1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-iyuldagi 561-sonli qarori tahririda)
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-iyuldagi 561-sonli qarori tahririda)
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat soliq qoʻmitasi quyidagilarni taʼminlasinlar:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni baholash va hisobga olishning belgilangan tizimi mavjudligi yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tuman (shahar) filiallari maʼlumotlar bazasini inventarizatsiyadan oʻtkazish;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillarini jalb etgan holda, soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining qiymati qayta hisoblanishini taʼminlash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining tuman (shahar) filiallarida koʻchmas mulk qiymatini hisoblashning soddalashtirilgan usuli asosida dasturiy maxsulotni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk qiymatini hisoblashning soddalashtirilgan usuli boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining soliq solinadigan qiymati haqidagi axborotni interaktiv rejimda olish imkonini beradigan dasturiy mahsulotni ishlab chiqsin va joriy etsin hamda uni “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin;
yuqorida koʻrsatilgan dasturiy taʼminotni davlat soliq xizmati organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurslari bazasiga integratsiyalashuvini taʼminlasin.
4. “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining qiymati ikki oy muddatda qayta hisoblab chiqilishini taʼminlasin.
5. “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi koʻchmas mulk obyektlarini hisobga olish va baholash boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatni milliy va xalqaro standartlar asosida uch oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-dekabr,
1043-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1043-son qaroriga 1-ILOVA
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi toʻgʻrisida
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-iyuldagi 561-sonli qarori tahririda)
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan uy-joy fondi koʻchmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomga muvofiq hisoblab chiqilgan koʻchmas mulk obyektining kadastr qiymati (keyingi oʻrinlarda obyektning kadastr qiymati deb ataladi) faqat jismoniy shaxsning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash uchun qoʻllaniladi.
3. Obyektning kadastr qiymatini hisoblash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining hududiy yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari (keyingi oʻrinlarda “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi organlari deb ataladi) tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
4. Kadastr qiymati belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilingan jismoniy shaxslar mulki boʻlgan turar joylar, kvartiralar, bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari aʼzolarining bogʻ uylari (dala-hovlilar) uchun hisoblab chiqiladi.
5. Quyidagi koʻchmas mulk obyektlari uchun kadastr qiymati hisoblab chiqilmaydi:
v) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqsiz deb topilgan.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
6. “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi organlari tomonidan obyektning kadastr qiymati kadastr hujjatlari va inventarizatsiya materiallari asosida hisoblab chiqiladi.
7. Kadastr qiymati fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan qurilgan va foydalanilayotgan koʻchmas mulk obyektlari uchun hisoblangan taqdirda, ushbu obyektlar uchun jismoniy shaxslar mulki uchun soliq toʻlash mulkchilik boʻyicha boshqa huquqiy kafolatlarni yuzaga keltirmaydi, soliqqa oid majburiyatlar bundan mustasno.
8. Mazkur Nizom asosida koʻchmas mulkning hisoblab chiqilgan kadastr qiymati ushbu obyektlarning kadastr qiymatini keyingi hisoblashgacha (qayta hisoblashgacha) oʻzgarishsiz qoladi.
Koʻchmas mulk obyektlarida oʻzgarishlar aniqlangan taqdirda (rekonstruksiya qilinishi, qoʻshimcha joylar qurilish, qoʻshimcha obyektlar qurilishi va boshqalar), “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi organlari tomonidan ushbu obyektlarning kadastr qiymati qayta hisoblanadi hamda qonunchilikda belgilangan muddatlarda soliq organlariga tegishli maʼlumotlar taqdim etiladi.
9. Yakka tartibdagi uy-joylarda (dala-xovlilarda) asosiy binoni aniqlashda binoning eng katta umumiy maydoni hisobga olinadi.
10. Obyektlar qiymatini hisoblashda quyidagi funksional koʻrsatkichlar belgilanadi:
koʻp kvartirali uydagi kvartiraning umumiy foydali maydoni bir kvadrat metrining kadastr qiymati yoki yakka tartibdagi uy-joy asosiy binosining umumiy foydali maydoni bir kvadrat metrining kadastr qiymati ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq;
hududiy tuzatish koeffitsiyentlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq;
eskirish koeffitsenti — devori temir-beton binolarga kadastr qiymatining 1 foizi miqdorida, devori pishgan gʻishtli binolarga — 1,25 foizi va devori xom gʻishtli, paxsali va sinchli binolarga — 1, 5 foizi, ammo 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda har yil uchun hisoblanadi.
2-bob. Koʻp kvartirali uy-joydagi koʻchmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblab chiqish
11. Koʻp kvartirali uy-joydagi koʻchmas mulk obyektlarining kadastr qiymati quyidagi formula bilan hisoblanadi:
S=Pl*Sbaz*(K1*K2*K3),
bunda:
Pl — umumiy foydali maydon, kv.m.;
Sbaz — umumiy foydali maydonning bir kvadrat metrining kadastr qiymati;
K1 — eskirish koeffitsenti;
K2 — hududiy tuzatish koeffitsenti;
K3 — tuman tuzatish koeffitsenti (Toshkent shahrida qoʻllanilmaydi).
3-bob. Yakka tartibdagi uy-joy (dala-hovli) koʻchmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblab chiqish
12. Yakka tartibdagi uy-joy (dala-hovlida) koʻchmas mulk obyektlarining kadastr qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:
S=((Pl*Sbaz )+Pstroyen*(Sbaz/5)) *(K1*K2* K3)
bunda:
Pl — umumiy foydali maydon, kv.m.
Sbaz — umumiy foydali maydonning bir kvadrat metrining kadastr qiymati;
K1 — eskirish koeffitsenti;
K2 — hududiy tuzatish koeffitsenti;
K3 — tuman tuzatish koeffitsenti (Toshkent shahrida qoʻllanilmaydi).
Pstroyen — umumiy foydali maydon tarkibida hisobga olinmagan yordamchi-xoʻjalik imoratlarining maydoni, kv.m.;
Sbaz/5 — yordamchi-xoʻjalik imoratlari bir kvadrat metri kadastr qiymatining asosiy binoning bir kvadrat metri boʻyicha hisoblab chiqilgan 20 foizi.
4-bob. Jismoniy shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlarining kadastr qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish va taqdim etish tartibi
13. Koʻchmas mulk obyektlari kadastr qiymatining hisoblab chiqilishini “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi nazorat qiladi.
14. “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi kadastr qiymatini hisoblash natijalari boʻyicha bajarilgan ishlar haqidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda taqdim etadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Koʻchmas mulk obyektlarining mulkdorlari “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining koʻchmas mulk obyektlarini baholagan organlaridan ularga tegishli koʻchmas mulk obyektlarining kadastr qiymati toʻgʻri hisoblanganini asoslab berishini talab qilish xuquqiga ega.
16. Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli koʻchmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash boʻyicha nizolarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha qarorlar qabul qilish qonun hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
17. Ushbu Nizomni buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Koʻp kvartirali uylardagi kvartira umumiy maydoniing bir kvadrat metrining kadastr qiymati
T/r.
Toifa
Bino turi
Kadastr qiymati 1 kv.m. (ming soʻm)
1.
I-a
2-3 — qavatli, devori pishgan gʻishtli
1 989
2.
I-b
2-3 — qavatli, devori beton panelli
1 850
3.
II-a
4-5 — qavatli, devori pishgan gʻishtli
1 920
4.
II-b
4-5 — qavatli, devori beton panelli
1 850
5.
III-a
6 — 8 — qavatli, devori pishgan gʻishtli
1 720
6.
III-b
6 — 8 — qavatli, devori beton panelli
1 850
7.
IV-a
9 — 18 — qavatli, devori pishgan gʻishtli
1 720
8.
IV-b
9 — 18 — qavatli, devori beton panelli
1 834
Yakka tartibdagi uy-joyning asosiy binosi umumiy maydoni bir kvadrat metrining kadastr qiymati
T/r.
Toifa
Qavati
Bino turi
Kadastr qiymati 1 kv.m. (ming soʻm)
1.
I-a
1
Devori xom gʻisht, paxsa va sinchli.
847,9
2.
I-b
1
Devori pishgan gʻishtli, betonli (shlakoblokli).
1284,8
3.
I-c
1
Devori pishgan gʻishtli va xom gʻishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks) qoʻshimcha qulayliklari bilan (umumiy maydonda hisobga olinadigan suzish havzasi, sauna, mansarda), tashqi pardozlashda tabiiy toshlardan foydalanilgan va boshqalar.
1349,1
4.
II-a
2
Devori pishgan gʻishtli va xom gʻishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks), faqat asosiy binoning bir qismi ikki qavatli.
1413,3
5.
II-b
2
Devori pishgan gʻishtli va xom gʻishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks), asosiy bino toʻliq ikki qavatli.
1477,5
6.
II-c
2
Devori pishgan gʻishtli va xom gʻishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks) qoʻshimcha qulayliklari bilan (umumiy maydonda hisobga olinadigan suzish havzasi, sauna, mansarda), tashqi pardozlashda tabiiy toshlardan foydalanilgan.
1541,8
7.
III-a
3 va yuqori
Devori pishgan gʻishtli va xom gʻishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks), faqat asosiy binoning bir qismi uch va yuqori qavatli.
1606,0
8.
III-b
3 va yuqori
Devori pishgan gʻishtli va xom gʻishtli, karkasli (kompleks), asosiy bino toʻliquch va yuqori qavatli.
1670,2
9.
III-c
3 va yuqori
Devori pishgan gʻishtli va xom gʻishtli, betonli (shlakoblokli), karkasli (kompleks) qoʻshimcha qulayliklari bilan (umumiy maydonda hisobga olinadigan suzish havzasi, sauna, mansarda), tashqi pardozlashda tabiiy toshlardan foydalanilgan.
1734,5
Izoh:
1. Asosiy binoning umumiy foydali maydonida hisobga olinmagan yordamchi-xoʻjalik qurilmalarining 1 kv.m. maydonining kadastr qiymati hisobga olingan asosiy binoning 1 kv.m. kadastr qiymatining 20% miqdorida hisoblanadi.
2. Eskirish koeffitsenti — har yil devori temir-beton binolarga kadastr qiymatining 1 %, devori pishgan gʻishtli binolarga 1,25 % va devori xom gʻishtli, paxsali va sinchli binolarga 1,5 %, ammo 50 % dan oshmaydigan miqdorlarda hisoblanadi va hisoblash uchun olingan asosiy binoning qurilgan yilidan kelib chiqqan holda barcha yordamchi xoʻjalik qurilmalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hududiy tuzatish koeffitsiyentlari
1. Hududiy tuzatish koeffitsiyentlari
T/r.
Hududlar
Koeffitsiyentlar
1.
Tashkent sh.
1 zona
1,20
2 zona
1,15
3 zona
1,10
4 zona
1,05
5 zona
1,00
2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
0,50
3.
Andijon viloyati
0,80
4.
Buxoro viloyati
0,75
5.
Jizzax viloyati
0,75
6.
Qashqadaryo viloyati
0,75
7.
Navoiy viloyati
0,75
8.
Namangan viloyati
0,75
9.
Samarqand viloyati
0,90
10.
Surxondaryo viloyati
0,70
11.
Sirdaryo viloyati
0,80
12.
Fargʻona viloyati
0,85
13.
Xorazm viloyati
0,50
14.
Toshkent viloyati
0,95
2. Tuman tuzatish koeffitsiyenti
T/r.
Aholi punktlari
Koeffitsiyentlar
1.
Nukus shahri, viloyat markazlari
1,00
2.
Shaharlar va shahar boʻlmagan tuman markazlari
0,85
3.
Boshqa aholi punktlari
0,75
Izoh.
Toshkent shahri boʻyicha zonalar Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan belgilangan tartibda aniqlanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2018-y., 09/18/1043/0511-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)