1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KOʻP KVARTIRALI UYLARNI KAPITAL TAʼMIRLASh UChUN MABLAGʻLAR TOʻPLASh (YIGʻISh) VA ULARDAN FOYDALANISh TOʻGʻRISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 570-sonli “Koʻp kvartirali uylarni kapital va joriy taʼmirlash uchun mablagʻlarni toʻplash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 138-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Koʻp kvartirali uylarni kapital taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash (yigʻish) va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2000-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 18-yanvar,
16-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 18-yanvardagi 16-son qaroriga ILOVA
Koʻp kvartirali uylarni kapital taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash (yigʻish) va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi
1. Mazkur Vaqtinchalik Nizom (keyingi oʻrinlarda “Nizom” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 137-moddasiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 16-iyuldagi 345-son qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
2. Mazkur Nizom turar joylarni va yashash uchun moʻljallanmagan joylarni, kvartiralar oraligʻidagi zinapoyalarni, liftlarni, yoʻlaklarni, tomlarni, texnik yertoʻlalarni va umumiy foydalaniladigan boshqa obyektlarni, koʻp kvartirali uylar muhandislik kommunikatsiyalarini, uy atrofidagi hududlarni kapital taʼmirlash uchun mablagʻ bilan taʼminlashning turli manbalaridan tushuvchi mablagʻlarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari mablagʻlari (keyingi oʻrinlarda boshqaruvchi tashkilot deb ataladi) jamgʻarma depozit hisob raqamlarida toʻplash (yigʻish) va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Mazkur bandning amal qilishi 1991-yilgacha qurilgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan turar joylarning aniq roʻyxatlari asosida budjet mablagʻlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari mablagʻlari va boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan uylarning ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini va turar joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini mukammal taʼmirlashga joriy etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
II. KAPITAL TAʼMIRLAShGA PUL MABLAGʻLARINI TOʻPLASh UChUN BOShQARUVChI TAShKILOTNING JAMGʻARMA DEPOZIT HISOB RAQAMINI OChISh TARTIBI
3. Kapital taʼmirlashga pul mablagʻlarini toʻplash uchun boshqaruvchi tashkilotning jamgʻarma depozit hisob raqamini (keyingi oʻrinlarda hisob raqami deb ataladi) ochish uchun bankning vakolatli boʻlimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank hisob raqamlarini ochishni tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlariga muvofiq hujjatlar taqdim etiladi.
III. KOʻP KVARTIRALI UYLARNI KAPITAL TAʼMIRLAShNI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh MANBALARI
4. Quyidagilar koʻp kvartirali uylarni kapital taʼmirlashni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi:
a) uy-joy mulkdorlari va ijaraga oluvchilardan, shuningdek, uy-joyga boshqarish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash va ijaraga olish shartnomasiga muvofiq yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlaridan tushuvchi mablagʻlar;
b) boshqaruvchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatish va ularga qarash xarajatlariga haq toʻlash yuzasidan imtiyozlar berilishi tufayli qoʻlga kirmagan daromadlarini qoplashga budjetning tasdiqlangan parametrlari doirasida ajratiladigan budjet mablagʻlari;
v) koʻp kvartirali uylarni saqlash boʻyicha umumiy xarajatlar uchun ijaraga oluvchilardan tushuvchi mablagʻlar;
g) yashash uchun moʻljallanmagan joylarni ijaraga topshirishdan tushuvchi ijara toʻlovi;
d) uyning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital taʼmirlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan jalb qilinadigan budjetdan tashqari va boshqa moliyaviy resurslar;
(4-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
e) koʻp kvartirali uylarni kapital taʼmirlash uchun uy-joy mulkdorlari va ijaraga oluvchilarning ixtiyoriy badallari;
j) amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladigan boshqa mablagʻlar.
Boshqaruvchi tashkilotlar kapital taʼmirlashga ajratmalar meʼyorlarini har yili koʻp kvartirali uyning haqiqiy holatini hisobga olgan holda uy-joyga qarash va taʼmirlash uchun tushuvchi “a”, “b” va “v” kichik bandlarda koʻrsatilgan mablagʻlarning kamida 30 foizi va 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilaydilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)
5. Mazkur Nizomning 4-bandi “a”, “b”, “v” kichik bandlarida (belgilangan miqdorda) va “g” kichik bandida (toʻliq miqdorda) nazarda tutilgan manbalardan boshqaruvchi tashkilotning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga tushuvchi mablagʻlar har oyda toʻplash hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamidagi qolgan mablagʻlarni boshqaruvchi tashkilot amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻp kvartirali uylarga joriy qarash uchun mustaqil ravishda sarflaydi.
“D”, “e” va “j” kichik bandlarda nazarda tutilgan manbalardan tushuvchi mablagʻlar bevosita toʻplash hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Toʻplash hisob raqamidagi mablagʻlardan obyektlarni kapital taʼmirlashda foydalanish aniq roʻyxatga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Boshqaruvchi tashkilot mablagʻ toʻplash boʻyicha tizimdan tashqari hisobni yuritish va mazkur uyni kapital taʼmirlash davomida keyinchalik ularni hisobdan chiqarish uchun xizmat koʻrsatiladigan har bir uy (kvartira)ga shaxsiy hisob raqami (kartochka) ochadi.
4-bandning “v” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan manbalardan belgilangan miqdorda tushgan mablagʻlar tegishli koʻp kvartirali uyning shaxsiy hisob raqamlari (kartochkalari) boʻyicha tarqatiladi.
7. Ekstremal vaziyatlar (halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqalar) paydo boʻlgan taqdirda bankning mablagʻ bilan taʼminlovchi boʻlimlari tomonidan koʻrsatib oʻtilgan hisob raqamlaridan pul mablagʻlari boshqaruvchi tashkilotning birinchi talabiga koʻra beriladi (yillik foiz stavkalari va boshqalar hisobga olingan holda).
IV. KAPITAL TAʼMIRLAShDA MOLIYAVIY RESURSLARDAN FOYDALANISh TARTIBI
8. Kapital taʼmirlashni mablagʻ bilan taʼminlashni rasmiylashtirish uchun boshqaruvchi tashkilot tomonidan vakolatli bankka quyidagilar ham taqdim etiladi:
uy-joy fondini kapital taʼmirlashni mablagʻ bilan taʼminlashning mablagʻ bilan taʼminlash manbalari koʻrsatilgan holdagi rejasi (1-ilova);
obyektlarni kapital taʼmirlashning aniq roʻyxati (2-ilova);
aniq roʻyxatda nazarda tutilgan obyektlarni kapital taʼmirlashning belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari;
pudrat tashkilotini tanlash uchun oʻtkazilgan tanlov savdolari (tender)ning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan natijalari;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
yillik aniq dasturda nazarda tutilgan butun ish hajmi yuzasidan boshqaruvchi tashkilot va pudrat tashkiloti oʻrtasidagi shartnoma hamda shartnomaning obyektlar boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar koʻrsatilgan alohida shartlari.
9. Mablagʻlarni hisobdan chiqarish 2-shakl boʻyicha, bir oyda bajarilgan ish hajmlarini qabul qilib olish yuzasidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan dalolatnomalar asosida amalga oshiriladi.
V. KOʻP KVARTIRALI UYLARNI KAPITAL TAʼMIRLAShGA AJRATILGAN PUL MABLAGʻLARIDAN BELGILANGAN MAQSADDA FOYDALANILIShINI NAZORAT QILISh
10. Koʻp kvartirali uylarni kapital taʼmirlashning aniq roʻyxatida nazarda tutilgan obyektlar loyiha-smeta, tender hujjatlarining toʻgʻriligini, toʻplangan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uy-joy fondini kapital taʼmirlash sifatini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy hokimiyat va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
11. Koʻp kvartirali uy-joylarni kapital taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ishlarning nazorat oʻlchovlari ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan, boshqaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
12. Nazorat oʻlchovlari va mablagʻ olish uchun asos boʻladigan hisob-kitob hujjatlarini tekshirish natijasida bajarilgan ishlar hajmi va qiymati oshirib yozilgani aniqlangan taqdirda ortiqcha olingan summa belgilangan navbat boʻyicha taʼmirlash-qurilish tashkilotlari va boshqa tashkilotlardan undiriladi, aniqlangan oshirib yozishlar uchun javobgarlik esa qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Yuridik shaxslarning hisob raqamlarida mablagʻi yetarli boʻlmagan taqdirda, ularni hisobdan chiqarish ketma-ketligi, Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning banklardagi hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini oʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 615, 1999-yil 30-yanvar) asosan amalga oshiriladi. Qonunbuzilishning xususiyatidan kelib chiqib, aybdor shaxslar fuqarolik-huquqiy, jinoiy, maʼmuriy, intizomiy javobgarlikka tortiladilar.
VI. HISOB RAQAMLARINI YoPISh VA ULARDA QOLGAN MABLAGʻLARDAN FOYDALANISh TARTIBI
13. Kapital taʼmirlash uchun jamgʻarma depozit hisob raqamlariga oʻtkazilgan va yil oxirigacha foydalanilmagan ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar, yillik foiz stavkalarini hisobga olgan holda, mablagʻlarni toʻplash hisob raqamida jamlanadi va olib qoʻyilmaydi.
14. Pul mablagʻlarini pul qadrsizlanishi jarayonlaridan himoya qilish maqsadida boshqaruvchi tashkilotlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq, tasdiqlangan aniq roʻyxatlarda belgilangan muddatlarda kapital taʼmirlash boshlangungacha, mablagʻlardan kredit resursi sifatida foydalanish toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi bank bilan depozit yuzasidan shartnomalar tuzishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (roʻyxat № 1948, 27.04.2009-y.).
15. Boshqaruvchi tashkilot qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda hisob raqamidagi foydalanilmagan mablagʻlar qoldigʻi uylar va uy-joy mulkdorlari koʻrsatilgan holda kapital taʼmirlash uchun toʻplangan va foydalanilmagan mablagʻlar aks ettirilgan shaxsiy hisob raqamlar bilan birgalikda uning huquqiy vorisiga beriladi.
16. Alohida turgan uy (uylar) mulkdorlari-shirkat aʼzolarining bir qismi shirkatdan chiqqan taqdirda ushbu uy mulkdorlari tomonidan toʻplangan mablagʻlar 2000-yil 1-yanvardan boshlab shaxsiy hisob raqamlariga (kartochkalarga) muvofiq boshqaruvchi tashkilot oborotidan chiqariladi va uy-joyni operativ boshqarish oʻz tasarrufiga oʻtadigan boshqaruvchi tashkilot hisob raqamiga oʻtkaziladi.
2000-yil 1-yanvardan keyin kapital taʼmirlangan uy-joy operativ boshqarishdan chiqqan taqdirda toʻplash hisob raqamidan kapital taʼmirlash uchun olingan mablagʻlar koʻrsatib oʻtilgan uy tomonidan mablagʻlar yigʻilgandan keyin yangi boshqaruvchi tashkilotga qaytariladi.
Kapital taʼmirlash uchun vaqtinchalik qarzga olingan mablagʻlarni oʻtkazish yoki qaytarish tartibi, muddatlari mavjud qonunchilikka muvofiq boshqaruvchi tashkilotlar oʻrtasidagi bitim (shartnoma) bilan rasmiylashtiriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-son qarori tahririda — OʻR QHT 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
17. Koʻp kvartirali uy-joy buzib tashlangan taqdirda toʻplash hisob raqamida yigʻilgan va foydalanilmagan mablagʻlar uy-joy mulkdorlariga, ular qoʻshgan mablagʻlarga muvofiq qaytarib beriladi.
Koʻp kvartirali uylarni kapital taʼmirlash uchun mablagʻlar toʻplash (yigʻish) va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
_______________________________________________________________________ dagi
(viloyat, shahar, tuman)
_______________________________________________________________________ ning
(boshqaruvchi tashkilotning nomi)
uy-joy fondini kapital taʼmirlashni mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha _______ yilgi REJASI
(ming soʻm)
Yillik reja
shu jumladan, choraklar boʻyicha
I
II
III
IV
Kapital taʼmirlash — jami
shu jumladan, manbalar:
—
—
—
Loyihalash-smeta ishlari — jami
shu jumladan, manbalar:
—
—
—
Jami
shu jumladan, manbalar:
—
—
—
Boshqaruvchi tashkilot rahbari ___________________________________
Loyiha-smeta hujjatlari va pudrat shartnomalari mavjudligini tekshirdim:
bank xodimi
_____________________________________
(imzo)
((Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 1-son, 4-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 24-son, 241-modda; 2005-y., 19-20-son, 143-modda; 2007-y., 9-10-son, 85-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)