Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2018 — 2022-yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3022-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni oʻz ichiga olgan 2018 — 2022-yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi):
2018 — 2022-yillarda davlat teatrlari faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
2018 — 2022-yillarda davlat teatrlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash hamda jihozlashning manzilli dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Xorazm viloyati musiqali drama teatrini kompleks rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. 2018 — 2022-yillarda respublika teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Komissiya (A. Ramatov):
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan masʼul boʻlgan vazirlik, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirishni, belgilangan tadbirlarning toʻliq va sifatli bajarilishi yuzasidan monitoring va nazoratni amalga oshirsin;
davlat teatrlarining ishlab chiqiladigan yangi konsepsiyalari tashrif buyuruvchilar, xususan, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish, turistlarga xizmat koʻrsatishni rivojlantirish, arxitektura-rejalashtirish, dizayn va landshaft yechimlariga eʼtibor qaratgan holda har bir teatr binosi eskiz-loyihasining teatrning yoʻnalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishini taʼminlasin;
2019-yilning 1-dekabriga qadar Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarida qoʻgʻirchoq teatrlarini tashkil qilish va ularning faoliyati boʻyicha takliflar ishlab chiqsin.
Komissiyaga, zaruriy hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan takliflariga asosan 2018 — 2022-yillarda davlat teatrlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash hamda jihozlashning manzilli dasturiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi uch oy muddatda sohaga oid malakali mutaxassislardan iborat ekspert guruhlarini shakllantirsin hamda bugungi zamon talabi va xorijiy ilgʻor tajribalarni inobatga olib, har bir davlat teatrining individual konsepsiyalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Dastur doirasida davlat teatrlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
buyurtmachi etib — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi belgilansin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
bosh loyihachi va bosh pudrat tashkilotlari belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov (tender) savdolari natijalari asosida belgilansin.
Bunda, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish jarayonida teatrlarda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida pandus, maxsus hojatxonalar va tomosha zalidan joy ajratilishi nazarda tutilsin.
6. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
davlat teatrlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasida markazlashgan mablagʻlar;
davlat teatrlari binolarini mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar;
jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi Madaniyat vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga asosan Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil va kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorda belgilangan davlat teatrlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsinlar.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yilda davlat teatrlari binolarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va mukammal taʼmirlash ishlarini boshlashga hamda 2019-yildan boshlab qurish va rekonstruksiya qilish uchun zarur mablagʻlar ajratiladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etish boʻyicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan tizimli ishlar olib borsin.
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga binoan 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan har bir davlat teatrida quyidagilarni nazarda tutuvchi sahna asarlari yaratish uchun davlat buyurtmasi beriladi:
yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini tarannum etuvchi, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va anʼanalarni aks ettiruvchi spektakllar;
aholi, oila munosabatlari, ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilik, insonparvarlik kabi gʻoyalar asosida tarbiyalovchi badiiy yuksak sahna asarlari;
yurtimizning buyuk siymolari, xalqimizning boy tarixi, vatanimiz mustaqilligiga ulkan hissa qoʻshgan namoyondalar hayoti va ijodi har tomonlama, chuqur aks ettirilgan sahna asarlari;
davr bilan hamnafas yashayotgan, hayot sinovlarida toblangan fidoyi insonlar haqida hikoya qiluvchi hamda yoshlarning maʼnaviy dunyosini mustahkamlaydigan, kelajakka ishonchini oshiradigan, ibrat boʻladigan zamon qahramoni obrazini ifodalovchi spektakllar.
10. Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari hokimliklari yangidan quriladigan davlat teatri binolari uchun:
belgilangan tartibda zarur yer maydonlari ajratilishini;
tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishining mahalliy budjet mablagʻlari va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasin hamda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
12. Davlat teatrlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va mahalliy budjet mablagʻlari;
davlat teatrlarining spektakl, tomoshalar namoyishi, gastrol faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda, davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini samaradorligini oshirish evaziga 2018 — 2022-yillarda ularni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarning budjetdan tashqari tushadigan tushumlari hisobiga qoplanadigan ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish boʻyicha reja-jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda budjet mablagʻlari davlat teatrlarining oʻz daromadlari tushumiga nisbatan proporsional ravishda ajratilishi nazarda tutilsin.
14. Xorazm viloyati hokimligi tijorat banklari bilan birgalikda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 23-oktabrdagi PQ–3350-son qarori doirasida Urganch shahrida qurilayotgan arzon koʻp xonadonli uylardagi xonadonlardan Xorazm viloyati musiqali drama teatri xodimlariga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida ajratilishini taʼminlasin;
Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 12-oktabrda 1727-son bilan roʻyxatga olingan Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va kreditlar tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida Xorazm viloyati musiqali drama teatriga yaqin hududda qurilayotgan koʻp xonadonli uylardagi xonadonlardan (3 ta qavat), ular bilan bogʻliq xarajatlar homiylik xayriyalari hisobidan qoplanishini inobatga olgan holda, xizmat uylari sifatida foydalanish uchun Xorazm viloyati musiqali drama teatriga operativ boshqaruv huquqi bilan berilishini taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har chorak yakuni boʻyicha Dasturdagi tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi hamda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Komissiyaga axborot kiritib borsinlar.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarida xodimlarning ish vaqti hisobini, chiptalar hisobi va hisobotini yuritishga moʻljallangan elektron dasturiy taʼminotini hamda internet tarmogʻi orqali chiptalarni elektron sotish tizimini joriy etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida madaniyat va sanʼat sohasi pedagog, rahbar, ijodiy hamda ovoz va yoritish boʻyicha texnik xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha toʻlov asosida maxsus oʻquv kurslari tashkil etsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat teatrlarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflarni ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmalariga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-yanvar,
9-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 9-son qaroriga
1-ILOVA
2018 — 2022-yillarda davlat teatrlari faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul bajaruvchilar

I. Davlat teatrlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish

1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish:

Davlat buyurtmasi asosida spektakllarni sahnalashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, teatrlarning oʻz mablagʻlari, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar �isobidan qoplanadi

Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida namunaviy nizom;

2018-yil mart

Davlat teatrlari toifalarini belgilash tartibi toʻgʻrisida nizom;

2018-yil aprel

Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining ijodiy (artist) xodimlari va mutaxassislariga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisida nizom;

2018-yil may

Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining chipta narxlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizom;

2018-yil iyun

Davlat teatrlarida sahnalashtiriladigan sahna asarlarini yaratish boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisi�a nizom.

2018-yil iyul

2.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

davlat teatrlari ijodiy xodimlari tomonidan spektakl sahnalashtirish va artistlarning ijro etish meʼyorlari;

chiptalarni maxsus tartibda kodlashtirish va uning elektron dasturiy majmua orqali hisobini yuritish tartibi;

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari va konsert-tomosha muassasalari xodimlarining lavozim maoshiga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oyda taqdirlash puli toʻlash tartibi;

Davlat teatrlar va konsert-tomosha muassasalarining ijodiy (artist) xodimlari va mutaxassislarining malaka talablari.

2018-yil sentyabr

-

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Jahon tajribasi va zamon talablarid�n kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi teatrlar va konsert-tomosha muassasalarining namunaviy shtatlarini qayta koʻrib chiqish.

2018-yil iyun

-

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

4.

Navoiy, Namangan, Toshkent viloyatlarida qoʻgʻirchoq teatrlarini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2020-yil iyun

-

Madaniyat vazirligi, Navoiy, Namangan, Toshkent viloyatlari hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar

II. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va ularning ijodiy faoliyatini yanada ragʻbatlantirish

5.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat �nstituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida madaniyat va sanʼat sohasi pedagog, rahbar, ijodiy, ovoz va yoritish xodimlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha toʻlov asosida maxsus oʻquv kurslari tashkil etish.

2018-yil mart

Madaniyat va sanʼat muassasalariga yil davomida ajratilgan mablagʻlar doirasida

Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

6.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar teatrlaridagi pedagog, rahbar, ijodiy, ovoz va yoritish xodimlarining Toshkent shahridagi teatrlarda amaliyot oʻtashi va malakasini oshirishini tashkil etish.

2018-yil mart

-

Madaniyat vazirligi

7.

Jahonning mashhur teatrlari bilan hamkorlikda respublikada xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va mahorat darslari oʻtkazish.

Teatrlarning texnik va ijodiy kadrlar faoliyatini kengaytirish maqsadida oliy malakali, ilmiy salohiyatli kadrlarni xorijda tajriba almashish va malaka oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Teatr sohasidagi xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar, festival, koʻrik-tanlovlarda ijodiy jamoalar va sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokini taʼminlash.

2018 — 2022-yillar

Teatrlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Teatr arboblari uyushmasi, Sanʼatshunoslik instituti, manfaatdor vazirliklar va idoralar

8.

Teatrlarda ilgʻor zamondoshlarimiz obrazlarini yaratishga harakatlarni qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish va targʻib qilish maqsadida:

mamlakatimiz tarixi, buyuk allomalari va bebaho neʼmatlari;

bunyodkorlik ishlari;

zamon qahramoni va yoshlar obrazi;

oila munosabatlari va qadriyatlari;

ijtimoiy muammolar va tadbirkorlik masalalari va boshqa obrazlar aks etgan dolzarb mavzulardagi spektakllarni sahnalashtirish;

Doimiy reja asosida

Madaniyat vazirligiga ajratilgan davlat budjeti mablagʻlari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Teatr arboblari uyushmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

“Seni kuylaymiz, zamondosh!” Oʻzbekiston teatrlarining V Respublika koʻrik-festivalini oʻtkazish.

2019-yil iyun

9.

Bolalarda estetik didning shakllanishi, yosh avlod ongida vatanparvarlik, milliy va madaniy qadriyatlarimizga ehtirom tuygʻularining kamol topishiga teatr sanʼati orqali taʼsir oʻtkazish maqsadida Respublika qoʻgʻirchoq teatrlarining anʼanaviy XI koʻrik-festivalini oʻtkazish.

2018-yil may

Madaniyat vazirligiga ajratilgan davlat budjeti mablagʻlari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, Teatr arboblari uyushmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

10.

Yosh rejissorlar, yosh aktyor, dramaturg va sahna rassomi sohalari boʻyicha ijodkorlarni aniqlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratishlari uchun yosh ijodkorlarda tajriba va professional mahoratning shakllanishiga koʻmaklashish maqsadida yosh ijodkorlarning “Debyut-2018” Respublika koʻrik-festivalini oʻtkazish.

2018-yil oktyabr

Madaniyat vazirligiga ajratilgan davlat budjeti mablagʻlari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, Teatr arboblari uyushmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

11.

Badiiy barkamol sahna asarlari yaratish hamda dramaturglar bilan teatrlarning hamkorligini kuchaytirish maqsadida “Sahnada zamonaviy qahramon obrazi” mavzusida dramaturglarning Respublika seminar-kengashini oʻtkazish.

2019-yil iyun

-

Madaniyat vazirligi, Teatr arboblari uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

12.

Aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi badiiy-gʻoyaviy barkamol sahna asarlari yaratish maqsadida buyuk siymolar, zamonamiz qahramonlari obrazi, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini aks ettirgan, badiiy yuksak sahna asarlarini yaratish uchun sahna asarlari tanlovini oʻtkazish.

2018-yildan boshlab har yili

Madaniyat vazirligiga ajratilgan davlat budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, Teatr arboblari uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

13.

Yoshlarga maʼnaviy ibrat boʻladigan yosh avlodni milliy gʻoya, jasorat va matonat ruhida tarbiyalashda hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan faol zamondoshlarimiz timsolini yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan “Bizning teatr” mavzularida ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish.

2018 — 2022-yillarda reja asosida

Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, teatrlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Teatr arboblari uyushmasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

14.

Teatrlar xodimlarini siyosiy jarayonlar, dunyoda roʻy berayotgan voqea-hodisalar bilan tanishtirib borish maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda siyosiy, huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbatlari, uchrashuv tadbirlari tashkil etish.

Doimiy reja asosida

-

Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

III. Davlat teatrlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda interaktiv xizmat koʻrsatishni kengaytirish, aholining davlat teatrlari faoliyatidan xabardorligini oshirish, xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish hamda amaliyotga tizimli joriy etish

15.

Davlat teatrlarining veb-saytlarini yangilash, mobil elektron dasturini yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi veb-saytiga birlashtirish.

Sayyohlik yoʻnalishdagi teatr saytlarini 2 ta (rus, ingliz) jahon tilida yuritilishini taʼminlash hamda doimiy yangilab borish.

Doimiy

Teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

16.

Respublika teatrlariga chet ellik sayohatchilarning tashrifini tizimli tashkil etish. Bunda sayohatchilarning respublika teatrlariga tashriflarini taʼminlash va tashriflardan ijobiy taassurot qoldirish maqsadida:

respublika teatrlarining chet ellik sayyohlar uchun tushunarli evakuatsion belgilari hamda boshqa yordamchi koʻrsatkichlar bilan toʻliq jihozlanganligini xatlovdan oʻtkazib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish;

teatr namoyishlari mazmunini xorijiy sayohatchilarga toʻliq yetkazish maqsadida sahnalarni subtitrlar koʻrsatuvchi displey-panellari bilan jihozlash;

respublika teatrlarining Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan shaklda qoʻyiladigan teatr namoyishlarining yillik taqvimini (namoyish janri boʻyicha) yil yakunidan 3 oy oldin ishlab chiqish va keng targʻib qilish.

Doimiy

Teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

17.

Teatrlar sohasidagi elektron davlat xizmatlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish, ularni takomillashtirish va yangi xizmatlarni joriy etish, xususan, birinchi navbatda:

teatrlarga tashrif buyurish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun elektron chipta sotish, xususan, xorijiy valyutaga chet elda turib Internet-doʻkon yoki mobil telefon orqali elektron chipta sotib olinishini taʼminlashni joriy etish;

teatrlarning faoliyati va spektakllari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish.

2018-yildan doimiy

-

Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

18.

Teatrlarga aholini jalb etish maqsadida sahnalashtiriladigan spektakllar namoyishini ikki hafta oldin quyidagilar orqali keng yoritish:

internet veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlar (telegram, feysbuk va h.k.) orqali zarur maʼlumotlarni (spektakllarning muallifi, rejissori, aktyorlari va sahnalashtiriladigan teatrlarning qisqacha mazmuni, teatrlarga kirish narxlari va boshqa maʼlumotlar) joylashtirish;

ijtimoiy roliklarni yaratish va ularni televideniye va internet tarmogʻida joylashtirish.

2018-yildan doimiy

Teatrga budjetdan ajratilgan mablagʻlar, budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar

19.

Respublikadagi tashkiliy-huquqiy maqomidan qatʼi nazar barcha teatrlarning yagona elektron roʻyxatini shakllantirish, yangilab borish hamda pasportlarini yangilash.

2019-yildan boshlab doimiy

-

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar

20.

Teatrlar faoliyatini keng targʻib etish maqsadida har bir teatrga afisha va reklamalarini joylashtirish uchun shaharlarning markaziy koʻchalari, teatrlarga yaqin atrofdan joylar ajratish.

2018-2019-yillar

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

21.

Teatrlarda namoyish etiladigan eng sara spektakllarni, premyeralar va gastrol safarlarini hamda teatrlarning faoliyatini respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari hamda teleradiodasturlar orqali keng yoritib borishni tashkil etish.

Doimiy

-

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

IV. Davlat teatrlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, aholi, ayniqsa, bolalar, keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish

22.

Dastur asosida respublika teatrlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash hamda jihozlash.

2018 — 2022-yillar

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida, Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar

23.

2018 — 2022-yillarda Respublika teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturiga muvofiq teatrlar binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash hamda jihozlash boʻyicha hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqish.

Hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqishda teatrlar uchun yangi binolarni qurish uchun shaharning markazidan yer uchastkalari tanlash, aholi uchun qulay joyga joylashtirishni nazarda tutish.

har yili yanvar oyida

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

24.

Teatrlarning avtotransport (avtobus, yuk tashuvchi) vositalarini bosqichma-bosqich yangilab borish.

2018 — 2022-yillarda reja asosida

Davlat budjeti mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

25.

Teatrlarda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida videokuzatuv moslamalari, signalizatsiya tizimlarini oʻrnatish va yangilash.

2018 — 2022-yillarda reja asosida

Madaniyat vazirligiga ajratilgan davlat budjeti mablagʻlari, teatrlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar

26.

Davlat teatrlarining spektakllarini reklama sifatida elektron repertuarlarini shakllantirish, sahnalashtirilgan spektakllar namoyishini sifatli tashkil etish maqsadida:

davlat teatrlarini yuqori aniqlikdagi fotoapparat, kamera, proyektorlar va kompyuter texnologiyalari bilan taʼminlash;

davlat teatrlarini zamonaviy ovoz kuchaytirish, sahna yoritish moslamalari, grim mahsulotlari, sahna liboslari, ishlab chiqarish sexlari uskunalari, musiqa asboblari va mebel jihozlari bilan taʼminlash.

2018 — 2022-yillar

Madaniyat vazirligiga ajratilgan davlat budjeti mablagʻlari, teatrlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

27.

Oʻquvchi va talaba yoshlarni teatr sanʼatidan yanada kengroq bahramand etish va maʼnaviy dunyosini boyitish maqsadida ularning respublika teatrlariga tizimli ravishda tashrif buyurishlari boʻyicha alohida reja-jadval ishlab chiqish hamda izchil amalga oshirish.

Doimiy

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 9-son qaroriga
2-ILOVA
2018 — 2022-yillarda davlat teatrlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash hamda jihozlashning
MANZILLI DASTURI

(mln.soʻmda)

t/r

Teatrlar nomi

Amalga oshirish muddati

Obyektning dastlabki loyiha qiymati*

shu jumladan yillar boʻyicha:

Moliyalashtirish manbai

2018-yil

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

Respublika boʻyicha jami

189 293

5 350

39 092

48 283

44 625

51 942

shundan:

Yangi qurilish

63 310

500

10 340

17 069

17 500

17 900

Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti

Rekonstruksiya

62 776

3 250

10 232

11 981

18 177

19 136

Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti

Mukammal taʼmirlash

50 277

1 600

12 020

16 983

7 168

12 506

Davlat budjeti

Jihozlash

12 930

6 500

2 250

1 780

2 400

Davlat budjeti, madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

Yangi qurilish

1.

Andijon viloyati yoshlar teatri binosi qurish **

2019-2020-yillar

11 591

591

11 000

Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti

2.

Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri binosi qurish **

2020 — 2022-yillar

14 541

591

5 000

8 950

Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti

3.

Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri binosi qurish **

2019 — 2021-yillar

12 979

591

4 888

7 500

Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti

4.

Jizzax viloyati qoʻgʻirchoq teatri binosi qurish **

2018-2019-yillar

9 659

500

9 159

Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti

5.

Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri binosi qurish **

2020 — 2022-yillar

14 541

591

5 000

8 950

Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti

Jami

63 310

500

10 340

17 069

17 500

17 900

Rekonstruksiya

1.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri binosi

2018-2019-yillar

7 300

2 750

4 550

Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti

2.

Oʻzbekiston davlat drama teatri binosi

2019 — 2021-yillar

12 255

500

5 755

6 000

Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti

3.

Oʻzbekiston davlat satira teatri binosi

2019-2020-yillar

5 726

500

5 226

Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti

4.

Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri binosi

2021-2022-yillar

8 712

500

8 212

Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti

5.

Jizzax viloyati musiqali drama teatri binosi

2018-2019-yillar

5 182

500

4 682

Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti

6.

Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri binosi

2022-yil

3 102

3 102

Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti

7.

Samarqand viloyati musiqali drama teatri binosi

2021-2022-yillar

13 822

500

5 500

7 822

Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti

8.

Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri binosi

2020-2021-yillar

6 677

500

6 177

Investitsiya dasturi doirasida respublika budjeti

Jami

62 776

3 250

10 232

11 981

18 177

19 136

Mukammal taʼmirlash

1.

Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri binosi

2019-yil

1 141

1 141

Davlat budjeti

2.

Andijon viloyati musiqali drama teatri binosi

2020-yil

1 666

1 666

Davlat budjeti

3.

Buxoro viloyati musiqali drama teatri binosi

2020-yil

8 051

8 051

Davlat budjeti

4.

Namangan viloyati musiqali drama teatri binosi

2021-yil

3 362

3 362

Davlat budjeti

5.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri binosi

2020-yil

7 267

7 267

Davlat budjeti

6.

Samarqand viloyati rus drama teatri binosi

2019-yil

3 165

3 165

Davlat budjeti

7.

Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri binosi

2022-yil

9 341

9 341

Davlat budjeti

8.

Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri binosi

2021-yil

3 806

3 806

Davlat budjeti

9.

Oʻzbekiston davlat qoʻgʻirchoq teatri binosi

2018-yil

11 465

1 600

9 865

Davlat budjeti

10.

“Diydor” teatr-studiyasi binosi

2019-yil

1 015

1 015

Davlat budjeti

Jami

50 277

1 600

12 020

16 983

7 168

12 506

Jihozlash

1.

Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri

2019-yil

2 250

2 250

Davlat budjeti, madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

2.

Fargʻona viloyati qoʻgʻirchoq teatri

2020-yil

1 780

1 780

Davlat budjeti, madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

3.

Fargʻona viloyati rus drama teatri

2021-yil

2 400

2 400

Davlat budjeti, madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

4.

Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri

2018-yil

2 800

2 800

Davlat budjeti, madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

5.

Xorazm viloyati musiqali drama teatri

2019-yil

3 700

3 700

Davlat budjeti, madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

Jami

12 930

0

6 500

2 250

1 780

2 400

* Obyektlarning umumiy qiymatiga ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda tender (tanlov) savdolari natijalariga asosan aniqlik kiritiladi.
** Yangidan qurilishi belgilangan obyektlarning tashqi muhandislik tarmoqlari qurilishi foydalanuvchi tashkilotlar va mahalliy budjet mablagʻlaridan amalga oshiriladi.
*** Teatrlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlarida zamonaviy yoritish vositalari, ovoz kuchaytirgich uskunalari, oʻrindiqlar, isitish va sovutish tizimi hamda zarur texnik vositalar va jihozlar nazarda tutilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 9-son qaroriga
3-ILOVA
Xorazm viloyati musiqali drama teatrini kompleks rivojlantirish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Tadbirning nomi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul bajaruvchilar

1.

Teatrda sahnalashtirilayotgan asarlarning badiiy va gʻoyaviy mazmunini tubdan qayta koʻrib chiqish, ularni yangilash va boyitish orqali quyidagilarni ifoda etuvchi spektakllarni yaratish:

mamlakatimiz tarixi, buyuk allomalari va bebaho neʼmatlari;

bunyodkorlik ishlari;

zamon qahramoni va yoshlar obrazi;

oila munosabatlari va qadriyatlari;

ijtimoiy muammolar va tadbirkorlik masalalari va boshqalar.

2018-yildan boshlab

Mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlar, budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari

Madaniyat v�zirligi,

Xorazm viloyati hokimligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 23-oktabridagi PQ-3350-son qarori bilan tasdiqlangan 2018 — 2020-yillarda shaharlarda koʻp qavatli arzon uy joylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturi doirasida Xorazm viloyati musiqali drama teatri xodimlari uchun koʻp qavatli arzon uylar qurish. Bunda:

musiqali drama teatriga yaqin joyda boʻsh yer ajratish;

arzon turar-joy binosini ipoteka kreditlari asosida teatr xodimlariga imtiyozli tarzda taqdim etish;

qurilish ishlari yakunlangandan soʻng binoning
3 ta qavatidagi xonadonlar Xorazm viloyati musiqali drama teatriga operativ boshqaruv huquqi asosi berilishini taʼminlash.

2018 — 2020

yillar

Dastur doirasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida

Xorazm viloyati hokimligi,
Iqtisodiyot vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Xorazm viloyatidagi teatrlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida viloyat hokimligi bilan teatr oʻrtasida “Doʻstlik klubi”ni tashkil etish, bunda tashkil etiladigan klub doirasida besh yillik aniq chora-tadbirlar rej�sini tasdiqlash.

2018-yil

yanvar

homiylik xayriyalari

Xorazm viloyati hokimligi,
Madaniyat vazirligi

4.

Teatr repertuarini muntazam ravishda yangilab borish, mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli bunyodkorlik ishlarini toʻlaqonli ochib beruvchi, yoshlarning izlanishlarini ifoda etuvchi zamon qahramoni aks etgan har yili kamida 4 ta yangi spektakllarni sahnalashtirish.

Bu borada, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, dramaturgiya kengashi va dramaturglar bilan ijodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2018-yildan boshlab

doimiy

Mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlar, budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Xorazm viloyati hokimligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

5.

Viloyatdagi oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari sahnalarida bir oyda kamida besh marotaba oʻz spektakllarini namoyish etish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni, teatr rejissorlarining besh yillik ish rejasini tasdiqlash.

2018-yil

yanvar,

doimiy

-

Madaniyat vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

6.

Viloyatning barcha hududlaridan isteʼdodli va istiqbolli yoshlarni jalb qilish choralarini koʻrish.

2018 — 2022-yillarda

-

Madaniyat vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

7.

Viloyat teatrining rasmiy veb-saytini yaratish va undagi maʼlumotlarn� doimiy yangilab borish, chiptalarning onlayn buyurtma berish va xarid qilish tizimi va chiptalar hisobini yuritishning elektron dasturini yaratish.

2018-yil

II chorak

doimiy

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlar, budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Xorazm viloyati hokimligi,
Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

8.

Teatrga aholini jalb etish maqsadida sahnalashtiriladigan spektakllar namoyishini ikki hafta oldin quyidagilar orqali keng yoritish:

internet veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali zarur maʼlumotlarni (spektakllarning muallifi, rejissori, aktyorlari va sahnalashtiriladigan teatrlarning qisqacha mazmuni, teatrlarga kirish narxlari va boshqa maʼlumotlarni) joylashtirish;

viloyat va shahar (tuman)larning markaziy koʻchalarida reklama bannerlarini joylashtirish;

ijtimoiy roliklar yaratish va ularni televideniye va internet tarmogʻida joylashtirish.

2018-yildan boshlab

Mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlar, budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

9.

Soha yoʻnalishi boʻyicha maxsus oʻquv kurslari va seminarlarda teatr ijodiy va texnik xodimlari malakasini oshirish;

ijodiy xodimlarning respublika teatrlarida tajriba almashish reja-jadvalini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

shuningdek, ijodiy xodimlarni xorijiy mamlakatlar teatrlarida tajriba orttirish va almashishini hamda ijodiy hamkorligini yoʻlga qoʻyish;

Respublika va xalqaro miqyosda oʻtkazilayotgan festivallarda teatr jamoasining munosib ishtirokini taʼminlash.

Doimiy

Tasdiqlangan reja asosida

2018-yil

yanvar



Doimiy

Madaniyat vazirligiga ajratilgan mablagʻlar,

mahalliy budjet,

budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

10.

Teatr sanʼati ustalari va namoyondalari, yuqori malakali mutaxassislar — so�ist-vokalistlar, xoreograflar, baletmeysterlar, dirijyorlar ishtirokida “Mahorat darslari”, oʻquv-mashgʻulotlarini tashkil etish boʻyicha aniq rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil

fevral,

har yili reja asosida

-

Madaniyat vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

11.

Viloyatning shahar va tumanlarida havaskorlik teatr jamoalari faoliyatini tashkil qilish hamda ushbu jamoalarga teatrning yetuk aktyorlarini biriktirish va ular oʻrtasida “ustoz-shogird” anʼanalarini yoʻlga qoʻyish.

2018-yildan boshlab

-

Madaniyat vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

12.

Respublika teatrlaridan malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, aktyorlarning sahna harakatlarini yanada rivojlantirish boʻyicha aniq rejani ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil yanvar

aniq reja asosida

Mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlar, budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

13.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida teatr aktyorlarining sahna nutqi madaniyati boʻyicha malakalarini oshirish.

Belgilangan reja asosida

-

Madaniyat vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

14.

Taniqli yozuvchi, dramaturg, shoir va bastakorlarni kelishuv asosida jalb qilgan holda xalqimiz maʼnaviy olamini yuksaltirishga xizmat qiladigan gʻoyaviy-badiiy jihatdan yetuk va mukammal sahna asarlari yaratish.

2018 — 2020-yillar

Xayriya mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi,

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Oʻzbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

15.

Bugungi globallashuv jarayonida jamiyat hayotida teatrning oʻrni va taʼsirini kuchaytirish maqsadida teatr tomoshalariga tomoshabinlar tashriflarini uyushtirish boʻyicha reja ishlab chiqish.

2018-yil

yanvar, muntazam ravishda

-

Xorazm viloyati hokimligi,

Madaniyat vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

16.

Teatr jamoasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻylab gastrol safarlarini uyushtirish boʻyicha aniq reja-jadval ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yildan boshlab muntazam ravishda

Mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlar, budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

17.

Viloyatning chekka va chegaraoldi hududlarida uyushmagan yoshlarning teatr sanʼatiga boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlash, ularni iqtidorlarini namoyish qilishga sharoit yaratish maqsadida “Sayyor” yoshlar truppasi tashkil qilish.

2018-yil mart

-

Xorazm viloyati hokimligi,

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

18.

Teatrning sahna liboslari, dekoratsiyalar grim pardoz ashyolari, anjomlari hamda orkestr boʻlimini milliy-zamonaviy cholgʻu asboblari bilan taʼminlash.

Doimiy

Madaniyat vazirligiga ajratilgan mablagʻlar, mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlar, budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

19.

Teatr tarkibida teatr sahnalari uchun maxsus anjomlar, jihozlar (ayollar taqinchoqlari, butoforlar) tayyorlaydigan sex faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2018-yil davomida

Mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlar, budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi,

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

20.

Teatrda namoyish etilayotgan spektakllar hamda gastrol safarlarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish.

2018-yildan boshlab muntazam ravishda

-

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 9-son qaroriga
4-ILOVA
2018 — 2022-yillarda respublika teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi komissiya
TARKIBI

1.

A. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi, Komissiya raisi

2.

B. Sayfullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari

3.

B. Zakirov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi, ko�issiya raisining oʻrinbosari

4.

O. Nazarbekov

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

A. Qodirov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

6.

A. Ortiqov

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari

7.

A. Karimov

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari

8.

O. Umarov

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

Sh. Burnashev

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

10.

Sh. Sharaxmetov

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

11.

B. Gʻaniyev

Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri direktori

12.

K. Sabirdjanov

A. Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri bosh muhandisi

13.

�. Axmetjanova

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining boshqarma boshligʻi, komissiya kotibi

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklanlgan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/9/0532-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)