O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son Qonuniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-may,
PF-5040-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-maydagi PF-5040-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoni bilan tasdiqlangan Xorijiy shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi to‘g‘risidagi nizomning 32-bandidan “yoki qamoqqa” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-avgustdagi PF-5504-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmonida:
a) 1-ilovaning 31-bandi birinchi xatboshisidan “yoxud qamoqqa” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 25-bandi birinchi xatboshisidan “yoxud qamoqqa” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-sentabrdagi PF-5821-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 06/19/5821/3748-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 19-son, 334-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 06/19/5821/3748-son)