, hududdagi fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb etishga eʼtibor qaratish. |
2018-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari |
|
11. |
Oliy taʼlim muassasalari faoliyatining sifati va raqobatbardoshligini taʼminlovchi xorijiy ilgʻor tizimlarni boshqaruv va taʼlim jarayoniga joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
1. “Benchmarking” (oliy taʼlim muassasalari faoliyatining komponentlari boʻyicha qiyosiy tahlil etish orqali muammolarga yechim topish), “Total quality management” (taʼlim sifatini oshirishning yalpi boshqaruvi), “blended learning” (yagona elektron tizim orqali taʼlimni amalga oshirishning talaba-pedagog muloqoti), “Tuning” (umumkasbiy va mutaxassislik kompetensiyalariga asoslangan taʼlim berish) kabi ilgʻor xorijiy taʼlim muassasalarida joriy etilgan tizimlarni oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalariga koʻra tahliliy maʼlumot tayyorlash. |
2019-yil aprel |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
|
12. |
Taʼlim klassifikatsiyasining xalqaro standartini (MSKO–2011) milliy taʼlim tizimiga joriy etish masalasini oʻrganib chiqish va takliflar tayyorlash. |
1. Taʼlim klassifikatsiyasining xalqaro standartini (MSKO–2011) milliy taʼlim tizimiga joriy etishni oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 2. Taʼlim klassifikatsiyasining xalqaro standarti (MSKO–2011) joriy etilgan xorijiy davlatlarning taʼlim tizimi sifatini oʻrganish |
2019-yil fevral |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
13. |
Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish |
1. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish 2. Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2018-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
|
14. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tuzilmasida hamda oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilishi belgilangan axborot xizmatining (matbuot kotibining) faoliyat nizomlarini tasdiqlash. |
1. Oliy taʼlim muassasalarida matbuot kotibining toʻliq faoliyat yuritishini taʼminlash. 2. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tuzilmasida hamda oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilishi belgilangan axborot xizmatining (matbuot kotibining) nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2018-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalari |
|
15. |
Oliy taʼlim muassasalarida stipendiyalarni tayinlashning amaldagi mexanizmlarini oʻrganish va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash. |
1. Xorijiy oliy taʼlim muassasalarida stipendiyalarni tayinlash mexanizmlarini tahlil qilish. 2. Milliy amaliyot va xorijiy tajribani oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlash. |
2018-yil dekabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
|
16. |
Talabalar kontrakt toʻlovlarining ish beruvchi korxonalar tomonidan amalga oshirilishining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish. |
1. Talabalar kontrakt toʻlovlarining ish beruvchi korxonalar tomonidan amalga oshirilishining amaldagi tartibini oʻrganish. 2. Ayrim toifadagi (kam taʼminlangan, iqtidorli va h.) talabalar kontrakt toʻlovlarining ish beruvchi korxonalar tomonidan amalga oshirilishini amaliyotga keng joriy qilish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish. |
2019-yil fevral |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
III. Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy taʼlim muassasalarining ishtiroki hamda tashabbuskorligini oshirish | ||||
|
17. |
Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy taʼlim muassasalarining ishtiroki hamda tashabbuskorligini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish. |
1. Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda har bir oliy taʼlim muassasasining ishtirokini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Islohotlarni amalga oshirishda oliy taʼlim muassasalarida tashabbuskorlikni kuchaytirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish. |
2018-yil iyun |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari |
|
18. |
Oliy taʼlim muassasalari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga qaratilgan takliflarning kiritib borilishini yoʻlga qoʻyish. |
1. Har bir oliy taʼlim muassasasi tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar tashkilotlari bilan birgalikda tegishli soha 2. Tashabbuskor guruhlarning aniq vazifalarini belgilash, ish rejalarini tasdiqlash hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun tegishli sharoitlar yaratish. |
2018-yil iyun 2018-yil avgust |
Oliy taʼlim muassasalari |
|
19. |
Oliy taʼlim muassasalarining hududlarni, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni jadal rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalarining keng muhokamasida faol ishtirok etishini taʼminlash. |
1. Barcha soha va tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar huzurida tashkil etilayotgan ishchi guruhlar hamda ekspert-tahliliy guruhlar tarkibiga oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va yosh olimlarini kiritish choralarini koʻrish. 2. Tegishli soha va tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalari bilan professor-oʻqituvchilar va talabalarni muntazam ravishda tanishtirib borish mexanizmlarini takomillashtirish. 3. Tegishli soha va tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalari boʻyicha professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida muhokamalar tashkil etish hamda ishlab chiqilgan takliflarni tegishliligi boʻyicha taqdim etib borish. |
Doimiy ravishda |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlisi palatalari (kelishuv boʻyicha), Vazirlar Mahkamasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari |
|
20. |
Oliy taʼlim muassasalari tomonidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli oʻrganish hamda tahlil qilish. |
1. Oliy taʼlim muassasalari tomonidan davlat 2. Mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli oʻrganish asosida tegishli tahliliy materiallar tayyorlab borish. |
2018-yil iyul Doimiy ravishda |
Oliy taʼlim muassasalari |
|
IV. Davlat va jamiyat hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlar va sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini oliy taʼlim muassasalari tomonidan televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali keng aholi eʼtiboriga yetkazish | ||||
|
21. |
Televideniye, radio, gazeta |
1. Har bir soha kesimida normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini yoritib 2. Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etish 3. Yillik reja-grafik asosida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmuni va mohiyatini keng yoritish boʻyicha koʻrsatuvlar, eshittirishlar uyushtirish va maqolalar chop etish. |
2018-yil iyun 2018-yil iyun Reja-grafik asosida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar, MTRK, MAA, |
|
22. |
“Oʻzbekiston 24” telekanalida oliy taʼlim muassasalari vakillari uchun “Professor-oʻqituvchilar va talabalar fikri” nomli koʻrsatuvni tashkil etish va unda davlat |
1. “Oʻzbekiston 24” telekanalida oliy taʼlim muassasalari vakillari uchun “Professor-oʻqituvchilar va talabalar fikri” nomli koʻrsatuvni tashkil etish boʻyicha tashkiliy choralar koʻrish. 2. “Professor-oʻqituvchilar va talabalar fikri” nomli koʻrsatuvda oliy taʼlim muassasalari vakillarining chiqishlarini tashkil etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. “Professor-oʻqituvchilar va talabalar fikri” nomli koʻrsatuvda oliy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar, talabalar, ekspertlar hamda tegishli soha mutaxassislari ishtirokini taʼminlash. |
2018-yil avgust 2018-yil avgust Doimiy ravishda |
MTRK, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari |
|
23. |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Press-klub” tashkil etish va unda islohotlar mazmunini yoritishga doir koʻrsatuv va ijtimoiy roliklar tayyorlab, televideniye va Internet orqali jamoatchilik eʼtiboriga havola qilib borish. |
1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Press-klub” uchun joy ajratish va uni zarur jihozlar bilan taʼminlash. 2. Tashkil etilgan “Press-klub”ning media-rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. “Press-klub” tomonidan tayyorlangan media mahsulotlarni Internet orqali doimiy, televideniye orqali reja asosida berib borish. |
2018-yil sentabr 2018-yil sentabr Doimiy ravishda |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, MTRK, Moliya �azirligi, oliy taʼlim muassasalari |
|
24. |
“Maʼrifat”, “Uchitel Uzbekistana”, “Yoshlar ovozi”, “Molodej Uzbekistana” va boshqa gazetalarda hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-saytida “Islohotlar oliy taʼlim muassasalari nigohida” ruknini ochish va unda oliy taʼlim muassasalari vakillarining islohotlarga munosabatini berib borish. |
1. “Maʼrifat”, “Uchitel Uzbekistana”, “Yoshlar ovozi”, “Molodej Uzbekistana” va boshqa gazetalarda hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-saytida “Islohotlar oliy taʼlim muassasalari nigohida” ruknini ochish. 2. “Islohotlar oliy taʼlim muassasalari nigohida” rukniga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish. 3. “Islohotlar oliy taʼlim muassasalari nigohida” rukniga doimiy ravishda oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, |
2018-yil iyul 2018-yil iyul Doimiy ravishda |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, MAA, oliy taʼlim muassasalari |
|
25. |
Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini tushuntirish boʻyicha oliy taʼlim muassasalarining vakillari ishtirokida press-konferensiyalar oʻtkazib borish. |
1. Press-konferensiyalarni oʻtkazish reja-grafigini ishlab chiqish. 2. Reja-grafik asosida press-konferensiyalarni oʻtkazish hamda ularda ommaviy axborot 3. Press-konferensiyalarga tegishliligi boʻyicha soha mutaxassislari, olimlar va professor-oʻqituvchilarni jalb etish. |
2018-yil iyul Reja-grafik asosida |
Milliy matbuot markazi, MAA, MTRK,Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalari |
|
26. |
Oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va mohiyatini aholi, ayniqsa yoshlarga yetkazishga qaratilgan koʻrsatuvlar tashkil etish. |
1. Oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va mohiyatini aholi, 2. Media-reja asosida koʻrsatuvlarni tashkil etib borish. |
2018-yil iyul Media-reja asosida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, MTRK |
|
V. Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, yosh olimlar va talabalarning ilmiy-tadqiqot natijalari va innovatsion ishlanmalarini amaliyotga joriy etish tizimini samarali tashkil etish | ||||
|
27. |
Oliy taʼlim muassasalari talabalarini ilmiy faoliyatga yoʻnaltirish va ularda innovatsion fikrlashni shakllantirish. |
Chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarni nazarda tutish: 1. Yangi gʻoya va tashabbuslarni shakllantirish maqsadida har bir oliy taʼlim muassasasida 2. Oʻquv mashgʻulotlarini talabalarni innovatsion fikrlashga yoʻnaltiradigan oʻqitish texnologiyalari va interfaol uslublarni joriy etish asosida tashkil etish, talabalarning bilimini baholash tizimini qayta koʻrib chiqish, asosiy eʼtiborni ularning dars mashgʻulotlarida yangilik taklif qilish qobiliyatiga qaratish. 3. Har bir oliy taʼlim muassasasida 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etish (mazkur guruhlardagi talabalar soni oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi), 2-kursdan ularni oʻqitishni alohida oʻquv reja va dasturlar asosida amalga oshirish, ushbu toifadagi talabalarni magistraturaga maqsadli qabul qilish va bu orqali oliy taʼlim muassasalari kafedralari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish. |
2018-yil avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
|
28. |
Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, yosh olimlar va talabalarning ilmiy izlanishlari natijalari va innovatsion ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga yoʻnaltirish. |
1. Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, yosh olimlar va talabalarning ilmiy izlanishlarini iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning ilmiy-texnik muammolari asosida tashkil etish. 2. Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, yosh olimlar va talabalarning innovatsion ishlanmalarini amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish. |
Doimiy ravishda |
Oliy taʼlim muassasalari |
|
29. |
Innovatsion va texnologik gʻoyalarni har tomonlama rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, yosh olimlar va talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbuskorligini oshirish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etish. |
1. Innovatsion va texnologik gʻoyalar yaratilishini har tomonlama rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. 2. Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, yosh olimlar va talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish borasidagi tashabbuskorligini oshirish yuzasidan oliy taʼlim muassasalarining chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish. |
2018-yil iyul |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari |
|
30. |
Yoshlarning innovatsion gʻoya va tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyati natijalarini ragʻbatlantirish choralarini koʻrish. |
1. Yosh olimlar va talabalarga hamda tashabbuskor fuqarolarga mamlakatda innovatsion gʻoya va texnologiyalarni rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun topshiriladigan “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish. 2. Yosh olimlar va talabalar oʻrtasida har yili innovatsion gʻoya va tashabbuslar tanlovini oʻtkazib borish va gʻoliblarni taqdirlashni tashkil etish. |
2018-yil avgust Har yili may oyida |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
|
31. |
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning ilmiy-amaliy muammolariga bagʻishlangan seminar, uchrashuv va davra suhbatlari uyushtirish, oliy taʼlim muassasalari ilmiy salohiyatini dolzarb muammolarga yoʻnaltirish. |
1. Oliy taʼlim muassasalarining iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha tashkilotlari rahbarlari, yetakchi mutaxassislari, faol tadbirkorlar bilan dolzarb ilmiy masalalarda seminar, uchrashuv va davra suhbatlarini oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Oliy taʼlim muassasalarida doktorlik |
2018-yil sentabr |
Oliy taʼlim muassasalari |
|
VI. Oliy taʼlim muassasalari rahbariyatining mamlakatni isloh qilish jarayonida faol ishtirok etish borasidagi masʼuliyatini oshirish | ||||
|
32. |
Oliy taʼlim muassasalari rahbariyatining mamlakatni isloh qilish jarayonida faol ishtirok etish borasidagi masʼuliyatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash. |
1. Oliy taʼlim muassasasining har bir rektori 2. Tasdiqlangan “Yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish. |
2018-yil iyun Doimiy ravishda |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik |
|
33. |
Oliy taʼlim muassasalarining iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni isloh qilish jarayonida amalga oshirgan ishlari natijadorligi hamda ular tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion gʻoya va takliflarning amaliyotga joriy etilganligi asosida ushbu muassasalar rahbariyati faoliyatini baholashni yoʻlga qoʻyish. |
1. Oliy taʼlim muassasalari rahbariyati faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida |
2018-yil avgust Doimiy ravishda |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
|
34. |
Oliy taʼlim muassasalari rahbar kadrlarida innovatsion kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish. |
Oliy taʼlim muassasalari rahbar kadrlarining malakasini oshirish kurslari oʻquv rejalariga innovatsion kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan mavzularni kiritish. |
2018-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |