Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2017
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi.
 LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan subyektning import operatsiyalarini hisobga olish kartochkasi‎ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
Vazirlar Mahkamasining “Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 12-avgustdagi 387-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tijorat faoliyati uchun tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslar tomonidan bozorlarda va savdo komplekslarida tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar, savdo o‘rinlari va turg‘un savdo shoxobchalari noqonuniy berilganligi uchun bozorlar va savdo komplekslarining rahbarlari va mansabdor shaxslarini jinoiy jazolashgacha javobgarlikka tortsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-sentabr,
413-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi
Nizom
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni (keyingi o‘rinlarda matnda “yakka tartibdagi tadbirkor” deb yuritiladi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibi va muddatini belgilab beradi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Mazkur Nizomning amal qilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyatning boshqa turlari bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga tatbiq etilmaydi.
II. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni hisobga qo‘yish
Oldingi tahrirga qarang.
2. Yakka tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jismoniy shaxs yashaydigan joy bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasida shaxsan kelib yoki Internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar yakka tadbirkorni Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan taqdirda ular ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Qog‘ozlarda rasmiylashtirilgan va (yoki) berilgan skaner qilingan hujjatlarni taqdim etishga yo‘l qo‘yiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 48-son, 625-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Tushgan mablag‘larning 60 foizi yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xarajatlarini qoplashga foydalaniladi, qolgan mablag‘lar tumanlar va shaharlar budjetlariga o‘tkaziladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Davlat boji qaytarilmaydi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 26-son, 265-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat soliq inspeksiyasiga (shaxsan kelib yoki Internet tarmog‘i orqali) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ariza taqdim etiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 48-son, 625-modda)
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga:
3x4 o‘lchamli to‘rtta fotosurat;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat boji to‘langanligini tasdiqlaydigan to‘lov hujjati;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining ma’lumotnoma-tasdiqnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
muhr va shtamp eskizlari ikki nusxada ilova qilinadi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza berilayotganda pasport ko‘rsatiladi, yakka tadbirkorni Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hollari bundan mustasno.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 48-son, 625-modda)
5. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilishi sabablari ko‘rsatilgan qaror zarur hujjatlar ilova qilingan holda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan boshlab uch kundan kechikmay davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qabul qilinadi.
6. Davlat soliq inspeksiyasi jismoniy shaxs tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza berilgandan keyin yetti kun mobaynida unga:
mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomani yoki yozma ravishdagi sabablari ko‘rsatilgan rad javobini;
mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tish (ruxsat beruvchi) tartib-qoidalardan o‘tishi kartochkasini;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq inspeksiyasining muhri bilan tasdiqlangan muhr va shtamp eskizining bir nusxasi.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tadbirkorga elektron shaklda beriladigan hujjatlar, ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan hujjatlar bundan mustasno, davlat soliq inspeksiyasi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Bunda ariza beruvchi, shuningdek o‘z so‘roviga ko‘ra qog‘ozlarda rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlarni shaxsan kelib olishga ham haqlidir.
Ariza beruvchi tomonidan tegishli elektron hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida foydalanuvchining shaxsiy xonasi orqali olingan kun ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar berilgan sana deb hisoblanadi, shaxsiy xonasi borligi to‘g‘risida ariza beruvchi davlat soliq inspeksiyasiga ma’lum qiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-noyabrdagi 312-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 48-son, 625-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ariza beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir oy mobaynida tijorat bankida talab qilib olinadigan depozit hisob raqami ochishi shart.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma faqat ro‘yxatdan o‘tish (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tishning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kartochkasi mavjud bo‘lgan taqdirda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatdan o‘tish (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tishning rasmiylashtirilgan kartochkasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab bir yil mobaynida amal qiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
Ro‘yxatdan o‘tish (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tishning rasmiylashtirilgan kartochkasining fotonusxasi yakka tartibdagi tadbirkorning davlat soliq inspeksiyasidagi yig‘majildida saqlanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor tovar uchun respublika tashqarisiga ketgan taqdirda, u chet elda bo‘lgan davrda yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor tegishli davlat soliq inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
9. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha davlat reyestriga kiritiladi.
10. Davlat soliq inspeksiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab uch kun mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shakl bo‘yicha ariza beruvchining yashash joyidagi ichki ishlar organlariga ma’lumotlarni taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Faoliyat turi o‘zgargan taqdirda yakka tartibdagi tadbirkor tegishli davlat soliq inspeksiyasiga Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani va ro‘yxatdan o‘tish (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tish kartochkasini topshirishi zarur.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
12. Ariza beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor), zarurat bo‘lganda, vakolatli banklarda va foydalanish tashkilotlarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun obyektlar qurish, ularni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish hamda turar joylarni noturar joylar toifasiga o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtiradi. Ruxsat beruvchi tartib-qoidalarni rasmiylashtirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasiga murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
V. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan bank hisob raqami ochilishi va hisob raqami bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazish
23. Bank hisob raqami ochish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy bo‘yicha amalga oshiriladi.
24. Bank hisob raqami ochilgandan keyin tijorat bankining bo‘limi tomonidan ro‘yxatdan o‘tish (ruxsat beruvchi) tartib-qoidalaridan o‘tish kartochkasiga tegishli belgi qo‘yiladi.
25. Yakka tartibdagi tadbirkor har kuni import qilingan tovar sotilishidan olinadigan tushumni xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul tushumini inkassatsiya qilish uchun belgilangan tartibda tijorat banklarining kassasiga topshiradi.
26. Tijorat banki yakka tartibdagi tadbirkor talabiga ko‘ra uning hisob raqamida naqd pul mablag‘i mavjud bo‘lgan taqdirda belgilangan tartibda naqd pul mablag‘lari beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Yakka tadbirkor xorijiy valyutani tijorat banklarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotib oladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 91-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 14-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(VI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(VII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
VIII. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan import operatsiyalarining amalga oshirilishi
35. Yakka tartibdagi tadbirkor qonun hujjatlarida belgilangan tartibda daromadlar va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida tovar operatsiyalari hisobini yuritishi va har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan shakl bo‘yicha olib kelingan tovarlarning harakati to‘g‘risida hisobot taqdim etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
IX. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobga olish registrini yuritish
37. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobga olish registri davlat soliq xizmati organlari tomonidan yuritiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobga olish registrida ular tomonidan taqdim etilgan hisobotlar asosida:
sodir etilgan import operatsiyalari;
budjetga tegishli to‘lovlar;
olib kelingan tovarlarning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar nazarda tutiladi.
X. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining o‘zaro munosabatlari
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
39. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hisobot oyidan keyingi oyining 15-kunigacha har oyda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan olib kelingan va olib chiqilgan tovarlar hajmi to‘g‘risida shaxslarga doir axborotni taqdim etadi.
XI. Mazkur Nizom buzilganligi uchun javobgarlik
40. Mazkur Nizom talablari buzilganligi uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Ariza beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor) davlat organlarining qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan) norozi bo‘lgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga qo‘yish muddatlari buzilgan taqdirda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga yoxud sudga murojaat qilishga haqlidir.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga savdo o‘rinlari va turg‘un savdo shoxobchalari berilgan taqdirda bozorlarga, savdo komplekslariga (tashkilotlarga) va boshqa yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy jazolar qo‘llaniladi, ularning mansabdor shaxslari esa qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

_____________________________________________‎

(ro‘yxatdan o‘tkazuvchi soliq organining nomi)‎

tumanining davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i‎

________________________________________ga‎

(DSI boshlig‘ining F.I.O.)‎

_______________________________________dan‎

(ariza beruvchining F.I.O.)‎

‎‎

‎ARIZA‎

‎‎200__yil “___”_______gacha bo‘lgan muddatga tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib ke-luvchi sifatida yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazishingizni iltimos qilaman. ‎
‎‎
‎O‘zim haqimda quyidagilarni ma’lum qilaman:‎
‎‎Pasport: seriya ________________________ № ____________________ ____________________ tomonidan
‎______________________________________________ da berilgan
‎Uy manzili ________________________________________________________________________________
‎__________________________________________ telefon raqami __________________________________ ‎
‎‎Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:‎
‎‎1.__________________________________________________________________________________________
2‎.__________________________________________________________________________________________
‎3.__________________________________________________________________________________________
4‎.__________________________________________________________________________________________
‎5.__________________________________________________________________________________________‎



‎_______________________‎



‎____________________________________________‎

(sana)‎

(ariza beruvchining imzosi)‎

________________________________________‎

___________________________________________‎

(ariza qabul qilingan sana)‎

(ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ mas’ul
‎xodimining imzosi)‎

Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI


‎Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi
‎yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkor davlat
‎ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida
‎GUVOHNOMA*

№____________‎

2004-yil “..........”‎______________________‎

‎‎___________________________________________________________________________________________

‎‎(yakka tartibdagi tadbirkorning F.I.O.)

‎‎Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami _____________________________________________________
‎‎Pasport: seriya _________________ № __________________________________________ ______________
‎_________________________________________________________________________________tomonidan
‎________________________________________________________________________________da berilgan

‎‏
‎‏
Fotosurat
‎o‘rni ‎‏
‎‏
‎‏

‎‎___________________________________________________ tuman (shahar) DSI boshlig‘i‎

‎‎____________________________________________________________________________‎

‎‎(F.I.O.)‎

‎‎________________________200..........y. “...........” _____________________________ M.O‘.‎

(imzo) ‎ (sana)‎

‎‎200.......... y. “.............” ____________________________________ gacha haqiqiydir‎

‎‎

‎________________
Oldingi tahrirga qarang.
* Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tish (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tish kartochkasisiz faoliyatni amalga oshirish uchun asos ‎‎bo‘lib xizmat qilmaydi.
(2-ilovaning izohi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tish (ruxsat beruvchi) tartib-qoidalardan o‘tishi ___- son kartochkasi
Oldingi tahrirga qarang.
‎‎______________________ tuman (shahri) davlat soliq‎

Sana: ________ ‎

‎‎inspeksiyasi tomonidan _______________________________________________________________
ga berildi‎

‎‎(yakka tartibdagi tadbirkorning F.I.O.)‎

Pasport: seriya ______________ ‎ №_______________________‎ __________________________‎
‎‎tomonidan ____________________________________________________________________da
‎berilgan
‎‎Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami _________________________________________________
‎‎Faoliyat turi: chakana savdo qilish huquqi bilan eksport-import operatsiyalari

‎3.___________________________________________‎‎tijorat bankida


‎__________________________‎

(tijorat bankining nomi)‎

hisob raqami ochilgan ‎
‎_____________________________
bank kodi ‎__________________
‎___________________________

(boshqaruvchining F.I.O. )

(imzo)‎‎

‎‎‎‎‎‎№ ____________________________________ 200_ y. “___” ___________________________________ MO‘
‎‎DSI boshlig‘i __________________________________________ _______________________________ MO‘
(F.I.O.)

(imzo)‎‎

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 29-son, 383-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda):
a) qarorning 2-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, buyum bozorlarida import iste’mol tovarlari bilan chakana savdo qilish tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda “erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi, muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lganda, bojxona to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanda import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin”;
b) Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
26 va 37-bandlar quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Yakka tartibdagi tadbirkorning o‘zi tomonidan import qilingan tovarlarni sotishda ruxsat beruvchi guvohnoma faqat ro‘yxatdan o‘tkazish joyi bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasi mavjud bo‘lganda haqiqiydir”;
40-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda tijorat maqsadida olib kelingan tovarlarni sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar kunlik tushumni belgilangan tartibda bank muassasalarining kassasiga topshirishi shart”;
41-bandda “hamda uning” so‘zlaridan keyin “ro‘yxatdan o‘tkazish joyi bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalar subyektining hisobga olish kartasiga, shuningdek” so‘zlari qo‘shilsin;
46-band quyidagi mazmundagi band bilan to‘ldirilsin:
“46. Buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirayotgan va yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat soliq inspeksiyasida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, tadbirkorlik faoliyati uchun tovarlar olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor sotadigan joylarda import tovarlar mavjud bo‘lishi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llanilgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan faoliyat sifatida qaraladi”;
46 va 47-bandlar tegishli ravishda 47 va 48-bandlar deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kelish niyatidagi jismoniy shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va muddatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan alohida Nizom bilan tartibga solinadi”;
7-bandning to‘rtinchi xatboshida “viloyatlar adliya boshqarmalarida” so‘zlaridan keyin “tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarida” so‘zlari qo‘shilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 395-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda; 2006-y., 27-son, 250-modda, 46-47-son, 458-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda, 24-son, 269-modda; 2011-y., 26-son, 265-modda, 45-46-son, 470-modda; 2012-y., 31-son, 357-modda, 35-son, 403-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 14-son, 180-modda, 48-son, 625-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda, 29-son, 383-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)