Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5313-son Farmonini ijro etish yuzasidan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz deb yuritiladi) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
tasarrufida kasb-hunar kollejlari boʻlgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar bilan birgalikda kasb-hunar taʼlimi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli dasturlarni hayotga tatbiq etish va kasb-hunar kollejlarida oʻquv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlik qilishni taʼminlash;
ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflaridan hamda ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, shuningdek, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy oʻzgarishlarni hisobga olib kasb-hunar kollejlarida oʻrta boʻgʻinning mehnat bozorida talab etilgan mutaxassislarini tayyorlashning oʻquv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
yuqori professional rahbarlar va pedagog kadrlarni tanlash hamda ular bilan kasb-hunar kollejlarini taʼminlash, ularning malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirish, shuningdek, ular mehnatini ragʻbatlantirish ishlarini tizimli asosda taʼminlash;
tizimning rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashning yangi shakllari va usullarini joriy etish;
respublikadagi barcha kasb-hunar kollejlari oʻquv-metodik ishini ularning idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, muvofiqlashtirish;
kasb-hunar kollejlarida taʼlim sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, taʼlim jarayonini doimiy ravishda takomillashtirish;
umumtaʼlim maktablari 10-11-sinf oʻquvchilarining kasbiy koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida kasb-hunar taʼlimi jarayonini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash.
3. Quyidagilar:
Markazning tashkiliy tuzilmasi va xodimlarning umumiy cheklangan soni 34 nafar boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi 1- va 2-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda boshqarmalar deb yuritiladi) namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari xodimlarining cheklangan soni 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Markaz direktoriga, zarurat boʻlganda, xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida markaziy apparat va idoraviy mansub tashkilotlar, boshqarmalar tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilansinki:
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi;
Markazning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Markazga direktor — Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladi;
Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar taʼlimi tizimi sifatli va samarali tashkil etilishi, normativ-huquqiy boshqarilishi, unga yuklangan vazifalar toʻlaqonli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi huzuridagi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi huzuridagi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini axborot-metodik taʼminlash xizmati negizida Markaz huzurida Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti tashkil etilsin, unga quyidagi funksiyalar yuklansin:
taʼlim dasturlari tuzilmasi va mazmunini takomillashtirish ishlarini doimiy ravishda amalga oshirish, taʼlimning umumiy metodologiyasi doirasida ularning samaradorligi va moslashishini taʼminlash, yangi oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va ularni oʻquv jarayoniga joriy etish;
tizimning pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning yangi shakllari va usullarini joriy etish, zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini boshqarishning yangi vertikalini tashkil etish.
6. Markaz huzuridagi xodimlarning cheklangan soni 86 nafar boʻlgan Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Sanʼat, madaniyat va olimpiya zaxiralari kasb-hunar kollejlari (kollejlari) 6-ilovaga muvofiq, bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladigan ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari va maktab-internatlariga, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlariga aylantirilsin.
8. Quyidagilar:
a) vazirliklar va idoralarning iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtiriladigan kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib:
toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun tushadigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarning ushbu maqsadlarga xarajatlar smetasida har yili nazarda tutiladigan budjetdan tashqari mablagʻlari;
(8-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari;
b) xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtiriladigan kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib:
toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun tushadigan mablagʻlar;
xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari;
v) koʻp tarmoqli kasb-hunar kollejlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib — mutaxassislarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish va qayta tayyorlash uchun ota-onalar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining mablagʻlari belgilansin.
Kam taʼminlangan oilalardan oʻquvchilar kasb-hunar (koʻp tarmoqli) kollejlarida, ularning idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, bepul asosda oʻqitiladigan tartib oʻrnatilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi toʻgʻrisidagi nizomni;
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi nizomni;
2019-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda:
kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini;
kasb-hunar taʼlimining yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatorini;
kasb-hunar kollejlarida davlat granti asosida taʼlim olgan bitiruvchilarni, ularning egallagan kasbi boʻyicha hududlarda kamida uch yil ishlab berish uchun ishga yuborish tartibini nazarda tutuvchi nizomni;
kasb-hunar kollejlariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibini tasdiqlasin.
10. Iqtisodiyot vazirligi, Markaz:
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, idoraviy mansub kasb-hunar kollejlariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019-yildan boshlab har yili 1-maygacha boʻlgan muddatda mutaxassisliklar va kasblar boʻyicha kasb-hunar kollejlariga qabul qilish boʻyicha kelishilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining koʻrib chiqishi uchun kiritsinlar;
ikki oy muddatda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kasb-hunar kollejlariga qabul kvotalarini shakllantirish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaz va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik birlashmalari bilan kelishgan holda har yili kasb-hunar kollejlarida oʻqitishning shakllanayotgan jami xarajatlarini va Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlarini hisobga olgan holda, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati miqdorlarini belgilasin.
12. Vazirliklar va idoralarga quyidagi vazifalarning bajarilishini taʼminlash, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarga amalga oshirish tavsiya etilsin:
oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini, qoidaga koʻra, ishlab chiqarishning idoraviy mansub obyektlarida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini keyinchalik ularda ishga joylashtirish maqsadida tashkil etish;
kasb-hunar kollejlarini saqlash, ularning xarajatlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
kasb-hunar kollejlarining oʻzini oʻzi qoplashini oshirish maqsadida belgilangan tartibda taʼlim xizmatlari koʻrsatilishini, faoliyatining tadbirkorlik, maslahatlar berish, ekspert, noshirlik, ishlab chiqarish, innovatsion va boshqa turlarini yoʻlga qoʻyish.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Markaz va Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda tugatiladigan va qayta tashkil etiladigan kasb-hunar kollejlari xodimlarini ishga joylashtirishda yordam bersinlar.
14. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-fevral,
PQ-3504-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Kasb-hunar taʼlimi markazining
TASHKILIY TUZILMASI

Kasb-hunar taʼlimi markazi

Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti

Idoraviy mansub kasb-hunar kollejlari

Metrologik nazorat xizmati

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari

Nodavlat kasb-hunar kollejlari

 LexUZ sharhi
1-ilova norasimy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Kasb-hunar taʼlimi markazi markaziy apparatining
TUZILMASI

Hayʼat

Markaz direktori — oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari

Ilmiy-metodik kengash

Kadrlar boʻyicha inspektor

1

Direktorning birinchi oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari

Bosh yuriskonsult

1

Kasb-hunar kollejlari faoliyatini oʻquv-metodik muvofiqlashtirish boshqarmasi

4

Oʻquv jarayonini metodik taʼminlashni takomillashtirish va progressiv pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish boʻlimi

2

 

Moliya-xoʻjalik boʻlimi

3

Pedagogik kadrlarni tanlash va rivojlanishini tashkil etish boʻlimi

2

Davlat kasbiy standartlarini ishlab chiqish va kasbiy faoliyat yoʻnalishlarini unifikatsiyalash boʻlimi

2

Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati

2

Maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya boʻlimi

2

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda ijro intizomi boʻyicha bosh mutaxassis

1

Darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini ishlab chiqish boʻlimi

2

Xalqaro hamkorlik boʻlimi

2

Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi

1

Taʼlim sifatini monitoring qilish boʻlimi

2

AKT boʻyicha mutaxassis

1

Kasb-hunar kollejlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash boʻlimi

2

Devonxona

1

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 34 nafar.
(Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi).
Izoh. Kasb-hunar kollejlarini 2020-yil 1-sentabrga qadar tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va yirik korxonalarga oʻtkazish yakunlangandan soʻng, mazkur tuzilma qayta koʻrib chiqilishi lozim.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasimy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qaroriga
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqarma boshligʻi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha mutaxassis

1

Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari

Kasb-hunar kollejlarini oʻquv-metodik taʼminlash boʻlimi

2

Professional kadrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirish va monitoring qilish boʻlimi

1-2

 

Bosh buxgalter

1

Kasb-hunar kollejlariga metodik yordam koʻrsatish boʻyicha maslahatchi-metodistlar xizmati

68

Yuriskonsult

1

Kadrlar boʻyicha inspektor

1

Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash boʻlimi

1

Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati

14

Jami shtat birliklari 17 — 23 birlik, shundan:
boshqaruv xodimlari: 11 — 15 birlik, ishlab chiqarish xodimlari: 6 — 8 birlik.
* Texnik va yordamchi xodimlar soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari xodimlarining umumiy cheklangan soni 290 birlik, shundan: boshqaruv xodimlari — 187 birlik, ishlab chiqarish xodimlari — 103 birlik.
Izoh. Kasb-hunar kollejlarini 2020-yil 1-sentabrga qadar tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va yirik korxonalarga oʻtkazish yakunlangandan soʻng, mazkur tuzilma qayta koʻrib chiqilishi lozim.
 LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qaroriga
4-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari xodimlarining
CHEKLANGAN SONI

Hudud nomi

Jami

shundan:

boshqaruv xodimlari

ishlab chiqarish xodimlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

21

13

8

Andijon viloyati

22

14

8

Buxoro viloyati

20

13

7

Jizzax viloyati

19

13

6

Qashqadaryo viloyati

23

15

8

Navoiy viloyati

18

11

7

Namangan viloyati

20

13

7

Samarqand viloyati

23

15

8

Surxondaryo viloyati

20

13

7

Sirdaryo viloyati

17

11

6

Toshkent viloyati

22

14

8

Fargʻona viloyati

23

15

8

Xorazm viloyati

20

13

7

Toshkent shahri

22

14

8

Jami

290

187

103

Izoh. Kasb-hunar kollejlarini 2020-yil 1-sentabrga qadar tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va yirik korxonalarga oʻtkazish yakunlangandan soʻng, mazkur xodimlarning cheklangan soni qayta koʻrib chiqilishi lozim.
 LexUZ sharhi
4-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi huzuridagi Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining
TUZILMASI

Ilmiy kotib

Direktor

Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari

Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish boʻyicha direktor oʻrinbosari

Moliyaviy va iqtisodiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari

Oʻquv dasturlari va normativ-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish boʻlimi

4

Taʼlim muassasalari rahbar kadrlarining zaxirasini tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti*

Oʻquv-meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish boshqarmasi

1

Oʻquv-metodik taʼminot boshqarmasi

1

Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilish boshqarmasi

1

Buxgalteriya va moliya-iqtisod boʻlimi

4

Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining professional salohiyati va pedagogik mahoratini baholash boʻlimi

4

Ijtimoiy ahamiyatga ega va ixtisoslik fanlarini oʻqitishni metodik taʼminlash boʻlimi

4

Kanselyariya va arxiv

2

Kafedralar

Taʼlim standartlarini ishlab chiqish va joriy qilish boʻlimi

5

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilish boʻlimi

4

Axborot-nashriyot boʻlimi

2

Ilmiy ishlanmalar va texnologiyalar transferi boʻlimi

4

Maxsus fanlar oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash fakulteti*

Umumprofessional va maxsus fanlarni metodik taʼminlash boʻlimi

11

Oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy qilish boʻlimi

5

Multimedia va elektron taʼlim resurslarini ishlab chiqish va joriy qilish boʻlimi

4

Ekspluatatsiya-xoʻjalik boʻlimi*

Fan, taʼlim va ishlab chiqarishni uzluksiz malaka oshirish tizimiga integratsiya qilish boʻlimi

4

Kafedralar

Oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotini metodik taʼminlash boʻlimi

7

Kadrlar boʻlimi

3

Oʻquv jarayonini ilmiy-texnologik, oʻquv-metodik va xalqaro axborot resurslari bilan taʼminlash boʻlimi

10

Umumtaʼlim fanlari oʻqituvchilarining malakasini oshirish va ularni pedagogik qayta tayyorlash fakulteti*

Yuriskonsult

1

Kafedralar

Xodimlarning cheklangan umumiy soni (yordamchi xodimlardan tashqari) — 86 birlik,
shundan boshqaruv xodimlari — 20 birlik.
* malaka oshirish fakultetlari, ekspluatatsiya-xoʻjalik boʻlimi xodimlari qonunchilikda oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
 LexUZ sharhi
5-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3504-son qaroriga
6-ILOVA
Maxsus maktablar va maktab-internatlarga aylantiriladigan sanʼat, madaniyat va olimpiya zaxiralari kasb-hunar kollejlari (kollejlari)
ROʻYXATI

T/r

Qayta tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlarining nomi

Tuzilmalariga qayta tashkil etilayotgan kollejlar oʻtkazilayotgan vazirlik va idoralarning nomi

Tashkil etilayotgan maxsus maktablar va maktab-internatlar nomi

I. Sanʼat va madaniyat kollejlari

1.

Nukus madaniyat va sanʼat kolleji

Madaniyat vazirligi

Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi

2.

Ellikqalʼa pedagogika va sanʼat kasb-hunar kolleji

Madaniyat vazirligi

Ellikqalʼa ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

3.

Andijon sanʼat kasb-hunar kolleji

Madaniyat vazirligi

Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

4.

Buxoro madaniyat kolleji

Madaniyat vazirligi

Buxoro ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internati

5.

Buxoro sanʼat kolleji

Madaniyat vazirligi

Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

6.

Jizzax sanʼat kolleji

Madaniyat vazirligi

Jizzax ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

7.

Qarshi madaniyat va turizm kasb-hunar kolleji

Madaniyat vazirligi

Qarshi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi

8.

Qarshi sanʼat kolleji

Madaniyat vazirligi

Qarshi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

9.

Navoiy madaniyat va sanʼat kolleji

Madaniyat vazirligi

Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi

10.

Namangan sanʼat kolleji

Madaniyat vazirligi

Namangan ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

11.

Namangan madaniyat kolleji

Madaniyat vazirligi

Namangan ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi

12.

Samarqand sanʼat kasb-hunar kolleji

Madaniyat vazirligi

Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

13.

Termiz sanʼat kolleji

Madaniyat vazirligi

Termiz ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

14.

Guliston sanʼat kolleji

Madaniyat vazirligi

Guliston ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

15.

Toshkent viloyati madaniyat va sanʼat kasb-hunar kolleji

Madaniyat vazirligi

Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi

16.

Bekobod sanʼat kolleji

Madaniyat vazirligi

Bekobod ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

17.

Fargʻona sanʼat kolleji

Madaniyat vazirligi

Fargʻona ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

18.

Qoʻqon tasviriy amaliy sanʼat kasb-hunar kolleji

Badiiy akademiya

Qoʻqon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

19.

Urganch sanʼat kolleji

Madaniyat vazirligi

Urganch ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

20.

Toshkent madaniyat kolleji

Madaniyat vazirligi

Respublika musiqa va sanʼat kolleji

21.

Respublika dizayn kolleji

Badiiy akademiya

Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi

22.

Respublika sanʼat kolleji

Badiiy akademiya

Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi

23.

Toshkent xoreografiya kasb-hunar kolleji

Madaniyat vazirligi

Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati

24.

Respublika estrada-sirk kolleji

Madaniyat vazirligi

Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji

II. Olimpiya zaxiralari kolleji

25.

Nukus olimpiya zaxiralari kolleji

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

Nukus ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

26.

Andijon olimpiya zaxiralari kolleji

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

Andijon ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

27.

Buxoro olimpiya zaxiralari kolleji

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

Buxoro ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

28.

Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

29.

Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

30.

Navoiy olimpiya zaxiralari kolleji

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

Navoiy ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

31.

Namangan olimpiya zaxiralari kolleji

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

Namangan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

32.

Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

33.

Toyloq olimpiya zaxiralari kolleji

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

Toyloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

34.

Termiz olimpiya zaxiralari kolleji

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

35.

Guliston olimpiya zaxiralari kolleji

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

Guliston ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

36.

Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

37.

Fargʻona olimpiya zaxiralari kolleji

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

Fargʻona ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

38.

Urganch olimpiya zaxiralari kolleji

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

39.

Toshkent shahar respublika olimpiya zaxiralari kolleji

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi

Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati

Izoh:
1. Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning umumiy soni — 39 ta, shu jumladan:
ixtisoslashtirilgan madaniyat va sanʼat maktablari (maktab-internatlari) — 24 ta;
ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari — 15.
2. Kasb-hunar taʼlimi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish respublika komissiyasi qaroriga muvofiq, zarur hollarda, mazkur roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
6-ilova norasmiy tarjima.
 LexUZ sharhi
6-ilovaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2018-y., 07/18/3504/0654-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)