ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Ijro muddati |
Ijro uchun masʼullar |
Amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija |
|
I. Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, noshirlik va matbaa sohalarini yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda ijtimoiy ahamiyatga molik kitoblarni, ayniqsa bolalar adabiyotlarini chop etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash | ||||
|
1. |
Yangi tahrirdagi “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil mart |
Matbuot va axborot agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, |
Yangi tahrirdagi “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi. Loyihada nashriyotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish borasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish; kitob mahsulotlari chop etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning aniq shakl va mexanizmlarini belgilash; ijtimoiy ahamiyatga molik adabiyotlarga grantlar ajratish, noshirlar va adiblarni moliyaviy ragʻbatlantirish; bolalar adabiyotiga ixtisoslashtirilgan nashriyotlarga moliyaviy imtiyozlarni kafolatlash nazarda tutiladi. |
|
2. |
Bolalar adabiyotiga ixtisoslashgan nashriyotlarga moliyaviy imtiyozlar berish, moddiy qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish. |
2018-yil mart |
Matbuot va axborot agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Bolalar adabiyotiga ixtisoslashtirilgan nashriyotlarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish toʻgʻrisidagi chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Bolalar adabiyotini nashr qilishga ixtisoslashtirilgan nashriyotlarni aniqlash mezonlari belgilanadi va ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash yoʻlga qoʻyiladi. |
|
II. Kitob mahsulotlari umumiy buyurtmasini shakllantirish, chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan kitob doʻkonlari faoliyatini rivojlantirish | ||||
|
3. |
Aholining ilmiy-maʼrifiy, badiiy, ensiklopedik va bolalar adabiyotlariga boʻlgan talabini qondirish maqsadida mamlakatimiz nashriyotlarida mavjud kitoblarning elektron katalogini yaratish va tizimli ravishda yangilab borish. |
2017-yil sentabr |
Matbuot va axborot agentligi, “Sharq” NMAK, |
Ijrochilarning qoʻshma qarori. Aholining kitob mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirishda qulaylik yaratiladi va chop etiladigan kitoblarni nashriyotlardan hududlarga arzon narxlarda yetkazish, onlayn buyurtma berish va ularni pochta orqali kitobxonlarga yetkazib berish tizimi joriy etiladi. |
|
4. |
Aholi, ayniqsa yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, intellektual saviyasini oʻstirish, maʼnaviy olamini boyitishga oid ilmiy-maʼrifiy, badiiy adabiyotlar (jumladan, elektron shaklda) boʻyicha umumiy buyurtmalar roʻyxatini shakllantiruvchi ekspertlar guruhini tuzish. |
2017-yil oktabr |
Matbuot va axborot agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
Ijrochilarning qoʻshma qarori. Ekspertlar guruhi nizomi tasdiqlanadi. Unda ijtimoiy soʻrovlar yordamida yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, intellektual saviyasini oʻstirishga oid adabiyotlar boʻyicha umumiy buyurtmalar roʻyxatini shakllantirish, nashriyotlarning mavzu rejalariga tegishli takliflar tayyorlash, tashkilot va muassasalarning “Maʼnaviyat xonalari”, kutubxona va taʼlim muassasalarini yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan adabiyotlar bilan boyitish borasida xulosalar tayyorlanadi. |
|
5. |
Jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish boʻyicha davlat buyurtmalari berish, ularni koʻp nusxada yuksak sifat bilan nashr etish va moliyalashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish, kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va kitob mahsulotlarining narxini shakllan-tirish va sotish boʻyicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish choralarini belgilash. |
2018-yil mart |
Matbuot va axborot agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Intellektual mulk agentligi |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilishga davlat buyurtmalari berish tizimini yoʻlga qoʻyish, mamlakatda kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va aholining keng qatlamini qamrab olish, kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish boʻyicha aniq mexanizmlari ishlab chiqiladi. |
|
6. |
Noshirlik-matbaa, axborot-kutubxona sohalariga oid davlat standartlarini yanada takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrish. |
Har yili reja asosida |
“Oʻzstandart” agentligi, |
Sohada tegishli standartlarni takomillashtirish boʻyicha yillik ish rejalari. Noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona sohalariga oid davlat standartlarini xalqaro standart normalari asosida takomillashtirish orqali sifatli kitob mahsulotlarini tayyorlashga hamda ularni xorijiy mamlakatlarga eksport qilishga erishiladi. |
|
7. |
Mazmunan sayoz, axloq meʼyorlari, milliy maʼnaviyat va qadriyatlarimizga mos kelmaydigan, yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan adabiyotlarni tayyorlash, bosib chiqarish va tarqatishning oldini olish choralarini koʻrish. |
Yil davomida |
Matbuot va axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, |
Ijrochilarning qoʻshma qarori. Nashriyotlar faoliyati boʻyicha monitoring ishlari olib boriladi hamda ularni xatlovdan oʻtkazish, noqonuniy matbaa va noshirlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik subyektlarini aniqlash orqali ularga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar koʻriladi. |
|
8. |
Respublika kitob doʻkonlari faoliyatini ragʻbatlantirish choralarini amalga oshirish. |
2017-yil oktabr — dekabrdan boshlab har yili |
Matbuot va axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, |
Ijrochilarning qoʻshma qarori. “Har bir shahar va qishloqda — zamonaviy kitob doʻkoni” aksiyasi doirasida “Namunali kitob doʻkoni” respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish. Kitob doʻkonlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash orqali aholiga namunali xizmat koʻrsatish sifati oshiriladi hamda jamiyatda kitobning oʻrni va ahamiyati keng targʻib etiladi. |
|
III. Axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish, axborot-resurs markazlari hamda taʼlim muassasalarini oʻquv adabiyotlari, badiiy, maʼrifiy, dunyoqarashni kengaytiradigan ilmiy-ommabop kitoblar bilan boyitish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | ||||
|
9. |
Taʼlim muassasalari, axborot- resurs markazlarining kutubxona fondi, kutubxonalar uchun badiiy, maʼrifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan adabiyotlarni xarid qilish boʻyicha zarur boʻlgan moliyaviy manbalarni aniqlash va ular hisobidan ushbu muassasalarni kitoblar bilan taʼminlash choralarini koʻrish. |
2017-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, |
Taʼlim muassasalari, axborot-resurs markazlarining kutubxona fondi, kutubxonalarni badiiy, maʼrifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan adabiyotlar bilan taʼminlash tartibi va meʼyorlari toʻgʻrisida nizom loyihasini hamda adabiyotlarni bosqichma-bosqich yetkazib berish jadvali ishlab chiqiladi. Taʼlim va madaniyat muassasalari uchun adabiyotlar xarid qilish tizimini takomillashtirishga erishiladi. |
|
10. |
Oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti hamda jahon adabiyotining buyuk badiiy namunalarining audio variantlarini yaratish, sotuvga chiqarish hamda Internet tarmogʻiga joylashtirish, eng sara asarlarning Internet tarmogʻidagi yagona elektron bazasini yaratish hamda ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish masalalarini oʻrganish va aniq amaliy takliflar tayyorlash. |
2017-yil noyabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, |
Ijrochilarning qoʻshma qarori. Oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti hamda jahon adabiyotining eng sara namunalarini kitob tarzida chop etish va ularning elektron variantlarini keng kitobxonlarga taqdim etish, global Internet tarmogʻi, jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish orqali yosh avlodni adabiyotga mehr-muhabbat, milliy gʻoya va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda kitobning ahamiyatini oshirishga erishiladi. |
|
11. |
Lotin yozuviga asoslangan yangi oʻzbek alifbosidagi ilmiy-texnik, badiiy va ensiklopedik adabiyotlarni yanada koʻpaytirish choralarini koʻrish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash. |
2018-yil fevral |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni. Lotin alifbosida oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari uchun ilmiy-texnik adabiyotlar, shuningdek, |
|
12. |
Oʻzbekistonda elektron oʻquv qurilmalari (eReader)ni ishlab chiqarishni tashkil etish, ularga umumtaʼlim maktablari darsliklari va kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar uchun oʻquv adabiyotlarini joylashtirish, ularni imtiyozli narxlarda sotib olish mexanizmini tashkil qilish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2018-yil may |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, |
Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni. Elektron oʻquv qurilmalari (eReader)ni ishlab chiqarishni tashkil etish va amaliyotga joriy etish masalalari aks etadi. Elektron oʻquv qurilmalarini amaliyotga joriy etish orqali umumtaʼlim maktablarida darsliklarning yetishmasligi muammosi hal etiladi hamda qogʻozni tejash va uni import qilish hajmini kamaytirishga erishiladi. |
|
13. |
Qoʻlyozma va kitoblarni taqriz qilish, nashriyotlarning mavzu rejalarini ishlab chiqishda Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi badiiy kengashlar bilan nashriyotlarning yaqin hamkorligini tashkil etish. |
2017-yil sentabr |
Yozuvchilar uyushmasi, |
Ijrochilarning qoʻshma qarori. Sermazmun va badiiy jihatdan yuqori saviyadagi adabiyotlar nashr etilishiga koʻmaklashish, barcha janrlardagi adabiy-badiiy hamda publitsistik asarlarning badiiy yetukligini taʼminlash, umuminsoniy qadriyatlarga, ijtimoiy mezonlarga toʻgʻri kelmaydigan kitoblar nashr etilishining oldini olishga erishiladi. |
|
14. |
Mamlakatimizdagi axborot-kutubxona muassasalariga yoshlarni faol jalb etish borasidagi tadbirlar rejasini ishlab chiqish. Axborot-kutubxona muassasalarida “Kitobxonlar klubi”ni tashkil etish. |
2017-yil sentabr |
Matbuot va axborot agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
Ijrochilarning qoʻshma qarori. Muntazam ravishda faoliyat koʻrsatadigan kitob koʻrgazmalari, yoshlar bilan suhbatlar, yangi nashrlar taqdimotlarini tashkil etish orqali aholini jahon adabiyotining tarjima qilingan eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish, axborot madaniyati va zamonaviy mutolaa madaniyatini va fikrlash saviyasini yanada oshirish maqsadida ijtimoiy faol yoshlarni koʻngillilar harakatiga jalb etish, kutubxonachi va targʻibotchilar orasida turli tanlovlar oʻtkazish masalalari qamrab olinadi. |
|
15. |
Axborot-kutubxona muassasalarini Respublika, mahalliy vaqtli nashrlari, badiiy adabiyotlar bilan doimiy toʻldirib borish borasida respublika nashriyotlari hamkorligini takomillashtirish. |
2017-yil sentabr |
Matbuot va axborot agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
Ijrochilarning qoʻshma qarori. Axborot-kutubxona muassasalari fondlarini taʼminlashning markazlashtirilgan tizimini tashkil etish borasida kutubxona kollektori bilan ishlash boʻyicha markazlashtirilgan axborot tizimi takomillashadi va nashriyotlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi. |
|
16. |
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi va axborot-kutubxona markazlaridagi barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining yagona bazasini shakllantirish va undan boshqa axborot-kutubxona muassasalarida turib foydalanishni taʼminlash. |
2018-yil noyabr |
Matbuot va axborot agentligi, Axborot-kutubxona markazlari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi |
Ijrochilarning qoʻshma qarori. Loyihani amalga oshir�sh orqali aholi va kitobxonlar uchun barcha turdagi axborot-kutubxona resurslari, ularning joylashgan oʻrni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shu bilan birga, elektron axborot-kutubxona resurslaridan istalgan joyda turib foydalanish uchun sharoitlar yaratiladi. |
|
17. |
Qishloq aholisiga kutubxona xizmati koʻrsatish tizimini tashkil etish choralari toʻgʻrisida tadbirlar rejasi loyihasini tayyorlash. |
2017-yil noyabr |
Matbuot va axborot agentligi, Axborot-kutubxona markazlari, Moliya vazirligi, |
Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni. Tuman markazlaridan uzoqda joylashgan aholining kitobga boʻlgan talabini qondirish maqsadida badiiy, ilmiy, maʼrifiy kitoblar bilan taʼminlangan va zamonaviy elektron uskunalar bilan jihozlangan “Bibliobus”lar tashkil etgan holda xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi. |
|
18. |
Toshkent shahridagi “Bilim”, Toshkent viloyatidagi “Turon” axborot-kutubxona markazlari uchun yangi bino ajratish hamda Samarqand, Andijon, Xorazm axborot-kutubxona muassasalari binolarini kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2018-yil fevral |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Andijon, Xorazm viloyatlari hokimliklari |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Aholiga kutubxona xizmatini koʻrsatish sifatini oshirishga erishiladi hamda fondlardagi resurslarni tegishli tarzda saqlash uchun sharoitlar yaratiladi. |
|
19. |
Jamoat joylarida QR-kodlar yordamida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi elektron kitoblari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maxsus tablolarda joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish va oʻqish imkoniyatini yaratish. |
2018-yil noyabr |
Matbuot va axborot agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AK, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
Ijrochilarning qoʻshma qarori. Jamoat joylarida, vokzallar va aeroportlarning kutish zallarida, avtobus bekatlarida QR-kodlar (shtrix kodlar) yopishtirilgan kutubxona tablolarini joylashtirish orqali yoshlarning kitoblarni zamonaviy mobil qurilmalarida oʻqishi va elektron nusxalarini yuklab olishi uchun imkon yaratiladi. |
|
20. |
Elektron turdagi axborot-kutubxona resurslarini koʻpaytirish va ulardan Internet tarmogʻi orqali foydalanish dasturini ishlab chiqish. |
2018-yil iyul |
Matbuot va axborot agentligi,Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi |
Ijrochilarning qoʻshma qarori. “Milliy umumtaʼlim elektron kutubxona” loyihasi boʻyicha yaratiladigan elektron nusxalar hamda multimedia mahsulotlaridan masofadan turib foydalanish uchun sharoitlar yaratiladi. |
|
21. |
“Infolib Uzbekistan” milliy axborot-kutubxona haftaligini tashkil etish va oʻtkazish. |
2017-yil noyabr-dekabr |
Matbuot va axborot agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
Ijrochilarning qoʻshma qarori. Haftalik doirasida turli mavzularda onlayn konferensiyalar tashkil etish orqali aholi, ayniqsa, yosh avlodning kutubxona xizmatlaridan foydalanish koʻnikmalari shakllantiriladi. |
|
22. |
Taʼlim muassasalarida sinfdan tashqari oʻqish uchun tavsiya etilgan oʻzbek va chet el adiblarining mumtoz va zamonaviy asarlarini tanlab, xrestomatiya adabiyotlari roʻyxatlarini qayta koʻrib chiqish. |
2017-yil avgust-sentabr |
Xalq taʼlimi vazirligi,Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
Ijrochilar vakillaridan iborat komissiyaning ish rejasi. Taʼlim muassasalari oʻquvchilariga tavsiya etilgan adabiyotlar qayta xatlovdan oʻtkaziladi. Oʻquvchilarning yosh xususiyatidan kelib chiqib, sinfdan tashqari oʻqishi uchun adabiyotlarning yangilangan roʻyxati boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. |
|
IV. Noshirlar, matbaachilar, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish | ||||
|
23. |
Axborot-kutubxona kadrlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini ishlab chiqish. |
2017-yil sentabr |
Madaniyat vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Mehnat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi |
Ijrochilarning tadbirlar rejasi. “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” nominatsiyasi uchun milliy kasbiy tanlovni tashkil etish, axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislariga metodik yordam koʻrsatish maqsadida sayyor oʻquv seminarlarini tashkil qilish, yetakchi milliy, jumladan, chet el kutubxonalarida malaka oshirishni tashkil etish tadbirlari nazarda tutiladi. |
|
24. |
Noshirlar va matbaa xodimlari malakasini oshirish va ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. |
2017-yil sentabr |
Matbuot va axborot agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
Ijrochilarning qoʻshma qarori va dasturi. Kasbiy malaka va koʻnikmalarni oshirishning qisqa oʻquv kurslarini tashkil etish, milliy va xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda davra suhbatlari, seminar va konferensiyalar oʻtkazish, oʻquv qoʻllanmalari yaratish orqali noshir va matbaa xodimlarining malakasi oshiriladi. Chop etilayotgan kitob mahsulotlari sifati yaxshilanadi. |
|
25. |
Noshirlar va matbaachilarni ragʻbatlantirish choralarini belgilash. |
Har yili |
Matbuot va axborot agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, |
“Yoshlarning eng sevimli kitobi”, “Yilning eng yaxshi kitobi” kabi respublika koʻrik-tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan ijrochilarning qoʻshma qarori. |
|
V. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida targʻibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish | ||||
|
26. |
Aholi, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlod oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va adabiy merosni keng targʻib qilish, muallif va noshirlarni maʼnaviy ragʻbatlantirishga qaratilgan choralarni belgilash. |
Har yili may, sentabr |
Matbuot va axborot agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni. “Yoshlarning maʼnaviy olamini shakllantirishda kutubxonalar oʻrni”, “Oʻzbek milliy-madaniy merosini targʻib etishda kutubxonalarning oʻrni” mavzularida ilmiy-amaliy anjumanlar, “Kitob bayrami”, “Bolalar kitobi” respublika festivali, “Yoshlarning eng sevimli kitobi”, “Yilning eng yaxshi kitobi” respublika koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish hamda Zulfiya nomidagi davlat mukofotining adabiyot yoʻnalishi boʻyicha sovrindorlarining ijod namunalarini targʻib qilish. |
|
27. |
Mamlakatimizdagi yetakchi adabiy-badiiy, ijtimoiy-maʼrifiy davriy bosma nashrlarda milliy mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz namunalarini keng targʻib qilishni tizimli amalga oshirish. |
Doimiy |
Matbuot va axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Kitob dunyosi”, “Sharq ziyosi”, “Oila davrasida” gazetalari, “Sharq yulduzi”, “Tafakkur”, “Maʼnaviy hayot”, “Yoshlik” jurnallari |
Markaziy nashriyotlarda chop etilgan yangi nashrlar bilan tanishtirish, ular haqida yozuvchilar, adabiy tanqidchilar va kitobxonlarning fikr-mulohazalarini yoritib borish orqali aholida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga hissa qoʻshiladi. “Maʼnaviyat va milliy qadriyatlar targʻibotida adib va noshir masʼuliyati hamda kitobning oʻrni” mavzusida turkum maqolalar eʼlon qilib boriladi. |
|
28. |
“Madaniyat va maʼrifat” telekanalida kitobxonlik, kitob oʻqish va kitob mutolaasi madaniyatini oshirish hamda yangi nashrdan chiqqan badiiy adabiyotlar muhokamasiga yoʻnaltirilgan tok-shou tashkil etish. |
Muntazam |
Milliy teleradiokompaniya, Yozuvchilar uyushmasi, |
Ijrochilarning qoʻshma media-rejasi. Tok-shoularda aholining kitobxonlik, kitob oʻqish madaniyatini oshirish, shuningdek badiiy, maʼrifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy hamda tarixiy kitoblar va maʼnaviy-badiiy jihatdan yuksak saviyadagi adabiyotlarning aholi oʻrtasida keng targʻiboti yoʻlga qoʻyiladi. |
|
29. |
Elektron ommaviy axborot vositalarida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bu kitoblarning targʻibot-tashviqotini olib borishni izchil yoʻlga qoʻyish. |
Doimiy |
Elektron ommaviy vositalari milliy assotsiatsiyasi, |
Ijrochilarning qoʻshma media-rejasi. Turli mavzularga oid sovrinli intellektual televiktorinalar orqali yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan adabiyotlar targʻiboti tizimli yoʻlga qoʻyiladi va qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulugʻlashga berilayotgan eʼtibor jamoatchilikka yetkaziladi. |
|
30. |
Taʼlim, axborot kutubxona muassasalari, mahallalarda kitob mualliflari bilan ijodiy uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etish. |
Doimiy |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Matbuot va axborot agentligi, “Mahalla” fondi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
Ijrochilarning qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan amaliy reja. Respublika taʼlim muassasalari va axborot-resurs markazlarida “Yoshlar dunyosida kitobning oʻrni” tadbirlar rejasiga muvofiq xalqimizning maʼnaviy mulkiga aylangan kitoblar targʻiboti, yoshlarning bir-biriga kitob sovgʻa qilishlarini keng ommalashtirish, maʼnaviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xavfi haqida atroflicha muhokama olib boriladi. |
|
31. |
Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim muassasalari oʻquvchilari, oliy oʻquv yurtlari talabalarining mutolaa madaniyati va kitobxonlik koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash. |
Doimiy |
Xalq taʼlimi vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Matbuot va axborot agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
Ijrochilarning qoʻshma qarori va amaliy rejasi. “Kitobim — oftobim” tadbirlar rejasiga muvofiq bolalarning kitob mutolaasi koʻnikmalarini shakllantirish, ota-onalarga farzandlarining kitob oʻqishga mehr qoʻyishga doir tavsiyalar berib boriladi. |
|
32. |
Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim muassasalari oʻquvchilari, oliy oʻquv yurtlari talabalarining mutolaa madaniyati va kitobxonlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish. |
2017-yil sentabr |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika taʼlim markazi, Respublika bolalar kutubxonasi |
Ijrochilarning chora-tadbirlar rejasi. Tarbiyachi va oʻqituvchilar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi va seminar-treninglar oʻtkazib boriladi. |
|
33. |
Mahalla fuqarolar yigʻinlarida kutubxonalar (kitoblar burchagi) tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritish. |
2017-yil oktabr |
“Mahalla” fondi, Matbuot va axborot agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni. Mahalla fuqarolar yigʻinlarida kutubxonalar (kitoblar burchagi)ni tashkil etish va ular faoliyatini yuritish tartibi boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. |
|
34. |
Taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga mutolaa qilingan asarlar asosida insho yozish tizimini joriy etish, adabiyot toʻgaraklarini tashkil etish va faoliyatini moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini qayta koʻrib chiqish. |
2017-yil sentabr — 2018-yil may |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni. Taʼlim muassasalarida har oʻquv yilida “Men sevgan asar”, “Men sevgan adabiy qahramon”, “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni” kabi mavzularda insholar tanlovi tashkil etiladi va gʻoliblar moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantiriladi. |
|
35. |
Hududlarda yozuvchilar, shoirlar va olimlar ishtirokida kitob bayrami va yarmarkalarini tashkil etish, aholi oʻrtasida milliy va jahon mumtoz adabiyotining yuksak namunalarini targʻib qilish. |
Doimiy |
Yozuvchilar uyushmasi, |
Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni. Hududlarda kitob bayrami va yarmarkalarini tashkil etish, aholi oʻrtasida milliy va jahon mumtoz adabiyotining yuksak namunalarini targʻib qilish, jumladan nashriyotlar, kitobxonlar hamda kutubxonachi va targʻibotchilar orasida “Yilning eng yaxshi kitobi”, “Eng kitobxon maktab”, “Eng kitobxon mahalla” “Eng kitobxon oila”, “Yilning eng yaxshi bolalar kitobi”, “Yilning eng yaxshi audio kitobi”, “Yilning eng yaxshi elektron kitobi” kabi tanlovlar oʻtkazish haqidagi nizom tasdiqlanadi. Noshirlar va muallif adiblarni erishgan yutuqlaridan kelib chiqib, doimiy moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi shakllanadi. |