Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.12.2022
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 17-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2015-yil 15-mayda maʼqullangan
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi 2022-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-792-sonli “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi 613-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 82-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2015-yil 23-maydagi 103 (6286)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 22-may,
OʻRQ-385-son
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Elektron tijorat toʻgʻrisida
(yangi tahriri)
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Elektron tijorat
Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga (bundan buyon matnda elektron tijoratdagi shartnoma deb yuritiladi) muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi elektron tijoratdir.
4-modda. Elektron tijoratning asosiy prinsiplari
Elektron tijoratning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
elektron tijoratda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi;
elektron tijoratda shartnomalar tuzishning ixtiyoriyligi;
elektron tijoratda ishtirok etish shart-sharoitlarining tengligi;
elektron tijorat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi.
5-modda. Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati
Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosati elektron tijoratni rivojlantirish uchun huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va boshqa shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgandir.
Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
elektron tijorat vositasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish;
elektron tijorat vositasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik sohasiga investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va jihozlarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ularning elektron tijorat sohasidagi faoliyati uchun zarur boʻlgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborot bilan taʼminlash;
elektron tijorat sohasidagi ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni ragʻbatlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
elektron tijorat sohasidagi xalqaro hamkorlik.
 LexUZ sharhi
Xususan, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 30-yanvardagi 21-sonli “Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-dekabrdagi 353-sonli “2016 — 2018-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori.
6-modda. Elektron tijorat sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Elektron tijorat sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u elektron tijorat sohasida maxsus vakolat bergan davlat organi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) amalga oshiradi.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektron tijorat sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi;
elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
davlat organlarining elektron tijorat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
elektron tijorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonuni.
8-modda. Maxsus vakolatli davlat organining vakolatlari
Maxsus vakolatli davlat organi:
elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
boshqa manfaatdor davlat organlari va oʻzga tashkilotlar bilan birgalikda, oʻz vakolatlari doirasida elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
elektron tijoratni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
elektron tijorat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini koʻradi;
elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishda va ularning ijrosini taʼminlashda ishtirok etadi;
(8-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
elektron tijorat sohasidagi tadqiqotlarni va monitoringni tashkil etadi.
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-sentabrdagi 259-sonli “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2015-yil 22-maydagi OʻRQ-385-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron tijorat sohasida maxsus vakolatli davlat organ hisoblanadi.
9-modda. Elektron tijoratdagi elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning yuridik kuchi
Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar, shuningdek elektron shaklda qayd etilgan, yuboruvchisini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan axborot (bundan buyon matnda elektron xabarlar deb yuritiladi) oʻz qoʻli bilan imzolangan qogʻozdagi hujjatlarga tenglashtiriladi va ulardan bitimlar tuzilganligining dalili sifatida foydalanilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Shuningdek qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 366-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonunining 5 va 7-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-sonli “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi.
Elektron tijoratdagi shartnoma faqat axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.
Elektron tijoratda oferta elektron hujjat tarzida tuziladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 364-moddasi uchinchi qismi va 367-moddasi.
Elektron tijorat ishtirokchisining oferta qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi javobi (aksept) elektron hujjat yoki elektron xabar tarzida yoxud ofertada koʻrsatilgan shartlarni bajarish boʻyicha harakatlarni sodir etish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 364-moddasi uchinchi qismi va 370-moddasi.
10-modda. Elektron tijorat ishtirokchisi
Elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi yoki ularning xaridori boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs elektron tijorat ishtirokchisidir.
Elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.
Elektron tijoratda ishtirok etish, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, uning ishtirokchisiga nisbatan axborot tizimlaridan foydalanmasdan amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan qoʻshimcha talablar yoki cheklovlar belgilanishi uchun asos boʻla olmaydi.
11-modda. Elektron tijorat ishtirokchisining huquq va majburiyatlari
Elektron tijorat ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:
elektron tijorat maqsadida ishlab turgan axborot resurslarida ofertani joylashtirish (taklif etish);
elektron tijoratdagi shartnomalarni tuzish yoʻli bilan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish yoki olish;
elektron hujjatlar va elektron xabarlarni axborot vositachilariga saqlash uchun topshirish.
Elektron tijorat ishtirokchisi — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi:
elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishda raqobat toʻgʻrisidagi va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonuni.
qonunchilikka muvofiq elektron hujjatlar va elektron xabarlarning saqlanishini taʼminlashi;
(11-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shartnomalarni tuzishda elektron raqamli imzolarni qoʻllash va elektron hujjatlarni hamda elektron tijoratda qoʻllaniladigan elektron xabarlardagi mavjud axborotni saqlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning IV bobi (“Tuziladigan shartnomalar boʻyicha elektron hujjatlarni, xabarlarni va boshqa elektron axborotni saqlashda elektron tijorat ishtirokchilari va axborot vositachilarining huquq va majburiyatlari”).
elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarga rioya etishi shart.
Elektron tijorat ishtirokchisi — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotuvchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran, faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirgan taqdirda esa tegishli litsenziyani olgan paytdan eʼtiboran elektron tijoratni amalga oshirish huquqiga ega.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Elektron tijorat ishtirokchisi qonun hujjatlariga hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari”ning 10 va 11-bandlari.
111-modda. Elektron tijorat sohasida hisob-kitoblar
Elektron tijorat sohasida hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(111-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Axborot vositachisi
Elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs axborot vositachisidir.
Axborot vositachilari jumlasiga quyidagilar kiradi:
elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlari aylanishi boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari;
elektron tijorat ishtirokchilarining toʻlov tizimlaridan foydalanilishini va toʻlovlar oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi banklar;
elektron yarmarkalar, kimoshdi savdolari va tanlovlar tashkil etilishini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
elektron tijorat ishtirokchilarining elektron hujjatlari va elektron xabarlarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar.
Axborot vositachilari jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa yuridik shaxslar ham kiritilishi mumkin.
(12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari”ning 14 va 15-bandlari.
13-modda. Axborot vositachisining huquq va majburiyatlari
Axborot vositachisi quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolati doirasida shartnoma asosida elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish;
elektron tijorat ishtirokchilariga koʻrsatiladigan xizmatlar shartlarini belgilash.
Axborot vositachisi:
elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarga rioya etishi;
oʻzining toʻliq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, koʻrsatiladigan xizmatlar, ularni koʻrsatish shartlari va qiymatlari (tariflari) haqidagi axborotni elektron tijorat ishtirokchilariga oshkor qilishi;
elektron hujjatlarning va elektron xabarlarning mazmunini, ulardan foydalanish tartibini oʻzgartirmasligi (bundan elektron tijorat ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hollar mustasno);
elektron hujjatlarni, elektron xabarlarni hamda shaxsga doir maʼlumotlarni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish chora-tadbirlari bilan taʼminlashi;
elektron hujjatlarni va elektron xabarlarni uchinchi shaxslarga yubormasligi (bundan qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar mustasno) shart.
Elektron tijorat ishtirokchilarining axborot vositachisi orqali yuborilayotgan elektron hujjatlari va elektron xabarlari mazmuni bilan bogʻliq boʻlgan huquqiy oqibatlar uchun axborot vositachisi javobgar boʻlmaydi.
Axborot vositachisi qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
(13-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari”ning 16–19-bandlari.
14-modda. Elektron tijoratdagi shartnoma shartlari
Elektron tijoratdagi shartnoma shartlari qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 354-moddasi beshinchi qismi va 359-moddasi.
Elektron tijoratdagi shartnoma unga hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yoʻli bilan kiritiladigan alohida shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Bu holda elektron hujjatni joylashtirgan elektron tijorat ishtirokchisi qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan muddat mobaynida undan erkin foydalanish imkoniyatini taʼminlashi, bu muddat oʻtganidan keyin esa mazkur elektron hujjatning qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda saqlanishini taʼminlashi shart.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shartnomalarni tuzishda elektron raqamli imzolarni qoʻllash va elektron hujjatlarni hamda elektron tijoratda qoʻllaniladigan elektron xabarlardagi mavjud axborotni saqlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 13–24-bandlari.
15-modda. Elektron tijoratdagi shartnomani tuzish va bajarish
Elektron tijoratdagi shartnoma akseptni amalga oshirish yoʻli bilan:
elektron hujjat tarzida;
elektron xabar tarzida;
ofertada koʻrsatilgan shartlarni bajarish boʻyicha harakatlarni sodir etish orqali tuzilishi mumkin.
Elektron tijoratdagi shartnoma ofertani yuborgan elektron tijorat ishtirokchisi tomonidan ofertaning aksepti olingan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb eʼtirof etiladi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-bobi (“Shartnoma tuzish”), Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi ikkinchi qismi va 12-moddasi.
Elektron tijoratdagi shartnomani bajarish bilan bogʻliq hujjatlar elektron hujjat tarzida yoki qogʻozda rasmiylashtirilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 21-bobi (“Majburiyatlarni bajarish”), Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari”ning V bobi (“Shartnoma tuzish tartibi”).
16-modda. Elektron tijoratda ofertaga qoʻyiladigan talablar
Elektron tijoratda oferta:
oferta qiluvchi elektron tijorat ishtirokchisining toʻliq nomini;
oferta qiluvchi elektron tijorat ishtirokchisining pochta va elektron manzilini;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning raqami, amal qilish muddati, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishga vakolatli organning nomi);
(16-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 — 9-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 21-maydagi 222-II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati”, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-sonli qarari bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxati”.
elektron tijoratdagi shartnomani tuzish tartibini;
elektron tijoratdagi shartnoma shartlarini kelishib olish chogʻida unga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish imkoniyati hamda tartibini;
akseptni yuborish va chaqirib olish tartibini;
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish va ularga haq toʻlash shartlarini, shuningdek ular uchun taklif etilayotgan narxlarni (tariflarni);
hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yoʻli bilan shartnomaga kiritiladigan shartlarga taalluqli qaydlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Elektron tijoratda oferta qonunchilikka muvofiq boshqa axborotni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari”ning 12, 24—35-bandlari.
17-modda. Elektron tijoratda davlat xaridlari va korporativ xaridlarni amalga oshirish
Elektron tijorat doirasidagi davlat xaridlari va korporativ xaridlarni tashkil etish hamda oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3237-son qarori.
18-modda. Elektron tijoratda shaxsga doir maʼlumotlardan foydalanish
Agar taraflarning kelishuvida va (yoki) qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron tijoratda shaxsga doir maʼlumotlardan shartnoma maqsadidan oʻzga maqsadlarda foydalanish hamda ularni uchinchi shaxslarga berish taqiqlanadi.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Shaxsga doir maʼlumotlardan ofertani va (yoki) reklamani tarqatish, shu jumladan elektron hujjatlarni yoki elektron xabarlarni ommaviy tarzda yuborish orqali tarqatish uchun ushbu maʼlumotlar egasining roziligisiz foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
19-modda. Nizolarni hal etish
Elektron tijorat sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(19-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. Elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(20-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 20-son, 250-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)