1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Soliq hisobotining shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 14-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2439-4]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 7-yanvardagi 1, 2019-04-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2439-7, 21.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12 (I)-son, 162-modda) bilan tasdiqlangan Soliq hisobotining shakllariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2016-yil uchun soliq hisoboti 2016-yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-fevral,
16-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 21-fevral,
2017-07-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 21-fevraldagi 16 va 2017-07-sonli qaroriga ILOVA
220-satrning “Koʻrsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining hisobot davri uchun hisoblangan summasi, jami ((180-satr — 190-satr — 200-satr + 210-satr) yoki Hisob-kitobning 11-ilovasi 110-satri), shu jumladan:”;
220-satrdan keyin quyidagi mazmundagi 221 va 222-satrlar bilan toʻldirilsin:
“
soliq boʻyicha hisobga olish joyi boʻyicha (220-satr — 222-satr)
221
alohida boʻlinmalar joylashgan joyi boʻyicha (Alohida boʻlinmaga toʻgʻri keladigan foyda soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi summalarini hisob-kitobidan kelib chiqib)
222
”;
230-satr chiqarib tashlansin;
240-satrning “Koʻrsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sof foyda (010-satr — 220-satr)”;
250-satrning “Koʻrsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha soliq solish bazasi [(240-satr — 011-satr — 012-satr — 013-satr — 014-satr — 090-satr — 015-satr — Hisob-kitobning 6-ilovasi 034-satri) + (Hisob-kitobning 8-ilovasi 030-satri + 040-satri + 150-satri)]”;
290-satrning “Koʻrsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻining hisobot davri uchun hisoblangan summasi, jami (270-satr — 280-satr), shu jumladan:”;
quyidagi mazmundagi 291 va 292-satrlar bilan toʻldirilsin:
“
soliq boʻyicha hisobga olish joyi boʻyicha (290-satr — 292-satr)
291
alohida boʻlinmalar joylashgan joyi boʻyicha (Alohida boʻlinmaga toʻgʻri keladigan foyda soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi summalarini hisob-kitobidan kelib chiqib)
292
”;
300-satr chiqarib tashlansin.
izoh quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin:
“5. Alohida boʻlinmaga toʻgʻri keladigan foyda soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi summalarini hisob-kitobining koʻchirma nusxalari ushbu Hisob-kitobga ilova qilinadi.”;
8-ilova:
010-satrning “Boshqa daromadlar roʻyxati” ustunidagi “140” raqami “160” raqami bilan almashtirilsin;
140-satrning “Boshqa daromadlar roʻyxati” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“foizlar”;
quyidagi mazmundagi 150 va 160-satrlar bilan toʻldirilsin:
“
royalti
150
tovarlarni (ishlar xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan operatsiyalardan olinadigan boshqa daromadlar
160
”;
b) “Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi doimiy muassasa orqali faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan daromadini yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻidan (toʻliq yoki qisman) ozod qilish toʻgʻrisida ariza” va “Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi doimiy muassasa orqali faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan daromadidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi tomonidan toʻlangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini qaytarish toʻgʻrisida ariza” chiqarib tashlansin.
2. 2-ilovaning Hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda (yil boshidan oʻsib boruvchi yakun bilan toʻldiriladi):
“Yuridik shaxsning joylashgan yeri” degan soʻzlar “Yuridik shaxsning joylashgan yeri (alohida boʻlinmaning joylashgan yeri)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)” degan soʻzlar “(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi / yuridik shaxsning alohida boʻlinmaning joylashgan yeridagi davlat soliq xizmati organi)”;
izoh quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4. Qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini alohida boʻlinma joylashgan yeri boʻyicha toʻlash majburiyati yuklatilgan yuridik shaxs Maʼlumotlarni soliq boʻyicha hisobga olish joyi boʻyicha taqdim etishda ularda yuridik shaxsning alohida boʻlinmasi boʻyicha maʼlumotlarni koʻrsatmaydi. Bunda mazkur yuridik shaxs soliq boʻyicha hisobga olish joyi boʻyicha taqdim etiladigan Maʼlumotlarga uning alohida boʻlinma joylashgan yeri boʻyicha taqdim etiladigan Maʼlumotlar koʻchirma nusxalarini ilova qiladi.”.
050-satrning “Koʻrsatkichlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjetga toʻlanadigan (kamaytiriladigan) lozim boʻlgan QQS summasi, jami (040-satr — 030-satr — 060-satr),shu jumladan:”;
050-satrdan keyin quyidagi mazmundagi 0501 va 0502-satrlar bilan toʻldirilsin:
“
soliq boʻyicha hisobga olish joyi boʻyicha (050-satr — 0502-satr)
0501
alohida boʻlinmalar joylashgan joyi boʻyicha (Alohida boʻlinmaga toʻgʻri keladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisob-kitobidan kelib chiqib)*
0502
”;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“*Alohida boʻlinmaga toʻgʻri keladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisob-kitobining koʻchirma nusxalari ushbu Hisob-kitobga ilova qilinadi.”;
b) Hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va rasmiylashtirish tartibida:
21-bandda “XXTUT boʻyicha tarmoq kodi” degan soʻzlar “IFUT kodi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hisobvaraq-fakturalarning namunaviy shakllarida “XXTUT boʻyicha kod _______” degan soʻzlar “IFUT boʻyicha kod _______” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 4-ilovaning Aksiz soligʻi toʻlovchisi toʻgʻrisida maʼlumotlarda:
“Yuridik shaxsning joylashgan yeri” degan soʻzlar “Yuridik shaxsning joylashgan yeri (alohida boʻlinmaning joylashgan yeri)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)” degan soʻzlar “(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi (alohida boʻlinmaning joylashgan yeridagi) davlat soliq xizmati organi)”.
a) Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchi toʻgʻrisida maʼlumotlarda:
“Yuridik shaxsning joylashgan yeri (jismoniy shaxsning yashash joyi)” degan soʻzlar “Yuridik shaxsning joylashgan yeri (alohida boʻlinmaning joylashgan yeri, jismoniy shaxsning yashash joyi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)” degan soʻzlar “(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi / alohida boʻlinmaning joylashgan yeridagi davlat soliq xizmati organi)”;
b) Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobining izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qonun hujjatlariga muvofiq yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni alohida boʻlinma joylashgan yeri boʻyicha toʻlash majburiyati yuklatilgan yuridik shaxs Hisob-kitobni soliq boʻyicha hisobga olish joyi boʻyicha taqdim etishda ularda alohida boʻlinma boʻyicha maʼlumotlarni koʻrsatmaydi. Bunda mazkur yuridik shaxs soliq boʻyicha hisobga olish joyi boʻyicha taqdim etiladigan Hisob-kitobga uning alohida boʻlinma joylashgan yeri boʻyicha taqdim etiladigan Hisob-kitoblar koʻchirma nusxalarini ilova qiladi.”.
a) ______ yildagi soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash boʻyicha (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) maʼlumotnomaning izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar normativ-huquqiy hujjatlarda toʻliq ozod boʻlish koʻrinishida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha imtiyoz berilgan boʻlsa, 010, 040, 070 va 110-satrlarda “0” qoʻyiladi.”;
b) ______ yildagi soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash boʻyicha (mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun) maʼlumotnomaning izohi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar normativ-huquqiy hujjatlarda toʻliq ozod boʻlish koʻrinishida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha imtiyoz berilgan boʻlsa, 010, 040, 070 va 110-satrlarda “0” qoʻyiladi.”;
v) Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq toʻlovchisi toʻgʻrisida
maʼlumotlardan “XXTUT kodi
” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
7. 8-ilovaning Yer soligʻi toʻlovchi yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlardan:
______ oy uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi toʻgʻrisidagi MAʼLUMOTNOMA-HISOB-KITOB (chakana savdo tashkilotlari tomonidan toʻldiriladi) chiqarib tashlansin;
______ oy uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi toʻgʻrisidagi MAʼLUMOTNOMA-HISOB-KITOB (umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan toʻldiriladi) chiqarib tashlansin;
______ oy uchun xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi toʻgʻrisidagi MAʼLUMOTNOMA-HISOB-KITOB (qurilish tashkilotlari tomonidan toʻldiriladi) chiqarib tashlansin.
a) Soliq solish tartibini qoʻllash toʻgʻrisida xabarnomaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. IFUT
”;
b) Yagona soliq toʻlovi toʻlovchilari tomonidan ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtish yoki toʻlashni rad etish toʻgʻrisida xabarnomaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. IFUT
”;
v) Yagona soliq toʻlovini toʻlash muddatini kechiktirish huquqini olish toʻgʻrisida arizaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. IFUT
”;
g) Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobida:
025-satrning “Koʻrsatkichlar” ustunida “Tovarlarni” degan soʻzdan keyin “(ishlarni, xizmatlarni)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 190 va 200-satrlar bilan toʻldirilsin:
“
Soliq boʻyicha hisobga olish joyi boʻyicha hisobot davri uchun toʻlanishi lozim boʻlgan yagona soliq toʻlovi summasi (180-satr — 200-satr)
190
x
x
x
x
x
x
Alohida boʻlinmalar joylashgan joyi boʻyicha hisobot davri uchun toʻlanishi lozim boʻlgan yagona soliq toʻlovi summasi (Alohida boʻlinmaga toʻgʻri keladigan yagona soliq toʻlovi hisob-kitobidan kelib chiqib)
200
x
x
x
x
x
x
”;
izoh quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“* Ekologiya, sogʻlomlashtirish hamda xayriya jamgʻarmalariga, madaniyat, sogʻliqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, taʼlim muassasalariga tekinga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) berishdan olingan zararlar bundan mustasno. Baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun realizatsiya qilishdan olinadigan tushum belgilangan baholardan (tariflardan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.”.
a) Yagona yer soligʻi toʻlovchi toʻgʻrisida maʼlumotdan
“XXTUT kodi
”
degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) Joriy soliq davrining 1-yanvaridagi holat boʻyicha yagona yer soligʻi hisob-kitobi 017-satrdan keyin quyidagi mazmundagi 018 va 019-satrlar bilan toʻldirilsin:
“
Issiqxonalar
018
x
Baliqchilik hovuzlari
019
x
”;
v) Soliq solish tartibini qoʻllash toʻgʻrisida xabarnomaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. IFUT
”.
11. 17-ilovada Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimlar hisob-kitobi izohining 2-bandidan “va eng kam ish haqining miqdori” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 178-modda)