OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
Donni saqlash va qayta ishlash korxonalarida ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 30-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2669]
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
1. Donni saqlash va qayta ishlash korxonalarida ishlar xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 13-aprel,
29-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 13-apreldagi 29-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Donni saqlash va qayta ishlash korxonalarida ishlar xavfsizligi
qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar donni saqlash va qayta ishlash tashkilotlarida ishlar xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar donni saqlash va qayta ishlash faoliyati bilan shugʻullanadigan tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar talablari ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻriqnoma berishni tashkil etish
11. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
17. Tashkilotlar oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.
18. Lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar oʻta xavfli kasblar roʻyxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar oʻta xavfli ishlar roʻyxatiga kiritilishi zarur.
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
21. Oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibda himoyalanish vositalarini qoʻllash
22. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga taʼsir qilgan taqdirda qoʻllanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart.
24. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Xodimlar tegishli ishlarni bajarish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak.
27. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qoʻllaniladigan vositalar bundan mustasno.
28. Xavfli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
6-§. Kasbiy tanlov
29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
30. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq zarur maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
31. Bosim ostida va boshqa oʻta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi shart.
7-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish shart-sharoitlari
32. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi;
xodimning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish, unga yoʻl-yoʻriq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
33. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi zarur.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
37. Tashkilot rahbariyati oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladilar.
38. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qoʻyish taqiqlanadi.
9-§. Sanitariya va gigiyenik talablar
39. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
40. Tashkilotning xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
(40-bandning uchinchi hatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
10-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
42. Tashkilotning hududi chegara boʻylab toʻsilgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
43. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining koʻrinarli qismiga osib qoʻyilishi zarur.
44. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Maydonlardagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
45. Yozgi mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan boʻlishi kerak.
46. Qishki mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
47. Yoʻlovchilar uchun moʻljallangan yoʻlaklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m boʻlib, yon tomonlari devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
48. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
11-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
49. Tashkilotdagi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
50. Binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
51. Muntazam ishlashga moʻljallangan xonalarning pollariga yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi, mazkur pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi zarur.
52. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
53. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
54. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq boʻlishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq boʻlishi zarur.
55. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
56. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari koʻrsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
57. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ishlar halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi va u yerdagi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
58. Tashkilotning binolari va inshootlari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
59. Kirish va chiqish yoʻllari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi zarur.
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
60. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
61. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatish.
62. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
63. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
64. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
65. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari oʻtish yoʻlaklarining kengligiga qoʻyilgan talablarni buzmasligi zarur.
66. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21 oC, oʻrtacha ogʻir ishda 17 oC va ogʻir ishda 16 oC dan past boʻlmasligi kerak.
67. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalardagi havo harorati 22 oC dan kam boʻlmasligi kerak.
68. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalargacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
14-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(14-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
69. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
70. Ichimlik suvi O`zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq boʻlishi, uning harorati 8 oC dan 20 oC gacha boʻlishi kerak.
71. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
15-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
72. Tashkilot hududi va xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
73. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi zarur. Yorugʻlik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
74. Yorugʻlik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak.
75. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
76. Tashkilot hududi va xonalarida yoritish vositalarining koʻzni qamashtirishidan saqlash choralari koʻrilgan boʻlishi kerak.
77. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi boʻlgan gaz va chang konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli mavjud boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
78. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlarning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
79. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi zarur.
80. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi kerak.
81. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
82. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
16-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
83. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
84. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlar, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
85. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
86. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorongʻi paytida yoritilgan boʻlishi kerak.
17-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar
87. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
88. Donni saqlash va qayta ishlash jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni oqava suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi kerak.
89. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan taʼminlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar boʻshatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi zarur.
18-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
90. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 13, 14-boblari.
3-bob. Ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
91. Tashkilotlarning texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi zarur.
92. Texnologik jarayonlar parametri va ularni oʻzgartirish mumkin boʻlgan diapazon hamda parametrlardan chiqmaslik usullari va vositalari ishlab chiquvchi tomonidan belgilanib texnologik reglamentda koʻrsatilishi kerak.
93. Tashkilotlarda texnologik jihozlarda sinov ishlarini olib borish uchun xavfsizlikni taʼminlash choralari va xavfsiz ish sharoitlarini yaratib berishni taʼminlovchi vaqtinchalik sinov-ishlab chiqarish reglamenti boʻlishi lozim.
94. Nazorat oʻlchov asboblari (termometr, manometr, hisoblagich) va signal lampalarining joylashuvi ularning koʻrsatkichlarini bemalol nazorat qilish imkonini berishi lozim.
95 Boʻlinish chegarasi boʻlgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish yuqori va quyi sathlarni oʻz ichiga olgan koʻrsatkichlar yordamida amalga oshiriladi.
96. Daraja koʻrsatkichlarida shaffof element sifatida oyna yoki plastmassadan foydalanilganda, xodimlarni jarohatlanishdan saqlovchi uskunalar qoʻllanishi kerak.
97. Apparat va idishlardagi bosimni (vakuumni) nazorat qilish uchun ularga monometrlar va vakuummetrlar oʻrnatilishi lozim. Manometr shkalasida idishning ishchi bosimi koʻrsatilishi zarur.
98. Ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat-oʻlchash asboblari, xavfsizlik panjaralari, ishga tushirish apparaturasi, texnologik qurilmalari va asboblari boʻlgan sozlangan jihozlarda oʻtkazish lozim.
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar
99. Tashkilotlarda yongʻin va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga muvofiq taʼminlanishi lozim.
100. Sinovdan oʻtkazilmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarishda qoʻllash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
101. Tashkilot binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
102. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
(102-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
103. Donni saqlash va qayta ishlash jarayonida oldindan nazarda tutilmagan yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
104. Tashkilot binolari va xonalari birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
105. Shamollatish tizimlari yongʻin avtomatikasi tizimlari bilan bogʻlangan boʻlishi lozim.
106. Suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
107. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi belgilar boʻlishi zarur.
108. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
109. Ishlab chiqarish amalga oshiriladigan boʻlimlarda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish taqiqlanadi.
110. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va ularga yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻriqnomalar berilishi kerak.
3-§. Elektr qurilmalari va elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
111. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatishda va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
112. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi lozim.
113. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr qurilma va tarmoqlarda rejali taʼmirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini;
elektr energiya sarfining hisobi olib borilishini;
himoya vositalari va yongʻinga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazib turilishi taʼminlanishi kerak.
114. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega boʻlishi kerak. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi boʻyicha komissiyada sinovdan oʻtishi zarur.
115. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
116. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi kerak.
117. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.
118. Binolari va maishiy xonalarda qoʻllaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
119. Kabellar va elektr simlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va oʻlchash asboblari orqali tekshirib turilishi kerak.
120. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
121. Quyidagi elektr qurilmalari nollanishi yoki yerga ulanishi lozim:
kuchlanishi 380 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan barcha elektr qurilmalari;
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past boʻlgan oʻzgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past oʻzgarmas tokda ishlaydigan yuqori xavfli tashqi qurilmalar.
Nominal kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan oʻzgaruvchan tokda va 110 V gacha boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki yerga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga oʻrnatilgan nazorat kabellari, kuchlanish kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi boʻlgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi choʻlgʻamalari bundan mustasno.
122. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
123. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning gʻiloflari, asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
124. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻr bilan oʻralgan va toʻr yerga ulangan boʻlishi kerak.
125. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi zarur.
4-§. Silos va sigʻimlarda ishlarni bajarishda xavfsizlik talablari
126. Xodimlarni silos va sigʻimlarga tushirish, istisno tariqasida, ishlab chiqarish zaruriyatiga asoslanganda amalga oshirilishi mumkin. Bu ishlar sex boshligʻi yoki uning oʻrinbosari ishtirokida, ish bajarish uchun bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan naryad-ruxsatnoma boʻlganda amalga oshiriladi.
127. Xodimlarni don, un, kepak, omixta yem va boshqa mahsulotlarni saqlash uchun moʻljallangan silos va sigʻimlarga tushirish faqat maxsus tushirish va koʻtarishga moʻljallangan moslama yordamida amalga oshiriladi.
128. Xodim silos va sigʻimlarga tushishdan oldin, ularni shamollatish zarur.
129. Xodim silos va sigʻim ichida boʻlgan vaqtda, uning ichiga don va boshqa mahsulotlarni tushirish va chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi. Silos va sigʻimga don va boshqa mahsulotlarni tushirish va chiqarish moslamalari oldida “Ochilmasin, silosda (sigʻimda) xodimlar ishlamoqda!” degan ogohlantirish yozuvi osib qoʻyilishi kerak.
130. Ish boʻyicha javobgar rahbar (sex boshligʻi yoki oʻrinbosari) shaxsan lebyodka, tross, oʻrindiq, saqlagich kamari, respiratorning holatini tekshirib koʻrishi va har bir xodim tomonidan silos ichiga tushishda tayyorgarlik koʻrishida va silos ichida ishni bajarishida ishlarni xavfsiz olib borilishini kuzatib borishi lozim.
131. Silos va sigʻimlar, zarur boʻlganda, lyuk orqali elektr yoritqichlar yoki akkumulyatorli fonarlar bilan yoritilishi kerak.
132. Saqlagich kamari har 6 oyda 4000 N (400 kg) yuk bilan sinovdan oʻtkazilishi lozim. Kamarni sinovdan oʻtkazishda 400 kg statik yuk 5 daqiqa davomida ushlab turilishi zarur.
5-§. Pastki lyuk orqali silos va sigʻimlarga kirishda xavfsizlik talablari
133. Xodimlarni silos va sigʻimlarga pastki lyuk orqali kirishi faqat naryad-ruxsatnoma asosida, sex boshligʻi yoki smena boshligʻi ruxsati bilan va uning kuzatuvi ostida amalga oshirilishi kerak.
134. Silos va sigʻim pastki lyuklari hamda pastki yon lyuklari orqali kirish uchun ularning ichida va yon devorlarida yopishib qolgan mahsulotlar mavjud emasligi tekshirilishi, shunday mahsulotlar boʻlgan hollarda, ulardan tozalangandan soʻng, xodim silos va sigʻim ichiga kirishi lozim.
6-§. Omborlar va yuklash-tushirish ishlari uchun xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
(135-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
136. Yuk ortish va tushirish ishlari qoidaga koʻra mexanizatsiyalangan boʻlishi lozim.
137. Ogʻir va ulkan yagona yuklarni tashish, yuk ortish va tushirishning xavfsiz usullari ustidan kuzatish lozim boʻlgan maʼmuriy-texnik xodimlardan maxsus ajratilgan shaxs rahbarligi ostida amalga oshirilishi kerak.
138. Yuk ortish va tushirish ishlarini amalga oshirishda mazkur Qoidalardan tashqari yuk ortish va tushirish ishlari va turli yuklarni avtomobil transportida tashishda xavfsizlik texnikasining qoidalariga amal qilinishi lozim.
139. Korxonalar quyidagi talablarga javob beradigan yuk ortish va tushirish maydonchalari bilan jihozlanishi zarur:
maydoncha atmosfera yogʻinlaridan xalos etish uchun 5% dan oshmagan qiyalikka ega boʻlib, tekis, qattiq qoplamaga ega boʻlishi (asfalt, beton va boshqalar) va toza saqlanishi, qish paytida u qor, muzdan tozalanishi va qum yotqizilishi kerak;
maydoncha yuk ortish va tushirish ishlarining meʼyordagi maydoni hajmini taʼminlaydigan hududga ega boʻlishi kerak;
transport-tashish vositalari orasidagi masofa ular maydoncha atrofida bir-biri ortidan qoʻyilganda (tubga) 1 m dan kam boʻlmasligi, ular qator qilib qoʻyilganda (front boʻylab) 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim;
maydonchada zaruriy soz inventarlar va yoritqich boʻlishi kerak.
140. Barcha turdagi pol usti qoʻl telejkalari, ular harakatlanish joylarida, ustunlar, kolonnalar yonlarida va eshiklar orasidan harakat qilinganda himoyalovchi uskunalar bilan jihozlanishi lozim.
141. Avtoelektryuklagich qoʻllanishiga faqat qattiq qoplamaga (asfalt, beton) ega boʻlgan tekis maydonchalarda ruxsat beriladi. Chuqurlar paydo boʻlganda uni toʻldiradigan shoshilinch taʼmir oʻtkazilishi kerak.
142. Omborxonalar ichki transporti sifatida elektroyuklagichlar va elektrokaralar qoʻllanilishi mumkin. Ichki yonuv dvigatelli avtoyuklagichlar va avtokaralarni ishlab chiqarish binolari va omborlarga kirishi taqiqlanadi.
143. Elektryuklagichlarning vilkali ushlagichlari bitta tekislikda turishi lozim.
144. Yuklagichga yoʻl qoʻyiladigan yuk ogʻirligi va ogʻirlik markazi bilan yuklagichning pasport maʼlumotlari muvofiqligida belgilanadi.
145. Elektryuklagich bilan 0,5 m dan ortiq yuqoriga koʻtarilgan yukni tashish taqiqlanadi.
146. Odamlarni elektryuklagichlar va elektrokaralarda tashish, koʻtarilayotgan va tashilayotgan yuk (konteynerlar va hokazolar) ustida turish taqiqlanadi.
147. Korxona hududida amalga oshiriluvchi temir yoʻl tarmogʻining izchil yuk operatsiyalari kerakli mexanizm va inventarlar bilan (taxta zina, koʻprikchalar, xodachalar, richag-tirkagichlar) taʼminlanishi zarur.
148. Tashkilotning yoki stansiyaning temir yoʻl tarmogʻida yuk ortish va tushirish ishlarini olib borishda, bu ishlarga rahbarlik qilish mazkur Qoidalarni biladigan va temir yoʻl transportida yuk ortish va tushirish ishlari paytida xavfsizlik texnikasining amaldagi qoidalari asosida ishni tashkil qiladigan shaxsga yuklatilishi lozim.
149. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yoʻnalishi, yuklash-tushirish joyi yoki transport vositalarining toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
4-bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlikning umumiy talablari
150. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining elementlari (elektr oʻtkazgichlari, oʻtkazish quvurlari, kabellari va boshqalar) ularning shikastlanishiga imkon bermaydigan holatda tayyorlangan boʻlishi lozim.
151. Katta oʻlchamli (gabaritli) ishlab chiqarish uskunalari va ularning qismlariga xizmat koʻrsatish, tekshirish, taʼmirlash va sozlash uchun qulay hamda yerdan 2 m va undan baland joylashgan toʻsiqlari va zinalari bor maydonlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
152. Asbob-uskunalarni boshqarish xonalarida (pultli boshqaruv) ularning vazifasi koʻrsatilgan aniq yozuvlar yoki shartli belgilari boʻlishi zarur.
153. Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalar oʻtkir uchli, qirrali va boshqa jarohatlashi mumkin boʻlgan elementlarga, toʻsilmagan issiq yoki juda ham sovutilgan qism va detallarga ega boʻlmasligi lozim.
154. Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalarning tuzilishi va joylashishi montaj qilish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda qulaylik va xavfsizlikni taʼminlashi zarur.
155. Asbob-uskunalarning konstruksiyasi, uning tarkibiy qismi boʻlgan bugʻ oʻtkazgichlar, elektr simlarining bexosdan zararlanish xavfini bartaraf etishi kerak.
156. Asbob-uskunalarning konstruksiyasi xodimlarning jarohat olishiga sabab boʻladigan oʻtkir boʻgʻinli, hoshiyali, gʻadir-budur va tikanli boʻlmasligi lozim.
157. Asbob-uskunalarning holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida olib borilishi kerak.
158. Asbob-uskunalarni oʻrnatish, taʼmirlash, tozalash, koʻtarish va oʻrnini almashtirish ishlari javobgar shaxs nazorati ostida mexanizatsiya yordamida bajarilishi lozim.
159. Har bir asbob-uskunaning pasporti, kommunikatsiyalarga ulanish chizmasi, konstruksiyasiga kiritilgan oʻzgartirishlar, foydalanishga qabul qilish hujjatlari, shuningdek xavfsiz foydalanish qoʻllanmasi boʻlishi zarur.
160. Har bir asbob-uskunadan foydalanish sharoitlarini hisobga olgan holda xizmat qilish muddati belgilanishi va bu muddat uning pasportida qayd etilishi lozim.
161. Asbob-uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari, keltiruvchi, uzatuvchi mexanizmlari, uning qismlari (shkiv, qayishlar, zanjirlar, aylanuvchi vallar) asbob- uskunaning korpusida joylashgan boʻlishi kerak.
162. Himoyalash konstruksiyasi qoʻshimcha shovqin, tebranish, xavfli vaziyat yuzaga keltirmasligi, uskunaga xizmat koʻrsatishni qiyinlashtirmasligi zarur.
163. Tez-tez kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, toʻr va boshqalar) yoki tez ochiladigan boʻlishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar, ular ochilganida yoki olib tashlanganida avtomatik ravishda uskunalar ishini toʻxtatish bloklari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
164. Asbob-uskunalarni boshqarish tizimida xodimlarning jarohatlanish xavfini bartaraf etish maqsadida xavfli vaziyatlarda tormozlanish va halokatni toʻxtatish vositalari, shuningdek uskunaning buzilishi haqida ogohlantiruvchi signal berish vositalari boʻlishi zarur.
165. Boshqaruv organlari joylashuvi va konstruksiyasi uskunalarning toʻsatdan harakatga kelishining oldini olishi lozim.
166. Oʻtish uchun eng kam oraliqlar uskunalarning boʻrtib turgan qismlarini hisobga olgan holda qoldirilishi zarur.
167. Himoyalash qurilmalari yoʻq yoki nosoz boʻlgan asbob-uskunalardan foydalanish taqiqlanadi.
168. Foydalanish jarayonida bir-biri bilan ishqalanganda uchqun chiqarishi mumkin boʻlgan asbob-uskunalarni gazgolderning ichki yarim oʻralari va gaz kiritish kamerasiga oʻrnatish taqiqlanadi.
169. Sharnirga mahkamlangan, ilgakka ilingan yoki suriluvchi panjaralar ishga tushirish qurilmasi bilan bloklangan boʻlishi kerak.
170. Vakuum holatida ishlovchi apparatlar, vakummetr va apparat ichidagi bosimni atmosfera bosimiga tenglashtiruvchi qurilma bilan jihozlanishi zarur.
171. Quvur oʻtkazgich, apparat va tiqin armaturasi flyansi, lyuk va tushish oʻrasi qopqogʻining teshiklaridan birida mahkamlovchi bolti boʻlmasa ishlatishga ruxsat etilmaydi.
172. Ish vaqtida apparatni koʻrish fonari va lyuklarini ochish taqiqlanadi. Apparatdan foydalanish vaqtida ishlov berilayotgan materialning texnologik qoʻllanmada koʻzda tutilgan miqdori saqlanishi kerak.
173. Harorat va bosimni kuzatish lozim boʻlgan va ish joyidan uzoqda joylashgan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatish mumkin boʻlmagan apparat va agregatlar joylarda koʻrsatish va masofadan koʻrsatish asboblari bilan taʼminlanishi zarur.
174. Uskunalarning 45oC dan yuqori boʻlgan barcha issiqlik tarqatuvchi tashqi devorlari tashqi taʼsirlardan himoya qilingan boʻlishi kerak.
2-§. Himoya toʻsiqlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
175. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining harakatlanuvchi qismlari GOST 12.2.062-81 “Ishlab chiqarish qurilmalari. Himoya toʻsiqlari” talablariga muvofiq blokirovkalash, toʻxtatish, xabardor qilish tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
176. Uskuna tarkibiga kiruvchi himoya vositalari:
uskuna ishga tushirilishidan oldin soz holatda boʻlishi, himoya vositasi oʻchirib qoʻyilgan yoki nosoz boʻlsa, uskunaning ishlashi mumkin boʻlmasligi kerak;
oʻz vazifalarini uzluksiz bajarishi yoxud xavf tugʻilgan yoki odam xavfli zonaga yaqinlashgan holatlarda ishlab ketishi;
faqat xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsiri tugagandan soʻnggina oʻzining himoya vazifasini tugatishni taʼminlashi;
himoya vositalarining ayrim elementlari ishdan chiqqan taqdirda, qoʻshimcha xavf-xatarni yuzaga keltirmagan holda boshqa himoya vositalarining himoyalash vazifasini taʼminlashi;
xizmat koʻrsatish va nazorat qilish uchun qulay boʻlgan joyda oʻrnatilgan boʻlishi, ayrim hollarda ularning ishlashini avtomatik ravishda nazorat qiluvchi qurilmalar bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
177. Uskunaning, u ishlayotgan paytda xavf-xatarning oldini olishga moʻljallangan, koʻtarib qoʻyiluvchi va ikki tomonga suriluvchi toʻsiqlari, shuningdek ulardagi yoki uskunaning korpusidagi ochiluvchi eshikchalar, qopqoqlar, qalqonchalar, ularning tasodifan ochilib yoki yechilib ketishidan saqlovchi moslamalarga (maxsus asbob bilan ochiladigan qulflar va shu kabilarga), zarur hollarda esa toʻsiq yechib olingan yoki ochilganda ish jarayonining toʻxtatib qoʻyilishini taʼminlovchi blokirovkalarga ega boʻlishi lozim.
178. Uskunalar oʻtkir uchli, qirrali va boshqa jarohatlashi mumkin boʻlgan elementlarga, shuningdek toʻsilmagan issiq yoki juda ham sovutilgan qism va detallarga ega boʻlmasligi kerak.
179. Uskunalarning konstruksiyasida quyidagi asosiy talablarga javob beruvchi xodimning elektr tokidan zararlanishidan (shu jumladan xodimning xato harakatlari natijasida) himoyalash nazarda tutilgan boʻlishi shart:
uskunaning xavf-xatar manbai boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismi ishonchli izolyatsiyalangan yoki toʻsilgan yoxud xodimlar tega olmaydigan joylarda oʻrnatilgan boʻlishi kerak;
ochiq tok oʻtkazuvchi qismlari boʻlgan elektr uskunalari qulflanuvchi eshikchalari boʻlgan korpuslarning (shkaflarning, bloklarning) ichiga joylangan yoki himoyalovchi gʻilof bilan yopilgan boʻlishi lozim;
uskunaning izolyatsiya shikastlanishi natijasida xavfli kuchlanish ostida qolishi mumkin boʻlgan metall qismlari yerga (nolga) ulangan boʻlishi lozim;
uskunaning elektr zanjirlarining sxemasida uni taʼminlayotgan tarmoqdan oʻchirib qoʻyuvchi qurilma nazarda tutilgan boʻlishi lozim. Uskuna oʻzining avtonom elektr energiyasi manbaidan taʼminlangan hollarda kuchlanishni elektr zanjirini uzmasdan taʼminlash manbaini oʻchirib olib tashlashga ruxsat etiladi.
3-§. Don va tayyor mahsulotlar saqlash omborxonalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
180. Tekis polli omborxonalarning balandligi koʻchma transport mexanizmlarining toʻsiqsiz harakatlanishini taʼminlashi va binoning pastki konstruktiv elementdan koʻchmas transport va boshqa uskunalarning yuqori qismigacha boʻlgan masofa 2,6 m dan kam boʻlmasligi kerak.
181. Omborxonalarning poli tekis, yoriqlarsiz, qattiq qoplama bilan qoplangan boʻlishi, qoida boʻyicha don saqlanadigan omborxonalarda asfaltning qalinligi 25 mm, qopli yuklarni saqlash omborxonalarda asfaltning qalinligi 50 mm boʻlishi lozim.
182. Donni saqlash omborxonalarining devorlari ularni tozalash va dezinfeksiya qilish uchun tekis boʻlishi zarur.
183. Vertikal kolonnalarsiz va piramida shaklidagi panjaralarsiz mexanizatsiyalashtirilgan donni saqlash omborxonalaridan foydalanish taqiqlanadi.
184. Omborxonani don bilan toʻldirishda koʻchma texnikalarni joylashtirish uchun boʻsh maydon va bitta boʻsh chiqish moslamasini qoldirish kerak. Don toʻkilgan omborxonalarning lyuklari yoki chiqish moslamalarining qopqoqlari yopiq holda turishi zarur. Toʻkilgan donni chiqish moslamasiga koʻchirish uchun omborxonada mahsulotdan boʻshagan maydonda koʻchma texnikadan foydalanish lozim, bunda xodimlar mahsulotdan boʻshagan joyda turishlari lozim.
185. Don oʻzi oqib chiqadigan har bir mexanizatsiyalashtirilgan omborxonada, uning tashqarisidan avariya holatida pastki galereyadagi konveyerni toʻxtatish uchun 2 tadan kam boʻlmagan (toʻxtatish) tugmachalari va unga erkin kirish yoʻli boʻlishi kerak.
186. Omborxonalarda mahsulotlar turlari va navlari boʻyicha saqlanishi zarur.
187. Omborxonalarda mahsulotlarni saqlash harorati va omborxonadagi namlik darajasi mahsulotlar standartlarida belgilangan meʼyorlarda boʻlishi kerak.
188. Omborxonalar ozoda holatda tutilishi zarur.
189. Mahsulotlar taxlangan yogʻoch taglikdan issiqlik manbai va devorlargacha boʻlgan masofa 1 m dan kam boʻlmasligi lozim.
4-§. Donni saqlash bunkerlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
190. Don, sholi, omixta yem va kepakni saqlash bunkerlari (bundan buyon matnda bunkerlar deb yuritiladi) ularning joylashishidan qatʼi nazar, zich yopiladigan va qulflanadigan panjarali saqlagich lyuklar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Bunkerlarga xodimlar tushib ketishining oldini olish maqsadida ular koʻchmas panjaralar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
191. Bunkerlarning ichki devorlari va ularning ostki qismlari mahsulot toʻliq chiqishi uchun silliq boʻlishi lozim.
192. Bunkerlarda saqlanayotgan don va boshqa mahsulotlarning harorati koʻchma va koʻchmas moslamalar yordamida tekshiriladi.
193. Bunkerlar mahsulot toʻliq oqib tushishini taʼminlaydigan moslamalar bilan jihozlanishi zarur.
194. Bunkerlar lyuklari (qopqoqlari) pol sathida yopilishi kerak.
195. Bunkerlar va boshqa uskunalarning lyuklari ularning oʻrnatilgan joyidan qatʼi nazar, qopqoqlaridan tashqari kataklari 250 x 75 mm oʻlchamdagi mustahkam metall panjaralar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
196. Barcha lyuklar panjaralari boltlarda mustahkamlanishi, yopilishi uchun esa, maxsus moslama boʻlishi zarur.
5-§. Don tozalash uskunalariga (separatorlar, toshdan ajratish uskunalariga) qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
197. Elaklari aylanma ilgarilama harakatlanuvchi toshdan ajratish va separatorlarning muvozanatlashtirish moslamalaridagi yuklar kontragaykali va boltlar va shpilintlar bilan mustahkamlanishi kerak.
198. Klapanlar, shlyuzoviklar va tekshirish oynalari chang va havo tortishga yoʻl qoʻymaydigan ishonchli zich boʻlishi lozim.
199. Separatorlar va toshdan ajratish uskunalarini ishga tushirishda salt yurishida kuzovning muvozanatlashtirilganligiga, elaklarning ishonchli mustahkamlanganligiga va taqillagan ovoz hamda tebranishning yoʻqligiga ishonch hosil qilinishi kerak.
200. Pnevmatik separatorlarning shamollatish kanalining koʻchma devor sozlash mexanizmi kanalning enini asta-sekin oʻzgartirishni taʼminlashi lozim.
201. Elaklari aylanma ilgarilama harakatlanuvchi toshdan ajratish va separatorlarning kuzovni osish uchun trosslar bir xil taranglikka ega boʻlishi va doimiy ravishda tekshirib turilishi zarur.
202. Separatorlar korpuslari elaklarining muvozonatlashtirish holati davriy tekshirilib turilishi, ventilyator rotorlari muvozanatlashtirilishi kerak.
6-§. Diskli va silindrli triyerlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
203. Diskli triyerning har bir diski va rotori yigʻilganda statistik muvozanatlashtirilgan boʻlishi lozim.
204. Triyer yuzasidagi katakchalarda metall qirindilari va qoldiqlari boʻlmasligi kerak.
205. Silindrli triyerning sozlash va sektor moslamasi yengil aylanishi va talab qilingan holatga mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
206. Shnekning koʻchmas qismlari bilan peroning orasida, ularni bir-biri bilan ishqalanishga yoʻl qoʻymaydigan masofa boʻlishi kerak.
207. Triyerlar aspiratsiya qilinishi, ularning korpuslari esa, zich boʻlishi lozim.
208. Silindrlar ishlash vaqtida moylash ishlarini bajarishi taqiqlanadi.
7-§. Don yuzasini changdan tozalash uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
209. Radial yoki boʻylama bichlar valga ishonchli mustahkamlanishi lozim. Har qaysi rozetka va bichli baraban yigʻma holda statistik muvozanatlashtirilgan boʻlishi lozim.
210. Rozetka panjasiga xavfsiz xizmat koʻrsatish uchun bichlar ortiqcha chiqib turmasligi, boltlarning bosh qismlari yarim doirali boʻlib, bichlar tomonidan joylashtirilshi, rozetka panjasi tomonidan gaykalar kontrgaykalar boʻlishi kerak.
211. Bichlar teng yuzali bir turdagi poʻlatdan tayyorlanishi lozim. Uchqun chiqishidan saqlash uchun bichlarni barabanning ichki devoriga tegishiga ruxsat etilmaydi.
212. Barabanlarning muvozonatlashtirish yuklari rozetka ichki yuzasiga boltlar bilan mustahkamlanadi. Bichlarning orqasi egri, ishchi qirralari oʻtkirsizlantirilgan boʻlishi zarur.
213. Qayroqi barabanlarning charxlash diski mustahkam boʻlishi, yoriqlari yoki gardishlaridan ajralishlari boʻlmasligi lozim.
214. Donni don sirtini tozalash uskunalariga berishdan oldin metall va mineral aralashmalardan tozalanishi kerak.
215. Uskunaning eshiklari, koʻrish teshiklari va chiqarish moslamalari changni oʻtkazmaydigan zich boʻlishi lozim. Ish jarayonida uskunalarning setkalar ramkalari, charxlash diski va metall barabanlarini ochish taqiqlanadi.
216. Shunday qoidalar don yuzasini changdan, yengil metall magnit aralashmalaridan tozalash va don qobigʻining qoldigʻidan qoʻshimcha endosperma ajratish uskunalarining barchasi uchun tegishlidir.
8-§. Donga suv va issiqlik bilan ishlov berish uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
217. Donni namlash uskunalarining gʻildiraklari tekis aylanishi, suv oqimi bir xilda tarqalishi lozim.
218. Don yuvish uskunalari isitiladigan xonada yon devorlarining balandligi 50 — 75 mm boʻlgan metall yoki betonli hovuzchaga oʻrnatilishi lozim. Don yuvish uskunasining atrofidagi pol quruq boʻlishi kerak.
219. Don yuvish uskunasining suvni siqib chiqarish kolonkalari mustahkam boʻlishi va suv chiqarib yubormasligi hamda mustahkamlangan joylarini yechish imkoniyati boʻlishi lozim.
220. Don isitish kolonkalari toʻsiqlarga mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
9-§. Magnit aralashmalarni ushlab qoluvchi uskunalar, elektromagnit separatorlar, magnit kolonkalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
221. Magnit aralashmalarini ushlab qoluvchi uskunalar donni maydalash stanoklari, drobilkalar, don yuzasini changdan, yengil metall magnit aralashmalaridan tozalash va don qobigʻining qoldigʻidan qoʻshimcha endosperma ajratish, silliqlash uskunalari, entoleytorlar va uskunalarda oʻrnatilishi lozim.
222. Elektromagnitli separatorlar izolyatsiyalangan boʻlishi lozim. Elektr maydonning kuchlanishi ishlab chiqargan tashkilot pasportida koʻrsatilgan koʻrsatkichdan oshmasligi va elektromagnit oʻramlari izolyatsiyasining qarshiligi 0,5 m Om dan kam boʻlmasligi kerak.
223. Elektromagnitli separatorlar, ularning detallari (magnit oʻtkazgichlar, podshipniklar) 60oC dan yuqori boʻlmagan darajada qizdirilganda, mahsulot bilan ishqalanish natijasida detallarning harorati 50oC dan yuqori boʻlmaganda ishga tushirishga ruxsat etiladi.
224. Elektromagnitli separatorda begona tovush va boshqa nosozliklar paydo boʻlganda, zudlik bilan uni toʻxtatish zarur.
225. Magnit aralashmalarini ushlab qoluvchi uskunalar ularga xizmat koʻrsatish va tekshirib turish uchun qulay joylarda oʻrnatilishi lozim.
226. Magnit kolonkalarning tuzilishi magnit aralashmalardan yengil fizik kuch bilan tozalash va bloklarni yengil chiqarib olishni taʼminlashi kerak.
227. Elektromagnitli separatorlar va magnit kolonkalariga mahsulotni uzluksiz va bir tekisda magnit maydon boʻyicha tushishini xizmat koʻrsatuvchi xodim doimiy ravishda tekshirib turishi zarur.
10-§. Tegirmonning don maydalash boʻlimi uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
228. Donni maydalash valining umumiy sapfa yuzasining ogʻishi har qaysi yarim stanokda 1000 mm uzunlik boʻyicha 0,25 mm dan oshmasligi lozim.
229. Vallar orasidagi masofa oʻzgartiriladigan va 0,1 mm dan 1,0 mm gacha boʻlgan chegaralarda boʻlishi kerak.
230. Don bilan taʼminlovchi moslama vallarning barcha uzunligi boʻyicha bir tekisda mahsulot tushishini taʼminlashi zarur.
231. Stanokning tuzilishi ichi boʻsh bochkali vallarning orasidan 5 mm dan kam boʻlmagan va ichi boʻsh boʻlmagan bochkali vallarning orasidan 8 mm begona predmetlarni oʻtishni taʼminlashi lozim.
232. Stanoklar salt ishlashida lampochkali signalizatsiyaga ega boʻlishi kerak.
233. Don maydalash stanoklarining tasmali uzatmalari va shkivlari hamda elektrodvigatellari ichki va tashqi tomonlarida (stanok tomonida) toʻsiqlari boʻlishi zarur.
234. Vallararo uzatish shesternyalarining toʻsiqlari kojuxlarining konstruksiyasi karterda moyning sathi meʼyorida boʻlganda, moyni tashqariga sachrab ketishiga yoʻl qoʻymasligi lozim.
235. Vallarni suv bilan sovitish tizimi maydalangan mahsulot haroratining tushishini 12oC dan oshmagan holda taʼminlashi kerak.
236. Stanokda aylanayotgan vallar orasiga xodimlarning qoʻl panjalari tushib qolmasligining oldini olish maqsadida panjarali saqlagichlar bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
237. Toʻsiq bilan taʼminlovchi val, aspiratsiya quvurlari, kanallari va material oʻtkazgichlar orasini tozalash uchun xavfsiz qulay moslama taqdim etilishi lozim.
238. Vallarni stanokdan olish va boshqa joyga surish hamda oʻrnatish faqat maxsus moslama yordamida (kranlar, telejkalar, tallar va boshqalar) amalga oshirilishi kerak. Chiqarib olingan vallar yogʻochdan tayyorlangan moslamaga oʻrnatilishi va maxsus piramidalarda saqlanishi zarur.
11-§. Elaklar va sitoveykalarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
239. Oʻrnatilgan elak korpusining pastki yuzasi bilan pol sathi orasidagi balandlik 0,35 m dan kam boʻlmasligi lozim.
240. Elaklarning kuzovlari va toshni ajratish uskunalarining chiqish patrubkalari bilan barcha egiluvchan birlashtirishlar chang oʻtkazmaydigan, ishonchli mustahkamlanadigan materiallar va shtutserlar yordamida amalga oshirilishi kerak.
241. Elakni ishga tushirishdan oldin uskunada begona predmetlarning yoʻqligini sinchiklab tekshirish zarur.
242. Sitoveykalarda elak ramkalari ish jarayonida surilib ketmasligi va tushib ketmasligiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ishonchli mustahkamlanishi lozim.
243. Sitoveykalar ishlash jarayonida yigʻma shnekni mahsulot uyumlaridan qoʻl bilan tozalash, moylash va ekssentrik tebratkichni taʼmirlash taqiqlanadi.
12-§. Silliqlash va vallarga tish ochish stanoklariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
244. Silliqlash uskunasining asosiy qismi boʻlgan silliqlash doirasi, kesish supporti va elektr uzatmasi yengil yechib olinadigan toʻsiqlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Stanok sovitish moslamasi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Vallarga tish ochish va boshqa detallarni silliqlashda ishlov berish uslubi yoki silliqlash doirasining qopqogʻidan havoni soʻrib olish moslamasi ishlatilishi zarur.
245. Silliqlash va vallarga tish ochish stanogi ustida vallarni koʻtarib koʻchib yurish va joyiga oʻrnatish uchun tal oʻrnatilgan monorels boʻlishi lozim.
246. Xodimning stoli stanok atrofidagi boʻsh maydonning eng chekka joyida joylashishi kerak. Stolning biror-bir joyga tegib agʻdarilib ketishi bilan bogʻliq boʻlgan ogʻir oqibatlarning oldini olish uchun stolning uzunligi boʻyicha amortizatsiyali toʻxtatish va chegaralovchi moslama boʻlishi zarur.
13-§. Oqlash uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
247. Oqlash uskunalari tebranishi izolyatsiya qilingan poydevorlarda oʻrnatilishi lozim.
248. Oqlash uskunalarini ularning tarang tortish moslamasi nosoz boʻlganda, silliqlash doirasi boʻlmaganda va charxlash diski boʻsh mustahkamlanganda ishga tushirish taqiqlanadi.
249. Oqlash uskunasining rezina vali yengil chiqadigan va kiydiriladigan boʻlishi lozim. Rezina vallarning qizib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
14-§. Don va yormaga issiqlik berish uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
250. Bugʻlantirish, bugʻ quritish, qaynatish va bugʻ qozonlarida quyidagilarga rioya etilishi kerak:
nazorat va oʻlchov asboblari hamda saqlagich klapanlarning (manometrlar, termometrlar va hokazo) sozligiga;
xodim xonalarga bugʻning kirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun uskunalar, bugʻ va issiqlik quvurlari va ularning zich va ishonchli ulanishiga;
barcha uskunalarning issiq qismlari, apparatlar, bugʻ va issiqlik oʻtkazgichlarning puxta termoizolyatsiya qilinganligiga;
bugʻ va issiqlikni ochish-yopish hamda mahsulotning kelib tushishi va chiqishi uchun shlyuzli moslamalarning ishonchli ishlashiga;
tasmali uzatmalar toʻsiqlarining sozligiga.
251. Bugʻning bosimi manometr shkalasida koʻrsatilgan nazorat belgisidan yuqori boʻlmasligi, harorati esa apparatda koʻrsatilgan meʼyordan ortiq boʻlmasligi lozim.
252. Bosim ostida ishlaydigan (bugʻ, suv) uskunalarning manometrlari va boshqa nazorat-oʻlchov asboblari kuzatish uchun bemalol kirib boradigan qulay joyda oʻrnatilishi kerak.
253. Bugʻlantirish, quritish va qaynatish apparatlari oʻrnatilgan xonalari shamollatish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
254. Suv va bugʻni chiqarib yuborishga yoʻl qoʻymaslik uchun bugʻ va issiq suvni ochish yoki yopish moslamalarining qopqoqlari zich boʻlishi va joyida mustahkam oʻrnatilishi kerak.
255. Taʼmirlash ishlarini bajarishga faqat bugʻni uzatish toʻxtatilgandan va apparat ichidagi bugʻ toʻliq chiqarib yuborilgandan soʻng amalga oshirilishi zarur.
256. Apparatni bugʻ tizimidan uzish uchun ochish va yopish moslamasi oʻrnatilishi lozim.
257. Berilgan bosimni taʼminlab turish va kaloriferlarning quvur oʻtkazgichlarining yorilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun bugʻli quritishdan oldin manometr bilan birga reduksionli klapan oʻrnatilishi kerak.
258. Bugʻli quritish quvur oʻtkazgichning chiqish qopqogʻidan namuna faqat yogʻochdan tayyorlangan moslama yordamida olinishi zarur.
15-§. Kunjara va makkajoʻxori soʻtasi drobilkalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
259. Kunjara maydalash moslamasi va makkajoʻxori soʻtasi drobilkalarida maydalangan kunjara va makkajoʻxori mahsulotlarini drobilka ogʻzidan chiqib ketmasligi uchun klapanlar boʻlishi lozim.
260. Makkajoʻxori soʻtasi yoki kunjara parchasini qoʻl yoki biror bir asbob bilan drobilka ichiga tiqish taqiqlanadi. Ularni chiqarish uchun uskunani toʻxtatish lozim.
261. Kunjarani maydalash uchun u konveyer orqali yuborilishi kerak.
16-§. Hajmli, barabanli va tarelkali dozatorlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
262. Hajmli, barabanli va tarelkali dozatorlarning barcha aylanadigan yelkali birlashtirgichlari, tasmali va zanjirli uzatmalar vallarining uchi va erkin joylari mustahkam toʻsilgan boʻlishi zarur.
17-§. Aralashtirgichlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
263. Don oʻz oqimi bilan oqish quvurlarida donni tushirish moslamalaridan keyin mahsulot toshib ketganda oʻzi ochiladigan saqlagichli klapanlar boʻlishi lozim. Xodim qoʻlini uskunaning aralashtirish zonasiga tiqmasligi uchun namuna olish maqsadida uskunadan keyin maxsus moslama boʻlishi lozim.
264. Aralashtirgichni ishga tushirishdan oldin quyidagilar tekshirilishi kerak:
barcha zichlashtirish moslamalarining boltlar bilan tortilganligi;
reduktor va moy taqsimlagichda moyning mavjudligi;
yuqori va pastki qopqoqlarning zich yopilishini fiksatsiya qilinishini nazorat qilish blokirovkalarining sozligi.
265. Aralashtirgichlarning yuqori qopqoqlari zich yopilishi va mustahkamlanishi lozim. Aralashtirgichlardan qopqoqlari ochiq holda foydalanish taqiqlanadi.
266. Aralashtirgichlarda mahsulotning toshib ketishi va sodir boʻladigan barcha nosozliklar faqat elektrodvigatel elektr manbaidan uzilib, uskuna toʻliq toʻxtatilgandan soʻng bartaraf etilishi lozim. Aralashtirgichlarni mahsulotdan tozalash ishlarida faqat maxsus sidirgichlardan foydalanish kerak.
18-§. Granullangan omixta yem ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
267. Granullangan omixta yem ishlab chiqarish granulyator uskunalari yordamida amalga oshiriladi.
268. Uskunani ishga tushirishdan oldin begona predmetlarning yoʻqligi, mexanizm va asboblarning sozligi tekshirilishi lozim.
269. Granulyatorning ish jarayonida matritsaning shtift kesish joyida boshqa ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
270. Metall sterjenli saqlagich shtiftni boshqa biror-bir moslama bilan almashtirish taqiqlanadi.
271. Matritsalarni almashtirish uchun maxsus koʻtarish moslamasi yordamida amalga oshirilishi kerak.
272. Matritsalar bilan roliklarning orasidagi masofani oʻzgartirish va sozlash ishlari faqat granulyator toʻxtatilgandan soʻng amalga oshirilishi mumkin.
273. Boshqaruv pulti, armatura va asboblar xizmat koʻrsatish uchun qulay joyga joylashtirilishi va ularga bemalol kirib borish imkoniyati boʻlishi zarur.
274. Sovutish uskunasini faqat ventilyator va shlyuzli ochish va yopish mexanizmi ishlaganda ishga tushirishga ruxsat etiladi.
19-§. Boshoqli urugʻlik makkajoʻxori soʻtasini quritish uskunasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
275. Makkajoʻxori soʻtasini quritish uskunasining kirish oldida “Agregat toʻliq toʻxtamaguncha kameraga kirmang!” degan yozuv osib qoʻyilishi lozim.
276. Makkajoʻxori soʻtasini quritish vaqtida kameraga issiqlikni haydash zonasida xodimlarning turishi taqiqlanadi.
277. Issiqlik yoʻnalishini oʻzgartirish uchun moʻljallangan eshiklar, qopqoqlar va devorlar mustahkam joylashtirilgan boʻlishi kerak.
278. Quritish kamerasining yuqori havo oqimi bilan tozalash qopqogʻi, xodimlarning kamera ichiga tushib ketishining oldini olish uchun yechib olinadigan panjaralar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Quritish kamerasiga kirish uchun toʻsiqli narvonlar boʻlishi zarur.
20-§. Don oʻz oqimi bilan oqish quvurlari (samoteki), material va havo oʻtkazgichlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
279. Don oʻz oqimi bilan oqish quvurlarining ogʻish burchagi tegishli mahsulotlar uchun ruxsat etiladigan miqdordan kam boʻlmasligi lozim.
280. Quvurlar va don oʻz oqimi bilan oqish quvurlarining detallari ishonchli mustahkamlangan, bir-biri bilan zich birlashtirilgan va chang kiritmaydigan boʻlishi kerak.
281. Don oʻz oqimi bilan oqish quvurlari elementlari, material va havo oʻtkazgichlarning birlashtirilgan joylarida zichlashtirish moslamalari ularning ichki tomonidan chiqib qolmasligi zarur.
282. Tozalash va namuna olish teshiklari xizmat koʻrsatish uchun qulay joyda oʻrnatilishi va qopqoqlari zich berkitilishi lozim. Tiqilib qolgan mahsulotlarni quvurlarga qattiq predmetlar yordamida zarba urish yoʻli bilan bartaraf etish taqiqlanadi. Mahsulot harakatlanishi vaqtida teshikni ochiq qoldirish taqiqlanadi.
283. Tashlab yuboruvchi klapanlar, boʻluvchilar xizmat koʻrsatish uchun qulay joyda oʻrnatilishi va xizmat koʻrsatish uchun teshigi boʻlishi kerak.
284. Material oʻtkazgichlar osib qoʻyilganda, bino orasida yoki tayanchlarda ochiq oʻtkazilganda, quvurlarning flanetsli birlashtirgichlariga xizmat koʻrsatish imkoniyati boʻlishi zarur. Material oʻtkazgichlarning issiqlik izolyatsiyasini quruq yoʻl bilan amalga oshirish nazarda tutilishi lozim.
285. Material oʻtkazgichlarni gorizontal ravishda oʻtkazishda ularni aero aralashma harakatining yoʻnalishi boʻyicha kichik qiyalik bilan oʻrnatish tavsiya etiladi. Material oʻtkazgichlarning detallari zich birlashtirilishi kerak.
286. Material oʻtkazgichlar, toʻsiqlar yoki devorlar orqali oʻtkazilganda, harorat oʻzgarishi bilan quvurlarning surilishi imkonini beradigan patrubka (diametri katta boʻlgan bir boʻlak quvur) orqali oʻtkazilishi zarur.
287. Material oʻtkazgichlarda mahsulotning harakatlanishini nazorat qilish uchun qulay joyda (pol sathidan 1,6 m balandlikda) koʻrinishi yaxshi boʻlgan organik oynadan qilingan, quvurlarda zich berkitiladigan vstavkalar boʻlishi lozim. Material oʻtkazgichlarning atrofidagi statik elektr tokini olish uchun vstavkalar qadami 200 mm boʻlgan organik oynani oʻrab oluvchi egiluvchan metall oʻtkazgich bilan ulanishi lozim.
288. Aspiratsiya havo oʻtkazgichlar vertikal shaklda, 600 dan kam boʻlmagan gorizont qiyalikda minimal gorizontal uchastkaning uzunligi boʻlgan holatda va xizmat koʻrsatish uchun qulay boʻlgan 3 m dan ortiq boʻlmagan balandlikda oʻtkazilishi kerak.
289. Havo oʻtkazgichlarning ichida changni ushlab va choʻkib qolishiga xizmat qiladigan hech qanday notekislik va gʻadir-budurlikka yoʻl qoʻyilmaydi.
290. Gorizontal uchastkalarda havo oʻtkazgichlarni tozalash uchun teshiklar 4 m dan oshmagan masofada oʻrnatiladi.Teshiklar havo oʻtkazgichlarning detallarida (otvod, troynik, krestovina) ham boʻlishi zarur.
291. Havo oʻtkazgichlarni tozalash uchun teshiklar, aerodinamik oʻlchash uchun shtutserlar joylashgan joylari, xavfsiz xizmat koʻrsatish, aspiratsiya va pnevmatik transport uskunalarini sinash hamda sozlash ishlarini bajarish xavfsizligini taʼminlashi kerak.
21-§. Pnevmatik transportyor uskunasiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
292. Pnevmatik transportyor tizimining shlyuzli ochish va yopish moslamalari, tezlikni nazorat qilish relsi (bu talab yuqori ishlab chiqarish uskunalari komplektidagi shlyuzli ochish va yopish moslamalariga tegishli emas) bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
293. Moslamaning parragi aylanishini tekshirish uchun valning orqa qismidan amalga oshiriladi, qoʻl bilan parrakni aylantirish taqiqlanadi.
22-§. Pnevmatik qabul qilgichlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
294. Pnevmatik qabul qilgichning tag qismi qulay yechilishini taʼminlaydigan moslama bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
295. Mexanik qoʻzgʻatish bilan ishlaydigan qabul qilgichlarda, mahsulot tiqilib qolganda rotorni toʻxtatish uchun blokirovka moslamasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Mazkur qabul qilgichlarda havo berish teshigi panjara bilan oʻralgan boʻlishi zarur.
23-§. Markazdan qochma chang ajratgichlar — siklonlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
296. Markazdan qochma chang ajratgichlar — siklonlarning flanets ulagichlari va detallari havo chiqarib yuborilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zich boʻlishi lozim.
297. Markazdan qochma chang ajratgichlar — siklonlar lyuklari yoniga borish yoʻli xavfsiz boʻlishi kerak.
298. Soʻrib olingan chang ushlagichlardan uzluksiz ravishda chiqarib tashlanishi zarur.
24-§. Soʻrib olish filtrlari va impulsli siqilgan havo bilan tozalash filtr-siklonlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
299. Filtr qutisi, chang uchun korpus, qabul qilgich korobkasi, chiqarish kollektorlari va eshiklar zich hamda havo soʻrilishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim. Filtrlarda korpus teshiklari bilan yenglar uchun osma ramalarning boltlari orasidagi masofaning zich boʻlishi nazarda tutilishi lozim.
300. Soʻrib olish filtrlarining yenglari butun, uzilmagan va havoni tozalashni taʼminlaydigan hamda zich filtrlaydigan matodan tayyorlanishi lozim. Yenglarni tortish bir xilda boʻlishi kerak.
301. Tishli gʻildirakning silindrik, konusli-zanjirli va tasmali uzatmalar, aylanadigan kulachoklar, boshqa rejimga oʻtkazish moslamalarining xavfsiz xizmat koʻrsatishni taʼminlaydigan toʻsiqlari boʻlishi zarur.
302. Filtrlar ishlash jarayonida tasmalarni kiydirish va silkitish mexanizmida taʼmirlash, jumladan shnek, yigʻish va chiqarish klapanlarini tozalash hamda sozlash ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi. Shnek parraklarini tarnovning tag qismiga tegishiga ruxsat etilmaydi.
303. Impulsli siqilgan havo bilan tozalash filtr-siklonlarida, impulsli siqilgan havo bilan tozalash va elektr pnevmatik klapanli boshqarish asboblarining sozligi tekshirilishi lozim.
304. Yenglarga xizmat koʻrsatish eshiklari zich boʻlishi lozim. Yenglarga xizmat koʻrsatishda xavfsizlik talablariga javob beradigan narvondan foydalanishga ruxsat etiladi.
305. Filtrli yenglarning simdan qilingan karkaslari tekis folga bilan yerga ulangan boʻlishi kerak.
25-§. Lentali kovshli noriyalarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
306. Don va uni qayta ishlashdan hosil boʻlgan mahsulotlar uchun lentali kovshli noriyalarning tuzilishi tashkilotning standartlariga muvofiq boʻlishi lozim.
307. Noriyalardagi kovshlar va mustahkamlash detallari uzatilayotgan mahsulotga tushib ketmasligi kerak.
308. Noriya lentasi barabandan chiqib ketmasligi uchun eni boʻyicha bir xilda tortilgan boʻlishi zarur.
309. Uzatish barabanining oʻqi boʻyicha poldan 1,5 m balandlikda joylashgan noriyalar bosh qismi(golovka)lariga xizmat koʻrsatish uchun, balandligi 1 m va pastdan 0,15 m balandlikdan toʻliq oʻralgan tutqich va toʻsiqlar bilan jihozlangan maxsus maydoncha nazarda tutilishi lozim. Maydonchaga koʻtarilish uchun eni 0,7 m dan kam boʻlmagan tutqich bilan jihozlangan zinapoya oʻrnatilishi kerak.
310. Noriya bashmaklarini chuqurlashtirish tavsiya etilmaydi. Agarda buning iloji boʻlmasa, noriya chuqurlarida balandligi 1 m dan kam boʻlmagan toʻsiqlar oʻrnatilishi va noriya chuquriga eni 1 m dan kam boʻlmagan yoʻlak boʻlishi lozim. Chuqurlarga kirib borish uchun koʻchmas zinapoya oʻrnatilishi zarur.
311. Noriya quvurlarida koʻrish va lentalarni tortish uchun lyuklar oʻrnatilishi lozim. Lentalarning harakatlanishini kuzatish uchun poldan 1,6 m balandlikda koʻrish lyuklari oʻrnatilishi lozim. Lentalarni tortish uchun lyuklarning oʻrtacha oʻqi poldan 1,3 m dan kam boʻlmagan balandlikda joylashishi kerak. Noriyaning ish vaqtida koʻrish va lentani tortish lyuklari hamda noriyaning bosh qismi (golovka) va bashmakining eshiklari zich berkitilishi lozim. Noriyalarning bashmaklari va quvurlari chang kiritmaydigan boʻlishi zarur.
312. Noriyalarni ishga tushirishni masofadan boshqarishda faqat ogohlantirish tovushi berilgandan soʻng amalga oshirilishi mumkin. Joyida boshqarishda ishga tushirish tugmasi noriya bosh qismi(golovka)ning yonida, elektrodvigatel yaqinida joylashtirilishi lozim.
313. Noriyani toʻxtatish uning bosh qismi(golovka) va bashmaki yonidagi “Toʻxtatish” tugmasi orqali amalga oshiriladi.
314. Barcha turdagi noriyalarning bashmaklarida mahsulot tiqilib qolishidan saqlash datchiklari va tezligini nazorat qilish relesi nazarda tutilishi kerak.
315. Noriya qiyin sochiladigan mahsulotlarda ishlaganda, noriyalarda mahsulot toshib ketishining oldini oladigan va bashmaklarning qabul qilish joyining yuqori qismida taʼminlash moslamalari nazarda tutilishi lozim. Boshoqli va granullangan mahsulotlardan tashqari xom ashyolar lentaning harakat yoʻnalishi boʻyicha berilishi zarur.
316. Kovshlarning orqa devoridagi boltlar uchun moʻljallangan teshiklarda oʻtkir metall uchlari va metall qirindilari boʻlmasligi lozim.
26-§. Lentali, zanjirli konveyerlar, roliksiz, vintli va aerotarnovlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
317. Mahsulotni tashlash va tushirish moslamalari konveyerning harakatlanish yoʻnalishi boʻyicha mahsulotni bir meʼyorda va markazga tashlashni taʼminlashi kerak. Mahsulotni tashlash va tushirish moslamalari mahsulotning toshib ketishi yoki tushib ketishi va konveyerning ortiqcha yuklanishiga yoʻl qoʻymasligi zarur.
318. Transportirovka qilinayotgan mahsulotni bir konveyerdan ikkinchi konveyerga yoki mashinaga berishda mahsulotning konveyerdan yoki mashinadan tushib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan moslamalar nazarda tutilishi lozim. Qopli yuklar uchun konveyerlarning yon tomonlari barcha uzunligi boʻyicha balandligi 200 mm dan kam boʻlmagan devorlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
319. Qiya qilib oʻrnatilgan konveyerlarda (konveyerlarning ogʻma uchastkalarida) donali yuklarni transportirovka qilishda (qoplar mahsulot bilan) lentaning tekisligiga nisbatan harakatsiz holatda va yuklashda egallagan holatini oʻzgartirmasligi kerak.
320. Qiya qilib oʻrnatilgan konveyerlarda uzatma toʻxtatilganda, yukni koʻtarib turuvchi elementning oʻz-oʻzidan yurib ketishiga yoʻl qoʻymaslik imkoniyati boʻlishi zarur.
321. Sochma yuklar uchun moʻljallangan koʻchmas lentali konveyerlarning yuksiz lentasini tozalash moslamasi boʻlishi lozim.
322. Lentaning barabanda sirpanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Lenta sirpanishi paydo boʻlganda, ushbu nosozlikni konveyerning tuzilishida nazarda tutilgan yoʻl bilan bartaraf etilishi kerak. Koʻchmas lentali konveyerlarda tezlikni nazorat qilish releni oʻrnatmasdan ulardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Lenta tarangligi boʻshab qolganda, uzatma barabanlarni moylash taqiqlanadi. Lentaning pastki qismidan polgacha boʻlgan masofa 150 mm dan kam boʻlmasligi zarur.
323. Koʻchma yuklash yoki tushirish moslamalari bilan jihozlangan konveyerlar yoʻnalishida blokirovkalar va yuklash-tushirish moslamalarining yurishini cheklaydigan tayanchlari boʻlishi lozim.
324. Konveyerning harakatlanadigan qismlariga (uzatma, tarang tortish barabanlari, tayanch roliklari va pastki roliklar, tasmali va boshqa turdagi uzatishlar, shkivlar, muftalar, vallar uchlari va boshqalar) xizmat koʻrsatish personali va konveyerlar oldida ishlayotgan shaxslar ishlaydigan joylarda toʻsiqlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Vertikal tarang tortish yuklari poldan 2 m dan kam boʻlmagan balandlikda toʻsiq bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
325. Konveyerlarning bosh va orqa qismlarida konveyerni toʻxtatish uchun avariya tugmalari boʻlishi lozim. Umumiy uzunligi boʻyicha ochiq konveyerlarning xavfli joylarda konveyerni avariya vaziyatlarida xohlagan joyda toʻxtatish uchun qoʻshimcha toʻxtatish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Omborxonalarning pastki va yuqori siloslarda pastki va yuqori konveyerlarning uzunligi boʻyicha har 10 m masofada “Toʻxtatish” tugmasi boʻlishi zarur.
326. Konveyerlarni boshqarish chizmasida avariya vaziyati bartaraf etilgunga qadar uzatmani qayta ishga tushirishga yoʻl qoʻymaydigan blokirovka nazarda tutilishi lozim. Avtomatlashtirilgan transport yoki texnologik liniyalar tarkibiga kiradigan konveyerlarda avariya vaziyati paydo boʻlganda, avtomatik ravishda toʻxtatish moslamasi nazarda tutilishi kerak.
5-bob. Taʼmirlash tuzatish ishlarini bajarish chogʻida xavfsizlikni taʼminlash talablari
1-§. Taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlikning umumiy talablari
327. Tashkilotning taʼmirlash xizmati asbob-uskunalarning mehnat xavfsizligi talablari, ularning texnik pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi lozim.
328. Asbob-uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejali va oldini oluvchi taʼmirlashning qatʼiy bajarilishi hamda taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi zarur.
329. Asosiy uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida taʼmirlashni oʻtkazishga javobgar shaxslar, shuningdek taʼmirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi choralar koʻrsatilishi kerak.
330. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi taʼmirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
331. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilishi kerak.
332. Taʼmirlash ishlari bajariladigan hudud toʻsilgan holatda boʻlishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
333. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan avval taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va taʼmirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtkazilishi lozim.
334. Nosoz yuk koʻtaruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
335. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi kerak.
336. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
337. Havoza va toʻshamalarida ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanilishi shart. Ehtiyot kamarlari arqonining mahkamlanish joyi konstruksiyalarda avvaldan belgilab qoʻyilgan boʻlishi zarur.
338. Taʼmirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr oʻtkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida boʻlgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan oʻchirib qoʻyilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan boʻlishi lozim.
339. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda taʼmirlash ishlarini olib borishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati koʻpi bilan 40oC gacha pasaytirilgandan soʻng ruxsat etiladi.
340. Barcha taʼmirlash ishlari sex yoki tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi kerak.
341. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan boʻlishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi zarur.
342. Taʼmirlash olib borilayotgan joy va barcha oʻtish joylari belgilangan meʼyorlarga muvofiq yoritilishi kerak.
343. Taʼmirlash tugagach keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar oʻz joyiga oʻrnatilishi zarur. Barcha turdagi taʼmirlash ishlari tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan rejaviy-ehtiyot taʼmirlash jadvaliga muvofiq bajarilishi lozim.
344. Barcha zararli va portlovchi gazlar boʻlgan hamda gazlar yigʻilish ehtimoli bor xonalarda taʼmirlash ishlarini boshlashdan avval, shuningdek taʼmirlash ishlari hamda apparatlar va qurilmalarni tozalash vaqtida xonadagi shamollatish tizimini ishlatish zarur.
345. Taʼmirlash ishlari vaqtida portlovchi gaz va bugʻlar ajralib chiqaruvchi jarayonlarni bajarish ishlari taqiqlanadi. Taʼmirlash ishlarini boshlashdan oldin va ularni bajarayotganda binodagi havoda portlovchi bugʻ, gaz bor yoʻqligini tekshirish lozim. Polga, maydonchaga, zinaga va boshqa joylarga metall asboblarni tashlash taqiqlanadi.
346. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda panjara, armatura, quvur oʻtkazgich va mufta qobigʻida turish taqiqlanadi.
347. Xodimlarning oʻtishi, shuningdek asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarini olib oʻtish uchun moʻljallangan yoʻllar sirpanchiq boʻlmasligi zarur.
348. Zararli va portlovchi moddalar ishlatiluvchi asbob-uskuna va quvur oʻtkazgichlar devorining qalinligi (texnik koʻrikdan oʻtkazish, parmalash, ultratovush yordamida) bosh muhandis tomonidan rejaviy-ehtiyot taʼmirlash jadvali asosida tekshirib turilishi kerak.
349. Asbob-uskuna va quvur oʻtkazgichlarda ortiqcha bosim borligida boltlarni va shpilkalarni tortish taqiqlanadi.
350. Barcha portlab yonish xavfi boʻlgan binolarda tortish shamollatish tizimi oʻchirilganda, rejali va ogohlantirish taʼmirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
351. Asbob-uskuna (rezervuar)da taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, unga ulangan barcha quvur oʻtkazgichlardan toʻsqich bilan toʻsilgan va texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan hamda oʻtkir bugʻ bilan bugʻlantirilgan, suv bilan yuvilgan va shamollatilgan boʻlishi lozim.
352. Olovli ishlar yordamida yoki boshqa taʼmirlash ishlari ularni bajarish jarayonida koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramay xavfli vaziyat yuzaga keltirish sharoitlari aniqlanganda toʻxtatilishi zarur.
2-§. Apparat, sigʻim va quduqlar ichida taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
353. Apparat, sigʻim va quduqlarni ochish, ularni tekshiruvdan oʻtkazish, tozalash va taʼmirlash ishlari sex boshligʻining yozma koʻrsatmasiga asosan (avariya hollaridan tashqari) muhandis-texnik shaxslarning uzluksiz nazoratida va ishga kirishish ruxsatnomasi toʻldirilgandan soʻng amalga oshirilishi lozim.
354. Xodimlarni apparat (rezervuar) ichiga tushirishdan oldin unga ulangan barcha quvur oʻtkazgichlar toʻsqichlar bilan berkitilgan, texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan, oʻtkir hidli qoldiqlar neytrallashtiruvchilar bilan xavfsizlantirilgan, suv bilan yuvilgan yoki bugʻlangan hamda 400 S ga qadar sovutilgan va shamollatilgan boʻlishi kerak.
355. Oʻz tuzilishida harakatlanuvchi qismlari boʻlgan apparatlarga xodimlar tushirilishidan oldin u oʻchirish bilan quvvatsizlantirilishi, xavfsizlik qoʻshimchasi olinib, “Yoqilmasin, xodimlar ishlamoqda!” degan ogohlantirish yozuvi ilib qoʻyilishi zarur.
356. Apparat, sigʻim va quduqlarning ichidagi havodan olingan namunaning tahlili ularning ichidagi havoda hajmi boʻyicha kamida 20 foiz kislorod borligini va ammiak, sirka kislotasi va boshqa zararli aralashmalar yoʻqligini koʻrsatgan taqdirdagina ularning ichida ishlarni bajarishga ruxsat etilishi lozim.
357. Ishlar masʼul muhandis-texnik xodimning rahbarligida kamida uch xodim tomonidan bajarilishi, ulardan biri apparat, idish yoki quduqning ichida boʻlishi, ikkinchisi esa yuqorida turib qutqarish arqonini ushlagan holda ichkarida ishlayotgan xodimni kuzatib turishi va quduqning yonidan ketmasligi kerak.
358. Apparatning ichida ishlayotgan xodimning sogʻligʻi yomonlashsa, u darhol ishni toʻxtatib, tashqariga chiqishi lozim. Zarur hollarda kuzatib turuvchi va ish rahbari jabrlangan xodimni tashqariga chiqarib olishlari zarur.
359. Xodim avariya holatlarida ichida gaz bor yoki havo almashinuvi yetishmaydigan apparatlar, sigʻimlar, quduqlarda taʼmirlash ishlarini boshlashidan oldin shlangli protivogazni kiyishi lozim. Shlangning orqa uchi toza havoli hududga chiqarib, mahkamlanib qoʻyilishi kerak.
360. Shlangli protivogazda tanaffussiz ishlash muddati 15 daqiqadan oshmasligi shart, shundan soʻng xodim 15 daqiqa ochiq havoda dam olishi lozim.
361. Idishlarni, ularning ichiga xodimlarning tushishi bilan bogʻliq ishlarga tayyorlash hamda ishlash paytidagi koʻriladigan xavfsizlik choralari naryad-ruxsatnomada bayon qilingan boʻlishi zarur.
362. Taʼmirlash jarayonida yongʻin xavfsizligi choralarini taʼminlash uchun javobgarlik olovli ishlar olib boriladigan sex, tajribaxona, ustaxona, omborxona, boʻlim rahbarlariga yuklatilishi kerak.
363. Vaqtinchalik payvandlash ishlari va boshqa olovli ishlar bajariladigan joylar obyektning yongʻin xavfsizligi uchun javobgar shaxsining (muassasa, sex, laboratoriya, ustaxona, omborxonaning rahbari) yozma ruxsati bilan aniqlanishi lozim.
364. Olovli ishlar bilan bogʻliq taʼmirlashga yongʻin xavfsizligi talablarini biladigan, tekshiruvdan oʻtgan va maxsus ruxsatnoma berilgan xodimlar qoʻyilishi zarur.
365. Olovli ishlarni boshlashdan oldin ushbu ishlarni bajaruvchi xodimlar mazkur ishlab chiqarishda ishlarni bexatar bajarish qoidalari bilan tanishtirilishi lozim.
366. Ishlab turgan portlash xavfi bor obyektlar va ishlab chiqarish qurilmalariga 25 m gacha boʻlgan masofadagi hududlarda olovli ishlarni bajarish taqiqlanadi.
367. Olovli ishlar bajarilayotgan ish joylarida xavf yuzaga kelgan zahotiyoq ish toʻxtatilishi kerak.
3-§. Favqulodda vaziyatlarda xavfsiz ishlashga qoʻyiladigan talab
368. Tashkilotlarda ehtimol tutilgan avariyalarni bartaraf etish rejasi ishlab chiqilishi lozim. Unda mavjud sharoitlarni hisobga olgan holda avariyalarning oldini olish va avariya vaziyatlarini bartaraf etish, avariya sodir boʻlganda esa, uning oqibatlarini chegaralash va yengillashtirish, alangalanish va portlashning oldini olish, avariyani bartaraf etishda band boʻlmagan odamlarni evakuatsiya qilish yuzasidan xodimlarning tezkor vazifalari nazarda tutilishi zarur.
6-bob. Qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik
369. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
370. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(370-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasi.
7-bob. Yakuniy qoida
371. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qoʻrilish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2015-yil 10-aprel
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
2015-yil 10-aprel
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2015-yil 10-aprel
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 10-aprel
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2015-yil 10-aprel
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2015-yil 10-aprel
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. QURBONOV
2015-yil 10-aprel
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E. QUDRATOV
2015-yil 10-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 17-son, 213-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)