1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3413-son qaroriga muvofiq, shuningdek, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-fevral,
137-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 137-son qaroriga ILOVA
Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari (katta inspektorlari) va tezkor xodimlarining (katta tezkor xodimlari) (keyingi o‘rinlarda profilatika inspektorlari va tezkor xodimlar deb ataladi) faoliyatini baholash, shuningdek, ularga nisbatan bir martalik pul ushlanishi va mukofoti tarzidagi iqtisodiy ta’sir choralarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
2. Faoliyati har chorakdagi ishlarini baholash yakunlariga ko‘ra qoniqarsiz deb topilgan profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga nisbatan ta’sir chorasi sifatida ular lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda bir martalik pul ushlanishi qo‘llanadi.
Bir martalik pul ushlanishi intizomiy jazo chorasi hisoblanmaydi va uning qo‘llanishi intizomiy jazo chorasini qo‘llash bilan bog‘liq oqibatlarga olib kelmaydi.
3. Faoliyati har chorakdagi ishlarini baholash yakunlariga ko‘ra samarali deb topilgan profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga nisbatan lavozim maoshining 50 foizgacha miqdorida bir martalik pul mukofoti qo‘llanadi.
Ushbu pul mukofoti rag‘batlantirish chorasi hisoblanmaydi va xodimning amaldagi intizomiy jazosi mavjudligiga qaramasdan qo‘llanadi.
2-bob. Bir martalik pul ushlanishi va mukofotlashni qo‘llash tartibi
4. Bir martalik pul ushlanishi va mukofotlashni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarida tashkil etiladigan biriktirilgan hududda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda ichki ishlar organlarining faoliyatini baholash bo‘yicha maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
5. Komissiya tarkibiga lavozimi bo‘yicha quyidagilar kiradi:
rais — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
rais o‘rinbosarlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jinoyat qidiruv boshqarmalari va huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
komissiya a’zolari:
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari;
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari;
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
komissiya kotibi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil boshqarmalari boshliqlari.
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
6. Komissiya hisobot choragidan keyingi hisobot choragining birinchi oyi 15 sanasidan kechikmay, har chorakdagi ish yakunlari bo‘yicha majlislar o‘tkazadi. Komissiya qarorlari rais tomonidan tasdiqlanadigan, komissiya a’zolari va kotibi tomonidan imzolanadigan majlislar bayonnomalarida aks ettiriladi.
Komissiya majlislariga tegishli hududda joylashgan davlat boshqa organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
Komissiyaning ish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
7. Komissiya a’zolari o‘z vakolatlari doirasida:
biriktirilgan hududda profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar faoliyatining holatini o‘rganish uchun ishchi guruhlar tuzadilar;
tahlil qilinayotgan davrda biriktirilgan hududda profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar faoliyatining joriy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilishni ta’minlaydilar;
joylarga borgan holda tahlil qilinayotgan chorak mobaynida erishilgan aniq natijalarni ko‘rsatgan holda, biriktirilgan hududda profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitadilar;
chorak yakunlari bo‘yicha biriktirilgan hududda profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar faoliyatining samaradorligini baholaydilar va ularning ishini yaxshilash choralarini qo‘llaydilar.
8. Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlariga nisbatan bir martalik pul ushlanishi va mukofotlash tarzidagi iqtisodiy ta’sir choralarini qo‘llash ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
9. Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlaridan bir martalik pul ushlanishi ushbu Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llaniladi.
Tegishli profilaktika inspektori va tezkor xodimi avval intizomiy jazoga tortilganligiga asoslanib bir martalik pul ushlanishini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga bir martalik pul mukofotini to‘lash ushbu Nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan mezonlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
11. Profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga nisbatan ushbu Nizomga muvofiq biriktirilgan hududda profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash quyidagi holatlarda amalga oshirilmaydi:
profilaktika inspektori va tezkor xodim tegishli hududga vaqtincha biriktirilganda yoki ular tomonidan majburiyatlari vaqtincha bajarilganda;
profilaktika inspektori va tezkor xodimni tegishli hududga biriktirish davrining davomiyligi hisobot choragi muddatidan oshmaganda;
tegishli hududga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalarini bitirishi bilan ichki ishlar organiga xizmatga qabul qilingan profilaktika inspektori va tezkor xodim biriktirilganda — faoliyatni murabbiylar rahbarligida amalga oshirish davrida.
12. Agar bir hududga ikki va undan ortiq profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar biriktirilsa, ularning faoliyatini baholash va bir martalik pul ushlanishi yoki mukofotlash ularning har biriga nisbatan teng darajada qo‘llanadi. Profilaktika inspektorlari yoki tezkor xodimlardan biri faoliyatini murabbiy rahbarligida amalga oshirayotgan holatlar bundan mustasno.
13. Biriktirilgan hududda profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar faoliyatini baholash dastlab bir martalik pul ushlanishini qo‘llash mezonlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Agar profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar faoliyatida bir martalik pul ushlanishini qo‘llash mezonlariga mos keladigan ko‘rsatkichlar bo‘lmasa, bunday holatda baho berish komissiya tomonidan bir martalik pul mukofotini qo‘llash mezonlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlar faoliyatida baholashning ikkita mezoniga mos keladigan ko‘rsatkichlar bo‘lmasa, ularga nisbatan bir martalik pul ushlanishi va mukofotlash qo‘llanmaydi.
14. Komissiyaning har chorakda baholash yakunlari bo‘yicha bir martalik pul ushlanishi va mukofotlarni qo‘llash uchun asos bo‘lib hisoblanadigan xulosalar tayyorlanadi.
15. Bir martalik pul ushlanishi va mukofotlash miqdorlari asoslangan bo‘lishi va baholash mezonlariga to‘g‘ri kelishi kerak.
16. Profilaktika inspektori yoki tezkor xodimga nisbatan ketma-ket to‘rtta chorakda pul ushlanishi qo‘llanilgan holatlarda uning faoliyati komissiya va ichki ishlar organining intizomiy kengashida muhokama qilinadi.
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining bir martalik pul ushlanishlarini va mukofotlarni qo‘llash to‘g‘risidagi buyruqlari komissiyalar xulosalari asosida hisobot choragidan keyingi oyning 30-kunidan kech bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
18. Profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga bir martalik pul mukofotlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan pul ta’minoti jamg‘armasi doirasida amalga oshiriladi.
profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlardan bir martalik ushlanadigan pul mablag‘lari moliya yili yakunigacha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtiyorida qoldiriladi va pul ta’minoti to‘lovlari uchun sarflanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-martdagi 207-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 09/19/207/2754-son)
19. Profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga nisbatan bir martalik pul ushlanishi va mukofot tarzidagi iqtisodiy ta’sir choralarining obyektiv va to‘g‘ri qo‘llanishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari javob beradilar.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
20. Pul mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlariga nisbatan bir martalik pul ushlanishi va mukofoti tarzidagi iqtisodiy ta’sir choralarini qo‘llash
SXEMASI
Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Biriktirilgan hududda faoliyatini amalga oshiruvchi profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga nisbatan bir martalik pul ushlanishi tarzidan iqtisodiy ta’sir choralarini qo‘llash
MEZONLARI
T/r
Faoliyatni baholash mezonlari
Ko‘rsatkichlar
Lavozim maoshiga nisbatan pul ushlanishi miqdorlari (foizda)
Profilaktika inspektorlari
1.
Biriktirilgan hududda chorak davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan.
1 ta jinoyat
10 %
2 ta jinoyat
20 %
3 ta va undan ortiq jinoyat
30 %
2.
Biriktirilgan hududda chorak davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan.
1 ta jinoyat
10 %
2 ta jinoyat
15 %
3 ta va undan ortiq jinoyat
20 %
3.
Biriktirilgan hududda chorak davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan biri sodir etilgan.
1 ta jinoyat
10 %
2 ta jinoyat
15 %
3 ta va undan ortiq jinoyat
20 %
4.
Biriktirilgan hududda chorak davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 127-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan.
1 ta jinoyat
5 %
2 ta jinoyat
10 %
3 ta va undan ortiq jinoyat
15 %
5.
Biriktirilgan hududda chorak davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan.
1 ta jinoyat
5 %
2 ta jinoyat
15 %
3 ta va undan ortiq jinoyat
25 %
6.
Biriktirilgan hududda chorak davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan.
1 ta jinoyat
5 %
2 ta jinoyat
15 %
3 ta va undan ortiq jinoyat
25 %
7.
Biriktirilgan hududda chorak davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan.
2 ta jinoyat
5 %
3 ta jinoyat
10 %
4 ta va undan ortiq jinoyat
15 %
8.
Biriktirilgan hududda chorak davomida yashovchi shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155, 2441, 2442, 2443-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan biri sodir etilgan.
1 ta jinoyat
20 %
2 ta va undan ortiq jinoyat
30 %
9.
Biriktirilgan hududda chorak davomida yashovchi voyaga yetmagan shaxs tomonidan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan.
1 ta jinoyat
10 %
2 ta jinoyat
15 %
3 ta va undan ortiq jinoyat
20 %
10.
Chorak davomida ichki ishlar organida profilaktika hisobida turgan va biriktirilgan hududda yashayotgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan.
1 tadan 2 tagacha jinoyat
5 %
3 tadan 4 tagacha jinoyat
10 %
5ta va undan ortiq jinoyat
15 %
11.
Jismoniy va yuridik shaxslardan profilaktika inspektorlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan kelib tushgan tasdiqlangan shikoyatlarning mavjudligi.
1 dan 2 tagacha
5 %
3 va undan ortiq
10 %
12.
Profilaktika inspektorlarining har oylik hisobotlari yakunlari bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan olingan salbiy fikrlar.
bir oy ichida
10 %
2 oy ichida
15 %
3 oy ichida
20 %
Tezkor xodimlar
13.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida nazarda tutilgan, biriktirilgan hududda sodir etilgan (chorak davomida) jinoyat 30 kalendar kun davomida ochilmagan.
1 ta jinoyat
15 %
2 ta jinoyat
20 %
3 ta va undan ortiq jinoyat
30 %
14.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan, biriktirilgan hududda sodir etilgan (chorak davomida) jinoyat 30 kalendar kun davomida ochilmagan.
1 ta jinoyat
15 %
2 ta jinoyat
20 %
3 ta va undan ortiq jinoyat
30 %
15.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-119-moddalari ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan, biriktirilgan hududda sodir etilgan (chorak davomida) jinoyat 30 kalendar kun davomida ochilmagan.
1 ta jinoyat
15 %
2 ta jinoyat
20 %
3 ta va undan ortiq jinoyat
25 %
16.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasida nazarda tutilgan, biriktirilgan hududda sodir etilgan (chorak davomida) jinoyat 30 kalendar kun davomida ochilmagan.
1 ta jinoyat
15 %
2 ta jinoyat
20 %
3 ta va undan ortiq jinoyat
25 %
17.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan, biriktirilgan hududda sodir etilgan (chorak davomida) jinoyat 30 kalendar kun davomida ochilmagan.
1 ta jinoyat
15 %
2 ta jinoyat
20 %
3 ta va undan ortiq jinoyat
25 %
18.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan, biriktirilgan hududda sodir etilgan (chorak davomida) jinoyat 30 kalendar kun davomida ochilmagan.
2 ta jinoyat
15 %
3 ta jinoyat
20 %
4 ta va undan ortiq jinoyat
25 %
Izoh. Bir martalik pul ushlanishining eng ko‘p miqdori lavozim maoshining 50 foizidan oshmasligi kerak.
Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Biriktirilgan hududda faoliyatini amalga oshiruvchi profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlarga nisbatan bir martalik pul mukofoti tarzidan iqtisodiy ta’sir choralarini qo‘llash
Lavozim maoshiga nisbatan pul mukofoti miqdorlari (foizda)
Profilaktika inspektorlari
1.
Biriktirilgan hududda chorak davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97, 104-105, 118-119, 127-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilmagan.
15 %
2.
Chorak davomida biriktirilgan hududda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164, 166 va 169-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilmagan.
10 %
3.
Biriktirilgan hududda chorak davomida ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan va biriktirilgan hududda yashaydigan shaxslar tomonidan jinoyatlar sodir etilmagan.
10 %
4.
Biriktirilgan hududda chorak davomida yashaydigan voyaga yetmagan shaxslar tomonidan jinoyatlar sodir etilmagan.
5 %
5.
Chorak davomida (profilaktika inspektorining tashabbusi bilan) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130, 1301, 131, 224, 226, 248, 2501, 270 — 274, 276-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilmagan.
5 % — har bir aniqlangan jinoyat uchun
6.
Biriktirilgan hududda chorak davomida (profilaktika inspektorining tashabbusi bilan) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155, 2441, 2442, 2443-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etilmagan.
15 % — har bir aniqlangan jinoyat uchun
7.
Biriktirilgan hududda chorak davomida og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxsning turar joyi (profilaktika inspektorining tashabbusi bilan) aniqlangan.
10 % — har bir ushlangan shaxs uchun
8.
Chorak davomida profilaktika inspektorlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslardan shikoyatlar kelib tushmagan.
5 %
Tezkor xodimlar
9.
Biriktirilgan hududda chorak davomida sodir etilgan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97, 104 va 118-moddalarida nazarda tutilgan barcha jinoyatlar ochilgan.
15 %
10.
Biriktirilgan hududda chorak davomida sodir etilgan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasida, 166 va 169-moddalarining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan barcha jinoyatlar ochilgan.
10 %
11.
Biriktirilgan hududda chorak davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270 — 274, 276-moddalarida nazarda tutilgan 2 va undan ortiq jinoyatlar (tezkor xodimning tashabbusi bilan) aniqlangan.
10 % — har bir aniqlangan ikkita jinoyat uchun
12.
Biriktirilgan hududda chorak davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasida nazarda tutilgan jinoyat (tezkor xodimning tashabbusi bilan) aniqlangan.
10 % — har bir aniqlangan jinoyat uchun
13.
Biriktirilgan hududda chorak davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155, 2441, 2442, 2443-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan biri (tezkor xodimning tashabbusi bilan) aniqlangan.
15 % — har bir aniqlangan jinoyat uchun
14.
Biriktirilgan hududda chorak davomida og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs (tezkor xodimning tashabbusi bilan) aniqlangan va ushlangan.
10 % — har bir ushlangan shaxs uchun
Izoh. Bir martalik pul mukofotining eng ko‘p miqdori lavozim maoshining 50 foizidan oshmasligi kerak.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 09/18/137/0811-son; 12.03.2019-y., 09/19/207/2754-son; 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)