1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.02 Qishloq xoʻjalik mahsuloti narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish xamda eksport qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi florasida tabiiy xolda oʻsuvchi dorivor oʻsimliklar zaxiralaridan barqaror foydalanish, jumladan, ayrim dorivor oʻsimliklarning plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish va eksport qilish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va “Oʻzbekozikovkatxolding” xolding kompaniyasining respublika hududida kavrak (Ferula foetida, Ferula tadshikorum) plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish xamda eksport qilish maqsadida Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini (keyingi oʻrinlarda uyushma deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining “Shifobaxsh” dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi, “Oʻzbekoziqovkatxolding” xolding kompaniyasi tarkibidagi “Qarshi eksport-import biznes” MCHJ va “Surxondaryo agrofirmasi” MCHJ masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi korxonalar hamda kavrak yetishtirish va uni eksport qilish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Uyushma muassislari hisoblanadi;
tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar shartnoma asosida Uyushmaga mustaqil aʼzo boʻlishlari mumkin va uning tarkibidan chiqish huquqiga egadirlar.
3. Quyidagilar Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasining qoʻshimcha vazifalari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 Oʻsimlikshunoslik]
respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos kelishini inobatga olgan holda, kavrakni plantatsiyalarda yetishtirishni tashkil etish va tayyor mahsulotni yetkazib berish boʻyicha takliflar tayyorlash;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
respublika hududlarida kavrakni sanoat usulida yetishtirish hajmini koʻpaytirish choralarini koʻrish, mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish, eksport hajmini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
kavrak urugʻini tayyorlash va plantatsiya tashkil etuvchi tashkilotlarga yetkazib berish;
kavrak plantatsiyasini tashkil etuvchilarga plantatsiya tashkil etish va xom ashyo yetishtirish yuzasidan metodik yordam koʻrsatish va tavsiyalar ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni kavrak yetishtirish jarayoniga joriy qilish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari]
kavrak yetishtirishga jalb etiladigan mutaxassislarni plantatsiyalarda agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri amalga oshirish boʻyicha oʻqitish uchun maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish;
uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlar uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish, xorijiy investitsiyalar, jumladan, xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb qilish yoʻli bilan har tomonlama koʻmaklashish.
4. Quyidagilar:
Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 15 nafardan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Uyushma raisiga, zarurat boʻlganda, ijro etuvchi apparatining tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
Uyushmaning ijro etuvchi apparatining joriy taʼminoti xamda faoliyatini moliyalashtirish ularning tarkibiga kiruvchi kavrak yetishtiruvchi tashkilotlarining ajratmalari, kavrak plantatsiyalari tashkil etish va uning xom ashyosini eksporti bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aʼzolik badallari, xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda mahalliy va xorijiy investitsiya mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
5. Belgilab qoʻyilsinki, Uyushma raisi va uning oʻrinbosari Uyush.ma aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarori bilan saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.
6. Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bogʻlik chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha 3-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tuzilsin.
Ishchi guruh (N.J. Bakirov);
bir oy muddatda Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi oʻtkazilishini, Uyushma ustavi tasdiqlanishini va oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Uyushma ijro etuvchi apparati tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar jadvaliga muvofiq puxta tanlash asosida yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini;
hududlarda fermer xoʻjaliklari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va xom ashyosini yetishtirishga amaliy yordam berishni taʼminlasin.
7. 2018 — 2021-yillarda kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va uning xom ashyosidan tayyor eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish parametrlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Ishchi guruh (N.J. Bakirov) ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yildan respublikaning tabiiy iqlim sharoitiga toʻgʻri keladigan hududlarida kavrak plantatsiyalari tashkil etish va yetishtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-sentabrdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmogʻini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2410-son qarori bilan ajratilgan qoʻshimcha kredit hisobidan kavrak plantatsiyalari tashkil etish, yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish loyihalarini moliyalashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi “Oʻzagroeksport” AJ, Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda zamonaviy logistika tizimini keng joriy etgan holda kavrak xom ashyosini eksportga chiqarishga koʻmaklashsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
kavrak oʻsadigan va uning tabiiy zaxiralari mavjud boʻlgan hududlarni xatlovdan oʻtkazib, maʼlumotlar bazasini shakllantirsin;
xatlov natijasida aniqlangan zaxira yer maydonlari doimiy foydalanish uchun uyushma aʼzolariga ajratib berilishini taʼminlasin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang)]
12. Uyushma Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va yetishtirish uchun talab etiladigan maxsus texnika va mini texnologiyalar turlari xamda miqdorini aniqlash, talab etiladigan maxsus texnika va mini texnologiyalar sotib olish va ularni lizing asosida yetkazib berilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda kavrak va boshqa dorivor oʻsimliklarni qayta ishlashga moʻljallangan maxsus farmatsevtika korxonalarini tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi bilan birgalikda doimiy ravishda kavrak xom ashyosi asosida dori vositalarini ishlab chiqarish, tabiiy zaxiralarining holatini monitoring qilish, oʻsimlikning biologik va ekologik xususiyatlarini oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish vazifasi yuklatilsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti, “Shifobaxsh” dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda:
bir oy muddatda hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, kavrak plantatsiyasini tashkil egish va yetishtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilishini;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
2018-yilning 1-apreliga kadar fermer, dehqon xoʻjaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalari ishtirokida kavrak plantatsiyasini tashkil etish va yetishtirish yuzasidan oʻquv seminarlari oʻtkazilishini;
kavrak xom ashyosini qayta ishlash orqali tibbiyot va qishloq xoʻjaligi uchun kerakli dori vositalarini yaratish texnologiyalarini ishlab chiqilishini taʼminlasin.
16. Toshkent davlat agrar universiteti “Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari” oʻquv yoʻnalishida mutaxassislar tayyorlashda kavrak yetishtirish texnologiyasini chuqurlashtirilgan holda oʻqitishga eʼtibor qaratsin.
17. Surxondaryo viloyati hokimligi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Uyushmani tekin foydalanish huquqi asosida Termiz shahri Istiqlol koʻchasi, 64-uyda joylashgan Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasining maʼmuriy binosiga joylashtirilishini taʼminlasin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.06 Urugʻchilik. Seleksiya. Tajriba xoʻjaliklari]
18. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasining talabnomasiga asosan kavrak plantatsiyasini tashkil etish maqsadida ekish materiallari (urugʻlari)ni yigʻish (gʻamlash)ga belgilangan tartibda ruxsatnoma berishni taʼminlasin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.Q. Sharipov zimmasiga yuklansin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-mart,
PQ-3617-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PQ-3617 qaroriga 1-ILOVA
Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining
TASHKILIY TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PQ-3617 qaroriga 2-ILOVA
Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 15 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PQ-3617 qaroriga 3-ILOVA
Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruhi
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi. Ishchi guruh rahbari
3.
M.T. Anorboyev
—
Oʻzbekiston fermer dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi oʻrinbosari
4.
A.X. Abdullayev
—
Yer resurslari, geodeziya. kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi
5.
A.Q. Shodmonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri
6.
A.E. Ravshanov
—
Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri
7.
S.S. Xodjayev
—
Aksiyadorlik tijorat banki “Agrobank” boshqaruvi raisi
8.
I.K. Ergashev
—
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori
9.
A.A. Abdullayev
—
“Oʻzagroesport” aksiyadorlik jamiyati raisi vazifasini bajaruvchi
10.
A.I. Mamatkarimov
—
“Shifobaxsh” dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi bosh direktori
11.
Lavozim boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtganda guruh tarkibiga ushbu lavozimga ishidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PQ-3617 qaroriga 4-ILOVA
2018 — 2021-yillarda kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va uning xom ashyosidan tayyor eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish
parametrlari
T/r
Hududlar nomi
2018 — 2021-yillarda ekiladigan maydon, gektar
yillar:
2023 — 2026-yillarda olinadigan hosil, tonna
yillar:
2018
2019
2020
2021
2023
2024
2025
2026
1.
Surxondaryo viloyati
8000
1000
1500
2500
3000
2184
120
300
600
1164
2.
Qashqadaryo viloyati
1000
150
250
300
300
252
18
48
84
102
3.
Navoiy viloyati
500
50
100
150
200
114
6
18
36
54
Jami
9500
1200
1850
2950
3500
2550
144
356
720
1320
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 07/18/3617/0963-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son; 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)