

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.07.2017
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2983355" id="onLBC-2983355">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9330"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;</span></div><div id="LBC9401"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 Oʻrmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 Oʻrmon xoʻjaligi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2983355" id="onLS-2983355">[<b>TSZ:</b><div id="LS3713"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish;</span></div><div id="LS4112"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2983359" id="-2983359">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2983360" id="-2983360">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2983361" id="-2983361">Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishni moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2983362" id="-2983362"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3293922" id="-3293922">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-3281715?ONDATE=31.07.2017 00#-3283229">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983363" id="-2983363">Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishni moliyalashtirishni, oʻrmon fondi hududida oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, himoyalash, takroran koʻpaytirish hamda tiklashning moliyaviy taʼminotini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983364" id="-2983364">1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi qoshida Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983365" id="-2983365">2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi qoshidagi Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983366" id="-2983366">oʻrmon fondi yerlarida arizalarni koʻrib chiqqanlik va ruxsatnomalar berganlik uchun olinadigan mablagʻlarning 100 foizi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983367" id="-2983367">oʻrmon fondi yerlarida (davlat qoʻriqxonalaridan tashqari) hayvonot va oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha undirilgan mablagʻlarning 100 foizi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983368" id="-2983368">oʻrmon fondining ruxsat etilgan hududlarida chorva mollarini boqish, oʻrmon fondi uchastkalarida pichan oʻrish, oʻrmon fondi uchastkalarida asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, oʻrmon fondi uchastkalarida daraxt va butalarni kesmagan holda oʻtin va shox-shabbalarni yigʻish, davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish uchun toʻlovlarning 50 foizi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983370" id="-2983370">xayr-ehson qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983372" id="-2983372">Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida joylashtirishdan olingan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983374" id="-2983374">3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi qoshidagi Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/ru/acts/-2983355#-2983384">1-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983375" id="-2983375">4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="/ru/acts/-2983355#-2983499">2-ilovaga </a>muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983376" id="-2983376">5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2983377" id="-2983377">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2983378" id="-2983378">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2983379" id="-2983379">2016-yil 10-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2983380" id="-2983380">198-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2983382" id="-2983382"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2983384" id="-2983384">Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-iyundagi 198-son <a href="/ru/acts/-2983355">qaroriga</a><br />1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2983386" id="-2983386">Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi qoshidagi Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2983387" id="-2983387"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2983388" id="-2983388"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2983389" id="-2983389">I bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983391" id="-2983391">1. Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasining “<a href="/ru/acts/-28070">Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/ru/acts/-31719">Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/ru/acts/-86126">Oʻrmon toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/ru/acts/-415135">Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida</a>”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son <a href="/ru/acts/-2485765">qaroriga</a> muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi qoshidagi Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983393" id="-2983393">2. Jamgʻarma oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish, oʻrmon xoʻjaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻrmon fondi yerlaridagi oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, himoyalash, takroran koʻpaytirish, tiklashni taʼminlash uchun mablagʻlarni shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983395" id="-2983395">3. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi qoshida yuridik shaxs tashkil etmasdan tashkil qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2983399" id="-2983399">II bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983400" id="-2983400">4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983402" id="-2983402">a) oʻrmon fondi yerlarida arizalarni koʻrib chiqqanlik va ruxsatnomalar berganlik uchun olinadigan mablagʻlarning 100 foizi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983403" id="-2983403">b) oʻrmon fondi yerlarida (davlat qoʻriqxonalaridan tashqari) hayvonot va oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha undirilgan mablagʻlarning 100 foizi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983406" id="-2983406">v) oʻrmon fondining ruxsat etilgan hududlarida chorva mollarini boqish, oʻrmon fondi uchastkalarida pichan oʻrish, oʻrmon fondi uchastkalarida asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, oʻrmon fondi uchastkalarida daraxt va butalarni kesmagan holda oʻtin va shox-shabbalarni yigʻish, davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish uchun toʻlovlarning 50 foizi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983408" id="-2983408">g) xayr-ehson qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983410" id="-2983410">d) Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida joylashtirishdan olingan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983411" id="-2983411">5. Jamgʻarmaga tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimidagi gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamida jamlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2983412" id="-2983412">III bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983413" id="-2983413">6. Jamgʻarmaning mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983414" id="-2983414">a) oʻrmon xoʻjaligini, oʻrmon-ovchilik xoʻjaligini, oʻrmon fondi yerlaridagi qoʻriqxonalar va boshqa muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983415" id="-2983415">b) oʻsimlik yoki hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni bartaraf etish va uning oldini olish tadbirlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983416" id="-2983416">v) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi markaziy apparati va uning tizimidagi davlat oʻrmon xoʻjaliklari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, shu jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983417" id="-2983417">oʻrmonlarni muhofaza qilish uchun texnika va texnologiyalar, ekologik monitoring tizimlari, asbob-uskunalar va kompyuter dasturlari sotib olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983419" id="-2983419">oʻrmon muhofazasi avtomobillariga texnik xizmat koʻrsatish, ular uchun ehtiyot qismlar va yonilgʻi-moylash materiallari, aloqa vositalari sotib olish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983421" id="-2983421">g) tarmoqqa oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, innovatsiya loyihalarini hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983422" id="-2983422">d) oʻrmon urugʻchiligini, seleksiyasini rivojlantirish, maxsus onalik plantatsiyalarini barpo etish, maxsus koʻchatxonalar, issiqxonalar, shuningdek dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etishda tajriba uchastkalarida ilgʻor texnologiyalarni sinash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983423" id="-2983423">e) tabiiy pitomniklar, shu jumladan davlat qoʻriqxonalarining qoʻriqlanadigan zonalarida ham tashkil etish, oʻrmon fondi yerlaridagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarida ularning rejimiga muvofiq parvarishxonalar va serpentariylar barpo etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983424" id="-2983424">j) ruxsatnomalar blankalarini tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983426" id="-2983426">z) oʻrmon xoʻjaligi uchun obyektlarni qurish, texnikaviy qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983427" id="-2983427">i) oʻrmon barpo etish va loyiha-qidiruv ishlarini moliyalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983429" id="-2983429">k) oʻrmon fondi yerlarida oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish uchun preparatlar sotib olish va qoʻshimcha tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983431" id="-2983431">l) oʻrmon mahsulotlarini qayta ishlash uchun mini-sexlarni tashkil etish, shuningdek asalarichilik, parrandachilik, chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983433" id="-2983433">m) oʻrmon, oʻrmon-ovchilik xoʻjaligi, oʻrmon fondi yerlaridagi muhofaza qilinadigan hududlarning alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini xodim oylik ish haqining ikki barobaridan koʻp boʻlmagan miqdorda moddiy ragʻbatlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983435" id="-2983435">n) oʻrmon fondi yerlarida (davlat qoʻriqxonalaridan tashqari) hayvonot va oʻsimlik dunyosi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlagan shaxslarga quyidagi miqdorlarda mukofotlar toʻlash:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983437" id="-2983437">oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha undirilgan summaning 10 foizi miqdorida; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983439" id="-2983439">hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha undirilgan summaning 30 foizi miqdorida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983440" id="-2983440">Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklar dunyosi obyektlari turlariga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha undirilgan summaning 5 foizi miqdorida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983442" id="-2983442">Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot dunyosi obyektlari turlariga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha undirilgan summaning 20 foizi miqdorida; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983443" id="-2983443">o) tarmoqqa oid ilmiy ishlar, innovatsiya loyihalari va ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, ixtirolar, ilmiy ishlar yaratishni ragʻbatlantirish, tarmoq masalalariga oid metodik koʻrsatmalar va maqolalarni nashr etishga, ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish va oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983444" id="-2983444">p) oʻrmon xoʻjaligi, oʻrmon-ovchilik xoʻjaligi, oʻrmon fondi yerlaridagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar kadrlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy taʼlim muassasalarida stajirovkalarini tashkil qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983445" id="-2983445">r) oʻrmon xoʻjaligi, oʻrmon-ovchilik xoʻjaligini, oʻrmon fondi hududidagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish boʻyicha xalqaro koʻrgazmalar, loyihalar va dasturlarda qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983446" id="-2983446">s) xorijiy va xalqaro tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi davrida qabul qilish va kuzatish hamda konferensiyalar tashkil etish va oʻtkazish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983447" id="-2983447">7. Jamgʻarma mablagʻlaridan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan foydalanilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983448" id="-2983448">8. Buyurtmanomalarni koʻrib chiqish, kelib tushishi kutilayotgan moliyaviy mablagʻlarni hisoblash, daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini tuzish uchun 5 nafar aʼzodan iborat Jamgʻarma kengashi tuziladi. Jamgʻarma kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan shakllantiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983449" id="-2983449">9. Jamgʻarma kengashiga rahbarlik qilish, uning ishlarini tashkil etish va Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983450" id="-2983450">10. Jamgʻarma kengashi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983451" id="-2983451">ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar uchun mablagʻlar ajratilishi yuzasidan buyurtmanomalarni qabul qiladi, koʻrib chiqadi va umumlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983453" id="-2983453">qabul qilingan buyurtmanomalar orasidan eng dolzarblari va asoslanganlarini tanlab oladi hamda mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini tayyorlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983454" id="-2983454">ushbu nizomning <a href="/ru/acts/-2983355#-2983413">6-bandiga </a>muvofiq belgilangan yoʻnalishlar doirasida mablagʻlardan foydalanish uchun eng ustuvorlarini tanlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983456" id="-2983456">ajratilgan mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda moliyalashtirishni toʻxtatadi va ajratilgan mablagʻlarni undirish choralarini koʻradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983458" id="-2983458">mablagʻlarni oluvchilardan mablagʻlardan foydalanilishi va bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni qabul qiladi va umumlashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983460" id="-2983460">oʻz faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983461" id="-2983461">11. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish har yili Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi boʻyicha amalga oshiriladi. Daromadlar va xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983462" id="-2983462">12. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi kelgusi yilda moliyaviy mablagʻlar kelib tushishining kutilayotgan prognozi va u yoki bu tadbirlarni oʻtkazish zarurligidan kelib chiqqan holda tuziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983463" id="-2983463">Ushbu Nizom 6-bandining<a href="/ru/acts/-2983355#-2983435"> “n” kichik bandida </a>nazarda tutilgan maqsadlar uchun, qonun hujjatlari buzilishlarini aniqlaganlik uchun mukofot qonun buzilishini aniqlagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash joyi, telefon raqami koʻrsatilgan, pasportining nusxasi, bank hisob raqami ilova qilingan murojaati asosida toʻlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983464" id="-2983464">Qonun hujjatlari buzilishini aniqlagan shaxsning murojaati Jamgʻarma kengashi tomonidan oʻrganib chiqiladi va pul mukofoti ajratish toʻgʻrisidagi qaror bilan rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983465" id="-2983465">13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari, oʻrmon xoʻjaligi, oʻrmon-ovchilik xoʻjaligi, oʻrmon fondi yerlaridagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar mablagʻ ajratishni daromadlar va xarajatlar smetasiga kiritish uchun buyurtmanoma taqdim etadilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983466" id="-2983466">Buyurtmanomada tadbirlar, ularni amalga oshirish zaruriyatining asoslari, zarur mablagʻlar miqdori, shuningdek ularni bajarish uchun boshqa mablagʻlarning yoʻqligi koʻrsatiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983467" id="-2983467">Buyurtmanomalar kelgusi moliya yili uchun 1-iyungacha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983468" id="-2983468">Buyurtmanoma yozma shaklda, elektron pochta yoki boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983472" id="-2983472">Buyurtmanomada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983474" id="-2983474">tashkilotning toʻliq nomi va aniq rekvizitlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983475" id="-2983475">mavjud muammolar va ularning (toʻliq yoki qisman va belgilangan muddatlarda) hal qilish imkoniyati, mablagʻlardan foydalanish maqsadlari, shuningdek kutilayotgan natijalar koʻrsatilgan tushuntirish xati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983478" id="-2983478">soʻralayotgan mablagʻlarning hisob-kitobi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983479" id="-2983479">oʻsimlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha — qonun hujjatlarining buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusxasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983480" id="-2983480">Zarurat boʻlganda buyurtmanomaga uni asoslovchi tegishli hujjatlar ham ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983481" id="-2983481">14. Taqdim etilgan buyurtmanomalar har yili 1-iyulgacha boʻlgan muddatda Jamgʻarma kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va mablagʻlardan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari belgilanadi hamda uning asosida mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983483" id="-2983483">15. Daromadlar va xarajatlar smetalari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida tuziladi, tasdiqlanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983484" id="-2983484">16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining boshligʻi Jamgʻarma mablagʻlarining tasdiqlangan smetaga muvofiq tasarruf etuvchisi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983486" id="-2983486">17. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyinchalik ushbu nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamida saqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2983487" id="-2983487">IV bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobot, nazorat va javobgarlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983489" id="-2983489">18. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983490" id="-2983490">19. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining boshligʻi, bosh buxgalteri buxgalteriya hisobining toʻgʻri yuritilishi, Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish yuzasidan javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983495" id="-2983495">20. Oʻrmon xoʻjaliklari, oʻrmon-ov xoʻjaliklari, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va boshqa Jamgʻarma mablagʻlarining boshqa oluvchilari olingan mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasiga hisobot taqdim etadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983496" id="-2983496">21. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisida har chorakda, hisobot davri tugagandan soʻng 25 kundan kechiktirmay, yillik hisobotlarni esa — hisobot yildan keyingi yilning 20-fevralidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983497" id="-2983497">22. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2983498" id="-2983498"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2983499" id="-2983499">Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-iyundagi 198-son <a href="/ru/acts/-2983355">qaroriga</a><br />2-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2983500" id="-2983500">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2983501" id="-2983501"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983502" id="-2983502">1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 10-avgustdagi 191-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 247-modda) 1-bandining <a href="/ru/acts/-755053?ONDATE=10.08.2005 00#-756975">toʻrtinchi xatboshi</a> quyidagi tahrirda bayon qilinsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983503" id="-2983503">“Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi markaziy apparati xodimlarining umumiy cheklangan soni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tizimining umumiy belgilangan soni doirasida 41 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 31 nafar etib belgilansin”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983504" id="-2983504">2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlov sifatida tushgan mablagʻlarni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning <a href="/ru/acts/-2485765?ONDATE=27.10.2014 00#-2488304">2-bandidagi </a>va 5-bandning <a href="/ru/acts/-2485765?ONDATE=27.10.2014 00#-2488314">beshinchi xatboshidagi</a> “hisob raqamiga” soʻzlari “gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamiga” soʻzlari bilan almashtirilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983505" id="-2983505">3. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-sentabrdagi 278-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 86-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrmondan foydalanganlik uchun toʻlovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga solish toʻgʻrisida nizomning <a href="/ru/acts/-2770948?ONDATE=05.10.2015 00#-2771183">6-bandi </a>quyidagi tahrirda bayon qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2983506" id="-2983506">“6. Ushbu Nnizomning 4-bandida koʻrsatilgan oʻrmondan foydalanish turlari uchun toʻlovlar summasining 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga, qolgan 50 foizi oʻrmondan doimiy foydalanuvchilarning hisob raqamiga tushadi va oʻrmondan doimiy foydalanuvchilarning daromadi hisoblanadi. Agar oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar budjet tashkilotlari boʻlgan taqdirda, oʻrmondan foydalanishning koʻrsatib oʻtilgan turlari uchun toʻlovlar summasining 50 foizi ularning budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmalariga tushadi”.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2987324" id="-2987324">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 286-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
