Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekgidroenergo” AJ faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5044-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2972-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJ boshqaruv organlari va “Oʻzsuvenergo” birlashmasi ishtirokchilarining:
a) “Oʻzbekgidroenergo” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida:
“Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJ, “Gidromaxsusqurilish” AJ, “Gidroproyekt” AJ ustav kapitallaridagi “Oʻzbekenergo” AJga tegishli balans qiymati boʻyicha aksiyalar paketlarini;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzsuvenergo” birlashmasining balans qiymatidagi va “Oʻzsuvenergo” birlashmasining energiya ishlab chiqaruvchi korxonalari ustav fondi miqdoridagi sof aktivlarini, 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha;
“Oʻzbekenergo” AJga tegishli energiya ishlab chiqaruvchi korxonalar balans qiymatidagi sof aktivlarini, 2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha;
“Suvinshottaʼmir” MCHJ ustav kapitalidagi nominal qiymatdagi davlat ulushini;
keyinchalik “Suvsanoatmash” AJ ustav kapitaliga oʻtkazish bilan Toshkent sh., Olmazor tumani, Usta Shirin koʻchasi, 120-uy manzilda joylashgan balans qiymatidagi bino va inshootlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
b) Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 22-uyda joylashgan “Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJning 3 qavatli binosini unga tutash hudud va binolar bilan balans qiymati boʻyicha “Oʻzbekgidroenergo” AJga oʻtkazish, keyinchalik uning tomonidan “Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJ bilan oʻtkazilayotgan binolar uchun hisob-kitoblar amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvenergo” birlashmasini tugatish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. “Oʻzbekgidroenergo” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan obyektlar va aktivlar qabul qilinishi va topshirishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda “Oʻzsuvenergo” birlashmasini tugatish boʻyicha uning mol-mulki belgilangan tartibda “Oʻzbekgidroenergo” AJga oʻtkazilishini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar majmuini tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining taqdim etilgan asosli hisob-kitoblaridan kelib chiqib, gidroelektrstansiyalar uchun tarifni, qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda, isteʼmolchilar uchun yakuniy tarifning 85 foizi miqdorida belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. Belgilansinki:
“Oʻzbekgidroenergo” AJ gidroelektrstansiyalari har yili “Oʻzbekgidroenergo” AJ va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ oʻrtasida tuziladigan bosh shartnomaga muvofiq respublika yagona elektr energetika tizimiga elektr energiyasini yetkazadi;
“Oʻzbekgidroenergo” AJ gidroelektrstansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan olingan mablagʻlar, qarzga olingan kreditlar, mavjud GESlarni saqlash xarajatlari va “Oʻzbekgidroenergo” AJni saqlash uchun ajratmalar chegirib tashlangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-44-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga maqsadli yoʻnaltirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5044-son Farmoni bilan belgilangan tartibda “Oʻzbekgidroenergo” AJning maxsus hisobvaragʻida jamlanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Oʻzsuvenergo” birlashmasining ishdan boʻshaydigan xodimlarini ishga joylashtirishda zarur yordam koʻrsatsin.
7. “Oʻzbekgidroenergo” AJ va “Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJning mazkur qaror 1-bandi “b” kichik bandiga muvofiq “Oʻzbekgidroenergo” AJ tasarrufiga oʻtkazilgan “Oʻzbekgidroenergoqurilish” AJning Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi 22-uy manzilida joylashgan 3 qavatli binosiga “Oʻzbekgidroenergo” AJni joylashtirish;
“Suvsanoatmash” AJning “Suvsanoatmash” AJga tegishli boʻlgan Toshkent shahri, Olmazor tumani, Minor koʻchasida joylashgan 2 va 3-sonli 9 qavatli yotoqxonalarning Davlat mulki sifatida Toshkent shahar hokimligiga bepul berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-dekabrdagi 918-F-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibrohimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-iyun,
407-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 407-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvenergo” birlashmasi va “Oʻzsuvenergo” birlashmasiga qarashli energiya hosil qiluvchi korxonalarining ustav kapitali miqdorida balans qiymati boʻyicha “Oʻzbekgidroenergo” AJ ustav kapitaliga davlat hissasi sifatida oʻtkaziladigan sof aktivlari
ROʻYXATI

(ming soʻm)

T/r

Korxonalar nomi

Ustav kapitali 04.01.2017-y

1.

“Oʻzsuvenergo” birlashmasi

2 990 436,0

2.

“Andijon gidroelektrstansiyasi” davlat korxonasi

1 779 584,0

3.

“Tuyamoʻyin gidroelektrstansiyasi” davlat korxonasi

375 886,0

4.

“Urgut gidroelektrstansiyasi” DK

1 989 354,0

5.

“Toʻpolang gidroelektrstansiyasi” davlat korxonasi

22 153 563,0

6.

“Ohangaron gidroelektrstansiyasi” davlat korxonasi

41 785 612,0

7.

“Andijon gidroelektrstansiyasi GES-2” davlat korxonasi

39 455 922,0

8.

“Hisorak gidroelektrstansiyasi” davlat korxonasi

32 626 877,0

9.

“Ertoshsoy gidroelektrstansiyasi” davlat korxonasi

17 894 866,0

10.

“18-son qurilishi birlashgan direksiyasi” davlat unitar korxonasi

148 664,0

Jami

161 200 764,0

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 407-son qaroriga
2-ILOVA
“Oʻzbekenergo” AJga tasarrufida boʻlgan va balans qiymati boʻyicha “Oʻzbekgidroenergo” AJ ustav kapitaliga davlat hissasi sifatida oʻtkaziladigan energiya hosil qiluvchi korxonalar
ROʻYXATI

(ming soʻm)

T/r

Korxonalar nomi

Kitob qiymati

1.

“Farhod gidravlik elektr stansiyasi” UK

20 004 099,56

2.

“Quyi Boʻzsuv gidravlik elektr stansiyalari kaskadi” UK

12 377 501,0

3.

“Qodiriya gidravlik elektr stansiyalar kaskadi” UK

2 115 701,0

4.

“Toshkent gidroelektrstansiyalari kaskadi” DUK

838,161,0

5.

“Oʻrta Chirchiq gidravlik elektr stansiyalar kaskadi” UK

146 436 222,2 *

6.

“Chirchiq gidroelektrstansiyalari kaskadi” UK

5 583 168,5

7.

“Kudash” GES “Oʻzelektrtarmoqlari” DK

674,6

Jami

187 355 527,86

* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-noyabrdagi PQ-2264-son qaroriga muvofiq “Chorvoq gidroelektrstansiyasi gidrogeneratorlari ish gʻildiraklarini almashtirgan holda modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Oʻzbekenergo” AJ tomonidan 87 577 535,2 ming soʻm miqdorida kiritilgan investitsiyalarni hisobga olingan holda