Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
“Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 27-oktabr,
295-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 295-son qaroriga
ILOVA
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni olib borish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish, shuningdek chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini yurituvchi davlat organlarining faoliyati tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi faoliyati chiqindilarning hosil boʻlishi, ularni toʻplash, saqlash, tashish, koʻmish, qayta ishlash, utillashtirish va sotish bilan bogʻliq boʻlgan yuridik shaxslarga tatbiq etiladi.
3. Quyidagilar chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratining asosiy vazifalari hisoblanadi:
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi majburiyatlarini bajarishida ularning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash;
chiqindilarning hosil boʻlishi, joylashtirilishi, utillashtirilishi, saqlanishi, koʻmilishi va ulardan foydalanilishi, shuningdek ularni ikkilamchi xom ashyo sifatida xoʻjalik ishlariga jalb etilishi haqidagi maʼlumotlarni toʻplash;
atrof muhitning ifloslanishiga va aholining hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirishga olib kelishi mumkin boʻlgan halokatli vaziyatlarning oldini olish;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, aniqlash va unga barham berish.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
4. Davlat hisobi va nazoratini amalga oshirishda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
chiqindilar — ishlab chiqarish yoki isteʼmol qilish jarayonida xom ashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil boʻlgan qoldiqlari, shuningdek oʻzining isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan tovarlar (mahsulotlar);
toksik chiqindilar — ular bilan ishlash jarayonida boʻlgani kabi, hayotining alohida davrlarida va keyingi avlodlarida ham, inson organizmi bilan bevosita yoki bilvosita aloqada boʻlganda kasalliklarni yoki sogʻliqda, shuningdek atrof muhitda salbiy oʻzgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan, tarkibida zararli moddalar boʻlgan chiqindilar;
notoksik chiqindilar — tarkibida organizmning fiziologik funksiyalari buzilishi va atrof muhit uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishga qodir moddalari boʻlmagan chiqindilar;
ikkilamchi qayta ishlanishi lozim boʻlgan chiqindilar — ikkilamchi xom ashyo sifatida, ulardan takroran foydalanish maqsadida, sanoat yoʻli bilan qayta ishlashga yaroqli boʻlgan chiqindilar;
ikkilamchi qayta ishlab boʻlmaydigan chiqindilar — tarkibida qimmatli komponentlari boʻlmagan va sanoat yoʻli bilan qayta ishlashga yaroqsiz chiqindilar;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish — chiqindilarning hosil boʻlishi, ularni toʻplab olib ketish, saqlash, tashish, koʻmib tashlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish bilan bogʻliq faoliyat;
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlari — chiqindilarni toʻplash, saqlash, tashish, koʻmib tashlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish uchun foydalaniladigan obyektlar;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati obyektlari — chiqindilarni, shuningdek ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari va oʻzining isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan tovarlar (mahsulotlar) chiqindilarini joylashtirish, utillashtirish, saqlash, koʻmish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshiruvchi, chiqindilarning mulkdorlari yoxud egalari boʻlgan yuridik shaxslar;
chiqindilarni joylashtirish obyekti — chiqindilarni saqlash hamda koʻmib tashlash uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joy;
chiqindilarni saqlash — koʻmib tashlash, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish maqsadida chiqindilar olib ketilgungacha ularni maxsus jihozlangan toʻplagichlarda saqlash;
chiqindilarni vaqtincha joylashtirish — chiqindilarni xoʻjalik yurituvchi subyektlar hududida ushbu maqsadlar uchun maxsus jihozlangan yoki boshqa maydonlarda, ulardan keyinchalik texnologik jarayonda foydalanish yoki qayta ishlashga, utillashtirish yoki chiqindilarni doimiy joylashtirish obyektiga joʻnatish paytigacha saqlash;
chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilarni ikkilamchi xom ashyo, yoqilgʻi, oʻgʻit sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatish;
chiqindilarni qayta ishlash — chiqindilarni ekologik jihatdan xavfsiz saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini oʻzgartirish bilan bogʻliq texnologik operatsiyalarni amalga oshirish;
ixtisoslashtirilgan korxonalar — faoliyati chiqindilarni toʻplash, tashish, joylashtirish, qayta ishlash va utillashtirish bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar.
II. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati subyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida tegishli vakolatlarga ega boʻlgan davlat hisobi va nazoratini olib boruvchi subyektlar hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
6. Chiqindilarning egalari boʻlgan yuridik shaxslar va ixtisoslashtirilgan korxonalar chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat subyektlari hisoblanadi.
Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat subyektlari quyidagilarga majbur:
toksik va notoksik chiqindilar hisobini yuritish, belgilangan tartibda davlat statistika hisobotini taqdim etish;
chiqindilarni toʻliq utillashtirish, ularni boshqa ixtisoslashtirilgan korxonalarga sotish yoki berish chora-tadbirlarini koʻrish;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish borasida ushbu Nizom talablariga muvofiq ichki tartibni oʻrnatish;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning idoraviy va hududiy dasturlari bajarilishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazoratni olib borish subyektlari hisobot yili yakuniga koʻra, chiqindilarning hosil boʻlishi, joylashtirilishi, ulardan foydalanilishi yoki ularni ixtisoslashtirilgan korxonalarga qayta ishlash, utillashtirish, koʻmish uchun berilishi haqidagi davlat statistika hisobotini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan shakllarga muvofiq belgilangan tartibda taqdim etadilar.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Statistika hisoboti elektron shaklda, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari bilan kelishilgandan soʻng, hududiy statistika organlariga yuboriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat subyektlari tomonidan elektron shaklda taqdim etiladigan statistika hisobotlari koʻrib chiqilishi va kelishilishini uch kun muddatda taʼminlaydilar.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi belgilangan tartibda:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi davlat statistika hisoboti shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
statistika hisobotlarini umumlashtiradi va chiqindilarning hosil boʻlishi, utillashtirilishi va ular bilan bogʻliq ishlarning amalga oshirilishini tahlil va nazorat qilish hamda maʼlumotlarning elektron bazasini yaratish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga yuboradi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
III. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati
9. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi davlat hisobi va nazorati ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq taʼminlanadi.
10. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi davlat hisobi quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
texnologik tartibni, chiqindilarning hosil boʻlish uchastkalari boʻyicha alohida — roʻyxatga olish hujjatlarini, xom ashyo resurslari harakatining moddiy balansini va chiqindilarni olib chiqib ketish, zararsizlantirish va utillashtirishning shartnomaviy munosabatlarni oʻz ichiga oluvchi dastlabki hujjatlarini yuritish;
chiqindilarning hosil boʻlishi va joylashtirilishining ekologik normativlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq belgilash;
chiqindilarni pasportlashtirish;
chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish;
chiqindilarni koʻmish va utillashtirish joylarining davlat kadastrini yuritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq davlat statistika hisobotini yuritish.
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
11. Davlat hisobi toksik va notoksik chiqindilar, shu jumladan mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalardagi roʻyxatlarga muvofiq, qayta ishlanishi lozim boʻlgan chiqindilar boʻyicha ham yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2 va 3-ilovalarda keltirilgan Chiqindilar roʻyxatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Hayʼati qarori bilan tasdiqlanadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
12. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat nazorati:
yuridik shaxslar tomonidan atrof muhit muhofazasi qonunchiligining chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi talablariga rioya etilishini tekshirish;
subyektlar tomonidan taqdim etiladigan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat boʻyicha statistika hisobotini kelishish;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarning amalga oshirilishi monitoringini olib borish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarning amalga oshirilishi monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Monitoring chiqindilarning amalda hosil boʻlgan hajmlari, chiqindilarning hosil boʻlish manbalari xatlovi materiallarida nazarda tutilgan ularni vaqtincha saqlash joylari, qayta ishlash va utillashtirish usullarining mosligini aniqlash maqsadida, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarini koʻzdan kechirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Chiqindilarning amalda hosil boʻlgan hajmlari, chiqindilarning hosil boʻlish manbalari xatlovi materiallarida nazarda tutilgan ularni vaqtincha saqlash joylari, qayta ishlash va utillashtirish usullarining nomuvofiqligi aniqlangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari quyidagi choralarni koʻradilar:
yuridik shaxslarga monitoring oʻtkazish natijalari boʻyicha dalolatnoma (maʼlumotnoma) rasmiylashtirgan holda, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida majburiy koʻrsatmalar beradilar;
qonun buzilishlarining yuridik shaxslar tomonidan bartaraf etilishi yuzasidan monitoring natijalariga koʻra faqat dalolatnomada (maʼlumotnomada) koʻrsatilgan faktlar boʻyicha va muddatlarda yoki yuridik shaxsning murojaatiga koʻra — belgilangan muddatdan oldin, nazorat qiluvchi organ buyrugʻiga asosan bir ish kuni davomida nazoratni amalga oshiradilar (bir vaqtning oʻzida bir nechta qonun buzilishlari boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berilgan hollarda majburiy koʻrsatmalarning bajarilishini nazorat qilish majburiy koʻrsatmalarning soʻngi muddati tugaganidan soʻng bir marta amalga oshiriladi);
yuridik shaxslar tomonidan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida majburiy koʻrsatmalar bajarilmagan hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda maʼmuriy jazo qoʻllaydilar.
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga xoʻjalik yurituvchi subyektga xoʻjalik va tashkiliy-boshqaruv xususiyatiga ega boʻlgan topshiriq berish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar oʻz faoliyatining qonuniyligi, xolisligi, uning qonunchilikka muvofiq toʻgʻri tashkil qilinishi va amalga oshirilishi uchun javob beradilar.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Maxsus vakolatli davlat organlarining chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati boʻyicha vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
14. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilikka muvofiq, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan, ularning vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish idoraviy va hududiy dasturlarini kelishadilar;
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqarish, idoraviy, hududiy dasturlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar;
toksik va notoksik, shu jumladan ikkilamchi qayta ishlanishi, utillashtirilishi va koʻmilishi lozim boʻlgan chiqindilarning hosil boʻlishi haqidagi maʼlumotlarning elektron bazasini yaratadilar.
16. Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka amal qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar;
chiqindilarni toʻplash va utillashtirish korxonalarini tashkil etishda koʻmaklashadilar.
17. Maʼlumotlar bazasidagi umumlashtirilgan tarzdagi maʼlumotlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan — chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan — atrof muhitning kimyoviy va bakteriologik ifloslanishi, chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda belgilangan sanitariya meʼyor va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek fuqarolar hayoti va sogʻligʻini chiqindilarning zararli taʼsiridan muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan — konchilik sanoatida va kon qazilmalarini qayta ishlash korxonalarida chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida nazorat uchun;
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan — moddiy balanslarni shakllantirishda;
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan — chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi umumdavlat dasturlari chora-tadbirlari bajarilishini taʼminlash, tegishli hududda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarini joylashtirish masalalarini hal etish uchun foydalanishga moʻljallanadi.
Toksik va notoksik, shu jumladan ikkilamchi qayta ishlanishi, utillashtirilishi va koʻmilishi lozim boʻlgan chiqindilarning hosil boʻlishi haqidagi maʼlumotlarning elektron bazasi chiqindilarni qayta ishlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar uchun ochiq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi belgilangan tartibda, maʼlumotlar bazasidan umumlashtirilgan tarzdagi axborotni har yili, ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan vazirliklar va idoralarga yuboradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
V. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
19. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining VIII bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XIV bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Toksik chiqindilar
roʻyxati

t/r

Chiqindilar nomi

Qayta ishlanmaydigan chiqindilar:

1.

Xlororganik moddalar

2.

Olti valentli xrom

3.

Kub(nil) qoldiqlari

4.

Margimush

5.

Sulfat kislota

6.

Asbest

7.

Ftor

8.

Fosfor

9.

Teri changi (uni)

10.

Bitum shimdirilgan ruberoid, tol va qogʻoz chiqindilari

11.

Asbest va asbotsementning boʻlak-boʻlak shakldagi chiqindilari

12.

Asbotsement, asbest changi va tolasi

Qayta ishlanishi kerak boʻlgan chiqindilar:

1.

Tarkibida simob boʻlgan chiqindilar

2.

Ishlatilgan neft mahsulotlari

3.

Neft shlamlari

4.

Qoʻrgʻoshin

5.

Oʻsimlik yogʻi va hayvon yogʻlari ishlab chiqarishda uskunalarni yuvishda hosil boʻladigan yogʻsimon emulsiyalar

6.

Mis

7.

Rux

8.

Teri orqasidagi et qatlami (mezdra), xromlangan teri chiqindilari, terini sayqallashda hosil boʻladigan shlamlar

9.

Qora metallarni silliqlashda hosil boʻladigan abraziv chang va kukun (tarkibida metall 50 % dan kam)

10.

Mazut, benzin yoki moy bilan ifloslangan qum (tarkibida mazut, benzin yoki moy 15 % va undan ortiq)

Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Notoksik chiqindilar
roʻyxati

T/r

Chiqindilar nomi

Qayta ishlanmaydigan chiqindilar:

1.

Don changi

2.

Qahva, choy, ziravorlar changi (kukuni)

3.

Konditsiyalanmagan qahva, choy, xushboʻy qilish uchun ovqatga solinadigan dorivorlar (ziravorlar) donlari

4.

Non pishirish va pivo ishlab chiqarishda hosil boʻladigan achitqilar

5.

Ishlatilgan oʻsimlik moylari

6.

Ishlov berilmagan, konditsiyalanmagan terilar, shuningdek ularning qoldiqlari va qiyqindilari; xromsiz oshlangan charm chiqitlari; poyabzal ishlab chiqarishda qattiq charm tovarlari qiyqindilari; isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan ish charm poyabzali

7.

Ishlatib boʻlingan va brak qilingan, antiseptik vositalar shimdirilgan temir yoʻl yogʻoch shpallari; mineral moylar va benzin bilan ifloslangan yogʻoch qipiqlari va qirindilari (tarkibida moylar va benzin 15 % va undan koʻp)

8.

Lok surilgan qogʻoz; yelimlanadigan lenta qogʻozlar, fotoqogʻoz chiqitlari

9.

Bitum shimdirilgan ruberoid, tol va qogʻoz chiqindilari

10.

Foydalanilmagan kvars tigellarining singan parchalari

11.

Aluminiy ishlab chiqarishda ishlatilgan futerovkalashning siniq parchalari

12.

Yogʻoch va somon kuli

13.

Shisha tolasi chiqindilari

14.

Quymachilik ishlab chiqarishining gorn qumi; tozalash va qumpurkagich qurilmalaridagi qum qoldiqlari (metallurgiya sohasida)

15.

Keramzitning boʻlak-boʻlak shaklidagi chiqindilari

16.

Keramzit changi

17.

Kulolchilik(keramika)ning boʻlak-boʻlak shaklidagi chiqindilari; isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan kulolchilik buyumlari

18.

Kulolchilik changi

19.

Shisha changi

20.

Asbotsementning boʻlak-boʻlak shaklidagi chiqindilari

21.

Asbotsement changi

22.

Chiqindilar; shlakvata changi; bazaltli oʻta ingichka tola qoldiqlari

23.

Asfaltbeton va/yoki asfaltbeton aralashmasining chang yoki boʻlak shaklidagi chiqindilari

24.

Asbestning boʻlak-boʻlak shakldagi chiqindilari; asbest qogʻoz chiqindilari; asbest ushoqlari chiqindilari

25.

Asbest changi va tola

26.

Ishlatib boʻlingan charx abraziv aylanmalar, silliqlashdan qoladigan, qozonxona qaynaganda qoladigan chiqindilar

27.

5 mm dan katta boʻlmagan mayda koks boʻlaklari

28.

Koks changi

29.

Boʻlak-boʻlak shakldagi sement chiqindilari

30.

Sir (emal) changi

31.

Havo va gazlarni quritishda ishlatilgan seolit, alyumogel, silikagel

32.

Mineral moylar bilan ifloslanmagan (moy miqdori — kamida 15%), qayta ishlangan aktiv koʻmir, koʻmirli filtrlar va koksli massa

33.

Mineral moylar bilan ifloslanmagan (moy miqdori — kamida 15% va undan koʻp), qayta ishlangan aktiv koʻmir, koʻmirli filtrlar va koksli massa

34.

Shakar ishlab chiqarishda qoʻllanilgan lavlagi sharbatini tozalashdagi ishqor shlamlari; sabzavotlar (lavlagi, kartoshka) yuvilgandan keyingi shlamlar; shakar ishlab chiqarishdagi filtrlash qoldiqlari; kremniy ishlab chiqarishda gaz tozalashdan qolgan mineral shlamlar

35.

Avtomobillarning oʻt oldiruvchi svechalarining ishlatib boʻlinganlari

36.

Qora metalli keramikalar boʻlaklari va chiqindilari

37.

Ishlatilgan tormoz kolodkalari

38.

Metall zaki, metall oʻqlar bilan ishlov berilgan shlak qobigʻi aralashgan metall; tarkibida metall 50% va undan koʻp boʻlgan qora metallarni silliqlashdan chiqqan chang yoki kukun

39.

Silliqlangan materiallar ishlab chiqarishdagi ferroprasli suyuq metall qattiq mineral boʻlaklari

40.

Tarkibida simob boʻlgan (isteʼmolga yaroqsiz holga kelgan anjomlar, qurilmalar, jihozlar) barcha chiqindilar, lyuminessent lampalardan tashqari

41.

Mis qotishmasi, bronza va jez lomlari, qotishmalar; qipiqlar, mis quyish, bronza va ifloslanmagan qirindilari

42.

Mis qotishmasi, bronza va ifloslanmagan jez changlari

43.

Mis qotishmasi, bronza, jezning aralashgan yoki ifloslangan lom va chiqindilari

44.

Mis qotishmasi, bronza va jezni silliqlashda chiqadigan, tarkibida metall 50 % va undan koʻp boʻlgan chang (kukun)

45.

Ishqorning qattiq holdagi chiqindilari

46.

Qattiq holatdagi qoʻrgʻoshin tuzi, mis xloridi chiqindilari; misga ishlov berishda ishlatilgan ammiakli eritmalar; tarkibida ftor tuzi boʻlgan chiqindilar; aluminiy ishlab chiqarishda elektrolit eritmasi

47.

Margimush tuzlarining qattiq holatdagi chiqindilari

48.

Sulfat kislota elektroliti shlami

49.

Ishlatilgan akkumulyator sulfat kislotasi

50.

rN = 9,0 — 10,0 li natriy va kaliy gidrooksidi chiqindilari

51.

rN = 10,1 — 11,5 li natriy va kaliy gidrooksidi chiqindilari

52.

rN > 11,5 li natriy va kaliy gidrooksidi qoldiqlari; ishlatilgan akkumulyator ishqorlari

53.

Nefttutqichlar (benzintutqichlar)dan qalqib chiquvchi plyonka, neft ajratuvchi qurilmalar shlami, tarkibida moy boʻlgan silliqlovchi shlam, quvurlar va neftdan chiqqan smola, kislotali katron idishlarini (bochkalar, konteynerlar, sisternalar, gudronatorlarni) tozalash uchun shlamlar chiqindilari

54.

Qattiq xoldagi bitum va asfalt chiqindilari

55.

Moy bilan ifloslangan (tarkibida 15 % dan kam moy boʻlgan) tozalovchi material

56.

Moy bilan ifloslangan (tarkibida 15 % dan koʻp moy boʻlgan) tozalovchi material

57.

Yogʻ tekkan metall zaki; yogʻ tekkan kanoptola; yogʻlangan asbest-grafit (tarkibida 15 % dan kam moy boʻlgan) salnikli tiqma

58.

Yogʻ tekkan metall zaki; yogʻ tekkan kanoptola; yogʻlangan asbest-grafit (tarkibida 15 % dan koʻp moy boʻlgan) salnikli tiqma

59.

Atseton qoldiqlari, isteʼmol xossasini yoʻqotgan etilatsetat, etilenglikol, benzol, dietil efiri, piridin, sulfat uglerod, toluol, ksilol chiqindilari

60.

Isteʼmol xossasini yoʻqotgan krezol qoldiqlari; tarkibida suyultirilgichlar boʻlgan shlamlar chiqindilari

61.

Qattiq murakkab poliefirlar chiqindilari; isteʼmol xossasini yoʻqotgan sintetik shnurlar; qolipli qotib qolgan ogʻirliklar (issiqlik reaktiv plastmassalar) chiqindilari; qattiq polistirol koʻpigi yoki plyonka chiqindilari; toʻqima va qogʻoz asosda klyonka chiqindilari; qotib qolgan poliuretan koʻpigi yoki plyonka chiqindilari; kotib qolgan poliamidlar, polivinilatsetat, qattiq penoplast (polivinilxloridlisidan tashqari) polivinil spirti chiqindilari; isteʼmol xossasini yoʻqotgan plastmassa shlanglar; qotib qolgan poliakrilat, polikarbonat, organik shisha chiqindilari; polivinilatsetat chiqindilari; ichimlik suvini yumshatish uchun isteʼmol xossasini yoʻqotgan suv tayyorlash uchun ion almashinish smolalari; imidofleks chiqindilari; shishaslyudoplast chiqindilari; qotib qolgan birikma, qotib qolgan etrol (sellyuloza efiri asosidagi plastmassa) chiqindilari; qattiq akrilonitrilbutadiyenstirol (plastik ABS), selluloid, sellofan, polietlentereftalat (jumladan uning asosidagi plyonkalar) chiqindilari

62.

Plyonkali-sintetik karton, plyonkali-asbestli karton chiqindilari; foto va kinoplyonka, rentgen plyonkasi chiqindilari; qotgan polivinilxlorid va uning negizidagi penoplast chiqindilari; shishali-lakli mato chiqindilari; qotgan har xil plastmassalar aralashmasi chiqindilari

63.

Jun tolasi chiqindilari (shu jumladan tarash, yigirish chiqindilari va titilgan xom ashyo); titilgan momiq, chalkashma; aralash tola chiqindilari; chilvir va arqonlar chiqindilari; kigiz va namat qiyqimlari; poliefir, poliakril tola va iplari chiqindilari; sellyuloza tolasi chiqindilari

64.

Polixlorlangan difenil va terfenillar, polibromlangan difenillar chiqindilari, shuningdek ulardan iborat boʻlgan modda va mahsulotlar chiqindilari (sintetik va mineral moylar chiqindilaridan tashqari); tarkibiga trixlordifenil, pentoxlordifenil kiruvchi ishlatib boʻlingan kondensatorlar; pentoxlordifenilli ishlatib boʻlingan transformatorlar

65.

Ishlatib boʻlingan va brak elektr qizdirish lampalari

Qayta ishlanishi kerak boʻlgan chiqindilar:

1.

Donni mexanik tozalashdagi chiqindi, xamir, kepak chiqindilari

2.

Sabzavot va mevalarni qayta ishlash chiqindilari

3.

Omixta yem changi

4.

Hayvonot xoʻjaliklaridagi qoramol va qoʻy-echkilar, otlarning chirigan goʻngi, tovuq tuxumi poʻchogʻi; parranda, hayvonlar goʻshtini ishlatishdan qolgan chiqindilar

5.

Choʻchqaning yangi goʻngi, tovuq, oʻrdak chiqindilari

6.

Hayvonot xoʻjaliklaridagi qoramol va qoʻy-echkilar, otlarning yangi goʻngi, choʻchqalarning chirigan goʻngi; tovuq, oʻrdakning chirigan chiqindilari, pat va par chiqindilari

7.

Koʻmirni (Angren koʻmirini) yoqishdan chiqqan kul-shlaklar

8.

Tarkibida oʻsimlik moyi va hayvon yogʻlari boʻlgan emulsiya va aralashmalar

9.

Oʻsimlik yogʻi va hayvon yogʻlari ishlab chiqarish chiqindilari

10.

Oʻsimlik yogʻi va hayvon yogʻlari ishlab chiqarish shlamlari

11.

Moyli urugʻlar, kungaboqar kunjarasi poʻchogʻi chiqindilari

12.

Chigit kunjarasi

13.

Tarkibida moy boʻlgan gilni oqartiruvchi chiqindilar

14.

Ishlatilgan oʻsimlik yogʻi

15.

Paxta taxtakunjarasi

16.

Ishlov berilgan va qayta ishlangan yogʻoch chiqindilari

17.

Yogʻoch kesish va tayyorlash chiqindilari

18.

Solod va qulmoq chiqindilari

19.

Solod changi

20.

Sellyuloza ishlab chiqarish chiqindilari

21.

Sellyulozani qayta ishlash chiqindilari

22.

Mayda tamaki qoldiqlari

23.

Tamaki changi

24.

Pechka siniqlari, metallurgiya va quyish shagʻallari

25.

Metallurgiya shlaklari, chang va toʻzonlari

26.

Yondirish uskunalaridan hosil boʻladigan kul va chang

27.

Mineral shlamlari

28.

Qora metallni silliqlashdan hosil boʻladigan abraziv chang va kukun (tarkibida metall 50 % dan kam)

29.

Koʻmir changi

30.

Mazut, benzin yoki yogʻ (tarkibida mazut, benzin yoki yogʻ kamida 15% va undan koʻp) bilan ifloslangan qum

31.

Neft va gaz qazib olishdagi chiqindilar

32.

Koʻmir va yonuvchi slanetslar qazib olish chiqindilari

33.

Metall shlamlari

34.

Qora va rangli metall parchalari va chiqindilari

35.

Galvanik shlamlar

36.

Hayvonlar va qushlar goʻshtlarini qayta ishlash chiqindilari

37.

Par va patlar chiqindilari

38.

Xom teri

39.

Teri qipigʻi (uni)

40.

Tarkibida simob boʻlgan barcha chiqindilar (isteʼmol xossasini yoʻqotgan buyumlar, qurilmalar, asboblar)

41.

Ishlatilgan, mexanik ishlov berish uchun motor, avtomobil, dizel, aviatsiya, industriya, transmissiya, kompressor, turbina, silikon, moylash-sovutish moylari

42.

Ishlatilgan, tarkibida galogenlar boʻlmagan transformator, polixlorlangan difenillar va terfinillar; ishlatilgan, tarkibida galogenlar va ularning qoldiqlari boʻlmagan gidravlik moddalar chiqindilari

43.

Ishlatilgan, tarkibida galogenlar boʻlgan transformator va issiqlik beruvchi moylar; ishlatilgan, tarkibida galogenlar va ularning qoldiqlari boʻlgan gidravlik moylar chiqindilari

44.

Ishlatilgan, tarkibida polixlorlangan difenillar va terfenillar boʻlgan transformator moylari; ishlatilgan, tarkibida polixlorlangan difenillar va terfenillar boʻlgan, ishlatilgan moylar va ularning qoldiqlari

45.

Metallarni silliqlash uchun ishlatilgan, tarkibida kamida 15% moy yoki neft mahsulotlari boʻlgan emulsiyalar va emulsiyali aralashmalar chiqindilari

46.

Metallarni silliqlash uchun ishlatilgan, tarkibida kamida 15% va undan koʻp moy yoki neft mahsulotlari boʻlgan emulsiyalar va emulsiyali aralashmalar chiqindilari

47.

Isteʼmol xossalarini yoʻqotgan ifloslanmagan rezina mahsulotlari

48.

Rezina uvoqlari, rezinali skrap

49.

Rezina qiyqimlari

50.

Rezina-metall chiqindilar

51.

Ishlatib boʻlingan pnevmatik shinalar; ishlatib boʻlingan pnevmatik kameralar; ishlatib boʻlingan pokrishkalar; ishlatib boʻlingan mato kordli pokrishkalar; ishlatib boʻlingan metall kordli pokrishkalar

52.

Isteʼmol xossalarini yoʻqotgan granulalangan polietilen, polipropilen, polivinilxlorid, tereftalat

53.

Brak qilingan polimer buyumlar

54.

Plyonkali va yeng polimer qiyqimlari

55.

Yaroqsiz holga kelgan polimer idishlar

56.

Jun tolasi chiqindilari (shu jumladan tarash, yigirish chiqindilari va titilgan xom ashyo); titilgan momiq, chalkashma, aralash tola chiqindilari; chilvir va arqonlar chiqindilari; poliefir, poliakril tola va iplar chiqindilari

57.

Paxta changi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 44-son, 535-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 03.10.2018-y., 09/18/787/1989-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)