Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.05.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlariga koʻra Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan bir qancha vazirliklar va idoralarda budjetdan tashqari jamgʻarmalar tashkil etilgan. Ushbu jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga moddiy-texnik bazani mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, xodimlarni ijtimoiy ragʻbatlantirish taʼminlanmoqda.
Shu bilan birga, hozirga qadar vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanilishini nazorat qilish uchun metodologik yondashuv va taʼsirchan mexanizm yaratilmagan, bu esa koʻrsatib oʻtilgan jamgʻarmalar mablagʻlarining samarasiz sarflanishiga olib kelmoqda.
Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash Respublika komissiyasining 2004-yil 1-yanvardan boshlab davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan ayrim ajratmalarning 1-ilovaga muvofiq birxillashtirilgan va yangilangan miqdorlarini belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda budjetdan tashqari jamgʻarmalarga mablagʻlar oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;
budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni amalga oshirsin va mablagʻlardan samarasiz foydalanish hollari aniqlangan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrgan holda samarasiz foydalanilgan summani Davlat budjeti daromadiga olib qoʻysin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 19-noyabr,
520-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 456-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 19-noyabrdagi
520-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarini xarid qilish, sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 9-son, 30-modda; 2003-y., 4-son, 34-modda) 3-bandi uchinchi xatboshidagi “85 foizi” va “15 foizi” soʻzlari tegishli ravishda “90 foizi” va “10 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish Respublika jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda; 1999-y., 3-son, 12-modda; 2000-y., 10-son, 68-modda; 2002-y., 5-son, 23-modda, 8-son, 49-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishda;
kommunal-foydalanish xarajatlarini qoplashda;
axborot texnologiyalarini joriy etish va zamonaviylashtirishda, Tashqi ishlar vazirligi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda;
Tashqi ishlar vazirligi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ixtisoslashtirilgan kutubxonalarini shakllantirishda, maʼlumotnoma adabiyotlar va har xil davriy matbuotni sotib olishda;
Tashqi ishlar vazirligi muassasalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda;
Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarda foydalaniladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) 7-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan maxsus jamgʻarma bojxona organlari tomonidan musodara qilingan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotish summasidan 10 foiz ajratma, shuningdek bojxona yigʻimlari va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar shaklidagi tushumlarning 65 foizi hisobiga shakllantiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 22-son, 223-modda; 24-son, 241-modda; 2004-y., 28-son, 321-modda; 43-son, 456-modda; 43-son, 456-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda; 2010-y., 31-son, 261-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda, 35-son, 922-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)