1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida
Mamlakatimizning eksport salohiyatidan yanada toʻliq va samarali foydalanish, jahon bozorlarini marketing jihatdan chuqur tadqiq qilish asosida tashqi bozorlarda xaridorgir boʻlgan raqobatdosh yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yetkazib berish hajmlari va turlarini koʻpaytirish, shuningdek mahsulotlarni eksportga chiqarishning zamonaviy talablarga mos savdo-logistika infratuzilmasini jadal rivojlantirish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Fermerlar kengashi va boshqa manfaatdor tuzilmalarning “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK tarkibida yangi va qayta ishlangan meva- sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
2. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan “Oʻzagroeksport” tashqi savdo kompaniyasi faoliyatining asosiy vazifa va yoʻnalishlari etib belgilansin:
meva-sabzavot mahsulotlarining jahon va mintaqaviy bozorlari konyunkturasini marketing jihatdan chuqur tadqiq qilish, mamlakatimizning yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportga chiqarilishini taʼminlash, ularni sotish uchun yangi bozorlarni izlash va oʻzlashtirish;
Oʻzbekistonda yetishtiriladigan oʻziga xos sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlariga tashqi bozorlardagi talab va takliflarni tizimli asosda oʻrganish va shuning asosida ushbu ekinlarni joylashtirish hamda fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan yetishtirish, tayyor raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
ishonchli xorijiy xaridorlar bilan doimiy aloqa oʻrnatish, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot eksport qilish boʻyicha ular bilan uzoq muddatli va qisqa muddatli shartnomalar tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasida har yili Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini eksport shartnomalari tuzilgan holda oʻtkazilishini tashkillashtirish hamda tomonlarning shartnomaviy majburiyatlari toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
xorijiy investorlarning keng koʻlamli ishtirokida kompaniyaga kiruvchi korxona va tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun maxsus sabzavot omborlari va sovutish qurilmalarini barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, ilgʻor xorijiy texnologiyalar va dizayndan foydalangan holda zamonaviy tara-qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish;
yetishtirilgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarish boʻyicha zamonaviy logistika tizimini keng joriy etish, mahsulotni xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan holda saralash, kalibrlash va qadoqlash yoʻli bilan eksportga chiqarishdan oldin tayyorlashni tashkillashtirish;
meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarishning zamonaviy usullarini egallagan hamda ushbu mahsulotga boʻlgan talabni va sotish bozorlarini oʻrganishga ixtisoslashgan menejer hamda mutaxassislarni tanlash va tarbiyalashni taʼminlash.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
3. “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi va “Oʻztadbirkoreksport” AJ muassislarining:
1-ilovaga* muvofiq savdo-xarid bazalari, sovutish omborlari va savdo uylarini “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi tarkibidan;
2-ilovaga* muvofiq savdo-xarid bazalari va sovutish omborlarini “Oʻztadbirkoreksport” AJ tarkibidan “Oʻzagroeksport” kompaniyasi tarkibiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi PQ-3009-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 422-modda)
4. “Oʻzagroeksport” kompaniyasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh.M. Mirziyoyev) “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda puxta tanlov asosida “Oʻzagroeksport” kompaniyasining ijro etuvchi apparatini tasdiqlangan tuzilma va shtat jadvaliga muvofiq zamonaviy menejment va marketing usullarini egallagan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2603-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 447-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
7. Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni eksport qiluvchi korxonalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va yengilliklari “Oʻzagroeksport” kompaniyasiga hamda uning tarkibiga kirgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi korxona va tashkilotlarga tatbiq qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
8. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Adliya vazirligi bir oy muddatda:
“Oʻzagroeksport” kompaniyasining ustav jamgʻarmasini uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar, shuningdek davlatning ishtirokida yangidan tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarning ustav jamgʻarmalaridagi davlat aktivlari va aksiyalari paketlari (ulushlari)ning balans (nominal) qiymati hisobidan shakllantirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-sentabrdagi PQ-2608-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 448-modda)
“Oʻzagroeksport” kompaniyasi muassislarining umumiy yigʻilishini oʻtkazsinlar, uning Ustavi va boshqa taʼsis hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlasinlar, kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini tashkil etsinlar.
“Oʻzagroeksport” kompaniyasiga “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan kelishilgan holda olingan mablagʻlarni kompaniyaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltirish sharti bilan qoʻshimcha aksiyalar chiqarishga ruxsat berilsin.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-sentabrdagi PQ-2608-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 448-modda)
“Oʻzagroeksport” kompaniyasi emission qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatiga olish uchun hamda qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
9. “Oʻzagroeksport” kompaniyasining ijro etuvchi apparati Toshkent shahri, Beruniy koʻchasi, 41-uyga joylashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzagroeksport” kompaniyasini zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlashga koʻmaklashsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 7-aprel,
PQ-2515-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi tarkibidan “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tarkibiga oʻtkaziladigan korxonalar
Roʻyxati
I. Yangi meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, kalibrlash
va navlarga ajratish boʻyicha savdo-xarid bazalari va muzlatish saqlov joylari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1.
“Karakalpakgoshtsut-savdo” AJ
2.
“Toʻrtkoʻl-universal” MCHJ
Andijon viloyati
3.
“Andijon USICH” MCHJ
4.
“Andijon xoʻjalik va madaniy mollari” MCHJ
Buxoro viloyati
5.
“Bakaleya” MCHJ
6.
“Buxoro oziq-ovqat” MCHJ
Jizzax viloyati
7.
“Mannon ota” MCHJ
8.
“Forishulgurjisavdoinvest” MCHJ
9.
“Sohibqiron saltanati” MCHJ
Qashqadaryo viloyati
10.
“Qashqadaryo oziq-ovqat mollari” MCHJ
11.
“Koson savdo” MCHJ
12.
“Kitob savdo” MCHJ
Navoiy viloyati
13.
“Navoiy Fud Invest” MCHJ
Namangan viloyati
14.
“Oziq-ovqat isteʼmol mollari” MCHJ
15.
“Safo savdo invest” MCHJ
Toshkent viloyati
16.
“Olmaliq goʻsht sut savdo” MCHJ
17.
“Yangiyoʻlulgurjisavdobaza” MCHJ
Fargʻona viloyati
18.
“Kirgulisavdo” MCHJ
19.
“Rishtonsavdoinvest” MCHJ
Xorazm viloyati
20.
“Xorazmulgurjisavdoinvest” MCHJ
II. Savdo-logistika markazlari
Andijon viloyati
21.
Asaka tumani “Ulgurji baza” MCHJ
Qashqadaryo viloyati
22.
“Kiyim” MCHJ
Surxondaryo viloyati
23.
“Surxonmevasabzavotlari” MCHJ
III. Xorijdagi savdo uyi
24.
“Torgoviy dom “Marka Fud Tashkent” MCHJ (Rossiya)
IV. Boshqa tashkilotlar
25.
“Xalq oziqa mollari koʻrgazma yarmarka savdosi respublika markazi” AJ
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻztadbirkoreksport” AJ tarkibidan “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tarkibiga oʻtkaziladigan korxonalar
ROʻYXATI
I. Yangi meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, kalibrlash
va navlarga ajratish boʻyicha savdo-xarid bazalari va muzlatish saqlov joylari
Andijon viloyati
1.
“Inter Agro Fresh Andijan” MCHJ
Jizzax viloyati
2.
“Markaz Baraka” MCHJ
Qashqadaryo viloyati
3.
“Sevaz Androniks” MCHJ
Navoiy viloyati
4.
“Agrofresh” MCHJ QK
Surxondaryo viloyati
5.
“Surxon meva invest” MCHJ
Toshkent viloyati
6.
“Inter Agro Fresh Parkent” MCHJ
Fargʻona viloyati
7.
“Inter Agro Fresh Kokand” MCHJ
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 7-apreldagi PQ-2515-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzagroeksport AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar
ROʻYXAT
I. Yangi meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, kalibrlash
va navlarga ajratish boʻyicha savdo-xarid bazalari va muzlatish saqlov joylari