Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.10.2003
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ChAKANA BOZORLARI HUDUDIDA JISMONIY ShAXSLARNING SAVDO FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’mol tovarlari olib kelish va sotish masalalari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va ularning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining chakana bozorlari hududida iste’mol tovarlari bilan chakana savdo qiluvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslar faoliyatini tartibga solish, shuningdek xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Otchopar buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyatining ish tajribasi O‘zbekiston Respublikasining boshqa chakana bozorlariga ham tatbiq etilsin.
2. Belgilansinki, 1999-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahrida va 1-oktabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda jismoniy shaxslar yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati tartibida iste’mol tovarlari sotish va xizmatlar ko‘rsatish uchun chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslari hududiga tadbirkorda tuman (shahar) hokimligi tomonidan berilgan hamda daromaddan olinadigan soliq to‘langanligi to‘g‘risida soliq inspeksiyasining belgisi qo‘yilgan guvohnoma mavjud bo‘lgan holdagina qo‘yiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslarida (keyingi o‘rinlarda bozorlar deb ataladi) jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu Tartib dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi.
4. Belgilansinki:
bozorlar hududida iste’mol tovarlari bilan chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnomani olgan va yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar daromadlar va xarajatlarni hisobga olish daftarini yuritishdan ozod qilinadilar va mazkur qaror bilan belgilangan tartibga muvofiq qayd etilgan stavka bo‘yicha soliq to‘laydilar;
bozorlar hududida iste’mol tovarlari bilan chakana savdo qilayotgan jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliqning qayd qilingan stavkasi oziq-ovqat tovarlari uchun — oyiga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan o‘ttiz baravarigachani, nooziq-ovqat tovarlari uchun — oyiga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan yigirma baravarigachani va xizmatlar ko‘rsatuvchilar uchun — oyiga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan o‘n baravarigachani tashkil etadi. Bir jismoniy shaxs bir vaqtning o‘zida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilgan taqdirda soliq oziq-ovqat mahsulotlarini sotish uchun belgilangan miqdordan kelib chiqib belgilanadi;
bozorlarda joy berish, savdo joyi ijaraga olinganligi uchun to‘lov undirish va savdo joyi ijaraga olinganligi uchun talonlar berish chakana bozorlar direksiyalari tomonidan faqat chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnoma va undagi daromaddan olinadigan soliq to‘langanligini tasdiqlovchi soliq organlarining belgisi asosida amalga oshiriladi. Chakana bozorlar rahbarlari mazkur talab bajarilishini ta’minlash uchun shaxsan javob beradilar;
bozorlarda chakana savdo faoliyatini amalga oshirishni va xizmatlar ko‘rsatishni xohlovchi jismoniy shaxslar tegishli soliqlarni va savdo joyi uchun ijara haqini kamida bir oy muddatga oldindan to‘lashlari kerak;
chakana bozorlar faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda tashkil etiladi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy moliya va soliq organlari bilan birgalikda:
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini olgan jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliqning qayd qilingan stavkalari miqdorlarini har bir aniq chakana bozorda ular joylashgan joyni va savdo oborotiga ta’sir qiluvchi boshqa omillarni hisobga olgan holda, mazkur qaror bilan belgilangan ko‘rsatkichlar doirasida har yili belgilasinlar;
yangi tartib joriy etilgunga qadar chakana bozorlar hududida savdo faoliyatini amalga oshirishni xohlovchi jismoniy shaxslar o‘rtasida zarur tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini tashkil etsinlar va o‘tkazsinlar;
zaruriyatga ko‘ra umumiy foydalanishdagi turg‘un savdo pavilonlari prinsipi bo‘yicha oziq-ovqat tovarlarini sotishga ixtisoslashtirilgan oziq-ovqat bozorlari va savdo markazlari tashkil etsinlar, ularda tovarlarni joylashtirish uchun ulgurji bazalar, meva-sabzavot kombinatlari, bozorlar va boshqa mavjud inshootlarning bo‘sh turgan maydonlari va quvvatlaridan foydalangan holda tovarlarni sotish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratsinlar.
6. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomalarni va chakana bozorlar hududida yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarga chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnomalarni o‘z vaqtida tayyorlash va berishni ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi chakana bozorlar hududida yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslardan budjetga soliqlar o‘z vaqtida tushishi ustidan samarali nazoratni ta’minlashning ta’sirchan chora-tadbirlarini ko‘rsin.
9. Vazirliklar va idoralar o‘z me’yoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari M.Z. Usmonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 2-avgust,
373-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
2-avgustdagi 373-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslarida jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish
TARTIBI
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslarida (keyingi o‘rinlarda — bozorlar deb ataladi) o‘z faoliyatini yuridik shaxs bo‘lmasdan amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar tomonidan chakana savdo qilish qoidalarini belgilaydi.
2. Bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish uchun jismoniy shaxs:
o‘z faoliyatini yuridik shaxs bo‘lmasdan amalga oshiruvchi xususiy tadbirkor sifatida o‘zining doimiy yashash joyidagi hokimlikda ro‘yxatdan o‘tishi va xususiy tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi tegishli guvohnomani olishi;
bozor joylashgan joydagi soliq organidan muayyan bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi tegishli hokimlik tomonidan berilgan 1-ilovaga muvofiq shakldagi guvohnomani olishi zarur.
3. Chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi bitta guvohnoma bozorda bitta savdo qilish (xizmat ko‘rsatish) joyi uchun huquq beradi.
4. Bozorda savdo va xizmatlar ko‘rsatish joylari soni bozor direksiyasi tomonidan belgilanadi va bozorlar joylashgan joydagi tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari bozordagi savdo qilish joylari va xizmatlar ko‘rsatish uchun mavjud bo‘sh joylarning hisobini, bozorda savdo qilayotgan va xizmatlar ko‘rsatayotgan shaxslar reyestrini, shuningdek, bozorda savdo qilishni yoki xizmat ko‘rsatishni xohlovchi navbatda turganlar ro‘yxatining doimiy tezkor hisobini yuritadilar.
5. Savdo joylari dastlab taqsimlanayotganda, mazkur Tartibga muvofiq, bozordagi bo‘sh va bo‘shab qolgan joylarda savdo qilish ustuvor huquqiga bozorda ilgari savdo qilgan yoki xizmatlar ko‘rsatgan va savdo qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish qoidalarini buzmagan shaxslar ega bo‘ladilar.
6. Mazkur Tartib:
dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslarga;
tadbirkor bo‘lmagan, biroq shaxsiy buyumini bozorda bir marta sotayotgan jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi. Bozor ma’muriyati savdo joyi ijaraga olinganligi uchun to‘lov undirgan holda ularga maxsus ajratilgan joydan joy beradi.
II. HUJJATLARNI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI
7. O‘z faoliyatini yuridik shaxs bo‘lmasdan amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar xususiy tadbirkorlar sifatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda doimiy yashash joyidagi hokimliklarda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
8. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxsga xususiy tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
9. Tadbirkorlar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar bozorda chakana savdo qilish yoki xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnomani rasmiylashtirish uchun bozor joylashgan joydagi hokimlikka quyidagilarni taqdim etishlari zarur:
ariza;
pasport (shaxsan ko‘rsatiladi);
xususiy tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomaning asl nusxasi (shaxsan ko‘rsatiladi);
2 ta fotosurat (3,5 x 4,5sm).
10. Tuman (shahar) hokimligi barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizani qabul qilib olgach:
maxsus daftarda (tikib bog‘langan, tartib raqami qo‘yilgan va tuman (shahar) hokimi imzosi hamda hokimlik muhri bilan tasdiqlangan) ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvini qayd etadi va sotuvchining familiyasini, ismini, otasining ismini, pasportga oid ma’lumotlarni, hisobga olinganlik, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etadi, uning ro‘yxatdan o‘tkazish raqamini aniqlaydi;
arizachiga undan hujjatlar qabul qilib olinganligi to‘g‘risida kvitansiya beradi;
ikki ish kuni mobaynida, bo‘sh o‘rinlar mavjudligini hisobga olgan holda, arizachiga bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, arizachining qo‘liga qaror nusxasini beradi, shuningdek bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnomani rasmiylashtiradi, uni bozor joylashgan joydagi soliq organiga jo‘natadi.
Hokimlikning xususiy tadbirkorga bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqi berilganligi to‘g‘risidagi qarorida yozib berilgan guvohnomaning tartib raqami ko‘rsatiladi.
11. Bozorda bo‘sh savdo qilish joylari bo‘lmagan taqdirda tuman (shahar) hokimligi tadbirkorga uning navbatining tartib raqami ko‘rsatilgan (2-ilovaga muvofiq shaklda) ma’lumotnoma beradi yoki tadbirkorning xohishiga ko‘ra boshqa bozordagi bo‘sh joyni (mavjud bo‘lganda) taklif etadi.
Bozorlar direksiyasi bo‘sh joylar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni matbuotda har oyda e’lon qilib boradi, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni bozorlar hududidagi va tumanlar (shaharlar) hokimliklaridagi axborotlar stendlariga ilib qo‘yadilar.
Navbatda turganlar ro‘yxati tumanlar (shaharlar) hokimliklarining axborotlar stendlariga ilib qo‘yilishi kerak.
12. Ushbu Tartibning 9, 10, 11-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va rasmiylashtirish tartibotlarini tezlashtirish uchun tuman (shahar)lar hokimliklari bozorlar hududida tegishli markazlar tashkil etishlari mumkin.
13. Soliq organi:
tadbirkor tomonidan tuman (shahar) hokimligining unga bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqi berilgani to‘g‘risidagi qarorining nusxasi taqdim etilgach, bir ish kuni mobaynida tadbirkorga, belgilangan tartibda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan daromadlaridan soliq to‘lash uchun belgilangan namunadagi (3-ilova) to‘lov xabarnomasini yozib beradi;
tadbirkor kelgusi oy uchun daromaddan olinadigan soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiyani va pasportni taqdim etgach tuman (shahar) hokimligidan olingan bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnomaning orqa tomoniga tegishli belgi qo‘ygan holda uni soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yadi va jurnalga imzo qo‘ydirib tadbirkorga guvohnomani beradi.
Bozor joylashgan joydagi soliq organi ikki kun muddatda boshqa tuman (shahar)da doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan, bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo‘lgan tadbirkorni hisobga qo‘ygani va uning tomonidan daromad solig‘i to‘langani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tadbirkorning yashash joyidagi soliq organiga jo‘natishga majbur.
14. Bozor ma’muriyati tadbirkor tomonidan chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi hamda soliq organlarining daromaddan olinadigan soliq to‘laganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan guvohnoma taqdim etilgan kunda savdo joyi ijaraga olinganligi uchun belgilangan yig‘im undirilishini ta’minlaydi va ijaraning butun muddatida savdo qilish uchun joy ko‘rsatiladigan tegishli talon beradi.
15. Har bir muayyan bozor uchun tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan alohida ro‘yxatdan o‘tkazish jurnali yuritiladi.
16. Chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnoma tadbirkorning arizasiga muvofiq 1 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Amal qilish muddati tugagach guvohnoma bozor joylashgan joydagi hokimlikka qaytariladi yoki tadbirkorning xohishiga ko‘ra muddati uzaytirilishi mumkin.
17. Chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnomani tuman (shahar) hokimligiga o‘z vaqtida topshirmaslik daromaddan olinadigan soliqni muddati o‘tib ketgan barcha davr uchun hisoblashga va hisoblangan summani belgilangan tartibda budjetga olib qo‘yishga sabab bo‘ladi.
18. Bozorlarda chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnomalar tayyorlash bo‘yicha hokimliklar xizmatlari pulli hisoblanadi hamda buning uchun tadbirkorlar tomonidan tegishli kalkulyatsiyaga muvofiq haq to‘lanadi.
19. Bozorlarda chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishning umumiy sxemasi 4-ilovada keltirilgan.
III. BOZORDA SAVDO QILISh VA XIZMATLAR KO‘RSATIShNING BELGILANGAN TARTIBI BUZILGANLIGI UChUN JISMONIY ShAXSLARNING JAVOBGARLIGI
20. Bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligi tomonidan berilgan chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo‘lmagan shaxslar tovarlar sotish va xizmatlar ko‘rsatish uchun bozor hududiga kiritilmaydi.
21. Savdo faoliyatini amalga oshirishda xususiy tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma, chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnoma va savdo joyi ijaraga olinganligi haqidagi talon doimo tadbirkorning yonida bo‘lishi kerak.
22. Har bir guvohnoma faqat uning egasiga chakana savdo qilish yoki xizmatlar ko‘rsatish huquqini beradi.
23. Bozor hududida belgilangan tartibni buzgan holda chakana savdo qiluvchi yoki xizmatlar ko‘rsatuvchi shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Chunonchi:
Oldingi tahrirga qarang.
23.1. Bozor hududida chakana savdo qilish yoki xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnomasiz yoki boshqa shaxsga tegishli guvohnoma bilan savdo faoliyatini amalga oshirishga savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlab amalga oshirish sifatida qaraladi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 176-moddasi 2-qismiga muvofiq eng kam oylik ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solib, qonunni buzish predmetlarini musodara qilish tarzida javobgarlikka tortiladi. Bunday qonunni buzishlar to‘g‘risidagi materiallar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan protokol bilan rasmiylashtiriladi va sudga oshiriladi. Bu holda jismoniy shaxs bozorda savdo qilish huquqidan mahrum bo‘ladi, chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnoma esa uning haqiqiy egasiga nisbatan chora ko‘rish uchun hokimlikka qaytariladi;
(23-bandning 23.1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-avgustdagi 315-sonli qarori tahririda)
23.2. Ma’muriy jazo ko‘rilgandan keyin bir yil mobaynida takroran sodir qilingan aynan shu xatti-harakatlarga aynan shunday xatti-harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin sodir etilgan nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlab savdo faoliyatini amalga oshirish sifatida qaraladi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-moddasi 1-qismiga muvofiq uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud mol-mulk musodara qilinib olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlab savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) ancha miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki mol-mulk musodara qilinib, uch yilgacha ozodlikdan bilan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlab, savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish:
a) ko‘p miqdordagi foyda (daromad) olgan holda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
mol-mulk musodara qilinib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday qonunbuzishlar to‘g‘risidagi materiallar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan protokol bilan rasmiylashtiriladi va sudga oshiriladi.
(23-bandning 23.2-kichik bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-avgustdagi 315-sonli qarori tahririda)
Bu holda jismoniy shaxs bozorda savdo qilish huquqidan mahrum bo‘ladi, chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnoma esa uning haqiqiy egasiga nisbatan chora ko‘rish uchun hokimlikka qaytariladi;
23.3. Guvohnomani savdo faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa shaxsga berish qat’iy taqiqlanadi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishning belgilangan tartibini buzish deb hisoblanadi. Tuman soliq inspeksiyasi ushbu buzilishni aniqlashgan ichki ishlar organlari taqdimnomasi asosida, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 176-moddasining 1-qismiga muvofiq eng kam oylik ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima soladi. Bu holda jismoniy shaxs savdo qilish huquqidan mahrum bo‘ladi, chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnoma esa olib qo‘yiladi.
IV. GUVOHNOMALARNI ChIQARISh VA SAQLASh
24. Bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnoma qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi. Guvohnomalar shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan tayyorlanadi, hokimliklar ularning hisobga olinishi va saqlanishi uchun javob beradilar.
V. MAZKUR TARTIBGA RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh
25. Mazkur Tartibga rioya etilishini nazorat qilish tegishli hokimliklar va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Old tomoni
O‘zbekiston Respublikasi hududida
joylashgan chakana bozorlar, savdo
markazlari va savdo komplekslarida
jismoniy shaxslar tomonidan chakana
savdo qilish va xizmatlar
ko‘rsatish tartibiga
1-ILOVA
F O T O‎

‎‎
Chakana savdo qilish
‎va xizmatlar ko‘rsatish
‎huquqini beruvchi _____-son
‎GUVOHNOMA

‎ ‎

Mazkur guvohnoma‎
___________________________________________________________________ga‎

(yakka tartibdagi tadbirkorning F. I. O.)‎

_____________________________________________________________________‎

(yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi‎

_____________________________________________________________________‎‎

haqidagi guvohnomaning raqami,‎ sanasi va uni bergan organ ko‘rsatiladi)

_____________________________________________________________________‎‎

(pasport seriyasi, raqami, sanasi va uni bergan organ ko‘rsatiladi)‎

_______ yil “____”___________dan ______ yil “______”________________gacha ‎
___________________________________________________________________da ‎

(bozorning to‘liq nomi va savdo qilish joyi ko‘rsatiladi)‎

chakana savdo qilish (xizmatlar ko‘rsatish) huquqini beradi‎

Mazkur guvohnoma shaxslarni bozor direksiyasi tomonidan undirib olinadigan savdo qilish joyi uchun ijara haqi to‘lashdan ozod qilmaydi.
‎Savdo qilish joyi ijarasi uchun haqni va daromaddan olinadigan belgilangan soliqni o‘z vaqtida to‘lamaslik chakana savdo qilish (xizmatlar ko‘rsatish) huquqidan mahrum etishga va mazkur guvohnomaning bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.
‎Bozorlarda guvohnomasiz chakana savdo qilish (xizmatlar ko‘rsatish) taqiqlanadi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi. Guvohnoma amal qilish muddati tugagandan keyin hokimlikka qaytarilishi kerak.
‎Guvohnomani tuman (shahar) hokimligiga o‘z vaqtida topshirmaslik daromaddan olinadigan soliqni muddati o‘tib ketgan barcha davr uchun hisoblashga va hisoblangan summani belgilangan tartibda davlat budjetiga olib qo‘yishga sabab bo‘ladi. ‎

Tuman (shahar)
‎hokimi (hokim o‘rinbosari) ‎‎

Imzo
‎Tuman (shahar)
‎hokimligining gerbli muhri ‎‎

Orqa tomoni
Soliq organlarida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ma’lumotlar:‎‎
Ro‘yxatga olish raqami _________________‎
Sana:‎
_____________ yil “________”______________‎

________________________________________________‎

(Hisobga qo‘ygan soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr ‎)

_____________ yil uchun daromaddan olinadigan soliq to‘langanligi haqida ma’lumotlar:‎
Yanvar

_________________‎

______________________________________‎

summa‎

Daromaddan olinadigan soliq to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎
Fevral‎

_________________‎

______________________________________‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎
Mart‎

_________________‎

______________________________________‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎
Aprel‎

_________________‎

______________________________________‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎
May‎

_________________‎

______________________________________‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎
Iyun‎

_________________‎

______________________________________‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎
Iyul‎

_________________‎

______________________________________‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎
Avgust‎

_________________‎

______________________________________‎‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎‎
Sentyabr‎

_________________‎

______________________________________‎‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎‎
Oktyabr‎

_________________‎

______________________________________‎‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎‎
Noyabr‎

_________________‎

______________________________________‎‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎‎
Dekabr‎

_________________‎

______________________________________‎‎
summa‎ ‎ Daromaddan olinadigan soliq to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligini tasdiqlovchi soliq organi rahbarining F. I. O. Imzo va muhr‎‎
O‘zbekiston Respublikasi hududida
joylashgan chakana bozorlarda, savdo
markazlari va savdo komplekslarida
jismoniy shaxslar tomonidan chakana
savdo qilish va xizmatlar
ko‘rsatish tartibiga
2-ILOVA

Bozorda chakana savdo faoliyati (xizmatlar ko‘rsatish)ni amalga oshirish huquqini olish uchun navbatda turuvchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida

MA’LUMOTNOMA‎

Ushbu ma’lumotnoma shu haqda berildiki:‎
Familiyasi‎‎ ‎‎‎
Ismi‎
Otasining ismi‎
Pasport‎ Seriyasi‎

№‎

‎‎tomonidan berilgan ‎

‎‎berilgan sanasi‎

‎‎
doimiy yashash joyi‎‎
‎‎
hisobga qo‘yilgan va _______________________________ bozorida chakana savdo ‎‎
(xizmatlar ko‘rsatish)ni amalga oshirish uchun _____________________________
‎raqam bilan navbatda turuvchilar ro‘yxatiga kiritilgan.‎

Tuman (shahar) hokimi (hokim o‘rinbosari) ‎‎

‎‎Imzo
‎Tuman (shahar) hokimligining gerbli muhri

O‘zbekiston Respublikasi hududida
joylashgan chakana bozorlar, savdo
markazlari va savdo komplekslarida
jismoniy shaxslar tomonidan chakana
savdo qilish va xizmatlar
ko‘rsatish tartibiga
3-ILOVA
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromaddan soliq to‘lashi haqida to‘lov xabarnomasi
namunasi
Xabarnoma‎‏‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏







‎xazinachi
_____________‎ KTUT kodi‎ ‎‎
To‘lovni oluvchi‎
‎‎Bank muassasasi__________________________‎
Oluvchining
‎ hisob raqami ‎

FA‎

___________________________________________________‎‎

to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi‎

___________________________________________________‎‎‎

yashash joyi‎

to‘lov turi‎

vaqti

miqdori‎‎‎

‎‎

qirqish chizig‘i ‎‎‎
‎‎_______________________________________________________________________________
‎‎

‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‎‎‎
_____________‎ KTUT kodi‎‎ ‎‎
To‘lovni oluvchi‎‎
‎‎Bank muassasasi__________________________‎
Oluvchining ‎
‎hisob raqami ‎

FA‎

___________________________________________________‎‎‎

to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi‎ ‎

___________________________________________________‎

yashash joyi‎ ‎

to‘lov turi ‎

vaqti‎

Miqdori‎‎

Kvitansiya‎ ‎‎
xazinachi‎ to‘lovchi‎‎‎‎
O‘zbekiston Respublikasi hududida
joylashgan chakana bozorlar, savdo
markazlari va savdo komplekslarida
jismoniy shaxslar tomonidan chakana
savdo qilish va xizmatlar
ko‘rsatish tartibiga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chakana bozorlar, savdo markazlari va savdo komplekslarida chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini olishga hujjatlarni rasmiylashtirish
TARTIBI

T/r‎

Bajaruvchi‎

Hujjatlar ro‘yxati‎

Muddati‎

Mas’ullar‎

1.‎ Jismoniy shaxs – yakka tartibdagi tadbirkor (doimiy yashash joyidagi hokimlikda belgilangan tartibda ro‘yxatda o‘tkazilgan) ‎ Bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnomani olish uchun bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligiga) quyidagilarni taqdim etadi:
‎1. Ariza;
2. Pasport (shaxsan ko‘rsatiladi);
‎3. Yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi (shaxsan ko‘rsatiladi);
‎4. 2 ta fotosurat (3,5 x 4,5 sm). ‎
2.‎ Bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligi‎ 1. Ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvini qayd etadi, ariza beruvchiga undan hujjatlar qabul qilib olinganligi to‘g‘risida kvitansiya beradi. Hujjatlarni qabul qilishda‎ Bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimi‎‎
‎2. Bo‘sh joylar borligini hisobga olgan holda ariza beruvchiga bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, qaror nusxasini ariza beruvchining qo‘liga beradi, shuningdek �ozorda chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnomani rasmiylashtiradi va uni bozor joylashgan joydagi soliq organiga yuboradi. ‎‎ Ikki ish kuni‎
3.‎ Bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) soliq inspeksiyasi‎ 1. Tadbirkor tomonidan unga bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqi berilganligi haqidagi tuman (shahar) hokimligining qarori nusxasi taqdim etilgach, tadbirkorga jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromaddan soliq to‘lash haqida belgilangan namunadagi (3-ilova) to‘lov xabarnomasi yozib beradi.
‎2. Tadbirkor tomonidan kelgusi oy uchun daromadga solinadigan soliq to‘langanligi haqidagi kvitansiya va pasport taqdim etilgach tuman (shahar) hokimligidan olingan bozorda chakana savdo qilish va xizmatlar ko‘rsatish huquqini beruvchi guvohnomaning orqa tomoniga tegishli belgi qo‘ygan holda xususiy tadbirkorni soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yadi va jurnalga imzo chektirib guvohnoma beradi. ‎
Bir ish kuni‎ Bozor joylashgan joydagi tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshlig‘i‎
4.‎ Bozor ma’muriyati‎ Guvohnoma va undagi daromaddan olinadigan soliq to‘langanligini tasdiqlovchi soliq organlarining belgisi asosida savdo joyi ijaraga olinganligi uchun belgilangan yig‘imni undiradi va ijaraning butun muddatida savdo qilish joyi ko‘rsatilgan talon beradi‎ Daromaddan olinadigan soliq to‘langanligini tasdiqlovchi soliq organlarining belgisi qo‘yilgan guvohnoma taqdim etilgan kunda‎ Bozor ma’muriyati‎
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 8-son, 45-modda)