|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga qabul to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Tizimli va strategik fikrlash ko‘nikmalariga ega malakali boshqaruv kadrlarini tayyorlashni tashkil etish samaradorligini oshirish, davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari kadrlari salohiyatini mustahkamlash maqsadida:
1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) magistraturasiga qabul tanlov asosida faqat davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan, 40 yoshdan oshmagan, oliy ma’lumotga va ikki yildan kam bo‘lmagan rahbarlik ishi tajribasiga ega shaxslar orasidan amalga oshiriladi.
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, joylarda davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv kadrlariga bo‘lgan ehtiyoji asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan Akademiyaga 2017/2018 o‘quv yili uchun kvotalar shakllantirildi.
3. Quyidagilar:
2017/2018 o‘quv yili uchun Akademiya magistraturasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash kvotasi 1-ilovaga muvofiq 60 kishi, shu jumladan davlat grantlari bo‘yicha — 24 nafar va to‘lov-kontrakt asosida 36 nafar kishi etib belgilansin;
shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Akademiya magistraturasiga davlat granti asosida faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi, davlat muassasalari va tashkilotlari xodimlari qabul qilinadi.
4. Akademiya rektoriga nomzodlarning reyting bahosini hisobga olgan holda magistraturaga belgilangan umumiy kvotalar chegarasida qabul parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-maydagi PQ-3731-son qaroriga muvofiq 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan.
6. Akademiya 2017/2018 o‘quv yilining boshlanishiga qadar magistratura mutaxassisligi bo‘yicha belgilangan tartibda o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 2017/2018 o‘quv yili uchun belgilangan davlat grantlari asosida magistraturaga qabul kvotalarini hisobga olgan holda zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U. Ismailov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 8-avgust,
PQ-3177-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3177-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida magistrlarni tayyorlash bo‘yicha
QABUL KVOTALARI
|
Ixtisosliklarning nomlanishi |
Jami |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Andijon viloyati |
Buxoro viloyati |
Jizzax viloyati |
Qashqadaryo viloyati |
Navoiy viloyati |
Namangan viloyati |
Samarqand viloyati |
Surxondaryo viloyati |
Sirdaryo viloyati |
Toshkent viloyati |
Farg‘ona viloyati |
Xorazm viloyati |
Toshkent shahri | |
|
Davlat boshqaruvi |
grant |
24 |
2 |
1 |
1 |
1 |
2 |
1 |
2 |
1 |
1 |
1 |
2 |
2 |
1 |
6 |
|
kontrakt |
36 |
2 |
1 |
1 |
2 |
2 |
3 |
2 |
2 |
2 |
2 |
2 |
3 |
2 |
10 | |
|
Umumiy kvota |
60 |
4 |
2 |
2 |
3 |
4 |
4 |
4 |
3 |
3 |
3 |
4 |
5 |
3 |
16 | |