Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-iyuldagi 383-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 32-son, 270-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-dekabr,
420-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi 420-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
a) “Jizzax viloyati” boʻlimida:
7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

7.

4K230

Jizzax sh. — Uchtepa q.

14

shoxobchalar:

a) Olmazor qishlogʻiga

5

b) Koʻtarma mahallasiga

2

Jami shoxobchalar bilan

21

”;

quyidagi tahrirda 62-band qoʻshilsin:

62.

4N1252

4R38 avtoyoʻlidan shoxobchalar:

6

shu jumladan:

a) Sayiljoyi mahallasiga

3

b) Oʻratepalik va Zargarlik mahallalariga

3

”.

“Uzunligi, km” ustunining oxirgi satridagi “1001” raqami “1009” raqami bilan almashtirilsin;
b) “Uzunligi, km” ustunining oxirgi satridagi “24606” raqami “24614” raqami bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 13-modda)