

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2756292" id="onLBC-2756292">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9432"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.02.00 Mehnat masalalari boʻyicha bitimlar / 19.03.02.01 MXT konvensiyalari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2756292" id="onLS-2756292">[<b>TSZ:</b><div id="LS3697"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;</span></div><div id="LS3781"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]</span></div></div></div><div class="UNOFFIAL"><label id="s17882"></label><div name="-5868286" id="-5868286">Norasmiy tarjima</div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2756528" id="-2756528"></div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-5871700" id="-5871700">Eng kichik yosh toʻgʻrisidagi</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2756530" id="-2756530">Konvensiya</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-5871705" id="-5871705">1973-yil 26-iyun, Jeneva</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5871712" id="-5871712">Mazkur Konvensiya Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 4-apreldagi OʻRQ-140-sonli “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani (Jeneva, 1973-yil 26-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi <a href="/ru/acts/-1334273">Qonuni </a>bilan ratifikatsiya qilingan.</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-5871718" id="-5871718">(Oʻzbekiston Respublikasi uchun 2010-yil 6-martdan kuchga kirgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5868255" id="-5868255"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868291" id="-5868291">Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868292" id="-5868292">Xalqaro Mehnat Byurosining Maʼmuriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1973-yilning 6-iyunida oʻzining Ellik sakkizinchi Sessiyasiga toʻplanib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868293" id="-5868293">ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi bir qancha takliflarni qabul qilishga qaror chiqarib va bu Sessiya kun tartibining toʻrtinchi bandi hisoblanib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868295" id="-5868295">Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1919 yilgi Konvensiya, Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1920 yilgi Konvensiya, Qishloq hoʻjaligida eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1921 yilgi Konvensiya, Flotda koʻmir yuklovchi va oʻt yoquvchi uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1921 yilgi Konvensiya, Nosanoat ishlarda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1932-yilgi Konvensiya, Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1936-yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Nosanoat ishlardagi eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Baliqchilar uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1959-yilgi Konvensiya xamda Yer osti ishlariga ruxsat beriladigan eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1965-yilgi Konvensiya qoidalarini eʼtiborga olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868297" id="-5868297">bolalar mehnatini toʻliq bekor qilishga erishish maqsadida, cheklangan iqtisodiy sektorlarda qoʻllaniladigan mavjud shartnomalarni bosqichma-bosqich almashtiruvchi umumiy shartnoma ishlab chiqish vaqti kelganini eʼtiborga olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868300" id="-5868300">mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868303" id="-5868303">bir ming toʻqqiz yuz yetmish uchinchi yil iyun oyining yigirma oltinchi kunida quyidagi “Eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1973-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin boʻlgan Konvensiyani qabul qildi:</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868306" id="-5868306">1-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868310" id="-5868310">Tashkilotining xar bir aʼzosi, ushbu Konvensiya unga nisbatan kuchga kirgan boʻlsa, bolalar mehnatini batamom bekor qilishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan va ishlashga yoki yollanishga ruxsat etilgan eng kichik yoshni oʻsmirlarning toʻla jismoniy va aqliy rivojlanish darajasiga mos keladigan yoshgacha bosqichma-bosqich oshirishga yoʻnaltirilgan milliy siyosatni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868311" id="-5868311">2-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868313" id="-5868313">1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Tashkilotning har bir aʼzosi, ratifikatsiya toʻgʻrisidagi hujjatga ilova qilinadigan deklaratsiyasida, oʻz hududi doirasida va hududida roʻyxatga olingan transport vositalarida ishga qabul qilinishga yoki yollanishga ruxsat etilgan eng kichik yoshni koʻrsatadi; mazkur Konvensiyaning <a href="/ru/acts/-2756292#-5868333">4 — 8-moddalari </a>shartiga binoan, mazkur eng kichik yoshdan kichik boʻlgan shaxslarga har qanday ish turida ishlashiga yoki yollanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868315" id="-5868315">2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir aʼzosi, keyinchalik, keyingi deklaratsiyasi orqali, mamlakatda oʻrnatilgan eng kichik yoshni yangitdan, avval oʻrnatilgan eng kichik yoshidan kattaroq yosh belgilaganligi haqida Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktorini xabardor qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868316" id="-5868316">3. Mazkur modda <a href="/ru/acts/-2756292#-5868313">1-bandi</a> asosida belgilanadigan eng kichik yosh majburiy maktab taʼlimini tugallash uchun zarur boʻlgan yoshdan kam boʻlmasligi kerak va har qanday holda oʻn besh yoshdan kichik boʻlmasligi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868317" id="-5868317">4. Iqtisodiyoti va taʼlim imkoniyatlari yetarlicha rivojlanmagan Tashkilot aʼzosi, mazkur modda <a href="/ru/acts/-2756292#-5868316">3-bandi</a> qoidalaridan qatʼiy nazar, ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar shunday tashkilotlar mavjud boʻlsa, maslahatlashilgandan soʻng dastavval eng kichik yosh deb oʻn toʻrt yoshni belgilashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868318" id="-5868318">5. Yuqoridagi band qoidalariga muvofiq eng kichik yosh deb oʻn toʻrt yoshni belgilagan Tashkilotning har bir aʼzosi Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavining 22-moddasiga muvofiq oʻzining mazkur Konvensiya ijrosi toʻgʻrisidagi maʼruzasiga kuyidagi bayonotlarni kiritadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868321" id="-5868321">a) ushbu qaror qabul qilinishi sabablari oʻzgarmaganligi; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868323" id="-5868323">b) u muayyan sanadan eʼtiboran oʻzining mazkur qoidalardan foydalanish huquqidan voz kechishini.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868326" id="-5868326">3-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868329" id="-5868329">1. Oʻz xususiyati yoki amalga oshiriladigan sharoitiga koʻra oʻsmir sogʻligi, xavfsizligi yoki maʼnaviyatiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan har qanday ish turiga yoki yollanma ish turiga qabul qilish uchun eng kichik yosh oʻn sakkiz yoshdan kam boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868330" id="-5868330">2. Ushbu modda <a href="/ru/acts/-2756292#-5868329">1-bandi</a> qoʻllaniladigan ish turlari yoki yollanma ish turlari milliy qonun hujjatlari yoki vakolatli hokimiyat organi tomonidan ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar bunday tashkilotlar mavjud boʻlsa, maslahatlashilgandan soʻng belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868331" id="-5868331">3. Ushbu modda <a href="/ru/acts/-2756292#-5868329">1-bandi</a> qoidalaridan qatʼiy nazar, milliy qonun hujjatlari yoki vakolatli hokimiyat organi ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar bunday tashkilotlar mavjud boʻlsa, maslahatlashilgandan soʻng oʻn olti yoshdan kichik boʻlmagan shaxslarga ishlashga yoki yollanib ishlashga, ularning sogʻligi, xavfsizligi va maʼnaviyati toʻla muhofaza etilishi va ular yetarlicha maxsus taʼlim hamda faoliyatning tegishli sohasi boʻyicha kasbiy tayyorgarlik olishlari sharti bilan ruxsat berishlari mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868333" id="-5868333">4-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868334" id="-5868334">1. Zaruratga koʻra vakolatli hokimiyat organi ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar bunday tashkilotlar mavjud boʻlsa, maslahatlashilgandan soʻng, mazkur Konvensiyaning qoʻllanilishi doirasidan ishlarning yoki yollanma ishlarning cheklangan toifalarini, yaʼni ularning qoʻllanilishida alohida va muhim muammolar vujudga keladigan toifalarini chiqarib tashlashlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868335" id="-5868335">2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Tashkilotning har bir aʼzosi, Xalqaro Mehnat Tashkilot Ustavining 22-moddasiga binoan taqdim etiladigan, mazkur Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi oʻzining birinchi maʼruzasida, mazkur modda <a href="/ru/acts/-2756292#-5868334">1-bandiga </a>muvofiq chiqarib tashlanishi mumkin boʻlgan barcha toifalarni, chiqarib tashlash sabablarini koʻrsatgan holda qayd etadi hamda navbatdagi maʼruzalarda chiqarib tashlangan mazkur toifalarga nisbatan oʻz milliy qonunchiligi va amaliyotining ahvoli toʻgʻrisida va Konvensiya qoidalari ushbu toifalarga nisbatan qanday qoʻllanilayotganligi yoki qoʻllanilishi moʻljallanayotganligi toʻgʻrisida maʼlum qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868337" id="-5868337">3. Ushbu Konvensiya <a href="/ru/acts/-2756292#-5868326">3-moddasi</a> bilan qamrab olinadigan ish turi yoki yollanma ish turi, mazkur modda bajarilishidan kelib chiqib, ushbu Konvensiya qoʻllanishi doirasidan chiqarib tashlanmasligi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868339" id="-5868339">5-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868343" id="-5868343">1. Iqtisodiyoti va maʼmuriy imkoniyatlari yetarlicha rivojlanmagan Tashkilotning aʼzosi, ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar shunday tashkilotlar mavjud boʻlsa, maslahatlashilgandan soʻng, dastavval mazkur Konvensiya qoʻllanilishi doirasini cheklab qoʻyishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868347" id="-5868347">2. Mazkur modda <a href="/ru/acts/-2756292#-5868343">1-bandi</a> qoidalarini qoʻllayotgan Tashkilotning har bir aʼzosi ratifikatsiya toʻgʻrisidagi hujjatiga ilova qilinadigan deklaratsiyada, mazkur Konvensiya qoidalarini u qoʻllaydigan iqtisodiy faoliyat tarmoqlari yoki korxonalar turlarini koʻrsatishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868351" id="-5868351">3. Konvensiya qoidalari hech boʻlmaganda kuyidagi sohalarda qoʻllanilishi lozim: shaxta va karyerlarda; ishlov berish sanoatida; qurilishda; elektr, gaz va suv taʼminotida; sanitariya xizmatlarida; transport, omborlar va aloqa xizmatida; ekinzorlar va tijorat maqsadlari uchun mahsulot ishlab chiqaradigan boshqa qishloq xoʻjalik korxonalaridagi ishlarda, shu jumladan, mahalliy isteʼmol uchun mahsulot ishlab chiqaradigan, doimiy ravishda yollanma mehnatkashlardan foydalanmaydigan oilaviy va kichik xoʻjaliklarda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868354" id="-5868354">4. Mazkur Konvensiya qoʻllanilishi doirasini ushbu modda qoidalariga muvofiq cheklaydigan Tashkilotning har bir aʼzosi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868355" id="-5868355">a) Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavining 22-moddasiga muvofiq taqdim etiladigan maʼruzasida mazkur Konvensiya qoʻllanilishi doirasidan chiqarilgan faoliyat sohalarida oʻsmirlar va bolalarning ishlashi yoki yollanib ishlashining umumiy ahvoli toʻgʻrisidagi va mazkur Konvensiya qoidalari kengroq qoʻllanilishi yoʻlida amalga oshirilgan har qanday ijobiy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatishi lozim;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868357" id="-5868357">b) xohlagan vaqtda, Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladigan deklaratsiyasi orqali, Konvensiya qoʻllanilishi doirasini rasman kengaytirishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868360" id="-5868360">6-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868363" id="-5868363">Ushbu Konvensiya bolalar va oʻsmirlar tomonidan umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar va texnika taʼlimi yoki boshqa oʻquv muassasalarida bajariladigan ishlarga yoki kamida oʻn toʻrt yoshda boʻlgan shaxslar tomonidan vakolatli hokimiyat organlari — ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar bunday tashkilotlar mavjud boʻlsa, maslahatlashilgandan soʻng — belgilab qoʻygan shartlarga muvofiq korxonalarda bajaradigan ishlarga nisbatan va quyidagilarning tarkibiy qismi hisoblanadigan ishlarga nisbatan qoʻllanilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868369" id="-5868369">a) asosiy masʼuliyat maktab yoki kasbiy tayyorgarlik muassasasi zimmasida boʻlgan taʼlim yoki tayyorgarlik kursining;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868371" id="-5868371">b) asosan yoki butunlay korxonada amalga oshiriladigan, vakolatli hokimiyat organi tomonidan maʼqullangan kasbiy tayyorgarlik dasturining;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868373" id="-5868373">s) kasbiy yoki kasbiy tayyorgarlik turini tanlashni yengillashtirishga qaratilgan kasbga yoʻnaltirish dasturlarining.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868378" id="-5868378">7-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868396" id="-5868396">1. Milliy qonun hujjatlari oʻn uch yoshdan oʻn besh yoshgacha boʻlgan shaxslarga yengil ishlarda ishlashga yoki yollanib ishlashga ruxsat etishi mumkin, agar bu:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868398" id="-5868398">a) ularning sogʻligʻi va rivojlanishi uchun zararli boʻlmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868401" id="-5868401">b) ularning maktabga qatnashiga, ularning vakolatli hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlangan kasbga yoʻnaltirish yoki kasbiy tayyorgarlik dasturlarida ishtirok etishlariga, yoki ularning olgan oʻquvlaridan foydalanish layoqatiga zarar yetkazmaydigan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868405" id="-5868405">2. Milliy qonun hujjatlari kamida oʻn besh yoshda boʻlgan, lekin majburiy maktab taʼlimini tugallamagan shaxslarga, mazkur modda 1-bandi “<a href="/ru/acts/-2756292#-5868398">a</a>” va <a href="/ru/acts/-2756292#-5868401">“b” kichik bandlari</a> talablariga rioya etish sharti bilan, ishlashga yoki yollanib ishlashga ruxsat etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868407" id="-5868407">3. Vakolatli hokimiyat organi ishlashga yoki yollanib ishlashga mazkur modda <a href="/ru/acts/-2756292#-5868396">1</a> va <a href="/ru/acts/-2756292#-5868405">2-bandlariga</a> muvofiq ruxsat etilgan faoliyat sohalarini aniqlaydi xamda bunday ishning yoki yollanma ishning bajarish mumkin boʻlgan ish vaqti davomiyligi va sharoitini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868408" id="-5868408">4. Mazkur modda <a href="/ru/acts/-2756292#-5868396">1-</a> va<a href="/ru/acts/-2756292#-5868405"> 2-bandlari </a>qoidalaridan qatʼiy nazar, 2-modda<a href="/ru/acts/-2756292#-5868317"> 4-bandi</a> qoidalarini qoʻllayotgan Tashkilot aʼzosi, u uchun zarur boʻlgan muddatda, mazkur modda <a href="/ru/acts/-2756292#-5868396">1-bandida</a> koʻrsatilgan oʻn ikki va oʻn toʻrt yoshlarni — oʻn uch va oʻn besh yoshlar bilan, <a href="/ru/acts/-2756292#-5868405">2-bandida</a> esa oʻn toʻrt yoshni — oʻn besh yosh bilan almashtirishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868409" id="-5868409">8-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868413" id="-5868413">1. Vakolatli hokimiyat organi, ish beruvchilar va mehnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar bunday tashkilotlar mavjud boʻlsa, maslahatlashilgandan soʻng, ruxsatnomalar berish yoʻli orqali mazkur Konvensiya <a href="/ru/acts/-2756292#-5868311">2-moddasida</a> koʻzda tutilgan ishga yoki yollanma ishga qabul qilishni man etish qoidasini ayrim hollarda, badiiy tadbirlarda ishtirok etish kabi maqsadlar uchun, istisno qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868415" id="-5868415">2. Shu tartibda beriladigan ruxsatnoma ishlash yoki yollanib ishlash mumkin boʻlgan sharoitni belgilaydi va ish vaqti davomiyligini cheklaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868420" id="-5868420">9-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868423" id="-5868423">1. Vakolatli hokimiyat organi tomonidan mazkur Konvensiya qoidalarini hayotga samarali tatbiq etishni taʼminlash uchun zarur chora-tadbirlar koʻriladi, shu jumladan, tegishli jazolarni belgilash choralari koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868424" id="-5868424">2. Milliy qonun hujjatlari yoki vakolatli hokimiyat organi tomonidan Konvensiya ijrosini taʼminlovchi qoidalarning rioya etilishiga masʼul boʻlgan shaxslar belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868426" id="-5868426">3. Milliy qonun hujjatlari yoki vakolatli hokimiyat organi tomonidan ish beruvchi tasarrufida va xizmatida boʻladigan roʻyxatlar yoki boshqa hujjatlar tayinlanadi: bunday roʻyxatlar yoki hujjatlarda ish beruvchi tomonidan yollangan yoki u uchun ishlaydigan va oʻn sakkiz yoshdan kichik boʻlgan shaxslar ism-sharifi, yoshi yoki tugilgan sanasiga doir maʼlumotlar zarur darajada tasdiqlangan holda koʻrsatiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868427" id="-5868427">10-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868430" id="-5868430">1. Mazkur Konvensiya, ushbu moddada koʻzda tutilgan shartlar asosida, Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1919 yilgi Konvensiya, Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1920 yilgi Konvensiya, Qishloq hoʻjaligidagi eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1921 yilgi Konvensiya, Flotda koʻmir yuklovchi va oʻt yoquvchi uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1921 yilgi Konvensiya, Nosanoat ishlarda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1932-yilgi Konvensiya, Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1936-yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Nosanoat ishlardagi eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Baliqchilar uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1959-yilgi Konvensiya hamda Yer osti ishlariga ruxsat beriladigan eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1965-yilgi Konvensiyani qayta koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868431" id="-5868431">2. Mazkur Konvensiyaning kuchga kirishi Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1936-yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Nosanoat ishlardagi eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya, Baliqchilar uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1959-yilgi Konvensiya yoki Yer osti ishlariga ruxsat beriladigan eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1965-yilgi Konvensiyaning keyinchalik ratifikatsiya uchun yopilishiga olib kelmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868433" id="-5868433">3. Agar, Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1919 yilgi Konvensiya, Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1920 yilgi Konvensiya, Qishloq hoʻjaligida eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1921 yilgi Konvensiya xamda Flotda koʻmir yuklovchi va oʻt yoquvchilar uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1921 yilgi Konvensiyaning barcha ishtirokchilari ularni ratifikatsiya uchun yopishga rozi boʻlib, mazkur Konvensiyani ratifikatsiya qilsalar yoki bu haqda Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga deklaratsiya joʻnatsalar, ushbu Konvensiyalar bundan keyingi ratifikatsiya uchun yopiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868434" id="-5868434">4. Agar mazkur Konvensiya majburiyatlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868435" id="-5868435">a) Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya ishtirokchisi boʻlgan Tashkilotning aʼzosi tomonidan qabul qilinsa va mazkur Konvensiyaning <a href="/ru/acts/-2756292#-5868311">2-moddasiga</a> muvofiq eng kichik yosh oʻn besh yoshdan kam qilib belgilanmagan boʻlsa, u holda qonunning oʻz kuchi bilan, Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiyaning darhol denonsatsiya qilinishiga olib keladi,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868436" id="-5868436">b) Nosanoat ishlarda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1932-yilgi Konvensiya ishtirokchisi boʻlgan Tashkilotning aʼzosi tomonidan nosanoat ishlariga nisbatan qabul qilinsa, u holda qonunning oʻz kuchi bilan, Nosanoat ishlarda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1932-yilgi Konvensiyaning darhol denonsatsiya qilinishiga olib keladi,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868437" id="-5868437">s) Nosanoat ishlarda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya ishtirokchisi boʻlgan Tashkilotning aʼzosi tomonidan nosanoat ishlariga nisbatan qabul qilinsa va mazkur Konvensiyaning <a href="/ru/acts/-2756292#-5868311">2-moddasiga</a> muvofiq eng kichik yosh oʻn besh yoshdan kam qilib belgilanmagan boʻlsa, u holda qonunning oʻz kuchi bilan, Nosanoat ishlarda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1937 yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiyaning darhol denonsatsiya qilinishiga olib keladi,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868439" id="-5868439">d) Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1936-yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiya ishtirokchisi boʻlgan Tashkilotning aʼzosi tomonidan dengizdagi ishlarga nisbatan qabul qilinsa va mazkur Konvensiyaning<a href="/ru/acts/-2756292#-5868311"> 2-moddasiga</a> muvofiq eng kichik yosh oʻn besh yoshdan kam qilib belgilanmagan boʻlsa, yoki Tashkilotning aʼzosi mazkur Konvensiyaning <a href="/ru/acts/-2756292#-5868326">3-moddasi</a> dengizdagi ishlarga nisbatan qoʻllanilishini belgilagan boʻlsa, u holda qonunning oʻz kuchi bilan, Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1936-yilgi (qayta koʻrib chiqilgan) Konvensiyaning darhol denonsatsiya qilinishiga olib keladi,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868441" id="-5868441">e) Baliqchilar uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1959-yilgi Konvensiya ishtirokchisi boʻlgan Tashkilotning aʼzosi tomonidan dengizda baliqchilik sohasidagi ishlarga nisbatan qabul qilinsa va mazkur Konvensiyaning <a href="/ru/acts/-2756292#-5868311">2-moddasiga</a> muvofiq eng kichik yosh oʻn besh yoshdan kam qilib belgilanmagan boʻlsa yoki Tashkilotning aʼzosi mazkur Konvensiyaning <a href="/ru/acts/-2756292#-5868326">3-moddasi</a> dengizda baliqchilik soqasidagi ishlarga nisbatan qoʻllanilishini belgilagan boʻlsa, u holda qonunning oʻz kuchi bilan, Baliqchilar uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1959-yilgi Konvensiyaning darhol denonsatsiya qilinishiga olib keladi,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868443" id="-5868443">f) Yer osti ishlariga ruxsat beriladigan eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1965-yilgi Konvensiya ishtirokchisi boʻlgan Tashkilotning aʼzosi tomonidan qabul qilinsa va mazkur Konvensiya <a href="/ru/acts/-2756292#-5868311">2-moddasiga</a> muvofiq eng kichik yoshni yuqorida koʻrsatilgan 1965-yilgi Konvensiyaga muvofiq belgilangan eng kichik yoshdan kam qilib belgilanmagan boʻlsa yoki Tashkilotning aʼzosi ushbu yosh mazkur Konvensiyaning<a href="/ru/acts/-2756292#-5868326"> 3-moddasiga</a> koʻra shaxtalardagi yer osti ishlariga ruxsat berish uchun qoʻllanilishini belgilagan boʻlsa, u holda qonunning oʻz kuchi bilan, Yer osti ishlariga ruxsat beriladigan eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1965-yilgi Konvensiyaning darhol denonsatsiya qilinishiga olib keladi, faqat mazkur Konvensiya kuchga kirgan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868444" id="-5868444">5. Mazkur Konvensiya majburiyatlarining qabul qilinishi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868447" id="-5868447">a) ushbu Konvensiyaning <a href="/ru/acts/-2756292#-5868454">12-moddasiga </a>muvofiq, Sanoatda eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1919 yilgi Konvensiyaning denonsatsiya qilinishiga olib keladi,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868448" id="-5868448">b) qishloq hoʻjaligiga nisbatan, ushbu Konvensiyaning <a href="/ru/acts/-2756292#-5868420">9-moddasiga</a> muvofiq, Qishloq hoʻjaligida eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1921 yilgi Konvensiyaning denonsatsiya qilinishiga olib keladi,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868449" id="-5868449">s) dengizdagi ishlarga nisbatan, ushbu Konvensiyaning <a href="/ru/acts/-2756292#-5868427">10-moddasiga</a> muvofiq, Dengizda ishlash uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1920 yilgi Konvensiya va ushbu Konvensiyaning <a href="/ru/acts/-2756292#-5868454">12-moddasiga</a> muvofiq, Flotda koʻmir yuklovchi va oʻt yoquvchilar uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1921 yilgi Konvensiyaning denonsatsiya qilinishiga olib keladi, faqat mazkur Konvensiya kuchga kirgan boʻlsa.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868450" id="-5868450">11-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868451" id="-5868451">Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlar roʻyxatga olinishi uchun Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868454" id="-5868454">12-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868456" id="-5868456">1. Ushbu Konvensiya faqatgina ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining aʼzolarinigina birlashtiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868458" id="-5868458">2. Ushbu Konvensiya Tashkilot ikki aʼzosining ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868462" id="-5868462">3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotning har bir aʼzosi uchun uning ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjati roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868466" id="-5868466">13-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868471" id="-5868471">1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning aʼzosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan oʻn yil oʻtganidan keyin Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga roʻyxatga olish uchun yuborilgan akt orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya denonsatsiya akti roʻyxatga olinganidan keyin bir yil oʻtgach kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868474" id="-5868474">2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir aʼzosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan oʻn yillik muddat oʻtganidan keyin, bir yil ichida mazkur moddada koʻzda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan boʻlsa, navbatdagi oʻn yillik muddatni kutishga majbur boʻladi va shunga muvofiq, u mazkur modda shartlariga binoan ushbu Konvensiyani har oʻn yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868477" id="-5868477">14-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868479" id="-5868479">1. Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori Tashkilot aʼzolari tomonidan yuborilgan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasini roʻyxatga olganligi haqida Xalqaro Mehnat Tashkilotining barcha aʼzolariga xabar beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868481" id="-5868481">2. Bosh direktor, unga yuborilgan ikkinchi ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatni roʻyxatga olganligi haqida Tashkilot aʼzolariga xabar berganda, u Tashkilot aʼzolarining eʼtiborini Konvensiyaning kuchga kirish sanasiga qaratadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868483" id="-5868483">15-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868485" id="-5868485">Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan oʻzi roʻyxatga olgan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasiga oid toʻla maʼlumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga roʻyxatga olish uchun yuboradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868487" id="-5868487">16-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868489" id="-5868489">Har gal, Xalqaro Mehnat Byurosi Maʼmuriy kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi maʼruzani taqdim etadi va uni toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868492" id="-5868492">17-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868494" id="-5868494">1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa va yangi konvensiyada zid keluvchi qoidalar mavjud boʻlmasa, u xolda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868498" id="-5868498">a) Tashkilotning biror aʼzosi tomonidan qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning oʻz kuchi bilan, <a href="/ru/acts/-2756292#-5868466">13-modda</a> qoidalaridan qatʼiy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan boʻlishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868499" id="-5868499">b) qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan sanadan eʼtiboran, mazkur Konvensiyaning Tashkilot aʼzolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi toʻxtatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868501" id="-5868501">2. Mazkur Konvensiya, har qanday holatda, uni ratifikatsiya qilgan, ammo qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan Tashkilot aʼzolari uchun amaldagi shakli va mazmuni oʻz kuchida qolaveradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5868503" id="-5868503">18-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5868504" id="-5868504">Mazkur Konvensiyaning inglizcha va fransuzcha matnlari bir xil kuchga ega.</div></div><div class="SIGNATURE_WITH_BOLD"><div name="-5868507" id="-5868507">(imzolar)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
