Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Jahonning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchisi bilan integratsiyalashuvi asosida Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini yanada barqaror rivojlantirish, “Pejo Sitroyen” yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish hisobidan ishlab chiqarilayotgan avtomobil mahsulotlari nomenklaturasini kengaytirish, ichki va tashqi bozorlarda ularning savdo hajmlarini oshirishni taʼminlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzavtosanoat” AJ hamda “Peugeot Citroen Automobiles S.A” (Fransiya) kompaniyasi oʻrtasida 2017-yilning 16-may kuni masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida, ustav jamgʻarmasi, ekvivalenti 29,3 mln yevro miqdoridagi “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” (keyingi oʻrinlarda — “UzPCA” MCHJ) qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida Bitim imzolandi, shuningdek, umumiy hisob-kitob narxi, ekvivalenti 133,3 mln yevro boʻlgan “Oʻzbekiston Respublikasida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish” (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) investitsiya loyihasini amalga oshirish shartlari belgilandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan “UzPCA” MCHJga beriladigan davlat koʻmagi chora-tadbirlari hamda xorijiy investorning aniq majburiyatlari aks etgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi invenstitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Peugeot Citroen Automobiles S.A” (Fransiya) kompaniyasi va “Oʻzavtosanoat” AJ oʻrtasida tuzilgan Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Invenstitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi “Oʻzavtosanoat”AJ bilan birgalikda Investitsiya bitimiga muvofiq xorijiy investor tomonidan qabul qilingan majburiyatlar soʻzsiz bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
3. Jizzax viloyati hokimi “Jizzax” erkin industrial zona hududida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun Oʻzavtosanoat”AJga 45 ga yer maydoniga ega yer uchastkasini ajratishni taʼminlasin.
4. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida, “Oʻzavtosanoat” AJ obyektlarini loyihalashtirish va qurishda avval ishtirok etgan hamda “Oʻzavtosanoat” AJning xorijiy hamkorlari tomonidan eʼtirozlarga ega boʻlmagan quyidagi tashkilotlar:
buyurtmachi etib — “Avtosanoat-Injiniring” MCHJ;
bosh loyihalashtirish tashkiloti etib — “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ;
bosh pudrat tashkiloti etib — “12-trest” MCHJ;
qurilish-montaj ishlari bajarilganligining nazorat oʻlchovlarini amalga oshirish tashkiloti etib — koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha minimal tarif stavkasini belgilagan holda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB belgilansin.
5. Texnologik uskunaning tarkibi va tuzilmasi, investitsiya loyihasining texnologik konsepsiyasi belgilanganligini eʼtiborga olib, shuningdek, investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatlarining qisqaligini hisobga olgan holda, istisno tariqasida quyidagilarga:
a) investitsiya loyihasi doirasida, dastlabki texnik-iqtisodiy asossiz investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlagan holda loyiha oldi hujjatlarini bir tomonlama tartibda ishlab chiqishga;
b) 2018-yilning 1-mayidan boshlab investitsiya loyihasi doirasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtning oʻzida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga;
v) eng yaxshi takliflarni saralab olish asosida, tender savdolarini oʻtkazmasdan turib:
“Peugeot Citroen Automobiles S.A” kompaniyasi vakillari bilan kelishgan holda ishlab chiqaruvchilar yoki ularning rasmiy dillerlari (distribyutorlari) bilan texnologik uskuna va asboblarni yetkazib berish va montaj qilishga;
transport kompaniyalari bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga transportirovka qilishga;
ishlab chiqaruvchilar yoki ularning rasmiy dillerlari bilan yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish boʻyicha, shu jumladan, xorijdan keltiriladigan qurilish materiallari va uskunalari uchun oldindan 100 foiz pul oʻtkazish sharti bilan obyektning qurilishi uchun zarur boʻlgan qurilish materiallari, muhandislik uskunalari va boshqa tovarlarni xarid qilishga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga;
g) yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish boʻyicha obyektni qurish hududida bojxona omborini tashkil etish, investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun kelib tushayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish hamda joyida tovarlarni “12-trest” MCHJga topshirishga ruxsat etilsin.
6. “Oʻzavtosanoat” AJ “UzPCA” MCHJ va “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqsin va vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzneftmahsulot” AK, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ “Avtosanoat-Injiniring” MCHJ buyurtmalari hamda “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJning asoslangan hisob-kitoblariga koʻra investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun birja kotirovkalarining oʻrtamiyona narxlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarni tuzish yoʻli orqali “12-trest” MCHJga sement, metalprokat va yoqilgʻi-moylash materiallari ajratilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishiga ekspert hamrohlik qilishni taʼminlasin hamda qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifati ustidan davlat arxitektura-qurilishi nazoratini oʻrnatsin.
12. Qurilish davrida, shuningdek, yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish boʻyicha obyektni foydalanishga topshirish sanasidan boshlab 10 yil mobaynida:
Oldingi tahrirga qarang.
“UzPCA” MCHJ Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan barcha soliqlardan, qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
“UzPCA” MCHJda ishlab chiqarilayotgan yengil tijorat avtomobillari uchun, ular tomonidan sotilayotgan mahsulotlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar qismida butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi — tashkilotlar yuridik shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
“UzPCA” MCHJning xorijiy xodimlari, “UzPCA” MCHJda ishlash doirasida olgan daromadlari qismida jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqlarni toʻlashdan;
“UzPCA” MCHJga xizmat koʻrsatayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarni — koʻrsatayotgan xizmatlar boʻyicha daromad soligʻidan;
“Peugeot Citroen Automobiles S.A” kompaniyasini “UzPCA” MCHJ tomonidan toʻlanadigan, dividendlar koʻrinishida olinadigan daromadlari boʻyicha daromad soligʻi toʻlashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-4853-sonli Farmonida, investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun foydalaniladigan yer uchastkasi qismida nazarda tutilgan yer soligʻini toʻlashga doir imtiyozlar “Oʻzavtosanoat” AJga nisbatdan joriy etilsin.
13. Belgilansinki, “UzPCA” MCHJ rasmiy dillerlarining yengil tijorat avtomobillarini taʼmirlash va servis xizmatlarini koʻrsatish, mazkur xizmatlarni koʻrsatishda oʻrnatiladigan ehtiyot qismlar, uzellar, agregatlar va materiallarining narxlarini hisobga olgan holda, shuningdek, ularning savdo tarmoqlari orqali sotiladigan ehtiyot qismlari, uzellar, agregatlar va materiallari qoʻshimcha qiymat soligʻisiz amalga oshiriladi.
14. Qurilish davrida, shuningdek, yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish boʻyicha obyektni foydalanishga topshirish sanasidan boshlab 10 yil mobaynida:
“UzPCA” MCHJ tomonidan olib kiriladigan, shuningdek, “UzPCA” MCHJning yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish va servis xizmatini koʻrsatishda foydalaniladigan texnologik asbob-uskuna, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi boshqa tashkilotlar, ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish boʻyicha obyektlarni qurish uchun zarur boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibdagi roʻyxatlar boʻyicha tasdiqlanadigan “Oʻzavtosanoat” AJ, “Avtosanoat-Injiniring” va “12-trest” MCHJ tomonidan olib kiriladigan tovarlar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
15. “UzPCA” MCHJga investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy xodimlarning yashashi (joylashtirilishi) xizmatlari uchun toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshirishga ruxsat etilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo”AJ, “Oʻztransgaz” AK yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish obyekti chegaralarigacha tegishli tashqi telekommunikatsiyalar va muhandislik, suv, gaz, elektr taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlari tortib kelinishini taʼminlasin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “UzPCA” MCHJning talabnomalariga koʻra investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “UzPCA” MCHJning talabnomalariga koʻra investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida jalb etilgan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga belgilangan tartibda davlat boji undirilmagan holda koʻp marotabalik vizalar berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatga olish va vaqtinchalik roʻyxatda turish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-iyun,
PQ-3053-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyundagi PQ-3053-son qaroriga
ILOVA
“UzPCA” MCHJ tomonidan, shuningdek, “UzPCA” MCHJning yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish va servis xizmati koʻrsatishda foydalaniladigan texnologik asbob-uskuna, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi boshqa tashkilotlar tomonidan olib kiriladigan tovarlar

T/r

Import qilinadigan tovarlarning nomlanishi

Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar taqdim etiladigan tashkilotlar

1.

Mashina va uskunalar, ular uchun ehtiyot qismlar, yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish uchun anjomlar, texnologik-uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar

“UzPCA” MCHJ, yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish va servis xizmatini koʻrsatishda foydalaniladigan texnologik asbob-uskuna, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar

2.

Yengil tijorat avtomobillari, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish uchun dvigatellar, transmissiyalar, materiallar, butlovchi buyumlar va uzellar

“UzPCA” MCHJ, yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish va servis xizmatini koʻrsatishda foydalaniladigan texnologik asbob-uskuna, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar

3.

Yengil tijorat avtomobillari, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish uchun texnik hujjatlar, sanoat kompyuterlari, periferiya moslamalari va dasturiy taʼminot

“UzPCA” MCHJ, yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish va servis xizmatini koʻrsatishda foydalaniladigan texnologik asbob-uskuna, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar

4.

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va “UzPCA” MCHJ faoliyati uchun zarur boʻlgan sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatish uchun ehtiyot qismlar, sarflanadigan, yordamchi va reklama materiallari

“UzPCA” MCHJ

5.

“UzPCA” MCHJda yengil tijorat avtomobillarini yirik blokli ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar

“UzPCA” MCHJ

 LexUZ sharhi
Ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 24-son, 494-modda)