1-ILOVA
T/r | Yirik bitimlar va xizmatlar | Bitimlarni amalga oshiruvchi |
1. | Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, hadya, ishonchnoma berish, ishonchli boshqarish va shu kabilar) | Notarial idoralar |
2. | Avtotransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, lizing, hadya, ishonchnoma berish va shu kabilar) | |
3. | Yangi avtotransport vositalarini, shu jumladan lizing shartnomalari boʻyicha sotish. | “Oʻzavtosanoat” AJ |
4. | Koʻchmas mulk va avtotransport vositalarini sotib olish uchun kreditlar berish, shu jumladan, ular boʻyicha lizing operatsiyalari | Tijorat banklari |
5. | Ijro hujjatlar boʻyicha elektron-onlayn auksionlarda mulkni sotish (elektron onlayn auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalar qabul qilish) | “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi) |
6. | Xususiylashtiriladigan koʻchmas mulk obyektlarini, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondi (ustav kapitani)dagi davlat ulushlarini hamda davlat mulkini ijaraga berish huquqini elektron onlayn-auksionlarda sotish (elektron onlayn auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalar qabul qilish) | “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi) |
7. | Yer uchastkalariga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat reyestrdan koʻchirma berish | Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy organlari (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi) Davlat xizmatlari markazlari (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi) |
8. | Binolar, inshootlar va koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat reyestrdan koʻchirma berish | |
9. | Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻma jildini (pasportini) tayyorlash | |
10. | Xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatish uchun aviachiptalar sotish (Oʻzbekiston Respublikasiga aviachiptalardan tashqari)* | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining aviachiptalar sotish kassalari |
11. | Xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatish uchun temir yoʻl chiptalari sotish (Oʻzbekiston Respublikasiga temir yoʻl chiptalaridan tashqari)* | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning temir yoʻl chiptalari sotish kassalari |
12. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini rasmiylashtirish | Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi) |
13. | Avtotransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish | Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari (Oʻzbekiston Respublikasi |
14. | Avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini berish va almashtirish | |
16. | Chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari markazlari (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi) |
17. | Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsat berish | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari markazlari (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi) |
18. | Binolar va inshootlar tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadni taʼmirlash) kelishish | |
19. | Obyektni rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirish uchun ruxsatnoma berish | |
20. | Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish | |
21. | Elektron davlat xaridlarida xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi sifatida ishtirok etish | “Oʻzbekiston Respublika tovar xom ashyo birjasi” AJ Davlat xaridlari elektron tizimining operatorlari (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi) |
2-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Ijro muddati | |||
1-bosqich | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi | 1. Ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi (keyingi oʻrinlarda qarzdorlik deb ataladi) mavjud boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar — qarzdorlar toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlar bazalarini shakllantiradi. 2. Tasdiqlangan reglamentlarga muvofiq ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning shakllantirilgan maʼlumotlar bazasiga moneliksiz kirishini taʼminlaydi. | Doimiy ravishda | |||
2-bosqich | Bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar | Ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan yirik bitimlarni amalga oshirish, ayrim moliya-kredit xizmatlarini koʻrsatish, xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlari koʻrsatishda qarzdorlarning maʼlumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarda qarzlarning mavjudligini oldindan tekshiradi. | Yirik bitimlarni amalga oshirish va ayrim moliya-kredit xizmatlari koʻrsatishgacha | |||
3-bosqich | Bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar | Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda, bitimlarni amalga oshirish va xizmatlarni koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. | Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda | |||
4-bosqich | Jismoniy va yuridik shaxslar | 1. Mavjud qarzdorlikni qoplaydi. | 1. Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda | |||
Byuro (ijro hujjatlari qismi boʻyicha) | 2. Qarzdor tomonidan qarz toʻlanganligi haqidagi maʼlumot Byuroning maʼlumotlar bazasiga tezkorlik bilan kiritilishini (taqdim etilishini) taʼminlaydi. | 2. Mavjud qarzdorlik qoplanganidan soʻng zudlik bilan | ||||