Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2017 — 2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Kelgusida iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlarni davom ettirish, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash va jadal rivojlantirishni taʼminlash, paxta tolasi va ipak xom ashyosini chuqur qayta ishlash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish yoʻli bilan raqobatbardoshli, tashqi bozorlarda talab qilinadigan tayyor, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari va turlarini kengaytirish maqsadida:
1. 2017 — 2019-yillarda paxta tolasi va ipak xom ashyosini chuqur qayta ishlash negizida yuqori qoʻshilgan qiymatli, tashqi bozorlarda talab qilinadigan tayyor toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish topshirigʻi 1-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Paxta tolasi va ipak xom ashyosini chuqur qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli, tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan tayyor toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha 1-ilovada nazarda tutilgan topshiriqlarning belgilangan muddatlarda sifatli va toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat “Oʻztoʻkimachiliksanoat” Uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa aksiyadorlik jamiyatlari hamda korxonalar rahbarlari — masʼul ijrochilar zimmasiga yuklansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi PF-5383-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son)
2. 2016 — 2019-yillarda paxta tolasi va ipak xom ashyosini chuqur qayta ishlash negizida yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor, eksportga yoʻnaltirilgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ushbu roʻyxatga kiritilgan barcha investitsiya loyihalari “Oʻzbekyengilsanoat” AJ tomonidan, salohiyatli investorlar, ishlab chiqarish maydonchalari va loyihalarni moliyalashtirish manbalari aniq belgilanganligini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda tayyorlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. “Oʻzbekyengilsanoat” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar, ularda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, zamonaviy texnologik talablarga javob beradigan loyiha yechimlarini tanlashning aniq muddatlarini nazarda tutsinlar.
6. Belgilab qoʻyilsinki, ochilgan kredit liniyalari doirasida tijorat banklari bilan birgalikda moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
tijorat banklari ustav kapitaliga, shu jumladan shuʼba investitsiya kompaniyalari orqali yoki modernizatsiya qilinayotgan yoxud yangidan tashkil etilayotgan korxonalarga qayta moliyalashtirilayotgan kreditlar berish orqali loyihalarni moliyalashtiradilar;
qayta moliyalashtirish shartlarida loyihani amalga oshirishda tijorat bankining ishtiroki loyiha qiymatining koʻpi bilan 75 foizini tashkil qiladi;
kredit liniyalari xorijiy valyutada beriladi, ularga xizmat koʻrsatish va ularni toʻlash ham qayta moliyalashtiruvchi tijorat banklari va qarz olgan tashkilotlar tomonidan ana shu valyutada amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalari tarmoqning ilmiy-texnika kengashida, majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5215-sonli farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-2998-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 419-modda)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini loyihalash va qurishning tarmoq normalarini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va kiritsinlar, bunda quyidagilarni nazarda tutsinlar:
ularni qurilishning xalqaro amaliyotiga va zamonaviy texnologiyalariga muvofiqlashtirish;
arzon, birinchi navbatda, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan materiallardan (temir-beton va metall konstruksiyalar, sendvich-panellar va boshqalardan) foydalanish, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xonalarining ortiqchasini chiqarib tashlagan holda optimallashtirish yoʻli bilan qurilish-montaj ishlariga xarajatlarni kamaytirish.
9. “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda toʻqimachilik mahsulotlariga standartlarni xalqaro normalar va asosiy bozorlardagi talablarga muvofiqlashtirishga doir kompleks chora-tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar hamda 2017-2018-yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirsinlar.
10. 2017 — 2019-yillarda respublikaning toʻqimachilik va tikuv- trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha Ishchi guruh 5-ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
Ishchi guruh (Z. Mirzayev) vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik jamiyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa masʼul bajaruvchilarning Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalari va topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha faoliyati puxta muvofiqlashtirilishini va monitoringi olib borilishini taʼminlasin.
* 1 — 5-ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Kredit beruvchi tijorat banklariga — ushbu Dastur doirasida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha berilgan kreditlar yuzasidan investitsiya davrida hisoblangan foizlarni kapitallashtirish huquqi berilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
13. Quyidagilar bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) 2020-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga ozod qilinsin:
respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qarorning 2-ilovasiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha respublika hududiga chetdan keltiriladigan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻining oʻrnatilgan texnologik uskunalariga ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar uchun.
14. 7-ilovaga* muvofiq, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻining nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalariga 2020-yilning 1-yanvariga qadar quyidagilardan iborat soliq hamda bojxona imtiyozlari va preferensiyalari berilsin:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda soligʻi va mulk soligʻi toʻlashdan, yagona soliq toʻlovidan, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilish;
nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo va materiallar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlarga muvofiq, komissiya shartnomalari asosida import qilinadigan uskunalar, butlovchi buyumlar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilish (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno);
nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini oʻzida ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan yuqoridagi roʻyxatga kiritilmagan xom ashyo, materiallar va furniturani import qilishda bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab bojxona toʻlovlarini 60 kungacha muddatga kechiktirish (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno).
7-ilovaga muvofiq nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar jumlasiga hisobot davri yakunlari boʻyicha umumiy sotish hajmida shunday tovarlarni ishlab chiqarishdan tushgan tushumlar ulushi kamida 60 foizni tashkil etadigan korxonalar kiradi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda “Oʻzbekyengilsanoat” AJning “Oʻzbekyengilsanoat” AJ tarkibida “Oʻztoʻqimachilikeksport” MCHJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo tashkilotini (keyingi oʻrinlarda “Oʻztoʻqimachilikeksport” MCHJ ITST deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
yengil sanoat korxonalariga, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga marketing, axborot va konsalting xizmatlari koʻrsatish, koʻrgazmalarda va matbuot nashrlarida reklama tadbirlarini amalga oshirish, eksport salohiyatini keng yoritish hisobiga yengil sanoat mahsulotlarini eksportga yoʻnaltirish;
toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar boʻyicha, shuningdek xorijda tashkil etilayotgan savdo uylari orqali mahsulotlarni eksportga sotishda yengil sanoat korxonalariga tizimli asosda koʻmaklashish;
respublikada ishlab chiqarilmayotgan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar, aksessuarlar va furnituralarni yetkazib berishda (import qilishda), shuningdek tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish uchun zarur boʻlgan toʻqimachilik yarim tayyor mahsulotlari bilan taʼminlash hisobiga tarmoq ichidagi kooperatsiyani rivojlantirishda koʻmaklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda ushbu qarorning 2-ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalari, ularning parametrlari, moliyalashtirish hajmlari va manbalari aniqlashtirilgan holda belgilangan tartibda unga kiritilishini taʼminlasinlar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Idoralararo kengash eksportga yoʻnaltirilgan tayyor toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha 2-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalariga tayyorlangan va kelishilgan loyiha hujjatlarining mavjudligini hisobga olgan holda, zarurat boʻlganda, tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 8-ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* 6 — 8-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 21-dekabr,
PQ-2687-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son qaroriga
7-ILOVA
Ishlab chiqarishda soliq hamda bojxona imtiyozlari taqdim etiladigan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻining nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari guruhlari
ROʻYXATI
1. Tayyor paxta ip-gazlamalari (chit va satindan tashqari)
2. Tayyor aralash gazlamalar
3. Tayyor ipak gazlamalar (atlasdan tashqari)
4. Tayyor tikuv buyumlari, tayyor kiyim-kechak (tikuv, trikotaj va charm buyumlari)
5. Bosh kiyimlar (milliy bosh kiyimlardan tashqari)
6. Chulki-paypoq mahsulotlari
7. Toʻqimachilik attorlik mollari
8. Tikuv-toʻqimachilik sanoati uchun furnitura va aksessuarlar
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son qaroriga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 245-son qarorining 1-ilovasi:
4-bandning v) kichik bandidagi “eksport qilinadigan mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
10-band quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj tarmogʻining nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini eksport qilishdan olingan xorijiy valyutadagi tushum tijorat banklariga majburiy sotilmaydi”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarorining 5-bandi “chiqindilarini,” soʻzidan keyin “aksessuarlar va furniturani” soʻzlari bilan toʻldirilsin, keyingi oʻrinlar matn boʻyicha davom etib ketsin.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 584-modda; 2017-y., 22-son, 419-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)