|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.01.2019
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2090-9]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Ibragimova) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 11-mart,
72-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 11-martdagi 72-mh-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 15-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Notarius davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrab olishga haqli.”.
2. Quyidagi mazmundagi 151-band bilan toʻldirilsin:
“151. Notarial harakatlarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlaridan davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda mavjud boʻlgan hujjatlarni va axborotlarni, shu jumladan soliq qarzdorligi yoki kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzlarning mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarning, tadbirkorlik subyekti taʼsis hujjatlarining, litsenziyalar va ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarning nusxalari talab qilinmaydi.
Tadbirkorlik subyektlarining notarial harakatlarni amalga oshirish yuzasidan murojaatlari mavjud boʻlganda notariuslar davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlarni va axborotlarni oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladilar.
Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotlar mavjud boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan davlat notarial idoralari ushbu hujjatlar va axborotlarni (arxiv maʼlumotnomalari bundan mustasno) idoralararo soʻrov olingan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida taqdim etishlari shart.
Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotlarning ushbu hujjatlar va axborotlar mavjud boʻlgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan idoralararo soʻrov boʻyicha taqdim etilmasligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmasligi tadbirkorlik subyektiga davlat xizmati koʻrsatishni, xususan, notarial harakatni amalga oshirishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
Notarius notarial harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan shaxslarni idoralararo soʻrov orqali olingan hujjatlar va axborotlarning mazmuni haqida xabardor qilishi va bu haqda tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatishi zarur.”.
3. 39-banddagi “Oila kodeksining (bundan keyingi oʻrinlarda Oila kodeksi deb yuritiladi) 184-moddasi” degan soʻzlar “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 41-bandning birinchi xatboshisida:
“uy-joyning texnik holati va qiymati” degan soʻzlar “bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli maʼlumotnomalar notarius tomonidan idoralararo soʻrov orqali “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasidan va tegishli davlat notarial idorasidan olinadi.”.
5. 53-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“53. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boshqa shaxsga oʻtkazilayotganda, mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat boʻlib quyidagilardan biri boʻlishi mumkin:
umrbod taʼminlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish, oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan shartnoma;
notarial tasdiqlangan lizing shartnomasi;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga renta toʻlovi sharti bilan oʻtkazilishi nazarda tutilgan notarial tasdiqlangan renta shartnomasi;
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma;
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushiga mulk huquqi toʻgʻrisida berilgan guvohnoma;
sud qarori (hal qiluv qarori, ajrim va boshqalar) yoki sud ijrochisining qarori yoxud sud ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi auksionda sotib olinganganligini tasdiqlovchi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻlinganligi toʻgʻrisidagi bitim;
mahalliy davlat hokimiyati organining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uyni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori;
tugatilayotgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan mol-mulkni uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash (boʻlish) toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan kelishuv;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini ochiq savdoda sotib olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa hujjatlar.”.
6. Quyidagi mazmundagi 531 va 532-bandlar bilan toʻldirilsin:
“531. Oʻzbekiston SSRning qonun hujjatlari amal qilgan davrda bunyod etilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
davlat hokimiyati organlarining kapital qurilish va keyinchalik foydalanish uchun yer uchastkalarini muddatsiz foydalanishga berish toʻgʻrisidagi qarorlari;
vakolatli organlarning binolar va inshootlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlari, qarorlari, farmoyishlari;
notarial tasdiqlangan: oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, mulkni boʻlish, koʻchmas mulkni umrbod taʼminlash sharti bilan boshqaga oʻtkazish shartnomalari; imorat solish toʻgʻrisidagi, shaxsiy mulk huquqida uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi, yakka tartibdagi imorat soluvchilar uy-joy qurilishi jamoalariga uylarni qurish uchun yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi, er-xotin oʻrtasida uylarni boʻlish toʻgʻrisidagi shartnomalar;
shahar va tuman Xalq deputatlari kengashlari ijroiya qoʻmitalarining imoratlarga boʻlgan mulk huquqini tan olish (mavjud hujjatlar asosida) toʻgʻrisidagi qarorlari;
umumiy mulk boʻlgan imoratning tegishli ulushiga boʻlgan meros qilib olish huquqi toʻgʻrisidagi va mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalar hamda uy kimoshdi savdosida xarid qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar;
binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari yoki hakamlik sudining qarorlari;
inventarizatsiya-texnik materiallar, agar ularning matnida toʻgʻri rasmiylashtirilgan, uyga mulk huquqini belgilovchi hujjatga aniq ishora boʻlsa;
shartnomalarning dublikatlari, nusxalari yoki oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta, umrbod taʼminlash sharti bilan boshqaga oʻtkazish bitimlari amalga oshirilganligi toʻgʻrisida, shuningdek meros qilib olish toʻgʻrisida guvohnoma hamda binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqining boshqaga oʻtganligini belgilovchi boshqa notarial hujjatlar berilganligi haqidagi notarial idoralarning reyestrlaridan koʻchirmalar.
532. Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boshqa shaxsga oʻtkazilayotganda, mazkur Yoʻriqnomaning 53 va 531-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati aʼzolari tomonidan umumiy xarajatlarni qoplash uchun toʻlanadigan majburiy badallar, telefon aloqasi xizmati uchun toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar;
kommunal xizmatlar uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (jismoniy shaxslarga tegishli uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi uchun);
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi oʻzgartirilganda, qayta qurilganda yoki buzilganda mahalliy davlat hokimiyati organining bu haqdagi qarori;
Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraxtlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi;
soliqlar boʻyicha budjet oldida qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi (bundan keyingi oʻrinlarda davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi deb yuritiladi);
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan maʼlumotnoma;
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi.
Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi va oltinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotnomalar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
7. 54-bandning birinchi xatboshisida:
“borligi va mulkka boʻlgan huquqni tan olganligi” degan soʻzlar “va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi jumladan keyin quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tuman (shahar) hokimining qarori notarius tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligidan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
8. 57-banddagi “53-bandida” degan soʻzlar “53, 531 va 532-bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 66-banddagi “Oila kodeksining 184-moddasidagi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 67-banddagi “Binolar va inshootlarga” degan soʻzlar “Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraxtlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 69-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, ushbu maʼlumotnoma notarius tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasidan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
12. 71-bandning ikkinchi xatboshisida:
“qoʻshimcha qurilishga ruxsat berganligi yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini buzish toʻgʻrisida va mulkka boʻlgan huquqni tan olish toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar “bu oʻzgarishlar toʻgʻrisida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur qaror va maʼlumotnoma notarius tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligi va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasidan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”
13. 74-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qurilishi tugallangan, ammo davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan obyektlar roʻyxati;”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma.”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
14. 77-bandda:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
15. 78-bandda:
oʻn beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi, oltinchi, yettinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
16. 95-bandda:
oʻn beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“korxona tarkibidagi bino va inshootlar uchun “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining maʼlumotnomasi;”
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, oʻninchi, oʻn beshinchi va oʻn yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
17. 97-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidagi “yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olish” degan soʻzlar “Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 117-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
19. 125-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn sakkizinchi xatboshi “, idoralararo soʻrov orqali olingan hujjatlar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi va oʻn birinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotnomalar va yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
20. 133-banddagi “maʼlumot” degan soʻz “maʼlumotnoma (tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, notarius tomonidan tegishli davlat notarial idorasidan olinadi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. 136-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Binolar va inshootlarga” degan soʻzlar “Binolar, inshootlar va koʻp yillik daraxtlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotnomalar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
22. 137-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
23. 140-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi, uchinchi va oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
24. 146-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
25. 169-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning ikkinchi, oltinchi, oʻn birinchi, oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
26. 194-banddagi “Oila kodeksining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining (bundan buyon matnda Oila kodeksi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
27. 254-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli maʼlumotnomalar notarius tomonidan idoralararo soʻrov orqali “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasidan va tegishli davlat notarial idorasidan olinadi.”.
28. 258-bandning uchinchi xatboshisi uchinchi jumladan soʻng quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
29. 260-band birinchi jumladan soʻng quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, ushbu maʼlumotnoma tegishli depozitariydan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
30. 297-bandda:
“taʼsis hujjati” degan soʻzlar “ustav fondiga (kapitaliga) hissa qoʻshgan yuridik shaxsning taʼsis hujjati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, rezident yuridik shaxsning taʼsis hujjati tegishli yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan tashkilotdan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
31. 325-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar notarius tomonidan tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 10-son, 123-modda)