|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektalaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 3-maydagi PF-5032-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 43-son, 530-bet) bilan tasdiqlangan Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-dekabr,
987-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-dekabrdagi 987-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
toʻrtinchi xatboshidagi “har yili Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
““Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari hududlarida Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kirmaydigan (yalangʻoch qizilmiyadan tashqari) hamda yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklar roʻyxatiga kiritilgan yoki koʻrsatilgan erkin iqtisodiy zona qatnashchilari bilan yovvoyi oʻsimliklardan tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlari bilan shartnomalar mavjud boʻlganda — belgilangan toʻlovlarning 50 foizi miqdorida kamaytirish”;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshidagi “ekstrakt” soʻzidan keyin “va tayyor farmatsevtika mahsulotlari” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “ekstrakt” soʻzidan keyin “va tayyor farmatsevtika mahsulotlari” soʻzlari qoʻshilsin;
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2017-y., 09/17/987/0421-son)