Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash Konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 29-avgustdagi 251-son qarori ijrosini taʼminlash, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oshxona va bufetlarida (keyingi oʻrinlarda oshxonalar deb ataladi)oʻquvchilarning sogʻlom ovqatlanishini tashkil etishni yanada takomillashtirish, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga mos sharoitlar yaratish, oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini nazorat qilishni kuchaytirish, oshxonalarni ijaraga oluvchi tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-yanvardagi 8-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 09/25/8/0026-son)
2016 — 2020-yillarda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;
2017 — 2020-yillarda ovqatlanish tizimi mavjud boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oshxonalarni tashkil etish va jihozlash koʻrsatkichlari 2a-ilovaga muvofiq;
2017 — 2020-yillarda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ishlamayotgan oshxonalarning faoliyatini tashkil etish va ularni qayta jihozlash koʻrsatkichlari 2b-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda mazkur qarorning 2a va 2b-ilovalardagi koʻrsatkichlarga muvofiq 2017 — 2020-yillarda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oshxonalarning faoliyatini tashkil etish boʻyicha hududiy manzilli dasturlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oshxonalarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar, shuningdek ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini, oshxonalar xodimlarining sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga rioya etishini aniqlash yuzasidan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi hamda uning hududiy komissiyalari bilan kelishuvlarsiz har chorakda bir marta nazorat ishlarini olib borish huquqini berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oshxonalarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar, shuningdek ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini, oshxonalar xodimlarining sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlari bajarilishiga rioya etishini nazorat qilish tartibini belgilash toʻgʻrisida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashiga taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-yanvardagi 8-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 09/25/8/0026-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarida umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom, ratsional va xavfsiz ovqatlanishning tashkil etilishini takomillashtirish yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini keng yoritsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.I. Ikramov va B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 2-may,
132-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 132-son qaroriga
1-ILOVA
Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom oʻquvchilarning toʻlaqonli sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, sogʻligʻini mustahkamlash va oʻquv jarayonining samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi hamda “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish ularning oshxona va bufetlarida (keyingi oʻrinlarda — oshxonalar) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizom davlat taʼlim tashkilotlari hududida faoliyat yurituvchi oshxonalarga nisbatan tatbiq etiladi.
2-bob. Taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishning asosiy maqsadi va vazifalari
4. Taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining sogʻlom kamol topishini va oʻsishini taʼminlash, taʼlim tashkilotlari oshxonalarida tarkibida zararli moddalar boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilishni, isteʼmol qilinganda, oʻquvchilarning salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan taomlarning tayyorlanishi va sotilishining oldini olish sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
5. Quyidagilar taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʻquvchilarning fiziologik yoshiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talablarini inobatga olgan holda ularning ratsional ovqatlanishini taʼminlash;
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni oʻquvchilarning sogʻlom oʻsishida muhim ahamiyatga ega boʻlgan zarur moddalar bilan taʼminlash;
oʻquvchilarda tana vazni meʼyordan ortishining, organizmda yod moddasining tanqisligi va moddalar almashinuvi jarayoni buzilishining oldini olish;
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash;
oʻquvchilarda ovqatlanish bilan bogʻliq yuqumli kasalliklarning keng tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik;
oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish koʻnikmalarini shakllantirish;
taʼlim tashkilotlari oshxonalarida sotilishi taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar bilan savdo qilishning oldini olish;
oʻquvchilar uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlashga hamda ularning maqbul narxlarda sotilishini taʼminlash;
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlashda hamda oziq-ovqat xomashyosini saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etish.
3-bob. Taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishga qoʻyiladigan asosiy talablar
6. Taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanish yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar (keyingi oʻrinlarda — ijaraga oluvchi) hamda taʼlim tashkiloti tomonidan tashkil etiladi.
7. Oʻquvchilar uchun sogʻlom ovqatlanish taʼlim tashkilotlarining oshxonalarida, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda ularning xavfsiz ovqatlanishini tashkil etishga doir sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlari bajarilishiga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
8. Taʼlim tashkilotlari oshxonalarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadigan oziq-ovqat xomashyolari turlaridan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlanadi.
9. Taʼlim tashkiloti oshxonasi oshpazi:
sifatli oziq-ovqat mahsulotlarining qabul qilinishi, ularning toʻgʻri saqlanishi va meʼyorlar asosida sarflanishi;
oshxonada sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibini (retsepturasini) belgilovchi namunaviy roʻyxatga asosan taomlar tayyorlanishi uchun masʼul hisoblanadi.
10. Taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilarning sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari hamda taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) rahbarlari masʼul hisoblanadi.
4-bob. Taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish tartibi
11. Sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish:
oʻquvchilar soni 400 nafardan ortiq boʻlgan taʼlim tashkilotlarida — yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan;
oʻquvchilar soni 400 nafardan kam boʻlgan taʼlim tashkilotlarida — yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki taʼlim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
12. Taʼlim tashkilotlari oshxonalarida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlash oʻquvchilarning yoshlariga muvofiq ravishda tuzilgan haftalik taomnomalar asosida tayyorlanadi.
13. Taʼlim tashkilotlari oshxonalarida haftalik taomnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibini (retsepturasini) belgilovchi namunaviy roʻyxatga asosan tuziladi.
14. Taʼlim tashkilotlari oshxonalari faoliyatini tashkil etayotgan ijaraga oluvchilar va taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini oʻquvchilarning ota-onalari bilan hamkorlikda tashkil etadi.
Ular tomonidan ota-onalar yigʻilishlarida oʻquvchilarning sogʻlom ovqatlanishi uchun tayyorlanayotgan taomlarning sifati va ovqatlanishni tashkil etishda koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisida taqdimotlar va koʻrgazmalar oʻtkaziladi.
15. Taʼlim tashkilotlari oshxonalari xodimlari oshpazlik sohasi boʻyicha tegishli bilimga ega boʻlishi va oʻz malakasini doimiy ravishda oshirib borishi zarur.
16. Taʼlim tashkilotlari oshxonalarining faoliyat koʻrsatish samaradorligi oʻquvchilarning ovqatlanishga jalb etilishi darajasiga hamda taʼlim tashkiloti maʼmuriyati tomonidan oʻquvchilar va ota-onalar oʻrtasida oʻtkaziladigan soʻrovnomalar natijalariga koʻra aniqlanadi.
5-bob. Taʼlim tashkiloti oshxonalarini ijaraga berish tartibi
17. Taʼlim tashkilotlarining oshxonalari ijaraga oluvchilarga “E-auksion” elektron savdo platformasida oʻtkaziladigan elektron tanlov (keyingi oʻrinlarda — tanlov) asosida ijaraga beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq taʼlim tashkilotlari oshxonalari elektron tanlov oʻtkazilmasdan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish markazi” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinda — ijaraga beruvchi), oshxonalarni oʻz balansida hisobga olgan davlat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — balansda saqlovchi) va ijaraga oluvchilar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar asosida ijaraga berilishi mumkin.
18. Taʼlim tashkiloti oshxonasini ijaraga berish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga beruvchiga murojaat qiladi.
19. Taʼlim tashkilotlarining oshxonalari ijaraga beruvchining buyurtmasi asosida tanlovga chiqariladi.
Tanlov Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
20. Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:
tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan;
umumiy ovqatlanish boʻyicha kamida olti oy davomida faoliyat yuritayotgan;
oshxona faoliyati yoʻnalishi boʻyicha maxsus jihozlarga ega boʻlgan;
shartnoma va sud hujjatlari boʻyicha zimmasida ijara hamda soliq toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud boʻlmagan.
Bunda ijaraga oluvchi tanlovda qatnashish toʻgʻrisidagi arizasiga ushbu talablarga javob berishini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari va tegishli maʼlumotlarni ilova qiladi.
21. Taʼlim tashkilotlarining oshxonalari Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ijaraga beriladi.
22. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish markazi” davlat muassasasining “online-ijara.uz” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali taʼlim tashkilotlari oshxonalarining hisobi yuritiladi va ular ijaraga beriladi.
Taʼlim tashkilotlari axborot tizimiga oʻzlarining oshxonalari toʻgʻrisida qoʻyidagi maʼlumotlarni kiritadi va ularni doimiy ravishda yangilab boradi:
taʼlim tashkilotining toʻliq nomi;
oshxonaning joylashgan yeri (manzili) va uning maydoni (kadastr hujjati boʻyicha);
oshxonaning boʻsh turganligi yoki undan foydalanib kelinayotganligi.
Axborot tizimiga oshxonaga oid boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.
Taʼlim tashkilotlari rahbarlari axborot tizimiga oʻzlarining oshxonalari toʻgʻrisida maʼlumotlar oʻz vaqtida, toʻgʻri va toʻliq kiritilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
23. Tanlovda gʻolib deb eʼtirof etilgan ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasi shu davrdagi oʻquv yili uchun tuziladi.
Majburiyatlarini muddatida va toʻliq bajarib kelayotgan ijaraga oluvchining tashabbusi bilan shartnoma muddati keyingi oʻquv yillari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga berishning eng koʻp muddatigacha uzaytirib boriladi.
24. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab ijaraga berilgan mulkni balansda saqlovchidan talab qilish;
ijaraga olingan bino va inshootning ichki qismida texnik jihatdan jihozlash ishlarini amalga oshirish.
Ijaraga oluvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
25. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:
taʼlim tashkilotida oʻquvchilar uchun sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish;
taʼlim tashkilotining ijaraga olingan oshxonasiga oshpazlik malakasiga ega boʻlgan shaxslarni ishga olish;
sogʻliq uchun zararli boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar savdosiga yoʻl qoʻymaslik;
taʼlim tashkilotining ijaraga olingan oshxonasidan maqsadli va toʻgʻri foydalanish;
taʼlim tashkilotining ijaraga olingan oshxonasini texnik jihozlashdan oldin balansda saqlovchining yozma roziligini olish;
ijaraga olingan mol-mulkni soz holatda saqlash, oʻz hisobidan joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish va mulkni saqlash xarajatlarini qoplash;
oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli saqlanishini taʼminlash;
taʼlim tashkilotining ijaraga olingan oshxonasidan foydalanishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilish;
ijara shartnomasi boʻyicha olingan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash;
ijara shartnomasi boʻyicha barcha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish (agar toʻlov belgilangan boʻlsa);
ijara muddati tugagandan keyin davlat mulkini balansda saqlovchiga belgilangan tartibda topshirish.
Ijaraga oluvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Ijaraga oluvchi tomonidan ushbu majburiyatlarning bajarilmasligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijara shartnomasini bekor qilish uchun asos hisoblanadi.
26. Oʻquvchilarning taʼtilda boʻlib, taʼlim tashkiloti oshxonasidan foydalanmagan davri uchun ijara haqi hisoblanmaydi.
27. Ijara shartnomasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgartirilishi, bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
28. Taʼlim tashkiloti oshxonasida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlash hamda saqlashda sarflanadigan gaz, suv va elektr energiyasi uchun toʻlovlar alohida oʻrnatiladigan hisoblagichlarning koʻrsatkichlari asosida ijaraga oluvchi hisobidan qoplanadi.
6-bob. Taʼlim tashkiloti tomonidan sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish
29. Taʼlim tashkilotlari oʻzlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, ovqatlanish uchun toʻlanadigan toʻlovlar hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar (keyingi oʻrinlarda — oshxona mablagʻlari) hisobidan oshxona faoliyatini tashkil etishi mumkin.
30. Taʼlim tashkiloti oshxonasida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlashda hamda ularni saqlashda sarflanadigan gaz, suv, elektr energiyasi uchun toʻlovlar alohida oʻrnatilgan hisoblagichlarning koʻrsatkichlariga muvofiq oshxona mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
31. Taʼlim tashkiloti oshxonasida faoliyat yuritadigan xodimlarga oshxona mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadi.
32. Taʼlim tashkiloti rahbari tomonidan oshxona xodimlariga haq toʻlash, oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlash uchun sarflanadigan oziq-ovqat xomashyolari qiymati, kommunal toʻlovlar hamda rentabellikni inobatga olgan holda taomlar narxi hisob-kitobi (kalkulyatsiyasi) tasdiqlanadi.
33. Taʼlim tashkiloti oshxonasi mablagʻlarining sarflanishi boʻyicha buxgalteriya hisobi va hisoboti taʼlim tashkilotining buxgalteriyasi tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
34. Oziq-ovqat mahsulotlarini oshxona mablagʻlari hisobidan xarid qilish boʻyicha shartnomalar taʼlim tashkiloti rahbari tomonidan imzolanadi.
7-bob. Taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni monitoring va nazorat qilish
35. Vakolatli organlar taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish holatini oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish orqali monitoring qiladi.
Monitoring natijalari har chorak yakunida vakolatli organlarning rahbarlari huzuridagi yigʻilishlarda hamda taʼlim tashkilotlarining pedagogik kengashlarida muhokama qilinadi.
Taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishda vakolatli organlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taʼlim tashkilotlarida sifatli va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritish;
taʼlim tashkilotlari oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga rioya qilishning buzilishi holatlarini bartaraf etish choralarini koʻrish;
oʻquvchilarning hayoti va sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi oziq-ovqat mahsulotlari haqida tushuntirish ishlari olib borish.
36. Taʼlim tashkilotlarida oshxonalarda tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini oʻrganish boʻyicha komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tashkil etiladi.
Komissiya tarkibi taʼlim tashkilotiga biriktirilgan hamshira, taʼlim tashkilotlarining sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish masalalari uchun masʼul xodimi va oʻquvchilarning ota-onalaridan iborat boʻladi.
Komissiya taʼlim tashkiloti oshxonasida tayyorlanayotgan taomlar sifatini doimiy ravishda oʻrganib boradi. Oʻrganish natijalari alohida yuritiladigan maxsus jurnalda qayd etiladi.
37. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar, taʼlim tashkiloti oshxonalaridagi mavjud texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifati yuzasidan nazorat tadbirlari olib boriladi.
Nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlar har chorak yakunida vakolatli organlar ishtirokida muhokama qilinadi hamda ularni bartaraf qilish va kelgusida takroran sodir etilishining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
38. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-yanvardagi 8-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 09/25/8/0026-son)
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 132-son qaroriga
2-ILOVA
2016 — 2020-yillarda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish, oshxonalarni tashkil etish va ularni jihozlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

Masʼul bajaruvchilar

I. Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oshxona va bufetlari faoliyatini tashkil etish

1.

Ovqatlanish tizimi mavjud boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oshxona va bufetlarni tashkil etish, jihozlash va qayta jihozlash boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlarga muvofiq ravishda moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda manzilli dasturlarni tasdiqlash.

2016-yil
1-iyulgacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi

2.

Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oshxona va bufetlari uchun namunaviy taomnomalarni (har bir taomning tayyorlash texnologiyasini koʻrsatib oʻtgan holda) tasdiqlash.

2016-yil

avgust

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi, Xalq taʼlimi vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

3.

Zamonaviy tajribalar asosida umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oshpazlarini malaka oshirish kurslariga jalb etish choralarini koʻrish.

2016-yil
III choragidan boshlab doimiy

Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, ijarachi korxonalar bilan hamkorlikda

II. Taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishga doir targʻibot-tashviqot ishlari

4.

Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish, bunda:

oʻquvchilar uchun foydali taomlarni tayyorlash usullariga, ularni isteʼmol qilishning ijobiy taʼsiriga;

ovqatlanish rejimiga va ularga amal qilinishiga;

tarkibida zararli moddalar mavjud boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni isteʼmol qilishning salbiy oqibatlari masalalariga alohida eʼtibor qaratish.

Jadval asosida

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

5.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Toʻgʻri ovqatlanish darslari” taʼlim dasturini joriy etish va unda quyidagilarni nazarda tutish:

oʻquvchilarda salomatlikning qadri va uni mustahkamlash zarurligi toʻgʻrisida tasavvur hosil qilish;

oʻquvchilarni sogʻlom hayot tarzi va toʻgʻri ovqatlanish qoidalari bilan tanishtirish;

oʻquvchilarning oʻz sogʻligʻiga gʻamxoʻrlik qilishi bilan bogʻliq xulq-atvor shakllarini oʻzlashtirishlari, ularni toʻgʻri ovqatlanishga doir milliy-madaniy anʼanalar bilan tanishtirish asosiy mavzu sifatida kiritilishini taʼminlash.

2016-yil
III chorak

Xalq taʼlimi vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi

6.

Oʻquvchilar, pedagog xodimlar, ota-onalar tomonidan sogʻlom ovqatlanish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan bilim va koʻnikmalarni yanada rivojlantirish boʻyicha davra suhbatlari oʻtkazib borish.

Doimiy

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

7.

Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish masalasini “Salomatlik saboqlari”, “Sogʻlom avlod asoslari”, “Sogʻlom oila asoslari” darslari orqali oʻquvchilar ongiga yetkazish choralarini koʻrish.

Jadval asosida

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

8.

Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy seminarlar oʻtkazish.

2016 — 2020-yillar davomida,

har yili sentabr — dekabrda

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 132-son qaroriga
2a-ILOVA
2017 — 2020-yillarda ovqatlanish tizimi mavjud boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oshxonalarni tashkil etish va jihozlash koʻrsatkichlari

dona

T/r

Hududlar

2017 — 2020-yillarda oshxonalar tashkil etiladigan maktablar soni

tashkil etiladigan oshxonalarni jihozlash koʻrsatkichlari, shu jumladan:

oʻtirish oʻrinlari (toʻplam)

muzlatgich

suv qaynatgich

elektr plita

idish yuvish vannalari

ishlab chiqarish stoli

Respublika boʻyicha

2630

13150

2630

2630

2630

2630

2630

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

254

1270

254

254

254

254

254

2.

Andijon

59

295

59

59

59

59

59

3.

Buxoro

83

415

83

83

83

83

83

4.

Jizzax

212

1060

212

212

212

212

212

5.

Qashqadaryo

445

2225

445

445

445

445

445

6.

Navoiy

127

635

127

127

127

127

127

7.

Namangan

130

650

130

130

130

130

130

8.

Samarqand

590

2950

590

590

590

590

590

9.

Sirdaryo

42

210

42

42

42

42

42

10.

Surxondaryo

210

1050

210

210

210

210

210

11.

Toshkent v.

245

1225

245

245

245

245

245

12.

Fargʻona

209

1045

209

209

209

209

209

13.

Xorazm

24

120

24

24

24

24

24

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 232-son qaroriga
2b-ILOVA
2017 — 2020-yillarda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ishlamayotgan oshxonalarning faoliyatini tashkil etish va ularni qayta jihozlash koʻrsatkichlari

dona

T/r

Viloyatlar

2017 — 2020-yillarda oshxonalar tashkil etilishi belgilangan maktablar soni

Tashkil etiladigan oshxonalarni qayta jihozlash koʻrsatkichlari, shu jumladan:

oʻtirish oʻrinlari (toʻplam)

muzlatgich

muzlatgich vitrina

suv qaynatgich

elektr plita

idish yuvish vannalari

ishlab chiqarish stollari

Respublika boʻyicha

2061

4868

806

1030

823

1091

801

1059

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

158

371

53

78

65

83

56

85

2.

Andijon

117

309

42

64

51

68

44

101

3.

Buxoro

121

271

40

55

48

60

44

61

4.

Jizzax

122

252

38

50

46

55

45

34

5.

Qashqadaryo

253

585

87

131

90

131

88

141

6.

Navoiy

80

177

21

41

31

38

30

27

7.

Namangan

154

339

64

77

66

81

62

16

8.

Samarqand

274

605

153

143

109

151

153

120

9.

Sirdaryo

67

139

36

31

28

30

27

16

10.

Surxondaryo

193

487

76

103

80

101

71

107

11.

Toshkent v.

197

495

83

96

79

108

73

129

12.

Fargʻona

206

534

64

100

74

106

60

124

13.

Xorazm

119

304

49

61

56

79

48

98

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 132-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 20-avgustdagi 184-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 34-son, 293-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” (Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarori) 2011-yil 20-iyundagi 184-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 25-son, 261-modda)ga ilovaning 4-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 20-avgustdagi 184-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida” 2013-yil 6-noyabrdagi 297-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 45-son, 591-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 193-modda; 2017-y., 9-son, 132-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 13.01.2025-y., 09/25/8/0026-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)