O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT RESURSLARINI TAYYORLASH VA ULARNI MA’LUMOTLARNI UZATISH TARMOQLARIDA, SHU JUMLADAN, INTERNETDA TARQATISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni kengaytirish va tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni tarqatish masalalarini yo‘lga qo‘yish va ularni himoya qilish, ma’lumotlarni uzatish xizmatlaridan foydalanishni tartibga keltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, Internetda tarqatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Operatorlar (provayderlar) va abonentlar bo‘lgan vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar axborotlarni uzatish-qabul qilish (ayirboshlash)da mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan Nizomga qat’iy amal qilsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi ko‘rsatib o‘tilgan hujjatda bayon qilingan qoidalar va talablarga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 26-mart,
137-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
26-martdagi 137-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, Internetda tarqatish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni kengaytirish va tartibga solish, axborot resurslarini muhofaza qilishni ta’minlash, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qiluvchi axborotlar tarqatilishiga, urush, zulm va pornografiyani targ‘ib qilishga, diniy va milliy nizolarni qo‘zg‘ashga, insonning sha’ni va qadr-qimmatini poymol qilishga hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik bilan tarqatilishi taqiqlangan boshqa axborotlarning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida axborotlarni tezkorlik bilan ayirboshlash uchun axborot resurslarini tayyorlash va ularni tarqatish masalalarini tartibga soladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. Mazkur Nizom “Aloqa to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son, “Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
3. Mazkur Nizom davlat organlariga, fuqarolarga, mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, korxona, muassasa va tashkilotlarga, jamoat birlashmalariga tadbiq etiladi.
4. Mazkur Nizom “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadigan munosabatlarga ta’sir qilmaydi.
II. ATAMALAR VA TA’RIFLAR
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mazkur Nizomda quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalaniladi:
Hujjatlashtirilgan axborot — identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari bo‘lgan material manbaida qayd etilgan axborot.
Oldingi tahrirga qarang.
Maxfiy axborot — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud bo‘lmagan hujjatlashtirilgan axborot;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ommaviy axborot — omma uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, matbuot, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar.
Axborot resurslari — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborotlar, ma’lumotlar banklari, ma’lumotlar bazasi.
Axborot tizimi — axborotlarni yig‘ish, saqlash, izlash, ishlash va ulardan foydalanish imkonini beruvchi axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy tartibga solingan yig‘indisi.
Axborot mahsulotlari (mahsulot) — foydalanuvchilarning ehtiyojlariga muvofiq tayyorlangan va foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan yoki qo‘llaniladigan hujjatlashtirilgan axborot.
Axborot xizmatlari — foydalanuvchilarni axborot mahsulotlari bilan ta’minlovchi subyektlar (mulkdorlar va mulk egalari)ning harakatlari.
Axborot resurslari yoki axborot tizimlari egasi — axborot resurslari yoki axborot tizimlariga egalik qilishni, ulardan foydalanishni va ularni tasarruf etishni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar.
Axborotdan, axborot ayirboshlash vositalaridan (keyingi o‘rinlarda foydalanuvchi deb ataladi) foydalanuvchi (iste’molchi) — o‘ziga zarur bo‘lgan axborot mahsulotlarini yoki xalqaro axborot ayirboshlash vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini olish uchun mulkdorga yoki mulk egasiga murojaat qiluvchi va undan foydalanuvchi subyekt.
Axborot jarayonlari — axborot tayyorlash, to‘plash, qayta ishlash, jamg‘arish, saqlash, qidirish, tarqatish va foydalanish jarayonlari.
Axborot ayirboshlash — axborot mahsulotlarini uzatish va ularni olish, shuningdek, axborot xizmatlari ko‘rsatish.
Axborot ayirboshlash vositalari — axborot ayirboshlashda foydalaniladigan axborot tizimlari va aloqa tarmoqlari.
Axborot sohasi (muhiti) — subyektlarning axborot tayyorlash, qayta ishlash va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat sohasi.
Axborot xavfsizligi — axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganligi holati.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
III. AXBOROT RESURSLARIGA, AXBOROT MAHSULOTLARIGA VA AXBOROT AYIRBOSHLASH VOSITALARIGA MULKCHILIK HUQUQI
Oldingi tahrirga qarang.
6. Axborot resurslari ommaviy va xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
Davlat axborot resurslari davlat organlarining axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yaratilgan axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlariga va maxfiy axborotlarga ega bo‘lgan axborot resurslaridan; yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan tartibda beriladigan hujjatlashtirilgan axborotlaridan shakllantiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarining mablag‘lari hisobiga yaratilgan, ular tomonidan qonuniy asoslarda sotib olingan, hadya yoki meros tarzida olingan, shaxsiy foydalanish uchun davlat tomonidan berilgan hujjatlar, hujjatlar massivlari egalari hisoblanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat hujjatlashtirilgan axborot davlat siri deb hisoblangan hollarda yoki konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qiluvchi, urush, zulm va pornografiyani targ‘ib qiluvchi, diniy va milliy nizolarni qo‘zg‘ovchi, inson sha’ni va qadr-qimmatini poymol qiluvchi hamda O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilik bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlarni va boshqa axborotlarni jismoniy va yuridik shaxslardan belgilangan tartibda olib qo‘yish huquqiga egadir.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat siriga kiritilgan ma’lumotlardan iborat bo‘lgan axborot resurslari egasi ushbu mulkni faqat davlat hokimiyati tegishli organlarining ruxsati bilan tasarruf qilishga haqlidir.
(6-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
7. Axborot resurslariga egalik qilish huquqi, ularning egalari o‘rtasidagi munosabatlar Fuqarolik kodeksi va Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonun bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Axborotni davlat siriga kiritish “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi, axborotni maxfiy hisoblash va undan foydalanish shartlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 504-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 09/25/504/0707-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiy axborotlar toifasiga kiritiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
9. Axborot mahsulotlari va axborot ayirboshlash vositalariga egalik qilish huquqi.
9.1. Hujjatlashtirilgan axborot, axborot resurslari, axborotni ayirboshlash vositasi mulkdorlarning mulkiy huquqlari obyektlari hisoblanadi va ularning mulki tarkibiga qo‘shiladi. O‘zbekiston Respublikasining axborot mahsulotlari va axborot ayirboshlash vositalariga mulkiy huquqi bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
9.2. Axborot xizmati ko‘rsatish yoki uni olish natijasida paydo bo‘ladigan mulkiy huquq bilan bog‘liq munosabatlar axborot mahsulotlari mulkdori yoki egasi va foydalanuvchi o‘rtasidagi shartnoma bilan belgilanadi. Axborot xizmati ko‘rsatish olingan hujjatlashtirilgan axborotga foydalanuvchi uchun mualliflik huquqini bermaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
9.3. Axborot mahsulotlari, agar ular O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga zid bo‘lmasa, tovar hisoblanadi.
(9.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. AXBOROT AYIRBOSHLASHNING HUQUQIY TARTIBI
10. Maxfiy axborotni, ommaviy axborotni ayirboshlash mazkur Nizomda va O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
11. Axborot ayirboshlash vositalaridan foydalanish.
11.1. Axborot ayirboshlash vositalaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida faqat ularning egasining yoki ular tomonidan vakil qilingan shaxsning xohishiga ko‘ra foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11.2. Maxfiy axborot Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i bo‘yicha tarqatilganda maxfiy axborot bilan ishlash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan va axborot ayirboshlashning sertifikatlangan vositalaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun uning muhofaza qilinishi ta’minlanadi.
(11-bandning 11.1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
11.3. Axborot ayirboshlash vositalari faoliyat ko‘rsatishining shtatdan tashqari vaziyatlari aniqlanganda — xato komandalar, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi xodim yoki boshqa shaxslarning ruxsat etilmagan harakatlari yoxud yolg‘on axborot sababli komandalar paydo bo‘lganda ushbu vositalarning egasi axborot ayirboshlashni amalga oshirish uchun nazorat organlariga va axborot ayirboshlashning o‘zaro hamkorlik qiluvchi vositalar egasiga bu haqda o‘z vaqtida xabar berishi kerak, aks holda u yetkazilgan zarar uchun javob beradi.
12. Axborot tizimlari, tarmoqlarini axborot ayirboshlash vositalari tarkibiga ulash.
12.1. Axborot tizimlari, tarmoqlarini axborot ayirboshlash vositalari tarkibiga ulash Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining qaroriga ko‘ra berilgan litsenziyalar mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12.2. Axborot ayirboshlash vositalari tarkibiga axborot resurslaridan foydalanishning alohida qoidalari belgilangan davlat axborot tizimlari, tarmoqlarini ulash axborot xavfsizligi talablariga muvofiq attestatsiyadan o‘tkazilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
(12.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 472-modda)
12.3. Axborot ayirboshlash vositalaridan va axborot mahsulotlaridan foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Jismoniy va yuridik shaxslarning ayirboshlash vositalaridan va axborot mahsulotlaridan foydalanishi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ushbu vositalar va mahsulotlar egasi tomonidan belgilangan qoidalarga ko‘ra amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Axborot ayirboshlash vositalari va axborot mahsulotlari egasi u tomonidan belgilangan foydalanish qoidalarining ochiqligini va ular bilan foydalanuvchining tanishish imkoniyatini ta’minlashi shart.
14. Axborot ayirboshlash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish va tartibga solish.
Axborot ayirboshlash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish va tartibga solish Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
15. Axborot mahsulotlarini, axborot xizmati ko‘rsatishni, axborot ayirboshlash vositalarini sertifikatlash.
Oldingi tahrirga qarang.
15.1. Sertifikatlanishi shart bo‘lgan axborot mahsulotlari va xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda importyor mazkur mahsulotlar va xizmatlar belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikatni taqdim etadi.
(15.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-son qarori — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
15.2. Davlat siridan iborat bo‘lgan axborotni tayyorlash va tarqatishda foydalaniladigan axborot ayirboshlash vositasini, shuningdek, axborotni muhofaza qilish vositasini majburiy ravishda sertifikatlash zarur.
16. Axborot ayirboshlashni amalga oshirishda cheklashlar.
16.1. Quyidagilar:
davlat siri yoki maxfiy axborot;
milliy mulk;
arxiv fondi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan jo‘natilishi (chiqarilishi) cheklanishi mumkin bo‘lgan hujjatlashtirilgan axborot toifasiga kiritilgan boshqa axborotni O‘zbekiston Respublikasidan jo‘natish (chiqarish) cheklanadi.
(16.1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16.2. Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qiluvchi, urush, zulm va pornografiyani targ‘ib qiluvchi, diniy va milliy nizolarni qo‘zg‘ovchi, inson sha’ni va qadr-qimmatini poymol qiluvchi axborotlar hamda amaldagi qonunchilik bilan tarqatilishi taqiqlangan boshqa axborotlarning olib kirilishi va tarqatilishi taqiqlanadi.
(16.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
16.3. Hujjatlashtirilgan axborot, axborot resurslari, axborot mahsulotlari, xalqaro ayirboshlash vositalari egasi mansabdor shaxslarning axborot ayirboshlashni cheklash bo‘yicha xatti-harakatlari ustidan, agar ushbu xatti-harakatlar asoslanmagan va uning huquqini buzayotgan bo‘lsa, sudga shikoyat qilishga haqlidir.
17. Axborot ayirboshlash chog‘ida qoida buzishlar uchun javobgarlik.
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot ayirboshlashni amalga oshirishda qonunga xilof ravishdagi xatti-harakatlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 155-moddasi.
V. AXBOROT RESURSLARINI SHAKLLANTIRISH
18. Davlat axborot resurslarini va axborot resurslarini davlat bilan birgalikda shakllantirishga ixtisoslashgan tashkilotlar ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish va foydalanish bo‘yicha faoliyatning bu turiga ruxsatnoma olishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va banklari qonunchilikka muvofiq sertifikatlanishi kerak.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Foydalanish cheklangan axborot mavjud bo‘lgan davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan axborot tizimlari axborot xavfsizligi talablariga muvofiq majburiy attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 472-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga to‘g‘risida”gi Qonuni.
20. Davlat, jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllari va qaysi idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, korxona, muassasa va tashkilotlar davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan tegishli shaklda hujjatlashtirilgan axborotni davlat axborot resurslarini shakllantirish va undan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan organlarga va (yoki) tashkilotlarga taqdim etishlari shart.
Majburiy tartibda taqdim etiladigan hujjatlashtirilgan axborot ro‘yxati va davlat axborot resurslarini to‘plash va qayta ishlash uchun javobgar bo‘lgan organlar va tashkilotlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
21. Davlat axborot resurslarini shakllantirishda xalqaro hamkorlik:
davlat (milliy) axborot resurslarini shakllantirish uchun xorijiy axborotdan foydalanish;
axborot taqdim etish shakllarini tartibga soluvchi xalqaro standartlarni, foydalanuvchilarning o‘zlarining oxirgi qurilmalari bilan xalqaro aloqa tizimlari va telekommunikatsiyalarga, shu jumladan, Internetga ham kirishlarini ta’minlash uchun aloqa va telekommunikatsiyalar protokollarini joriy qilish bilan ta’minlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Axborot resurslari egasi axborot bilan ishlash qoidalarini buzganlik uchun qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda javob beradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 155-moddasi.
VI. AXBOROT RESURSLARINI MA’LUMOTLAR UZATISH TARMOG‘IDA, SHU JUMLADAN, INTERNETDA TARQATISH
Oldingi tahrirga qarang.
23. Axborot resurslarini ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida tarqatish shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Axborot resurslarini Internet tarmog‘ida tarqatish Internet tarmog‘ining provayderlari orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti to‘g‘risidagi axborotlarni Internet orqali tarqatishni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Tashqi ishlar vazirligi muvofiqlashtirib borishadi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Internet bilan ishlash uchun X.25, Frame Relay va ATM shuningdek, kommutatsiya qilingan telefon tarmog‘idan kommutatsiya qilingan kanallar RRR/SLIP (Point protocol IP protocol) bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish kanallaridan foydalangan holda foydalanish mumkin.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahrirda— O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)