Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.05.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-aprel,
129-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 129-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 27-apreldagi 165-son qarorining 2-bandidagi “moliyaviy va jazo jarimalarini qoʻllagan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda):
a) 1-ilovaning 16-bandida:
“Vazirliklar va idoralarning nomi” ustunidagi “Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
“Shakllantirish manbai” ustunidagi matn quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 178-moddasiga muvofiq solinadigan jarimalar summasi (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi yuzasidan)”;
b) 2-ilovaning 14-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 31-son, 781-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 129-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 17-sentabrdagi 404-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 86-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 17-sentabrdagi 404-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 18-maydagi 90-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 32-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni) 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 47-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 191-modda; 2017-y., 31-son, 781-modda)