|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.12.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO TAShKILOTLARGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BADALLARINI TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro shartnomalarni va ularga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro tashkilotlar aʼzosi hisoblanadigan boshqa hujjatlarni bir oy muddatda xatlovdan oʻtkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, uyushmalari, kompaniyalari, konsernlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarining toʻlanishini solishtirib chiqsinlar hamda 2000-yilda ularni toʻlashning maqsadga muvofiqligini asoslasinlar va hisob-kitoblarni tayyorlasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2000-yilda yil choraklari boʻyicha xalqaro tashkilotlarga toʻlovlar hajmi va manbalari yuzasidan umumlashtirilgan roʻyxatni 2000-yil 15-yanvargacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
4. Asoslashlar va hisob-kitoblar oʻz vaqtida taqdim etilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, konsernlar, uyushmalar va kompaniyalar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 10-yanvar,
6-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 6-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash xalqaro shartnomalar va bitimlar, shuningdek, xalqaro huquqlarda va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarga kirishi yoki qoʻshilishi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
2. Davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajalarda xalqaro shartnomalarga qoʻshilish boʻyicha qarorlar qabul qilish tartibi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan tartibga solinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 331-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 9/19/331/2970-son)
3. Ushbu Nizom Oʻzbekiston aʼzosi boʻlgan xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash tartibini belgilaydi.
4. Badallarni toʻlash davlat budjeti mablagʻlari hamda xalqaro shartnomalar (bitimlar) qatnashchilari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining oʻz mablagʻlari hisobiga, shu jumladan, xorijiy valyutada amalga oshiriladi. Badallarni toʻlashga moʻljallangan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida belgilangan tartibda konvertatsiya qilinadi.
II. BADALLARNI TOʻLAShGA BUYuRTMANOMALAR BERISh TARTIBI
5. Xalqaro tashkilotlarga badallar toʻlovchi vazirliklar va idoralar kelgusi moliya yilida badallarni toʻlash yuzasidan buyurtmanomalarni aʼzolik haqidagi hujjatlar nusxalarini, kelgusida xalqaro tashkilotda qatnashishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi asoslovchi materiallarni ilova qilgan holda, aʼzolikdan olinadigan iqtisodiy va boshqa foydalarni, toʻlovlar boʻyicha qarzni va boshlanadigan moliya yilidagi toʻlovlar summasini koʻrsatib, 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga va Moliya vazirligiga kiritadilar
Xalqaro tashkilotlarga oʻz mablagʻlari hisobidan badal toʻlovchi vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga va Moliya vazirligiga, toʻlovlar summasini koʻrsatgan holda, xalqaro tashkilotlarga badal oʻz vaqtida toʻlanganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma taqdim etadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Xalqaro valyuta jamgʻarmasiga, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankiga, Osiyo taraqqiyot bankiga, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga va boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlarga badallar toʻlashning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Moliya vazirligiga va Tashqi ishlar vazirligiga xulosalar taqdim etadilar.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 26-son, 296-modda)
6. Buyurtmanomalar berish muddatlari tamom boʻlgandan keyin badal toʻlash masalalari koʻrib chiqilmaydi.
III. BADALLAR TOʻLASh TARTIBI
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 15-sentabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallari toʻlovlari boʻyicha takliflar yuzasidan axborotni toʻlovlar summasi boʻyicha asoslashlar bilan, tashkilotda qatnashishning maqsadga muvofiqligini, aʼzolikdan olinadigan iqtisodiy va boshqa foydani, mavjud qarzdorlikning oqibatlarini koʻrsatgan holda taqdim etadi.
Boshlangan moliyaviy yilda badal toʻlanishi zarur boʻlgan xalqaro tashkilotlar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda badallar toʻlash asoslari, ularni toʻlash manbalari, toʻlovlar summasi, toʻlash muddatlari, badal toʻlovchi vazirliklar va idoralar koʻrsatilgan, shuningdek, budjet ajratmalari yoki oʻz manbalari summasi Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida hamda xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish ehtiyoji aniqlangan holda tuziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 26-son, 296-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yilida toʻlov valyutasida va AQSh dollaridagi ekvivalentda badal toʻlash hajmi va mablagʻ bilan taʼminlash manbalari yuzasidan umumlashtirilgan Roʻyxat tuzadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 26-son, 296-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda 1-oktabrgacha Roʻyxatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 26-son, 296-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan tasdiqlanadi, keyinchalik budjet prognoziga va kelgusi moliya yilida respublikaning yigʻma valyuta balansiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga va Moliya vazirligiga yuboriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 26-son, 296-modda)
11. Badallar toʻlash boʻyicha toʻlovlarning bajarilishi kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti prognozi va Oʻzbekiston Respublikasining yigʻma valyuta balansi tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin amalga oshiriladi.
12. Davlat budjeti va yigʻma valyuta balansining tasdiqlangan parametrlari doirasida badallar toʻlash prognoziga tuzatishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga va Tashqi ishlar vazirligiga xalqaro tashkilotlarga badallar toʻlashning bajarilishi boʻyicha toʻliq axborot taqdim etadi.