Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2024 yil 3 avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarorini ijro etish, shuningdek, monopol mahsulotlar roʻyxati va turlarini tubdan qisqartirish, monopoliyaga qarshi tartibga solishning xalqaro prinsiplariga oʻtishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gʻulomov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-mart,
249-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Tovar va moliya bozorida xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini eʼtirof etish hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 33-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 43-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“43. Xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki ularga narxlar (tariflar) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha Reyestrga kiritilgan shaxslar guruhi ushbu narxlar (tariflar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda narxlarni tartibga solish organida tasdiqlanishini amalga oshiradilar”.
Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

___-son BILDIRIShNOMA

‎‎______________________________________________________________________________________________ning

(monopoliyaga qarshi organ nomi)

________________________________________________________________________________manzilida joylashgan

(pochta manzili)

________________________________________________________________________________________________ni

(xoʻjalik yurituvchi subyekt va (yoki) shaxslar guruhi nomi)

‎‎______________________________________________________________________________________________ning
‎‎(monopoliyaga qarshi organ nomi)

20__ yil “__”________dagi ___-son buyrugʻiga asosan 20__ yil “__” _______dan boshlab Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritish toʻgʻrisida

‎Reyestrga kiritilgan tovarlar (xizmatlar) turlari va nomi:

‎‎1. ________________________________________________________________________________________________‎‎
‎2. ________________________________________________________________________________________________‎‎

Ushbu bildirishnoma munosabati bilan Siz 30 kun mobaynida koʻrsatib oʻtilgan ustun mavqeni egallab turgan tovar (xizmat)ga narxlar (tariflar)ni
‎________________________________________________________________________________________________da

(narxlarni boshqarish organi nomi)

deklaratsiya qilishingiz (yoki ilgari tasdiqlangan deklaratsiyani qayta rasmiylashtirishingiz), shuningdek ularning keyingi har bir oshishini deklaratsiya qilishingiz zarur*.

Ushbu bildirishnoma munosabati bilan Siz yilning har choragida chorakning birinchi oyi 10-kunigacha
‎______________________________________________________________________________ga yuqorida koʻrsatilgan

‎‎(monopoliyaga qarshi organning nomi)

tovarlarga narxlarni taqdim etishingiz zarur**.

Ushbu bildirishnoma oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda Sizga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qoʻllanadi.

__________________________
‎(rahbar)

___________________________
‎(imzoning yoyilmasi)

Izoh: Bildirishnoma monopoliyaga qarshi organ blankida yuboriladi.
* Ushbu bildirishnoma narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinmaydigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha Reyestrga kiritiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektga yuborilganda ushbu xatboshi chiqarib tashlanadi.
** Ushbu bildirishnoma narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha Reyestrga kiritiladigan xoʻjalik yurituvchi subyektga yuborilganda ushbu xatboshi chiqarib tashlanadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son, 10.12.2018-y., 09/18/996/2288-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2019-y., 09/19/229/2786-son; 14.10.2019-y., 09/19/866/3911-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2022-y., 09/22/348/0583-son; 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son; 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)