Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 106-son “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga — yetkazilishini, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
“25. Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar reyestrda roʻyxatga olinadi va “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda Tizim deb yuritiladi) kiritiladi. Reyestrdagi yozuvlar qalam bilan yozilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.”;
“Bitta hujjatning bir nechta nusxasi toʻgʻriligi shahodatlantirilganda, ular bitta reyestr raqami bilan qayd etiladi va tasdiqlovchi yozuvda hujjatning nechta nusxada tasdiqlanganligi koʻrsatiladi.”.
2. Quyidagi mazmundagi 341-band bilan toʻldirilsin:
“341. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslarga notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar boʻyicha kvitansiyalar Tizim orqali chiqarib beriladi.
Notarial harakatlar toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar Tizimga kelib tushgandan soʻng amalga oshiriladi.
Toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumot Tizim orqali chop etiladi va hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi.”.
3. 35
2-bandning
birinchi xatboshisidagi “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan (keyingi oʻrinlarda Tizim deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Tizimdan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
11.
1351-banddagi “ijaraga berish bilan bogʻliq ishonchnomalar” degan soʻzlar “ijaraga berish shartnomalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ijaraga berilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va maʼlumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasi) tomonidan berilgan xususiylashtirishda rozilik bergan shaxslar haqidagi maʼlumotnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi) va ularning roziligi;”.
13.
281-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Koʻchmas mol-mulkni va avtomototransport vositasini sotib olish yuzasidan zakalat toʻgʻrisida kelishuvni tasdiqlashda, kelishuvda koʻrsatilgan mulkka va belgilangan muddatga taqiq qoʻyiladi va Tizimga kiritiladi. Mazkur taqiq muddatidan oldin kelishuvda koʻrsatilgan majburiyat bajarilganda yoki taraflar oʻrtasida ushbu kelishuvni bekor qilish haqida qoʻshimcha kelishuv tasdiqlanganda bekor qilinadi.”.
14.
Ilovaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: