

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.12.2024
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3357267" id="onLBC-3357267">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7098"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.15 Davlat foydasiga rad qilish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3357267" id="onLS-3357267">[<b>TSZ:</b><div id="LS3788"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3357405" id="-3357405">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3357408" id="-3357408">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3357410" id="-3357410">Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3357413" id="-3357413"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7255642" id="-7255642">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli “Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-7247827?ONDATE=05.12.2024 00#-7249728">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357415" id="-3357415">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 17-iyuldagi PQ-3137-son <a href="/ru/acts/-3270628">qaroriga </a>muvofiq, dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash boʻyicha yagona talablarni belgilash va aniq mexanizmlarni joriy etish, muvozanatlashtirilgan importni taʼminlash va mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni prognozlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357418" id="-3357418">1. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/ru/acts/-3357267#-3357440">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357420" id="-3357420">2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357421" id="-3357421">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining dorixonalarda muomalada boʻlishining statistika hisoboti shaklini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357423" id="-3357423">tegishli hududlarni aniqlagan holda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining dorixonalarda muomalada boʻlishining elektron tizimini uch oy muddatda eksperiment tariqasida joriy etsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357425" id="-3357425">3. Belgilab qoʻyilsinki, dorixonalar 2018-yil 1-yanvardan boshlab har chorakda muomalada boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari boʻyicha hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357426" id="-3357426">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3357430" id="-3357430">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3357433" id="-3357433">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3357437" id="-3357437">2017-yil 18-sentabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3357439" id="-3357439">741-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3357440" id="-3357440"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3357442" id="-3357442">Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 741-son <a href="/ru/acts/-3357267">qaroriga </a><br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3357443" id="-3357443">Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3357444" id="-3357444"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3357445" id="-3357445"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3357446" id="-3357446">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357447" id="-3357447">1. Ushbu Nizom ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357448" id="-3357448">2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357449" id="-3357449"><strong>dori vositalari</strong> — kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan dorivor moddalar (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dorivor moddalar (substansiyalar), dori preparatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357450" id="-3357450"><strong>tibbiyot buyumlari</strong> — kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan buyumlar;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4053011" id="-4053011"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4053012" id="-4053012">ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari — ijtimoiy ahamiyatga ega va atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklarning oldini olish hamda davolash uchun talab yuqori boʻlgan va aholi, tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻp foydalaniladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4053020" id="-4053020">(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-oktabrdagi 862-sonli <a href="/ru/acts/-4017219?ONDATE=25.10.2018 00#-4020393">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/862/2097-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357466" id="-3357466"><strong>ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari yoki tibbiyot buyumlariga hisoblab chiqilgan ehtiyoj</strong> — kasallanish darajasi, bemorlar soni, davolash kurslari va boshqa mezonlarni inobatga olgan holda, maʼlum bir vaqtda bemorlar ehtiyojini taʼminlash uchun zarur dori vositalari yoki tibbiyot buyumlarining Davolash-profilaktika muassasalarining doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi tomonidan bitta tibbiyot muassasasi doirasida aniqlanadigan oʻrtacha miqdori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357467" id="-3357467"><strong>ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari yoki tibbiyot buyumlariga boʻlgan yigʻma ehtiyoj</strong> — respublika aholisining ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan dori vositalari yoki tibbiyot buyumlariga ehtiyojni umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimi doirasidagi oʻrtacha miqdori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357468" id="-3357468"><strong>ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari yoki tibbiyot buyumlariga boʻlgan haqiqiy ehtiyoj</strong> — tegishli hududdagi davolash-profilaktika muassasalarining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi va dorixonalar tomonidan oʻtgan yilda (yillarda) dori vositalari yoki tibbiyot buyumlarining hudud kesimida haqiqiy isteʼmoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olgan holda hisoblab chiqiladigan miqdori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357471" id="-3357471"><strong>xalqaro patentlanmagan nom (XPN)</strong> — dori vositasini Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan unga dori vositasi faol substansiyasining qisqartirilgan nomini berish yoʻli bilan identifikatsiyalash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357472" id="-3357472"><strong>Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika muassasasining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi</strong> — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika muassasasida tashkil etiladigan va ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari hamda tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojni hisoblab chiqadigan va tasdiqlaydigan, ularni xarid qilish, hisobga olish, taqsimlash hamda qoʻllashni nazorat qiladigan komissiya;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357474" id="-3357474"><strong>Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi</strong> — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida tashkil etiladigan va Asosiy dori vositalari, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari roʻyxatlarini qayta koʻrib chiqib, ushbu roʻyxatlardagi dori vositalari va tibbiyot buyumlariga respublikaning yillik ehtiyojini tasdiqlaydigan, shuningdek ularni xarid qilish, hisobga olish, taqsimlash hamda ularning qoʻllanishini nazorat qiladigan komissiya.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357475" id="-3357475">3. Dorixonalar ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojni tovarning nomenklatura boʻyicha qolgan miqdorini hisobga olish, elektron bazaga kiritilgan retseptlarni va tovar cheklarini hisobga olish asosida uning haqiqatdan sotilgani haqidagi maʼlumotlar boʻyicha aniqlaydi. Agar elektron maʼlumotlar bazasi mavjud boʻlmasa, dorixonalar xodimlari ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari toʻgʻrisidagi axborotni bunday dori vositalarini berish haqidagi maʼlumotlardan tovar cheklariga qarab oladi. Ushbu maʼlumotlar asosida ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining dorixonalarda muomalada boʻlishi toʻgʻrisidagi hisobot shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357476" id="-3357476">4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni tizimli asosda nazorat qilish boʻyicha respublika komissiyasiga ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari hamda tibbiyot buyumlarining muomalada boʻlishi haqidagi maʼlumotlarni har chorakda taqdim etadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3357477" id="-3357477">2-bob. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni hisoblash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357479" id="-3357479">5. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari tarkibiga kiradigan narkotik va psixotrop moddalarga boʻlgan ehtiyoj Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlish tartibini belgilab beruvchi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son <a href="/ru/acts/-246696">qaroriga </a>muvofiq bir yilda 1000 nafar aholiga narkotik va psixotrop moddalar isteʼmolining normalaridan (narkotik moddalarning tibbiyot maqsadlari uchun sarflanadigan ruxsat etilgan normalari) foydalangan holda aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357480" id="-3357480">Hisoblab chiqilgan ehtiyoj quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:</div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3357481" id="-3357481"><strong>E = N x S/1000,</strong> bunda,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357482" id="-3357482">E — bir yilda ushbu dori vositasiga nisbatan ehtiyojning ruxsat etilgan eng koʻp miqdori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357483" id="-3357483">N — bir yilda 1000 kishi uchun ushbu dori vositasiga boʻlgan normativ ehtiyoj;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357484" id="-3357484">S — hudud aholisining soni.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357485" id="-3357485">Narkotik va psixotrop moddalarga boʻlgan yillik ehtiyojni aniqlashda dorixona omborlari, davolash-profilaktika muassasalari va dorixonalardagi preparatning toza modda boʻyicha hisob-kitob qilingan zaxirasi eʼtiborga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357486" id="-3357486">Isteʼmol qilinishi normalashtiriladigan va quyidagilarga rioya etilganda beriladigan dori vositalarining hisoblab chiqilgan ehtiyojiga zarur tuzatishlar kiritilishiga ruxsat etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357487" id="-3357487">buyurish qoidalariga qatʼiy amal qilinganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357488" id="-3357488">tayinlash qoidalariga rioya etilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357489" id="-3357489">ijtimoiy dorixonalardan berish qoidalariga rioya etilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357490" id="-3357490">preparatning yil davomidagi haqiqiy sarflangani haqida maʼlumot boʻlganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357491" id="-3357491">6. Oʻziga xos (ayrim kasallik qoʻzgʻatuvchilariga nisbatan samarali yoki organizmning baʼzi aʼzolariga alohida taʼsir qiluvchi) va keng taʼsir doirasiga ega (turli kasalliklarning oldini olish va davolash, shuningdek organizm funksional tizimlarining bir xil koʻrinish va turli etiologiyaga ega turli buzilishlarida qoʻllaniladigan simptomik preparatlar) dori vositalariga boʻlgan ehtiyojni hisoblash oʻziga xos va keng taʼsir koʻrsatuvchi ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari uchun moʻljallangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357492" id="-3357492">Oʻziga xos va keng taʼsir koʻrsatuvchi ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalariga boʻlgan ehtiyoj mutaxassislar uchun moʻljallangan uslub yordamida aniqlanadi. Asosini muayyan turdagi kasallik haqidagi maʼlumotlar, tashxis qoʻyish va davolash standartlari, klinik protokollar (davolash sxemasi va preparatlar soni) tashkil etadigan ushbu uslub har bir turdagi preparat uchun alohida hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357493" id="-3357493">Yillik hisoblab chiqilgan ehtiyoj quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:</div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3357494" id="-3357494"><strong>E = S x S x B,</strong> bunda,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357495" id="-3357495">E — preparatga boʻlgan yillik ehtiyoj;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357496" id="-3357496">S — bir bemorga bir martalik davolash kursi uchun preparat sarfi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357497" id="-3357497">S — bir bemorda bir yilda oʻtkaziladigan davolash kurslari soni (mavjud boʻlganda);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357498" id="-3357498">B — davolash uchun ushbu preparat qoʻllaniladigan bemorlar soni (kasallanish).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357499" id="-3357499">7. Mutaxassislar tomonidan dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni hisoblashda ambulatoriyada va shifoxonada davolanishga boʻlgan ehtiyoj haqidagi maʼlumotlar hisobga olinadi. Ambulatoriyada va shifoxonada davolanadigan bemorlar boʻyicha maʼlumotlarni sogʻliqni saqlash tizimining statistika organlari taqdim etadi. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojning yakuniy hisob-kitobi talabni toʻliq qondirish va mavjud qoldiqlar hisobga olinib, ulardan haqiqatdan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asoslanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357500" id="-3357500">8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh mutaxassislari va maslahatchilari ehtiyojni quyidagi maʼlumotlarni eʼtiborga olgan holda hisoblab chiqadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357501" id="-3357501">kasallik toʻgʻrisida statistika maʼlumotlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357502" id="-3357502">kasallanish ehtimolligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357503" id="-3357503">aniq bir kasallikni davolashga moʻljallangan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini qoʻllash samaradorligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357504" id="-3357504">dori vositasining kasallikni davolashda asosiy yoki oʻrinni bosuvchi preparat sifatida qoʻllanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357505" id="-3357505">dori vositasi va tibbiyot buyumining jamiyat sogʻligʻini saqlashdagi ahamiyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357506" id="-3357506">dori vositalari bilan davolashning davolash sxemalarini oʻz ichiga oladigan batafsil bayoni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357507" id="-3357507">davolash davomiyligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357508" id="-3357508">Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tashxis qoʻyish va davolash standartlari, klinik protokollari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357509" id="-3357509">9. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlashda quyidagilardan foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357510" id="-3357510">tashxis qoʻyish va davolash standartlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357511" id="-3357511">klinik protokollar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357512" id="-3357512">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining aholi soni, jinsi va yosh tarkibi, 1000 nafar aholining shifoxonada davolanish darajasi, tegishli yoʻnalish boʻyicha davolangan bemorlar soni, asosiy va ayrim kasalliklar bilan kasallanish darajasi boʻyicha maʼlumotlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357513" id="-3357513">10. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyoj har bir nom boʻyicha alohida hisoblab chiqiladi va bunda ularning dori vositalari guruhlariga mansubligi (isteʼmol qilinishi normalanadigan, maxsus taʼsirga ega, keng taʼsir doirasiga ega) eʼtiborga olinadi. Shuningdek bu borada koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar darajasi, davolash profilaktika muassasasida dori vositalarining mavjudligi, hududdagi kasallanish va epidemiologik vaziyat haqida maʼlumotlar, davolangan bemorlar soni, oʻtgan yilda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining haqiqiy isteʼmoli ham hisobga olinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3357514" id="-3357514">3-bob. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash bosqichlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357515" id="-3357515">11. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq <a href="/ru/acts/-3357267#-3357526">sxema</a> boʻyicha amalga oshiriladi va quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357516" id="-3357516">I bosqichda davolash-profilaktika muassasasining vrachi ushbu muassasaning doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasiga tasdiqlangan nomdagi dori vositalari hamda tibbiyot buyumlariga muvofiq belgilangan davrda bemorlarni taʼminlash uchun zarur boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari, shuningdek tibbiyot buyumlariga hisoblab chiqilgan ehtiyojni taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357517" id="-3357517">II bosqichda davolash-profilaktika muassasasining doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi rejalashtirilayotgan yil uchun davolash-profilaktika muassasasi boʻyicha ehtiyojni umumlashtiradi, tahlil qiladi va yigʻma ehtiyojni tasdiqlaydi hamda uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasiga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357518" id="-3357518">III bosqichda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi davolash-profilaktika muassasalarining ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojini tahlil qilib, tegishli hududning ularga boʻlgan haqiqiy ehtiyojini shakllantiradi va tasdiqlaydi. Tegishli hudud boʻyicha haqiqiy ehtiyoj Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasiga respublikaning yillik ehtiyojini shakllantirish uchun yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357519" id="-3357519">12. Respublikaning hududlar (choraklik) maʼlumotlariga asoslangan yillik ehtiyoji Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh mutaxassislari va maslahatchilari ehtiyojlari bilan taqqoslanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357520" id="-3357520">13. Respublikaning yillik ehtiyoji Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi majlisida shakllantiriladi, unga tuzatishlar kiritiladi va tasdiqlanadi hamda Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni tizimli asosda nazorat qilish boʻyicha respublika komissiyasiga topshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3357521" id="-3357521">4-bob. Yakunlovchi qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357522" id="-3357522">14. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojning sifatli va oʻz vaqtida aniqlanishi, ehtiyojni shakllantirish boʻyicha shaxsiy javobgarlik davolash-profilaktika muassasalari va dorixonalar rahbarlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining boshliqlari zimmasiga yuklanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3357523" id="-3357523"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3357524" id="-3357524">Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/ru/acts/-3357267#-3357440">nizomga </a><br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3357525" id="-3357525">Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3357526" id="-3357526"><strong>SXEMASI</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3357527" id="-3357527"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-3357529" id="-3357529"><img src="/ru/files/3357534" /></div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3365683" id="-3365683">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1050-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/862/2097-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
