Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 26-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2822]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2011-yil 12-dekabrdagi 80, 2011-34, 14-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2312, 2012-yil 11-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 22-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 6-noyabrdagi 81, 2012-32, 13-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2312-1, 2012-yil 4-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 48-49-son, 554-modda).
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-avgust,
61-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 9-avgust,
2016-24-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2016-yil 9-avgust,
121-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 9-avgustdagi 61, 2016-24 va 121-son qaroriga
ILOVA
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan korxonalar uchun soliqlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibini belgilaydi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2822-3, 14.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq xorijiy investorning ulushi ustav kapitalining 15 foizidan 33 foizigacha miqdorni tashkil etadigan aksiyadorlik jamiyatlariga ham tatbiq etiladi.
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxati boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga (xizmatlar koʻrsatishga) ixtisoslashgan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etuvchi korxonalar, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatlari (bundan buyon matnda korxonalar deb yuritiladi), quyidagilarni toʻlashdan ozod etiladi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 164, 2017-64 va 152-sonli (roʻyxat raqami 2822-1, 21.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2822-1/0436-son)
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini;
mol-mulk soligʻini;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2018-yil 10-oktabrdagi 126, 2018-61 va 30-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2822-2, 08.11.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2822-2/2176-son)
yagona soliq toʻlovini;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2822-3, 14.05.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2822-3, 14.05.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxati boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga (xizmatlar koʻrsatishga) ixtisoslashgan korxonalarga hisobot yili yakuniga koʻra ushbu mahsulot ishlab chiqarishdan (ushbu xizmatlar koʻrsatishdan) tushumning ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida 60 foizdan kam boʻlmagan korxonalar kiradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 164, 2017-64 va 152-sonli (roʻyxat raqami 2822-1, 21.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2822-1/0436-son)
3. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan soliq imtiyozlari (bundan buyon matnda soliq imtiyozlari deb yuritiladi):
a) toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarning hajmi quyidagilarga teng (ekvivalent) boʻlganda taqdim etiladi:
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha va 3 million AQSH dollari boʻlganda — 3 yil muddatga;
3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha va 10 million AQSH dollari boʻlganda — 5 yil muddatga;
10 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda — 7 yil muddatga;
b) quyidagi shartlar asosida qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalarni, respublikaning barcha shaharlari va qishloq aholi punktlarida joylashtirish, bundan Toshkent shahri va Toshkent viloyati mustasno. Bunday hududiy cheklov turizm sohasida faoliyat koʻrsatuvchi korxonalarga va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishga tatbiq etilmaydi;
(3-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2018-yil 10-oktabrdagi 126, 2018-61 va 30-sonli qarori (roʻyxat raqami 2822-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2822-2/2176-son)
xorijiy investorlar tomonidan xususiy toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;
korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni, aksiyadorlik jamiyatlarida esa kamida 15 foizni tashkil etishi lozim;
xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qoʻyish;
mazkur imtiyozlarning qoʻllanilishi muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yoʻnaltirish.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Keyingi qonunchilik hujjatlarida investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda, soliq imtiyozlari qancha muddatga berilgan boʻlsa, ana shu muddat mobaynida amal qiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
2-bob. Soliq imtiyozlarini qoʻllash
5. Soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq keladigan korxonalarga soliq imtiyozlari kiritilgan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarning hajmidan kelib chiqib korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab, mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, 7 yildan oshmagan muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq keladigan yangi tashkil etilgan korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugaydigan oydan keyingi oyning 1-sanasigacha soliqlar toʻlashdan ozod etiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2822-3, 14.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Imtiyozga doir huquq faqat qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda ustav kapitallarini (fondlarni) shakllantirgan korxonalarga taqdim etiladi. Bunda korxona soliq imtiyozlarini oʻz ustav kapitalini (fondini) shakllantirishi lozim boʻlgan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan davr uchun qoʻllash huquqiga ega boʻladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2018-yil 10-oktabrdagi 126, 2018-61 va 30-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2822-2, 08.11.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2822-2/2176-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. 2016-yilning 1-yanvaridan avval tashkil topgan ustav kapitalida (fondida) xorijiy ishtirokchining ulushi 15 foizdan 33 foizgacha boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari xorijiy investitsiyalarning hajmidan kelib chiqib belgilangan davr uchun soliqlar toʻlashdan ozod etiladi. Bunda, soliq imtiyozlaridan foydalanish muddatini hisoblash korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2822-3, 14.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Masalan, ustav kapitalida (fondida) xorijiy ishtirokchining ulushi 20 foiz boʻlgan aksiyadorlik jamiyati 2013-yilning 10-iyunida roʻyxatdan oʻtgan. Ustav kapitalida (fondida) xorijiy ishtirokchining ulushi 11 million AQSH dollarini tashkil etadi. U soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga, shu jumladan ustav kapitalida (fondida) xorijiy investitsiyaning hajmiga muvofiq keladi. Kiritilgan xorijiy investitsiyaning mazkur miqdori soliqlar toʻlashdan 7 yil muddatga ozod etishni nazarda tutadi. Soliq imtiyozlari 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab berilishini hamda korxona 2013-yilning 10-iyunida roʻyxatdan oʻtganligini inobatga olib, mazkur korxona 2016-yilning 1-yanvaridan 2020-yilning 1-iyuligacha soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqiga ega.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2822-3, 14.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)
Agar korxona 2009-yilning 1-yanvarigacha roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, bu korxonaga soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi, chunki korxonani davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab 7 yil oʻtgan.
8. Agar korxona tashkil etilgandan (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan) keyingi davrlarda soliq imtiyozlarini taqdim etish uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelsa yoxud xorijiy investitsiyalar summasini oshirishsa (qoʻshimcha kiritishsa), ular imtiyozlarni taqdim etish uchun belgilangan mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi holatlar yuzaga kelgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab, biroq imtiyozlarni qoʻllash boshlangan kundan boshlab yetti yildan koʻp boʻlmagan muddatga imtiyozni qoʻllash huquqiga ega boʻladi. Mazkur band normalarini qoʻllashning shartli misollari mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Korxona soliq imtiyozlarini taqdim etish uchun belgilangan talablariga mos kelmay qolish faktlari aniqlanganda, korxona belgilangan talablarga mos kelmagan davr uchun soliqlar umumbelgilangan tartibda, amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllagan holda toʻlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 218-moddasi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan berilgan soliq imtiyozlari maqsadli xarakterga ega hamda soliq solishdan ozod etilgan mablagʻlar:
qayta investitsiyalashga — 50 foizdan kam boʻlmagan;
korxona faoliyati bilan bogʻliq boshqa maqsadlarga, mazkur mablagʻlarni muassislar (ishtirokchilar) oʻrtasida taqsimlash bundan mustasno, — qolgan qismi yoʻnaltiriladi.
Mazkur Nizomni qoʻllash maqsadida qayta investitsiyalash deganda mablagʻlarni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash, yangi texnologik jihozni olish, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirish tushuniladi.
Korxonalarga taqdim etilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) bilan tartibga solinadi.
11. Soliq imtiyozlarini olgan korxona imtiyozlar berilgan muddat tugaganidan keyin bir yil oʻtmasdan faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik investorning foydasini oʻz mamlakatiga oʻtkazish va kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat soliq imtiyozlarining summalari budjetga undirilganidan keyin amalga oshiriladi.
3-bob. Soliqlar imtiyozlarini taqdim etish
Oldingi tahrirga qarang.
12. Soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqini tasdiqlash uchun korxona roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organini yozma ravishda soliq imtiyozlarini qoʻllash sanasi boshlanishi haqida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xabardor qiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 164, 2017-64 va 152-sonli (roʻyxat raqami 2822-1, 21.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2822-1/0436-son)
13. Soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqi yoʻqotilgan taqdirda, korxona soliq davri mobaynida roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat soliq xizmati organini mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda imtiyoz huquqi yoʻqotilgan sana toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
14. Soliq toʻlovchilar taqdim etilgan soliq imtiyozlarni hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish uchun javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
16. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
2016-yil 9-avgust
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
2016-yil 9-avgust
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2016-yil 9-avgust
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalarga taqdim etiladigan imtiyozlar tatbiq etiladigan iqtisodiyot tarmoqlarining
ROʻYXATI
1. Radioelektron sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash texnikasi butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish.
26.11.0 — elektron qismlar ishlab chiqarish;
26.12.0 — elektron yuklash panellari ishlab chiqarish;
26.20.0 — kompyuterlar va periferik uskunalar ishlab chiqarish;
26.30.0 — kommunikatsiya uskunalari ishlab chiqarish;
26.40.0 — maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish;
26.51.0 — oʻlchash, nazorat, sinash va navigatsiya uchun asbob- uskunalar ishlab chiqarish (radioelektron uskuna va asboblar qismida);
27.90.0 — boshqa elektr asboblar ishlab chiqarish;
28.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan, maxsus vazifalarga moʻljallangan boshqa mashina va uskunalar ishlab chiqarish.
2. Yengil sanoat.
tayyor ip gazlama, jun gazlama va aralash gazlamalar, shuningdek trikotaj gazlama ishlab chiqarish:
13.20.1 — ip gazlama ishlab chiqarish;
13.20.2 — jun gazlama ishlab chiqarish;
13.20.9 — boshqa gazlamalar ishlab chiqarish;
13.91.0 — toʻqilgan va trikotaj polotno ishlab chiqarish;
tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va toʻqimachilik galantereyasi ishlab chiqarish:
13.92.0 — kiyimdan tashqari tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish;
13.96.0 — boshqa texnik va sanoat toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish;
13.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish;
14.31.0 — toʻqilgan va trikotaj paypoq- noski mahsulotlari ishlab chiqarish;
14.39.0 — boshqa toʻqilgan va trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarish;
14.12.0 — korjomalar ishlab chiqarish;
14.13.0 — boshqa ustki kiyimlar ishlab chiqarish;
14.14.0 — ichki kiyimlar ishlab chiqarish;
14.19.0 — boshqa kiyimlar va aksessuarlar ishlab chiqarish;
tabiiy terilar ishlab chiqarish, koʻn-galantereya sanoati, poyabzal sanoati:
14.11.0 — charmdan kiyimlar ishlab chiqarish;
14.19.0 — boshqa kiyimlar va aksessuarlar ishlab chiqarish (moʻynali kiyim-kechak ishlab chiqarish qismida);
14.20.0 — moʻynali mahsulotlar ishlab chiqarish;
15.11.0 — terini oshlash va ishlov berish; moʻynaga ishlov berish va boʻyash (charmdan kiyim-kechak ishlab chiqarish qismida);
15.12.0 — chemodanlar, ayollar sumkalari va teridan boshqa buyumlar ishlab chiqarish;
15.20.0 — poyafzal ishlab chiqarish;
32.30.0 — sport tovarlari ishlab chiqarish (charmdan yasalgan sport tovarlari qismida);
32.50.0 — meditsina va stomatologiya asboblari va jihozlari ishlab chiqarish (ortopedik poyafzallar qismida);
3. Ipakchilik sanoati.
shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish:
13.20.3 — ipak gazlama ishlab chiqarish.
Ushbu guruhga 13.92.0, 13.99.0, 14.31.0, 14.13.0, 14.14.0, 14.19.0 kodlari ipakdan tayyor buyumlar qismida kiritilishi mumkin.
4. Qurilish materiallari sanoati.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-martdagi PF-3586-sonli Farmoni 1a-ilovasida koʻrsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish:
16.21.0 — shpon, faner, yogʻochdan plita va panellar ishlab chiqarish;
16.22.0 — yigʻma parket qoplamalar ishlab chiqarish;
16.23.0 — boshqa yogʻoch qurilish konstruksiyalari va duradgorlik buyumlari ishlab chiqarish;
20.30.0 — boʻyoqlar, laklar va shu kabi boʻyovchi moddalar, bosmaxona boʻyoqlari va mastikalar ishlab chiqarish;
22.21.0 — plastmassa plitalar, tasmalar, quvurlar va profillar ishlab chiqarish;
23.20.0 — oʻtga chidamli buyumlar ishlab chiqarish;
23.31.0 — keramik qoplama va plitalar ishlab chiqarish;
23.32.0 — gʻisht, cherepitsa va pishirilgan loydan boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish;
23.52.0 — ohak va qurilish uchun gips ishlab chiqarish;
23.61.0 — betondan qurilish uchun buyumlar ishlab chiqarish (penobeton qismida);
23.62.0 — qurilish maqsadlariga moʻljallangan gips buyumlar ishlab chiqarish;
23.63.0 — tayyor beton ishlab chiqarish;
23.64.0 — quruq beton qorishmalari ishlab chiqarish;
23.65.0 — tolali sement ishlab chiqarish;
23.70.0 — toshni kesish, ishlov berish va pardozlash;
23.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish.
5. Parranda goʻshti va tuxumni sanoat miqyosida yetishtirish.
01.47.0 — parrandachilik.
6. Oziq-ovqat sanoati.
mahalliy xom ashyodan sanoat miqyosida qayta ishlangan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlari bundan mustasno):
10.32.0 — meva va sabzavot sharbatlarini ishlab chiqarish;
10.61.0 — tegirmon- yorma sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.62.0 — kraxmal va kraxmalli mahsulotlar ishlab chiqarish;
10.71.0 — non, xamirdan yangi tayyorlangan qandolat mahsulotlari, tort va pirojnoye ishlab chiqarish;
10.72.0 — suxari va pechenye, xamirdan tayyorlangan uzoq saqlanadigan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.73.0 — makaron mahsulotlari va shunga oʻxshash unli mahsulotlar ishlab chiqarish;
10.81.0 — shakar ishlab chiqarish;
10.82.0 — kakao, shokolad va sershakar qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.83.0 — choy va qahva ishlab chiqarish;
10.84.0 — ziravor va dorivorlar ishlab chiqarish;
10.86.0 — bolalar ovqati va parhez oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.31.0 — kartoshkani qayta ishlash va konservalash;
10.39.0 — mevalar va sabzavotlarni qayta ishlash va konservalashning boshqa turlari;
10.41.0 — oʻsimlik va hayvonlar yogʻlari va moylarini ishlab chiqarish (hayvonlar yogʻlaridan tashqari);
10.42.0 — margarin va ovqatga ishlatiladigan aralash yogʻlar ishlab chiqarish;
10.52.0 — muzqaymoq ishlab chiqarish.
7. Goʻsht-sut sanoati.
goʻsht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyogʻ, shuningdek hayvonlarning ichki organlaridan qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarish:
10.13.1 — tuzlangan, quritilgan yoki dudlangan goʻsht, parranda goʻshti va ozuqaviy submahsulotlar ishlab chiqarish;
10.13.2 — kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.13.9 — boshqa toifalarga kiritilmagan goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish;
10.51.0 — sutni qayta ishlash va pishloq ishlab chiqarish;
10.41.0 — oʻsimlik va hayvonlar yogʻlari va moylarini ishlab chiqarish (hayvonlar yogʻlari qismida).
8. Baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash.
10.20.0 — baliq, qisqichbaqasimonlar va mollyuskalarni qayta ishlash va konservalash.
9. Kimyo sanoati.
08.91.0 — kimyo sanoati va oʻgʻitlar ishlab chiqarish uchun mineral xom ashyolar qazib olish;
20.11.0 — sanoat gazlari ishlab chiqarish;
20.12.0 — boʻyoq moddalar va pigmentlar ishlab chiqarish;
20.13.0 — boshqa asosiy noorganik kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;
20.14.0 — boshqa asosiy organik kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;
20.15.1 — oʻgʻitlar ishlab chiqarish;
20.15.2 — azotli birikmalar ishlab chiqarish;
20.16.0 — birlamchi formalarda plastmassa ishlab chiqarish;
22.29.0 — boshqa plastmassa buyumlar ishlab chiqarish;
20.30.0 — boʻyoqlar, laklar va shu kabi boʻyovchi moddalar, bosmaxona boʻyoqlari va mastikalar ishlab chiqarish;
20.41.0 — sovun va yuvish vositalari, tozalash va sayqallash preparatlari ishlab chiqarish;
20.51.0 — portlovchi moddalar ishlab chiqarish;
20.52.0 — yelim ishlab chiqarish;
20.59.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;
20.60.0 — sunʼiy tolalar ishlab chiqarish;
22.21.0 — plastmassa plitalar, tasmalar, quvurlar va profillar ishlab chiqarish;
22.23.0 — qurilish uchun plastik buyumlar ishlab chiqarish;
23.14.0 — shisha tola ishlab chiqarish;
26.80.0 — axborot uzatishning magnit va optik vositalarini ishlab chiqarish.
10. Neft-kimyo sanoati.
20.17.0 — birlamchi formalarda sintetik kauchuk ishlab chiqarish;
22.11.1 — rezina shina, pokrishka va kameralar ishlab chiqarish;
22.19.0 — boshqa rezina buyumlar ishlab chiqarish;
11. Tibbiyot sanoati, shuningdek veterinariya uchun dori vositalarini ishlab chiqarish.
21.10.0 — asosiy farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish;
21.20.0 — farmatsevtika preparatlarini ishlab chiqarish;
26.60.0 — nurlantiruvchi, elektr meditsina va elektr terapiya uskunalari ishlab chiqarish;
30.92.0 — velosipedlar va nogironlar aravachalari/kreslolari ishlab chiqarish;
32.50.0 — meditsina va stomatologiya asboblari va jihozlari ishlab chiqarish.
12. Qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish.
17.21.0 — gofrirovka qilingan qogʻoz va karton, qogʻoz va karton tara (idish)lar ishlab chiqarish (qadoqlash materiallari qismida);
22.22.0 — tovarlar uchun plastik qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish;
25.92.0 — yengil metallardan upakovka materiallari ishlab chiqarish.
13. Muqobil energiya manbalari negizida elektr stansiyalari qurish.
14. Koʻmir sanoati:
koʻmirni boyitish:
05.10.0 — toshkoʻmir qazib olish (koʻmirni boyitish qismida);
05.20.0 — lignit qazib olish (lignitni boyitish qismida);
koʻmir briketlarini ishlab chiqarish:
19.20.0 — neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish (koʻmir va lignitdan briketlar ishlab chiqarish qismida);
slanets sanoati:
08.11.0 — qurilish va pardozlash uchun tosh, ohaktosh, gips, boʻr va slanetslar qazib olish (yonuvchi slanets qismida).
15. Ishlab chiqarishga moʻljallangan elektroferrosplav va metall buyumlarni ishlab chiqarish.
24.10.0 — choʻyan, poʻlat va temir qotishmalarni ishlab chiqarish;
24.31.0 — sovuq holda choʻzish;
24.32.0 — tasma va tor tasmalarni sovuq holda prokatka qilish (yoyish);
24.33.0 — sovuq holda qoliplash yoki falsovka qilish;
24.34.0 — sovuq holda choʻzib tortish yoʻli bilan sim ishlab chiqarish;
25.93.0 — simdan buyumlar, zanjirlar va prujinalar ishlab chiqarish;
25.94.0 — mahkamlash uchun va rezbali buyumlar ishlab chiqarish;
25.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish.
16. Mashinasozlik va metallga ishlov berish.
mashinasozlik:
25.73.0 — asboblar ishlab chiqarish;
27.11.0 — elektr dvigatellar, generatorlar va transformatorlar ishlab chiqarish;
27.12.0 — elektr taqsimlovchi va boshqaruv apparaturalari ishlab chiqarish;
27.20.0 — batareya va akkumulyatorlar ishlab chiqarish;
27.33.0 — elektr asboblar ishlab chiqarish;
27.40.0 — elektr yoritish uskunalari ishlab chiqarish;
27.90.0 — boshqa elektr asboblar ishlab chiqarish;
28.11.0 — aviatsiya uchun moʻljallanganidan tashqari dvigatellar va turbinalar, avtomobil va mototsikllar dvigatellari ishlab chiqarish;
28.12.0 — gidravlik va pnevmatik uskunalar ishlab chiqarish;
28.13.0 — boshqa nasos va kompressorlar ishlab chiqarish;
28.14.0 — boshqa joʻmrak va ventillar ishlab chiqarish;
28.22.0 — koʻtarma-transport uskunalari ishlab chiqarish;
28.25.0 — sanoat sovitish va ventilyatsiya uskunalari ishlab chiqarish;
28.29.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan umumiy foydalanishga moʻljallangan mashina va uskunalarni ishlab chiqarish;
28.41.0 — bosim ostida metallarga ishlov berish uchun uskunalar ishlab chiqarish;
28.91.0 — metallurgiya uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
28.92.0 — togʻ-kon sanoati va yerosti konlari uchun texnika ishlab chiqarish;
28.95.0 — qogʻoz va karton tayyorlash uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
28.96.0 — plastmassa va rezinani qayta ishlash uchun uskunalar ishlab chiqarish;
28.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan, maxsus vazifalarga moʻljallangan boshqa mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
30.20.0 — temir yoʻl lokomotivlari va harakatdagi sostavlar ishlab chiqarish.
traktor va qishloq xoʻjalik mashinasozligi:
28.30.0 — qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish;
28.93.0 — oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun uskunalar ishlab chiqarish (donni, urugʻlar va quruq dukkaklilarni tozalash, saralash yoki maydalash uchun uskunalar qismida);
28.22.0 — koʻtarma-transport uskunalari ishlab chiqarish (fermalarda foydalanish uchun konveyerlar ishlab chiqarish qismida);
qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozlik:
25.30.0 — markaziy isitish qozonlaridan tashqari bugʻ qozonlari ishlab chiqarish;
28.92.0 — togʻ-kon sanoati va yerosti konlari uchun texnika ishlab chiqarish;
yengil va oziq-ovqat sanoati hamda maishiy asboblar mashinasozligi:
27.51.0 — maishiy elektr asboblar ishlab chiqarish;
27.52.0 — maishiy noelektr asboblar ishlab chiqarish;
28.21.0 — plita, pechka va pechka gorelkalari ishlab chiqarish;
28.93.0 — oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun uskunalar ishlab chiqarish;
28.94.0 — toʻqimachilik, tikuvchilik, moʻynali va charm buyumlarni tayyorlash uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
28.99.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan, maxsus vazifalarga moʻljallangan boshqa mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
26.60.0 — nurlantiruvchi, elektr meditsina va elektr terapiya uskunalari ishlab chiqarish (oziq-ovqat mahsulotlari va sut mahsulotlari ishlab chiqarish uchun irradiatsion uskunalar ishlab chiqarish qismida).
17. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati.
23.91.0 — abraziv buyumlar ishlab chiqarish;
24.10.0 — choʻyan, poʻlat va temir qotishmalarni ishlab chiqarish;
25.73.0 — asboblar ishlab chiqarish;
26.51.0 — oʻlchash, nazorat, sinash va navigatsiya uchun asbob- uskunalar ishlab chiqarish;
26.52.0 — soatlar ishlab chiqarish;
26.60.0 — nurlantiruvchi, elektr meditsina va elektr terapiya uskunalari ishlab chiqarish;
26.70.0 — optika asboblari va fotografiya uskunalari ishlab chiqarish;
27.90.0 — boshqa elektr asboblar ishlab chiqarish;
28.15.0 — podshipniklar, tishli gʻildiraklar, tishli uzatma va yuritmalarning elementlarini ishlab chiqarish;
28.24.0 — qoʻl elektr asboblari ishlab chiqarish;
28.29.0 — boshqa toifalarga kiritilmagan umumiy foydalanishga moʻljallangan mashina va uskunalarni ishlab chiqarish;
28.41.0 — bosim ostida metallarga ishlov berish uchun uskunalar ishlab chiqarish;
28.49.0 — boshqa metallga ishlov beradigan dastgohlar ishlab chiqarish;
28.91.0 — metallurgiya uchun mashina va uskunalar ishlab chiqarish;
30.91.0 — mototsikllar ishlab chiqarish.
18. Shisha va chinni-fayans sanoati.
23.11.0 — listlangan shisha ishlab chiqarish;
23.12.0 — listlangan shishani qoliplash va ishlov berish;
23.13.0 — kovak shisha buyumlar ishlab chiqarish;
23.19.0 — boshqa shisha buyumlarni, jumladan texnik buyumlarni, ishlab chiqarish va ishlov berish;
23.41.0 — maishiy va dekorativ keramik buyumlar ishlab chiqarish;
23.49.0 — boshqa keramik buyumlar ishlab chiqarish.
19. Mikrobiologiya sanoati.
10.91.0 — fermalarda boqiladigan hayvonlar uchun tayyor ozuqa ishlab chiqarish;
20.14.0 — boshqa asosiy organik kimyoviy moddalar ishlab chiqarish;
20.20.0 — pestitsidlar va boshqa agrokimyoviy moddalar ishlab chiqarish;
20.30.0 — boʻyoqlar, laklar va shu kabi boʻyovchi moddalar, bosmaxona boʻyoqlari va mastikalar ishlab chiqarish.
20. Oʻyinchoqlar ishlab chiqarish.
32.40.0 — oʻyin va oʻyinchoqlar ishlab chiqarish.
21. Turizm.
mehmonxona xizmatlari:
55.10.0 — mehmonxonalar va shunga oʻxshash yashash joylari.
turistik xizmatlar:
79.11.0 — turistik agentliklar faoliyati;
79.12.0 — turoperatorlar faoliyati;
79.90.0 — joy bron qilish boʻyicha xizmatlarning boshqa turlari va ular bilan bogʻliq xizmatlar (turistik xizmatlar qismida).
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 164, 2017-64 va 152-sonli (roʻyxat raqami 2822-1, 21.12.2017-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2822-1/0436-son)
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Korxona tashkil etilgandan (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan) keyin yoxud kiritilgan xorijiy investitsiyalar summasini oshirganda soliq imtiyozlarini qoʻllashning
SHARTLI MISOLLARI
1-misol.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga (ustav kapitali (fondi) 200 ming AQSH dollarini tashkil etadigan xorijiy investitsiya hajmidan tashqari) muvofiq keladigan 2015-yilning 12-yanvarida roʻyxatdan oʻtgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 2016-yilning 20-yanvarida ustav kapitalini (fondini) 5 million AQSH dollarigacha oshirdi. Kiritilgan xorijiy investitsiyaning mazkur miqdori soliqlar toʻlashdan 5 yil muddatga ozod etishni nazarda tutadi. Mazkur korxona 5 yil muddat ichida 2016-yilning 1-fevralidan 2021-yilning 1-fevraligacha soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqiga ega.
(1-misol Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2822-3, 14.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)
2-misol.
Ustav kapitalida (fondida) 300 ming AQSH dollarini tashkil etadigan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 2012-yilning 16-yanvarida roʻyxatdan oʻtgan hamda soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelgani uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab 3 yil ichida soliq imtiyozlarini qoʻllaydi. 2015-yilning 10-yanvarida u ustav kapitalini (fondini) 3,1 million AQSH dollarigacha oshirdi, yaʼni ustav kapitalini (fondini) oshirish imtiyoz davri ichida yuz berdi, bu unga soliq imtiyozlarini qoʻllash muddatini yana 2 yilga uzaytirishga imkoniyat beradi. Shunday qilib, mazkur korxona uchun soliq imtiyozlarini qoʻllashning umumiy muddati 5 yilni 2012-yilning 16-yanvaridan boshlab 2017-yilning 1-fevraligacha tashkil etadi.
3-misol.
Ustav kapitalida (fondida) 300 ming AQSH dollarini tashkil etadigan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 2012-yilning 16-yanvarida roʻyxatdan oʻtgan hamda soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelgani uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab 3 yil ichida (2012-yilning 16-yanvaridan 2015-yilning 1-fevraligacha) soliq imtiyozlarini qoʻllaydi. 2016-yilning 12-dekabrida u ustav kapitalini (fondini) 11 million AQSH dollarigacha oshirdi, yaʼni ustav kapitalini (fondini) oshirish imtiyoz davri tugagandan soʻng yuz berdi. Shunday qilib, mazkur korxona soliq imtiyozlarini 2017-yilning 1-yanvaridan 2019-yilning 1-fevraligacha qoʻllashni davom ettirish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
4-misol.
Ustav kapitalida (fondida) 300 ming AQSH dollarini tashkil etadigan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 2012-yilning 16-yanvarida roʻyxatdan oʻtgan hamda soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelgani uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab 3 yil ichida soliq imtiyozlarini qoʻllaydi. 2015-yilning 16-yanvarida u ustav kapitalini (fondini) 600 ming AQSH dollarigacha oshirdi, yaʼni ustav kapitalini (fondini) oshirish imtiyoz davri ichida yuz berdi. Biroq ustav kapitali 3 million AQSH dollaridan kam boʻlganligi, uch yillik imtiyoz davri tugaganligi uchun bu unga soliq imtiyozlarini qoʻllash muddatini yana uzaytirishga imkoniyat bermaydi. Shunday qilib, mazkur korxona uchun soliq imtiyozlarini qoʻllashning umumiy muddati 3 yilni 2012-yilning 16-yanvaridan boshlab 2015-yilning 15-fevraligacha tashkil etadi.
5-misol.
Ustav kapitalida (fondida) 300 ming AQSH dollarini tashkil etadigan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 2010-yilning 16-yanvarida roʻyxatdan oʻtgan hamda soliq imtiyozlarini taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelgani uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab 3 yil ichida soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqiga ega. Biroq, korxona 2010-2015-yillarda boshqa soliq imtiyozlarni qoʻllagan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan berilgan soliq imtiyozlarini qoʻllamagan. Bunday holatda korxona yuqorida koʻrsatilgan Farmon asosida imtiyozni qoʻllamaganligiga qaramasdan, unga ularni qoʻllash huquqi berilmaydi. Shunday qilib, korxona tomonidan yuqorida koʻrsatilgan Farmon asosida soliq imtiyozlarini qoʻllash uchun korxonaning ustav kapitalini (fondini) 3 million AQSH dollaridan kam boʻlmagan miqdorga oshirish lozim.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 164, 2017-64 va 152-sonli (roʻyxat raqami 2822-1, 21.12.2017-y.) qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2822-1/0436-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalarga taqdim etiladigan soliq imtiyozlarini qoʻllash toʻgʻrisida
‎XABARNOMA

________________________________________________________________________________________ joylashgan
‎‎‎‎(pochta indeksi, shahar (tuman, ovul), koʻcha nomi va uy (kvartira) raqami)

___‎‎_____________________________________________________________________ faoliyatini amalga oshiruvchi

‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎ ‎(asosiy (soha) faoliyat turi)‎

______________________________________________________________________________________ yuridik shaxs,

‎‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

Sizni ________________________ dan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son

‎‎‎‎‎‎(data)‎

“Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllashi haqida xabardor qiladi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________ AQSH dollarini tashkil etadi.

‎‎(summa yozuv bilan)

Ushbu bilan investitsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining kafilligisiz amalga oshirilayotganligi tasdiqlaymiz.

__________________________________________________________________________________ ga taqdim etiladi.
‎‎‎‎‎‎(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)‎
Izoh:
Mazkur xabarnoma soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali uning yozma (ikki nusxada), shu jumladan axborot tizimi orqali yuborilgan elektron shaklda taqdim etiladi. Xabarnoma yozma shaklda taqdim etilganda davlat soliq xizmati organi xabarnomaning bir nusxasiga qabul qilinganligi haqida belgi qoʻyadi va ikkinchi nusxasini keyingi kundan kechiktirmay arizachiga qaytaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnomaning nusxasi, investitsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tasdiqnomasi, shuningdek toʻliq shakllantirilgan ustav kapitali (fondi) va korxonaning ustav kapitalida (fondida) xorijiy investorning ulushi toʻgʻrisida tasdiqnoma tegishli organ va tashkilotlar tomonidan davlat soliq xizmati organining yozma murojaati boʻyicha taqdim etiladi.
(izoh qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 52-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3448, 25.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni
‎jalb qiluvchi korxonalarga taqdim etiladigan soliq
imtiyozlariga huquq yoʻqotilganligi toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA

‎‎______________________________________________________________ joylashgan

‎‎‎‎‎‎(pochta indeksi, shahar (tuman, ovul), koʻcha nomi va uy (kvartira) raqami)

‎‎_______________________________________________ faoliyatini amalga oshiruvchi

‎‎‎‎(asosiy (soha) faoliyat turi)

‎‎____________________________________________________________ yuridik shaxs,

‎‎‎‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

‎‎Sizni ____________ dan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi

‎‎(sana)‎

‎‎PF-3594-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqini yoʻqotganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.

‎‎ ________________________________________________________ ga taqdim etiladi.

‎‎‎‎‎‎(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)

Izoh:
Mazkur xabarnoma soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ikki nusxada taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi xabarnomaning bir nusxasiga qabul qilinganligi haqida belgi qoʻyadi va ikkinchi nusxasini keyingi kundan kechiktirmay arizachiga qaytaradi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2822-3, 14.05.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 34-son, 407-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2017-y., 10/17/2822-1/0436-son, 09.11.2018-y., 10/18/2822-2/2176-son; 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)