OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGINING
Qarori
Huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar haqida ichki ishlar organlariga xabar qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 21-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2627]
Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi qaror qiladi:
1. Huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar haqida ichki ishlar organlariga xabar qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-noyabr,
36-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-noyabr,
18-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAHOBOV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-noyabr,
49-qq-son
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-noyabr,
56-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining 2014-yil 4-noyabrdagi 36, 18, 49-qq va 56-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar haqida ichki ishlar organlariga xabar qilish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari hamda davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar haqida ichki ishlar organlariga xabar qilish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari ichki ishlar organlariga:
huquqbuzarliklar faktlari haqida;
odamlarning hayotiga yoki sogʻligʻiga tahdid soladigan oilaviy-maishiy nizolar toʻgʻrisida va oilaviy-maishiy munosabatlar sohasidagi huquqbuzarliklar haqida;
taʼlim oluvchi shaxs gʻayriijtimoiy xulq-atvorga va huquqbuzarliklar sodir etishga jalb etilganligi haqida;
huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar haqida xabar qilishi shart.
2. Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari ichki ishlar organlariga:
ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar va atrofdagilar uchun xavf soluvchi boshqa kasalliklar tarqalganligi haqida;
badaniga shikast yetgan yoxud behush holatda boʻlgan shaxslar kelib tushganligi yoki murojaat etganligi haqida;
odamlarning hayotiga yoki sogʻligʻiga tahdid soladigan oilaviy-maishiy nizolar toʻgʻrisida va oilaviy-maishiy munosabatlar sohasidagi huquqbuzarliklar haqida;
voyaga yetmagan shaxs gʻayriijtimoiy xulq-atvorga va huquqbuzarliklar sodir etishga jalb etilganligi haqida;
huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar haqida xabar qilishi shart.
2-bob. Huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlarni aniqlash
3. Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 1-bandida keltirilgan huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar:
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida;
talaba-oʻquvchi va tarbiyalanuvchilarga taʼlim berish jarayonida toʻplangan maʼlumotlar asosida;
talaba-oʻquvchi va tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda qolganligi haqidagi xabar asosida;
Oldingi tahrirga qarang.
talaba-oʻquvchi va tarbiyalanuvchilar bilan suhbat oʻtkazish va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa yoʻllar bilan aniqlanadi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
4. Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 2-bandida keltirilgan huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar:
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida;
fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish jarayonida;
Oldingi tahrirga qarang.
murojaat qilgan bemor yoki bemorni olib kelgan shaxs bilan suhbat oʻtkazish va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa yoʻllar bilan aniqlanadi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3-bob. Huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar qilish
5. Huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar aniqlangan taqdirda, taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari yoki taʼlim muassasalari yoxud davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari yoki sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan zudlik bilan hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismiga telefon orqali xabar qilinishi shart.
6. Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organi yoki taʼlim muassasasi yoxud davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organi yoki sogʻliqni saqlash muassasasi masʼul xodimi hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismiga telefon orqali xabar qilganda, hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismi navbatchisi tomonidan darhol xabarning roʻyxatdan oʻtkazilishi taʼminlanadi va xabarnomaga yozib qoʻyish uchun xabar bergan masʼul shaxsga xabarning roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami beriladi.
Bunda taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari, taʼlim muassasalari va davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi, sogʻliqni saqlash muassasalari mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi xabarnomani 24 soat ichida hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismiga yetkazilishini taʼminlashi shart.
Xabarnoma tegishli taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organi yoki taʼlim muassasasi yoxud davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organi yoki sogʻliqni saqlash muassasasining uni rasmiylashtirgan masʼul xodimi tomonidan imzolanadi va tegishli tashkilotning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
7. Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organi yoki taʼlim muassasasi yoxud davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organi yoki sogʻliqni saqlash muassasasi tegishli xabarnomani hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismiga yetkazib berish uchun uni hududiy militsiya tayanch punktiga taqdim etishga haqli.
8. Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organi yoki taʼlim muassasasi yoxud davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organi yoki sogʻliqni saqlash muassasasi masʼul shaxsi taqdim etgan roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami yozilgan xabarnoma hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismi navbatchisi yoki militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori (katta inspektori) tomonidan qabul qilib olinadi hamda xabarnomaning qirqma qismi uni taqdim etgan masʼul shaxsga oʻsha vaqtning oʻzida qaytarib beriladi.
Hududiy militsiya tayanch punktiga kelib tushgan xabarnomaning hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismiga yetkazilishi hududiy militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori (katta inspektori) tomonidan taʼminlanishi lozim.
9. Taʼlim muassasalari tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar boʻyicha tegishli maʼlumotlar mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Taʼlim muassasalarida huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlarni qayd qilish kitobiga, sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar boʻyicha tegishli maʼlumotlar esa mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Sogʻliqni saqlash muassasalarida huquqbuzarliklar faktlarini hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlarni qayd qilish kitobiga kiritib boriladi.
Ushbu kitoblar raqamlangan, tikilgan va tegishli taʼlim muassasasi yoki sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan muhrlangan boʻlishi shart.
10. Sogʻliqni saqlash muassasalari bemorning kasallik tarixiga bemor, bemorni olib kelgan shaxs (agar mavjud boʻlsa) hamda yuz bergan voqea holati haqidagi maʼlumotlarni toʻliq qayd etishi lozim.
4-bob. Yakuniy qoidalar
11. Huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlarni qayd qilish kitoblari, ularning yuritilishi tugallangan kundan boshlab, shuningdek xabarnomalarning qaytarib berilgan qirqma qismlari (alohida jildda) 3 yil davomida tegishli taʼlim muassasasi yoki sogʻliqni saqlash muassasasida saqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mazkur Yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 241-moddasi.
Huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar haqida ichki ishlar organlariga xabar qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
1-ILOVA
Huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar haqida ichki ishlar organlariga xabar qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
2-ILOVA
Huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar haqida ichki ishlar organlariga xabar qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
3-ILOVA
Taʼlim muassasasida huquqbuzarliklar faktlarini hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlarni qayd qilish
KITOBI
| | | | | | | Yuritilish boshlandi: | 20___ yil “___”_________ | | ||
| | | | | | | Yuritilish tugallandi: | 20___ yil “___”_________ | | ||
| | | | | | | | | | | |
| (kitobning birinchi qismi) | | | | | | | ||||
| T/r | Talabaning (oʻquvchi, tarbiyalanuvchi) F.I.O., tugʻilgan sanasi | Kursi (sinfi, guruhi) | Yashash manzili | Huquqbuzarlikka yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga moyilligi | Sodir etgan huquqbuzarligi yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakati | Voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlikka yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti- harakatga jalb etgan shaxs toʻgʻrisida maʼlumot | Ota-onasi yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxsning F.I.O., yashash manzili va ish joyi | Hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismiga telefon orqali xabar berilgan sana va vaqt, xabar bergan masʼul shaxsning F.I.O. | Xabarnomani qabul qilgan hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismi navbatchisi yoki militsiya tayanch punkti profilaktika inspektorining (katta inspektori) F.I.O. | Xabarnomaning hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismida roʻyxatdan oʻtkazilgan tartib raqami |
| | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
| | | | | | | | | | | |
| (kitobning ikkinchi qismi) | | | | | | | ||||
| T/r | Sodir etilgan huquqbuzarlik fakti (talaba, oʻquvchi yoki tarbiyalanuvchilar tomonidan berilgan xabarning qisqacha tavsifi, xabar berilgan sana va vaqt) | Huquqbuzarlik fakti sodir etilgan joy, sana va vaqt | Huquqbuzarlik fakti haqida xabar bergan shaxsning F.I.O. | Hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismiga telefon orqali xabar berilgan sana va vaqt, xabar bergan masʼul shaxsning F.I.O. | Xabarnomani qabul qilgan hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismi navbatchisi yoki militsiya tayanch punkti profilaktika inspektorining (katta inspektori) F.I.O. | Xabarnomaning hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismida roʻyxatdan oʻtkazilgan tartib raqami | ||||
| | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | ||||
| | | | | | | | ||||
Izoh: mazkur kitob ikki qismdan iborat boʻlib, kitobning birinchi qismiga ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda qolgan, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan, shu kabi xatti-harakatlarga jalb etilgan talaba (oʻquvchi, tarbiyalanuvchi) haqidagi maʼlumotlar, kitobning ikkinchi qismiga sodir etilgan huquqbuzarliklar faktlari, talaba, oʻquvchi yoki tarbiyalanuvchilar tomonidan berilgan inson hayotiga yoki sogʻligʻiga tahdid soladigan, oilaviy-maishiy munosabatlar sohasidagi hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar haqidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlar haqida ichki ishlar organlariga xabar qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA
4-ILOVA
Sogʻliqni saqlash muassasalarida huquqbuzarliklar faktlari hamda huquqbuzarliklar bilan bogʻliq boshqa holatlarni qayd qilish
KITOBI
| | | | | | | Yuritilish boshlandi: | 20___ yil “___” _________ | ||
| | | | | | | Yuritilish tugallandi: | 20___ yil “___” _________ | ||
| | | | | | | | | | |
| T/r | Murojaat qilgan (jarohat olgan) shaxsning F.I.O., yashash manzili, telefon raqami | Murojaat qilgan (jarohat olgan) shaxsning muassasaga kelgan (keltirilgan) sanasi va vaqti | Murojaat qilgan (jarohat olgan) shaxsga qoʻyilgan dastlabki tashxis | Yuz bergan voqea holati va joyi haqida murojaat qilgan (jarohat olgan) shaxsning yoki uni olib kelgan shaxsning soʻzidan qisqacha tavsif | Jarohat olgan shaxsni olib kelgan shaxsning F.I.O., yashash manzili, telefon raqami, avtomashinasi rusumi, davlat belgisi va raqami (agar mavjud boʻlsa) | Murojaat qilgan (jarohat olgan) shaxsga kasallik tarixi ochilgan sana va uning raqami | Hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismiga telefon orqali xabar berilgan sana va vaqt, xabar bergan masʼul shaxsning F.I.O. | Xabarnomani qabul qilgan hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismi navbatchisi yoki militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori (katta inspektori) F.I.O. | Xabarnomaning hududiy ichki ishlar organi navbatchilik qismida roʻyxatdan oʻtkazilgan tartib raqami |
| | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 |
| | | | | | | | | | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 47-son, 566-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)