1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarining barqaror faoliyat koʻrsatishi uchun kulay shart-sharoitlar yaratish, uchun ishlab chiqarishni izchil texnologik modernizatsiyalash va samaradorligini oshirish yoʻli bilan ularning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash, noishlab chiqarish sarf-xarajatlarini qisqartirish, xodimlar tarkibi va sonini optimallashtirish, xalqaro standartlarga muvofiq ilgʻor yondashuvlar va korporativ boshqaruv tizimlarini joriy etish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi bilan birga ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan takliflari qabul qilinsin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
birinchidan — iqtisodiyot bazaviy tarmoqlari korxonalarining Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlari boʻyicha 2017-yil 1-sentabrdan 2018-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrda soʻndirilishi lozim boʻlgan majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish, asosiy qarzni, foiz toʻlovlarini, shuningdek, 2017-yilning 1-sentabr holatiga koʻra, muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni toʻlash muddatlarini 1-ilovaga muvofiq 4 yilga uzaytirish;
ikkinchidan — “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarning 2017-yil 1-iyul holatiga koʻra undirib olish umidi uzilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish, shuningdek, 2016-yilda tugatilgan fermer xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar oldidagi qarzi qoldiqlarini iqtisodiyot tarmoqlari oʻrtasida qarzdorlikni restrukturizatsiya qilish yoʻli bilan roʻyxatdan chiqarish, keyinchalik korxonalarning budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlari boʻyicha qarzlarini hisobdan chiqarish hamda qoplanmagan qismini korxonalarning moliyaviy natijalariga kiritish;
uchinchidan — 2016 — 2018-yillarning yakunlari boʻyicha “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda ularning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari va korxonalariga davlat ulushi boʻyicha hisoblab qoʻshilgan dividendlarni kapitallashtirish, ularni Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda investitsiya maqsadlariga jalb etilgan kreditlar va qarzlarni toʻlashga maqsadli yoʻnaltiriladi;
toʻrtinchidan — 2017-yil 10-sentabrdan boshlab respublikaning butun hududida aholiga suyultirilgan gaz sotishning yagona narxini oʻrnatish;
beshinchidan — qayta ishlovchi korxonalarga uglevodorod xomashyosini yetkazib berishga qazib oluvchi korxonalarning 5 foizdan kam boʻlmagan rentabellik darajasiga erishishni taʼminlaydigan tariflar miqdorini belgilash.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi (Gʻ.I. Ibragimov), “Oʻzbekneftgaz” AJ rahbari (A.S. Sultonov), “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbari (A.A. Abdullayev), “Oʻzbekenergo” AJ rahbari (U.M. Mustafoyev), “Oʻzagrokimyohimoya” AJ rahbari (U.A. Axunov) ikki oy muddatda 2017-yilning 1-iyuli holatiga koʻra bazaviy tarmoqlar korxonalarining debitorlik va kreditorlik qarzlarini xatlovdan oʻtkazsin hamda ularning xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan kelishilgan birlamchi buxgalteriya hujjatlari va tomonlarning solishtirma dalolatnomalari bilan tasdiqlanishini taʼminlasin.
Xatlov natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang)]
2. Tijorat banklariga 2017-2018-yillar davrida soʻndirilishi lozim boʻlgan asosiy qarz toʻlovlari, investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” AJ hamda ularning korxonalariga ajratilgan kreditlar boʻyicha moratoriy qoʻllash tavsiya etilsin, asosiy qarz 2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha 2019-2020-yillarda soʻndirilsin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-dekabrdagi PQ-4088-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2019-y., 07/18/4088/2412-son — 2018-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
“Oʻzbekenergo” AJning issiqlik elektrostansiyalari va markazlari uchun soliqqa tortish maqsadida suv resurslarining yuza va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi qaytarib quyilayotgan suv hajmiga teng miqdorda kamaytiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasi kreditlarini berish va uning kredit liniyalarini ochish, shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlarini restrukturizatsiya qilish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
5. Iqtisodiyot asosiy tarmoqlari korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va davlat tomonidan koʻllab-quvvatlash boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin, uning zimmasiga kuyidagi vazifalar yuklansin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
aksiyadorlik kompaniyalari va jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi va xodimlari sonini uch oy muddatda optimallashtirish, ularning tarkibiga kiruvchi sohaga xos boʻlmagan boʻlinmalar va ortiqcha quvvatlarni qisqartirish, shuningdek, xoʻjalik jamiyatlari faoliyatiga xilof funksiyalarni bartaraf etish;
davlat korxonalarida mablagʻlarning talon-taroj qilinishi va maqsadga nomuvofiq foydalanishiga olib keluvchi omillarni aniqlash va tugatish, moliyaviy-texnik intizomning holatini, korporativ boshqaruv tamoyillariga rioya etilishini oʻrganish hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish;
nufuzli kompaniyalarni jalb etgan holda mustaqil moliyaviy auditni, aksiyadorlik kompaniyalari va jamiyatlarining hamda ularning tarkibiga kiruvchi davlat ulushi 50 foizdan koʻproq boʻlgan korxonalarning boshqaruv tizimlarini, texnik va texnologik holatini baholashni 2018-yilning 1-iyuliga kadar nihoyasiga yetkazish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish;
sanoatning bazaviy korxonalari zarar koʻrmay ishlashini va inflyatsiyaning asossiz oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslikni hisobga olgan holda shunday korxonalarning mahsulotiga nisbatan tarif siyosatini takomillashtirish;
zaruratga qarab, sanoat bazaviy tarmoqlari korxonalarining moliyaviy barqarorligiga, shu jumladan, aylanma mablagʻlari koʻpayishiga imkon yaratuvchi qoʻshimcha choralar koʻrish;
“Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” AJ, “Oʻzavtosanoat” AK, “Oʻzfarmsanoat” AK, “Olmalik KMK” AJ rahbarlarining istiqbolli rivojlanish strategik rejalari mavjudligi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni, past samarali, sohaga xos boʻlmagan aktivlar holatini tahlil etishni, importni qisqartirish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda amalga oshirilgan investitsiya loyihalarining samaradorlik darajasini baholash boʻyicha hisobotlarni tanqidiy oʻrganish va tinglash;
sanoat bazaviy tarmoqlari korxonalarining Kuzatuv kengashlari masʼuliyatini oshirish va ularning yangi tarkibini tasdiqlash boʻyicha takliflar kiritish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev) Iqtisodiyot vazirligi (G.K. Saidova) hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R.A. Gʻulomov) bilan birgalikda ikki oy muddatda yuqori likvidli mahsulotlar, shu jumladan, neft mahsulotlari, qora metallar prokati, sement, polietilen, polipropilen, mis mahsuloti, metall rux, paxta linti, mineral oʻgitlarga Davlat budjeti hamda davlat maqsadli jamgʻarmalarining tegishli sarf-xarajatlari oʻzgarganligini, shuningdek, narxlar oʻzgarishining ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga, qishloq xoʻjaligini va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga taʼsirini tahlil etishni hisobga olib, narx belgilash va sotishning bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. “Oʻzbekneftgaz” AJ (A.S. Sultonov), “Oʻzbekenergo” AJ (U.M. Mustafoyev), “Oʻzkimyosanoat” AJ (A.A. Abdullayev) Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R.A. Gʻulomov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2017-yilning 15-oktabrigacha Hukumat komissiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bazaviy tarmoqlar korxonalarining moliyaviy barqarorligi va raqobatdoshligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 31-yanvardagi PP-2747-sonli qarorining 1-bandida nazarda tutilgan korxonalarning sohaga xos boʻlmagan aktivlarini sotish yoki mahalliy davlat hokimiyati organlariga topshirish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
8. “Oʻzbekneftgaz” AJ (A.S. Sultonov), “Oʻzbekenergo” AJ (U.M. Mustafoyev), “Oʻzkimyosanoat” AJ (A.A. Abdullayev), “Oʻzagrokimyohimoya” AJ (U.A. Axunov), “Oʻzbekkoʻmir” AJ (Z.B. Ishmuxamedov), “Oʻzavtosanoat” AK (U.Z. Salimov), “Oʻzfarmsanoat” DAK (M.M. Doʻsmuratov), “Olmaliq KMK” AJ (A.Q. Farmonov) Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R.A. Gʻulomov) va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (G.K. Saidova) bilan birgalikda uch oy muddatda 2017-2018-yillarda har bir idoraviy korxonalar boʻyicha tegishli tarmoqlarni moliyaviy sogʻlomlashtirishning “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayevga “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJning 1-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari oldidagi majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining avval taqdim etilgan davlat kafolatlariga oʻzgartirishlar kiritish vakolati berilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev) Iqtisodiyot vazirligi (G.K. Saidova), Markaziy bank (M.B. Normuratov), Adliya vazirligi (R.K. Davletov) hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisi M.M. Ikromov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-sentabr,
PQ-3253-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3253-son qaroriga 1-ILOVA
Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarining Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlari boʻyicha majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish
PARAMETRLARI
mln doll.
T/r
Investitsiya loyihalari nomi
Kreditlar boʻyicha restrukturizatsiya qilinadigan qarzdorlik summasi
jami:
shu jumladan:
2017-yil avgust — dekabr davomida toʻlanishi lozim boʻlgan qarz
2018-yil toʻlanishi lozim boʻlgan qarz
jami
asosiy qarz
foizlar
jami
asosiy qarz
foizlar
Jami (22 ta loyiha)
169,1
45,5
18,9
26,6
123,6
55,0
68,6
shu jumladan:
1.
“Uzbekneftegaz” AJ
78,4
19,9
0,3
19,6
58,5
4,6
53,9
1.1.
Surgil koni bazasida Ustyurt GKK qurish va konni jihozlash
39,7
9,3
0,3
9,0
30,4
4,6
25,8
1.2.
Shoʻrtan GKK tozalangan metan bazasida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish
24,8
7,1
7,1
17,7
17,7
1.3.
Samantepa, Girsan, Choʻlquvar, Qumli, Tayloq, Qoʻshimcha va Chegaraqum gaz-kondensat konlarini jihozlash
1,6
1,6
1,6
1.4.
Janubiy Kemachi konini qoʻshimcha ravishda jihozlash
1,0
0,3
0,3
0,7
0,7
1.5.
Shoʻrtan PBAQ (Propan-butan aralashmasi qurilmasi) qurilishi
1,3
0,4
0,4
0,8
0,8
1.6.
Gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyasini qurish orqali Shoʻrtan konini jihozlash
1,8
0,4
0,4
1,5
1,5
1.7.
Gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyasini qurish orqali Alan konini jihozlash
1,6
0,3
0,3
1,3
1,3
1.8.
Shimoliy Shoʻrtan konlari yoʻldosh gazlarini utilizatsiya qilish va Shoʻrtan bosh inshootlari
1,1
0,4
0,4
0,8
0,8
1.9.
Gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyasini qurish orqali Sharqiy Berdax va Shimoliy Berdax konlarini qoʻshimcha ravishda jihozlash
2,6
0,9
0,9
1,7
1,7
1.10.
“Muborak GQIZ” USHK PBAQ qurilishi
1,0
0,3
0,3
0,7
0,7
1.11.
“Muborak GQIZ” MCHJda gazni oltingugurtdan tozalash 3 ta blokining qurilishi
1,9
0,5
0,5
1,4
1,4
2.
“Uzbekenergo” AJ
63,8
16,9
13,1
3,8
46,9
37,3
9,6
2.1.
Yangi-Angren IESning 1 — 5-raqamli energobloklarini yil davomida koʻmir yoqishga oʻtkazish (1-bosqich)
7,4
0,6
0,6
6,8
6,4
0,4
2.2.
Talimarjon IES va Sirdaryo IESda detander generatorlarni oʻrnatish
2,3
2,3
2,0
0,3
2.3.
Ishchi gʻildiraklarini almashtirish orqali Chorvoq GES gidrogeneratorlarini modernizatsiya qilish
5,1
5,1
4,7
0,4
2.4.
Navoiy IESda bugʻ-gaz qurilmasini qurish
40,9
13,8
12,1
1,6
27,1
24,2
2,9
2.5.
Toshkent IESda 370 MVt quvvatga ega bugʻ-gaz qurilmasini qurish
1,8
0,6
0,6
1,2
0,0
1,2
2.6.
Talimarjon IESni 450 MVt quvvatga ega 2 ta bugʻ-gaz qurilmasini qurish bilan kengaytirish
5,4
1,0
1,0
4,4
4,4
2.7.
“Gʻuzor” — “Surxon” kichik stansiyasida 500 kV yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasini va “Surxon” kichik stansiyasida avtotransformatorni qurish
1,0
1,0
1,0
3.
“Uzkimyosanoat” AJ
26,9
8,7
5,5
3,2
18,2
13,1
5,1
3.1.
“Navoiyazot” AJ bazasida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksini qurish
“Angren” Erkin iqtisodiy zonasi hududida rezinotexnika buyumlari zavodini qurish
3,0
0,3
0,3
2,7
2,1
0,6
Izoh: iqtisodiyot bazaviy tarmoqlari korxonalarining qarzdorlik summasiga tijorat banklari oldidagi amaldagi qarzdorlikka qarab aniqlik kiritiladi.
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3253-son qaroriga 2-ILOVA
Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarining tijorat banklari kreditlari boʻyicha 2017-yil 1-sentabrdan 2018-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrda investitsiya loyihalari kesimida soʻndirilishi lozim boʻlgan qarzdorlik summasini 2019-2020-yillarga prolongatsiya qilish
PARAMETRLARI
mln doll.
T/r
Investitsiya loyihalari nomlanishi
Bank — kreditor
Prolongatsiya qilishga tavsiya etiladigan asosiy qarz summasi*
jami
shu jumladan:
2017 g.
2018 g.
Jami (9 ta loyiha)
52,5
19,4
33,1
shu jumladan:
1.
“Uzbekneftegaz” AJ
21,7
21,7
1.1.
“Muborak GQIZ” USHKda PBAQ qurilishi
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
8,9
8,9
1.2.
Gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyasini qurish orqali Sharqiy Berdax va Shimoliy Berdax konlarini qoʻshimcha ravishda jihozlash
7,8
7,8
1.3.
Shimoliy Shoʻrtan konlari va Shoʻrtan bosh inshootlarida yoʻldosh gazlarini utilizatsiya qilish
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB
5,0
5,0
2.
“Oʻzbekenergo” AJ
6,4
6,4
2.1.
Navoiy IESda bugʻ-gaz qurilmasini qurish
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
6,4
6,4
3.
“Oʻzkimyosanoat” AJ
3,7
1,9
1,9
3.1.
Qoʻngʻirot soda zavodining 1-navbat qurilishi
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB
1,9
1,4
0,5
3.2.
NPK oʻgʻitlar ishlab chiqarishni tashkil etish
0,9
0,9
3.3.
ZUMK-Injiniring oldidagi qarzdorlikni soʻndirish
1,0
0,5
0,5
4.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ
20,7
17,5
3,2
4.1.
Kon-texnik asbob-uskunalarni yetkazib berish (rotor kompleksi)
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
7,7
7,7
4.2.
SP “Kaolin” MCHJ QK uchun asbob-uskunalar yetkazib berish
13,0
9,8
3,2
*hisoblangan foizlar joriy jadvalga muvofiq toʻlanadi.
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3253-son qaroriga 3-ILOVA
Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va davlat tomonidan koʻllab-quvvatlash boʻyicha Hukumat komissiyasi
TARKIBI
1.
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, komissiya rahbari
2.
M.M. Ikramov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi, komissiya rahbari oʻrinbosari
3.
J.A. Kuchkarov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, komissiya rahbari oʻrinbosari
4.
Gʻ.I. Ibragimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari
5.
B.A. Xodjayev
—
moliya vaziri
6.
G.K. Saidova
—
iqtisodiyot vaziri
7.
T.A. Ishmetov
—
Markaziy bank raisi birinchi oʻrinbosari
8.
R.A. Gʻulomov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi
9.
B.R. Parpiyev
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisi
10.
M.V. Toxiriy
—
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi
11.
Sh.A. Vafayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiijrochi direktori
12.
lavozimiga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari YATD mudiri.
Izoh: Hukumat komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.