1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VETERINARIYADA GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARDAN FOYDALANISH TARTIBINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
1. Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 12-sentabr,
397-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 397-son qaroriga ILOVA
Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish
tartibi
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tegishli faoliyat turiga litsenziya mavjud bo‘lgan va mazkur Tartibda nazarda tutilgan shartlarga rioya qilingan taqdirda:
davlat veterinariya xizmati respublika, viloyat, tuman (tumanlararo), shahar bo‘linmalari, “O‘zzoovetta’minotxizmat” respublika ishlab chiqarish birlashmasi va uning viloyat bo‘limlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ularning muomalada bo‘lishini amalga oshiruvchi boshqa muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida) hamda veterinariya dorixonalarida;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
veterinariya laboratoriyalarida;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari va sinov laboratoriyalarida;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.23.00 Tibbiy sanoat. Mikrobiologiya sanoati. Farmatsevtika]
veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida saqlash, berish, sotish, taqsimlash va foydalanishga ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorako‘lchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
Veterinariya maqsadlaridagi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida (shu jumladan veterinariya uchastkalari va punktlarida), chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalarida faqat tayyor dori shaklida foydalanishga ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
3. Veterinariya maqsadlari uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 31-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning II, III va IV ro‘yxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar qo‘llanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga ruxsat berilmagan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni veterinariya omborlarida (bazalarida), veterinariya dorixonalarida va boshqa veterinariya muassasalarida va tashkilotlarida saqlash taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2001-yil 17-iyundagi 2-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 11-iyulda 1048-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar to‘g‘risidagi Nizom bilan tartibga solinadi.
II. Giyohvandlik vositalarini saqlash, berish, sotish, taqsimlash va hisobga olish tartibi
Giyohvandlik vositalarini veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida) saqlash, berish, hisobga olish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
4. Veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida) giyohvandlik vositalari ish kuni tamom bo‘lgandan keyin bekiladigan va so‘rg‘ichlanadigan, alohida jihozlangan binolarda joylashgan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
5. Giyohvandlik vositalari saqlanayotgan binoga kirishga faqat bevosita u bilan ishlaydigan va ombor (baza) rahbari buyrug‘i bilan rasmiylashtirilgan shaxslarga ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
6. O‘zbekiston Respublikasida veterinariyada qo‘llanishga ruxsat berilmagan giyohvandlik vositalarini omborlarda (bazalarda) saqlash taqiqlanadi.
7. Giyohvandlik vositalari keltirilgan ombor (baza) mudiri yoki unga vakolatli bo‘lgan shaxs ilova qilingan hujjatlarida ko‘rsatilgan miqdori va og‘irligiga ularning miqdori va og‘irligining muvofiqligini shaxsan tekshirishi shart.
8. Poroshok holidagi giyohvandlik vositalari omborlardan (bazalardan) faqat so‘rg‘ichlangan holda beriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
9. Giyohvandlik vositalarini berish veterinariya muassasasi rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan, ushbu muassasaning gerbli muhri bilan tasdiqlangan talabnomalar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
10. Giyohvandlik vositalariga barcha talabnomalar boshqa veterinariya preparatlariga talabnomalardan alohida yozilishi kerak, bunda ularning miqdori so‘z bilan yozib ko‘rsatiladi.
11. Giyohvandlik vositalari olingan vositalarning nomi va ularning so‘z bilan yozilgan miqdori ko‘rsatilgan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan alohida ishonchnoma bo‘yicha beriladi.
12. Giyohvandlik vositalarini berishdan oldin muassasa buyrug‘i bo‘yicha uning saqlanishi uchun javobgar shaxs, berish uchun asoslarni, berilayotgan giyohvandlik vositasining ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligini, o‘ramining to‘g‘riligini shaxsan tekshirishi va omborda (bazada) qoladigan tovar-transport yuk hujjatining nusxasiga imzo qo‘yishi shart.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
13. Giyohvandlik vositalari omborlardan (bazalardan) faqat veterinariya maqsadlari uchun yuridik shaxslarga giyohvandlik vositalaridan foydalanish huquqiga litsenziyasi mavjud bo‘lganda beriladi.
14. Giyohvandlik vositalari va maxsus retseptura blankalari omborlarda (bazalarda) mazkur Tartibga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha raqamlangan va ip o‘tkazib tikilgan, veterinariya muassasasi rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan maxsus daftarlarda hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
15. Giyohvandlik vositalarining kirimi va chiqimi bo‘yicha barcha hujjatlar omborlarda (bazada) uning saqlanishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxsda belgilangan saqlanish muddatlariga muvofiq ravishda, ushbu hujjatlarning saqlanishi to‘liq kafolatlangan sharoitlarda saqlanadi.
Ko‘rsatilgan hujjatlarning saqlanish muddati 5 yil.
Veterinariya dorixonalarida giyohvandlik vositalarini saqlash, berish, sotish va hisobga olish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
16. Veterinariya dorixonalarida giyohvandlik vositalari seyflarda saqlanadi. Seyflar yopiq holatda bo‘lishi kerak. Ish kuni tamom bo‘lgandan keyin seyflar qulflanishi va so‘rg‘ichlanishi, kalitlar, muhr, plombir esa — uning saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan, buyruq bilan vakolatlangan shaxsda bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
17. O‘ziga xizmat vazifalariga ko‘ra giyohvandlik vositalari bo‘yicha bevosita ruxsati bo‘ladigan shaxslarni ishga qabul qilishda ushbu shaxslarni “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tanishtirish, shuningdek u bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga (kontraktga) mazkur Tartibga rioya etmaganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qoidalar kiritilishi zarur.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
18. Giyohvandlik vositalarini joriy ishlar uchun assistent xonasiga berish faqat veterinariya dorixonasi mudiri yoki bunga vakolati bo‘lgan shaxs tomonidan giyohvandlik vositalari saqlanadigan xonadan amalga oshirilishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
19. Veterinariya dorixonasining assistent xonasida giyohvandlik vositalari tunda qoldirilishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
20. Giyohvandlik vositalari mazkur Tartibga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va muassasa yoki yuqori tashkilot rahbarining imzosi hamda muhr bilan tasdiqlangan maxsus daftarda ashyoviy-miqdoriy hisobda turishi kerak.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
21. Har oyning 1-kunida veterinariya dorixonasida uning ixtiyorida bo‘lgan giyohvandlik vositalari belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkaziladi hamda balans tuziladi. Balansda tafovut normadan yuqori sarflash yoki o‘tkazilgan xatlov natijasida balans ma’lumotlarining nomuvofiqligi to‘g‘risida ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, dorixona mudiri uch kun muddatda bu to‘g‘rida ichki ishlar organlariga xabar beradi.
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Giyohvandlik vositalari talon-toroj qilingan va o‘g‘irlangan taqdirda mazkur Tartibga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha dorixona mudiri zudlik bilan bu to‘g‘rida ichki ishlar organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga bu to‘g‘rida xabar beradigan, davlat veterinariya xizmati yuqori organiga xabar qilishi shart.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
22. Dorixona mudiri yoki uning o‘rinbosari veterinariya dorixonalaridan jismoniy shaxslarga giyohvandlik vositalarini berish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
23. Tarkibiga giyohvandlik vositalari kiradigan dorilarga retseptlarni qabul qilishda, dorixona mudiri (yoki uning o‘rinbosari) kasal hayvonning turi va yoshini aniqlashi, dozaning to‘g‘ri belgilanganligini, dori shaklida yozilgan ingridiyentlarning mosligini tekshirishi va giyohvandlik vositalari nomining tagiga chizib qo‘yishi (ajratishi) shart.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
24. Dori tarkibiga kiruvchi giyohvandlik vositalari uning saqlanish joyida tarozida tortilishi kerak, so‘ngra shtanglas seyfga joylanadi. Retseptning orqa tomoniga dorixona mudiri (yoki uning o‘rinbosari) giyohvandlik vositasining nomi va miqdorini ko‘rsatgan holda, uning talab qilingan miqdorini berganligi, jismoniy shaxs esa olganligi to‘g‘risida imzo qo‘yadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan dorilarni tarozida tortish va tayyorlash uchun mo‘ljallangan priborlar, asbob va idishlar seyflarda saqlanishi kerak, ularni yuvish va ishlov berish dorixona mudiri va uning o‘rinbosari nazoratida alohida amalga oshirilishi kerak. Giyohvandlik vositalaridan iborat bo‘lgan dorilar tayyorlanadigan idishda tegishli markirovka bo‘lishi kerak.
25. Agar retseptda, boshqa ingridiyentlar bilan birga, giyohvandlik vositalari yozilgan bo‘lsa, bu holda ularni alohida (tayyorlangan dori tarkibidan alohida) berish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
26. Giyohvandlik vositalarini takroran olish uchun veterinar vrach hayvon egasiga yangi retsept yozib berishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
27. Shahar yoki qishloq ma’muriy tumanlari doirasidagi veterinariya dorixonalari tomonidan giyohvandlik vositalari ular hududida joylashgan veterinariya davolash-profilaktika muassasalarining retseptlari bo‘yicha beriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
28. Tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan dorilar uchun foydalanilgan retseptura blankalari oylar va yillar bo‘yicha ip o‘tkazib tikilgan, so‘rg‘ichlangan holda 5 yil mobaynida saqlanishi kerak.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ular bo‘yicha giyohvandlik vositalari berilgan retseptlar giyohvandlik vositalari saqlanadigan xonalarda saqlanadi. Saqlash muddati tugagan retseptlar tegishli dalolatnoma (mazkur Tartibga 7-ilova) rasmiylashtirilgan holda yoqib yo‘q qilinadi.
Veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalarida giyohvandlik vositalarini saqlash, hisobga olish, berish va qo‘llanish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorako‘lchilik]
29. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalari giyohvandlik vositalarini faqat qo‘llashga tayyor holda sanoatda, veterinariya yoki tibbiy dorixonalarda tayyorlangan dori shakllarida olishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorako‘lchilik;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
30. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalari dorixonalarida giyohvandlik vositalari seyflarda saqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorako‘lchilik]
Veterinariya dorixonalari uchun (2-band) nazarda tutilgan giyohvandlik dorivor vositalarni hisobga olish va berish tartibi veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalari dorixonalariga ham joriy etiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
31. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalari tomonidan veterinariya yoki tibbiy dorixonalardan olinadigan tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan dorilar signaturasida yoki yorlig‘ida aniq va tushunarli holdagi “Ichish uchun”, “Surtish uchun”, “Inyeksiyalar uchun”, “Ko‘zga tomiziladigan malham” va boshqa yozuvlar, shuningdek dori tayyorlangan dorixona nomeri (nomi), dorining talabnomada ko‘rsatilgan yozuvlarga mos tarkibi, dori tayyorlangan sana va dorini tayyorlovchi va uni dorixonadan bergan shaxsning imzosi bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorako‘lchilik]
Giyohvandlik vositalarining o‘ramlarida sanab o‘tilgan belgilar mavjud bo‘lmaganda veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalarida ularni saqlash va qo‘llanishga ruxsat berilmaydi. Qadoqlash, joylash, o‘lchab tayyorlash, boshqa idishga quyish va joylash, shuningdek yorliqlarini almashtirib qo‘yish qat’iyan taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
32. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalari dorixonalarida giyohvandlik vositalari zaxirasi ularga bo‘lgan oylik ehtiyojdan oshmasligi kerak.
Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik fermalari hamda xo‘jaliklari va korxonalari davolovchi veterinar vrachlari va feldsherlaridagi giyohvandlik vositalari zaxiralari ularga bo‘lgan uch kunlik joriy ehtiyojdan oshmasligi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
Davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik fermalari va xo‘jaliklar hamda korxonalar bo‘limlarining davolovchi veterinar vrachlari va feldsherlariga kechki va tungi vaqtlarda shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun giyohvandlik vositalarining besh kunlik zaxirasini tashkil etishga ruxsat beriladi.
33. Veterinariya davolash-profilaktika muassasasi mudiri, chorvachilik xo‘jaligi yoki korxonasi bosh veterinar vrachlari (yoki ularning o‘rinbosarlari), shuningdek muassasa, xo‘jalik yoki korxona bo‘yicha buyruq bilan belgilangan shaxslar giyohvandlik vositalarini saqlash, hisobga olish, berish va kasal hayvonlarga qo‘llashni tashkil etish uchun mas’ul hisoblanadilar.
34. Tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan dorilarni kasal hayvonlarga qo‘llash veterinar vrach yoki feldsher tomonidan boshqa dorilardan alohida amalga oshirilishi kerak.
35. Davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik firmalari va xo‘jaliklari bo‘limlari hamda korxonalarining davolovchi vrachlari va feldsherlaridagi giyohvandlik vositalari mazkur Tartibga 8-ilovada ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha ip bilan tikilgan, nomerlangan va veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, xo‘jalik yoki korxona veterinariya xizmati rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan holda maxsus daftarda ashyoviy-miqdor bo‘yicha hisobga olinadi.
36. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalari zarur maxsus retseptura blankalarini davlat veterinariya xizmati boshqarmasining tuman (shahar) organlari orqali oladilar.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
37. Giyohvandlik vositalariga maxsus retseptura blankalari veterinariya davolash-profilaktika muassasalariga kelib tushganda komissiya tomonidan dalolatnoma bo‘yicha qabul qilinadi va mazkur Tartibga 9-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha Giyohvandlik vositalariga maxsus retseptura blankalarini hisobga olish daftarida kirim qilinadi.
Giyohvandlik vositalariga maxsus retseptura blankalari sahifalari nomerlanishi, ip o‘tkazib tikilishi va veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, chorvachilik xo‘jaligi yoki korxonasi veterinariya xizmati rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan ko‘rsatib o‘tilgan Daftarda hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
38. Giyohvandlik vositalari uchun maxsus retseptura blankalari veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, chorvachilik xo‘jaligi yoki korxonasi veterinariya xizmati rahbarida yoki rahbarning buyrug‘i bilan tayinlangan retseptura blankalarini olish, saqlash, hisobga olish va berish uchun mas’ul shaxsda seyfda yoki metall shkafda saqlanishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
39. Veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, chorvachilik xo‘jaligi yoki korxonasi veterinariya xizmati rahbarining ko‘rsatmasi bo‘yicha giyohvandlik preparatlari uchun retseptura blankalari ikki haftalik ehtiyoj miqdorida, lekin 10 donadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (giyohvandlik preparatlari uchun ko‘p miqdorda retseptura blankalariga ehtiyoj tug‘ilganda ularning miqdori rahbarning farmoyishi bo‘yicha ko‘paytirilishi mumkin) retseptlar yozish huquqiga ega bo‘lgan davolovchi veterinar vrachga beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
40. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xo‘jaliklari yoki korxonalarida joriy ehtiyoj uchun maxsus retseptura blankalari zaxirasi oylik ehtiyojdan oshmasligi kerak. Ularning ortiqchasi davlat veterinariya xizmati boshqarmasining hududiy organlariga topshirilishi kerak.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
41. Giyohvandlik vositalari uchun maxsus retseptura blankalari veterinariya muassasasi, xo‘jalik va korxonaning veterinariya xizmati rahbarida yoki bunga buyruq bilan vakolatlangan shaxsda kaliti turadigan metall shkaflarda saqlanishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorako‘lchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
42. Har bir veterinariya davolash-profilaktika muassasasida, chorvachilik xo‘jaligi yoki korxonasida giyohvandlik vositalarini davolovchi vrachlar tomonidan buyurishning maqsadga muvofiqligini, muassasa, xo‘jalik yoki korxonada giyohvandlik vositalarini saqlash holatini, hisobga olinishi va sarflanishini har oyda kamida bir marta tekshirishni amalga oshiradigan, muassasa, xo‘jalik yoki korxonaning veterinariya xizmati rahbari buyrug‘i bilan tayinlanadigan doimiy ishlovchi komissiya tuziladi. Tekshiruv natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Giyohvandlik vositalari va maxsus retseptura blankalarining daftarda qayd etilgan qoldig‘i amalda mavjud bo‘lgan miqdoriga mos bo‘lmagan taqdirda komissiya bir sutka mobaynida bu to‘g‘rida davlat veterinariya xizmati boshqarmasi organini, zarurat bo‘lganda ichki ishlar organini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
43. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, xo‘jaliklar hamda korxonalar veterinariya xizmati rahbarlari giyohvandlik vositalarining va giyohvandlik vositalariga yozib berish uchun maxsus retseptura blankalarining oqilona qo‘llanishi, hisobga olinishi va saqlanishi uchun javob beradilar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
44. Davlat veterinariya xizmati hududiy organlari veterinariya davolash-profilaktika muassasalarini, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalarini tekshirishda giyohvandlik vositalari uchun maxsus retseptura blankalarining saqlanishini ta’minlashni nazorat qiladilar.
Giyohvandlik vositalari uchun retsept yozish qoidalari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
45. Ambulatoriyada davolash zarur bo‘lgan kasal hayvonlar uchun, dori-darmonlar shakllari (jumladan, tayyor dori-darmon vositalari) turidan qat’i nazar, sof holdagi yoki indifferent to‘ldirgichlar bilan birgalikdagi giyohvandlik vositalariga retsept faqat veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, xo‘jalik va korxonalar veterinariya xizmatining shtampi va dumaloq muhri qo‘yilgan holda, belgilangan namunadagi (mazkur Tartibga 5 va 6-ilovalar) maxsus retseptura blankalariga yozib berilishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
46. Giyohvandlik vositalari uchun maxsus blankaga yozilgan retsept uni imzolagan veterinar vrach tomonidan yozilishi kerak. Bundan tashqari, ushbu retsept, shuningdek giyohvandlik vositalarini kasal hayvonlarga buyurish uchun javob beradigan veterinariya davolash-profilaktika muassasasi yoki xo‘jalik yoxud korxonaning veterinariya xizmati rahbari tomonidan ham imzolanishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
Veterinariya davolash-profilaktika muassasasi va xo‘jalik yoki korxona veterinariya xizmatining davolovchi veterinariya vrachlari muassasa, xo‘jalik yoki korxona veterinariya xizmati rahbari tomonidan oldingi gal yozib berilgan miqdorga muvofiq ravishda foydalanilgan ampulalar topshirilgan taqdirda giyohvandlik vositalariga retseptni qayta yozib berish huquqiga ega.
47. To‘ldirilmagan maxsus retseptura blankalarini muhr bilan rasmiylashlashtirish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
48. Veterinariya vrachlari giyohvandlik vositalarining nomini retseptning boshiga, undan keyin esa — qolgan barcha ingrediyentlarni yozishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari va xo‘jalik hamda korxonalarning veterinariya xizmatlari talabnomalarida retseptlar va giyohvandlik vositalari nomi faqat lotin tilida, muassasa yoki xo‘jalik yoxud korxona veterinariya xizmati rahbarining imzosi, shtamp va muhr qo‘yilgan alohida blankalarga yozib berilishi kerak. Talabnomada dorining nimaga buyurilganligi albatta (inyeksiyalar, surish, ichish, ko‘zga tomizish uchun va hokazo) ko‘rsatilishi kerak, dori-darmon vositalari buyurilgan hayvonlarning turi va yoshi hamda jinsi bo‘yicha guruhi, ularning inventar raqami, kasal hayvonlar egalarining familiyasi, ismi va otasining ismi (ferma mudirlari, brigadirlar, bosh molboqar va boshqalar) ko‘rsatiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
49. Bitta retseptura blankasiga faqat bitta giyohvandlik vositasini, unga davolovchi vrach belgilaydigan yetti kunlik ehtiyojdan oshmaydigan miqdorda yozib berishga ruxsat etiladi. Retseptda qabul qilish chastotasi va uning davom etish muddati ko‘rsatilishi kerak.
50. Giyohvandlik vositalari uchun retseptlar o‘n kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
51. Giyohvandlik vositalari uchun retseptlar dorixonalardan giyohvandlik vositalari berilgan vaqtdan o‘n kundan keyin, giyohvandlik vositalaridan bo‘shagan foydalanilgan ampulalarni majburiy ravishda ko‘rsatgandan keyin qayta yozib berilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
52. Giyohvandlik vositalari uchun retseptlarni o‘rta maxsus ma’lumotli veterinariya mutaxassislari yozib berish huquqiga ega emas.
53. Sanab o‘tilgan talablardan hatto bittasiga javob bermaydigan yoki nomuvofiq dori-darmonlar yozilgan retseptlar haqiqiy hisoblanmaydi.
54. Noto‘g‘ri yozib berilgan retseptlar barcha dorixonada qoladi, “Retsept haqiqiy emas” shtampi bilan bekor qilinadi, maxsus daftarlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi, ular to‘g‘risidagi axborot retseptlarni yozib berish qoidasini buzgan xodimga nisbatan qattiq intizomiy choralar ko‘rish uchun davlat veterinariya xizmatining tegishli hududiy organiga beriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
55. Ular bo‘yicha tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan dorilar olingan retseptlar dorixona muassasalarida seyflarda yoki metall shkaflarda 5 yil mobaynida saqlanadi.
Veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy o‘quv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida giyohvandlik vositalarini saqlash, berish va hisobga olish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
56. Ilmiy-tadqiqot institutlarida, oliy o‘quv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida foydalaniladigan giyohvandlik vositalari alohida jihozlangan xonalarda saqlanadi. Bunda giyohvandlik vositalarining yopiq, so‘rg‘ichlangan seyflarda saqlanishi ta’minlanadi.
57. Tekshirish uchun mas’ul ijrochiga berilgan giyohvandlik vositalari yoki tarkibida ular mavjud bo‘lgan dorilar tekshiruvchida boshqa vositalardan ajratilgan holda saqlanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
58. Giyohvandlik vositalarini saqlash uchun laboratoriya (bo‘lim) mudiri yoki muassasa bo‘yicha tegishli buyruq bilan bunga vakolatlangan shaxs javobgar hisoblanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
59. Har bir veterinariya ilmiy tashkiloti, oliy ta’lim muassasasi (tashkiloti) va sinov laboratoriyasida bir oyda kamida bir marta muassasalarda giyohvandlik vositalarini saqlash holatini, hisobga olinishi va sarflanishini tekshiradigan, muassasa rahbari buyrug‘i bilan tayinlanadigan doimiy ishlovchi komissiya tuziladi. Tekshirishlar natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Giyohvandlik vositalarining daftarda qayd etilgan qoldig‘i amalda mavjud bo‘lgan miqdoriga mos bo‘lmagan taqdirda komissiya bir sutka mobaynida bu to‘g‘rida davlat veterinariya xizmati boshqarmasi organini, zarurat bo‘lganda ichki ishlar organini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
60. Giyohvandlik vositalari tekshirish uchun veterinariya farmatsevtika tashkilotlari (veterinariya preparatlari ombori (bazasi)dan, dorixonadan) va korxonalaridan to‘liq uch marta tekshiruv o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan miqdorda kelib tushishi kerak. Giyohvandlik vositalarini tekshirish tugagandan keyin ularning qoldig‘i 3 oy mobaynida saqlanadi, so‘ngra ular dalolatnoma bo‘yicha farmatsevtika tashkilotlari va korxonalariga qaytariladi.
61. Joriy ishlar uchun giyohvandlik vositalarini berish faqat mas’ul ijrochi buyurtmanomasiga binoan laboratoriya (bo‘lim) mudiri yoki kafedra mudirining yozma ruxsati bo‘yicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
62. Giyohvandlik vositalari veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy o‘quv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida mazkur Tartibga 10 va 11-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha, alohida, nomerlangan va ip o‘tkazib tikilgan daftarda tashkilot rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan ashyoviy-miqdor bo‘yicha hisobga olinishi kerak.
Veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida giyohvandlik vositalarini saqlash, berish, hisobga olish va sotish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
63. Veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida giyohvandlik vositalari alohida jihozlangan, ish kuni tugagandan keyin yopiladigan xonalarda joylashgan, muhrlanadigan yoki so‘rg‘ichlanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
64. Giyohvandlik vositalarini saqlash uchun korxona rahbari yoki korxona bo‘yicha buyruq bilan vakolatlangan shaxs javobgar hisoblanadi.
65. Giyohvandlik vositalari kelib tushganda korxona rahbari (yoki bunga vakolatli shaxs) olingan vositalar miqdorining ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligini shaxsan tekshirishi shart.
66. Ishlab chiqarish bo‘limiga (sexga) giyohvandlik vositalari korxona rahbari yoki uning o‘rinbosari ruxsati bilan, bir turkumdagi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan miqdorda, yuk xati bo‘yicha beriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
67. Giyohvandlik vositalari, dori-darmon vositalari turidan qat’i nazar, omborlarda va bo‘limlarda (sexlarda) nomerlangan va ip o‘tkazib tikilgan, yuqori tashkilot rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan daftarda hisobga olinadi. Ombordagi hisobga olish daftari veterinariya preparatlari omborlari (bazalari) uchun tasdiqlangan shakl bo‘yicha, bo‘limlarda (sexlarda) esa — ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarni hisobga olishning belgilangan shakllari bo‘yicha yuritiladi.
68. Tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan notugal ishlab chiqarilgan dori-darmonlar (eritmalar, tabletkalar uchun aralashmalar va boshqalar)ni saqlash uchun bo‘lim (sex) mudiri javob beradi.
Tayyorlangan va ichki idoraviy nazorat xizmati tomonidan sotishga ruxsat berilgan tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan mahsulotlar shu kunning o‘zida korxonaning tayyor mahsulotlar omboriga berilishi kerak.
III. Psixotrop moddalarni saqlash, berish, sotish va hisobga olish tartibi
Veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida), veterinariya dorixonalarida, veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalarida, veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy o‘quv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida psixotrop moddalarni saqlash, hisobga olish va berish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
69. O‘zbekiston Respublikasida nazorat qilinadigan psixotrop moddalar veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida) seyflarda yoki metall shkaflarda saqlanadi. Ishlar tugagandan keyin shkaflar va kirish eshigi qulflanadi, muhrlanadi yoki so‘rg‘ichlanadi.
70. Veterinariya dorixonalarida, veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalarida, veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida va sinov laboratoriyalarida psixotrop moddalar qulflangan metall shkaflarda saqlanadi.
Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik fermalari hamda xo‘jaliklar va korxonalar bo‘limlarining davolovchi veterinariya vrachlari va feldsherlarida psixotrop moddalar qulflanadigan shkafda saqlanishi mumkin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Psixotrop moddalar saqlanadigan shkaflar ish kuni tugagandan keyin qulflanishi, muhrlanishi yoki so‘rg‘ichlanishi kerak.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
71. Psixotrop moddalar uchun retseptlar veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, xo‘jalik yoki korxona veterinariya xizmati shtampi va muhri, uni yozib bergan vrachning imzosi mavjud bo‘lgan, retseptlar litsenziyaga ega bo‘lgan xususiy ravishda ishlaydigan veterinariya vrachi tomonidan yozib berilganda esa — uning shaxsiy muhri, manzili va telefon raqami mavjud bo‘lgan retseptura blankalariga yoziladi. Bitta retseptura blankasiga O‘zbekiston Respublikasida nazoratda bo‘lgan faqat bitta psixotrop modda unga bo‘lgan oylik ehtiyojdan oshmaydigan miqdorda yozib berilishiga ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
72. Tarkibida psixotrop moddalar bo‘lgan dori-darmon vositalari uchun retseptlar yozib berishda, veterinariya vrachlari psixotrop moddalarning nomini retseptning boshiga, undan keyin esa qolgan boshqa ingrediyentlarni yozishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
73. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik fermalari, xo‘jaliklar va korxonalar bo‘limlarining davolovchi veterinariya vrachlaridagi psixotrop moddalar zaxirasi ularga bo‘lgan ikki haftalik ehtiyojdan oshmasligi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
74. Veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalarida O‘zbekiston Respublikasida nazoratda bo‘lgan psixotrop moddalarni saqlash va davolovchi veterinariya vrachlariga va feldsherlarga berish uchun muassasa, xo‘jalik yoki korxona veterinariya xizmati rahbari, veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida), veterinariya dorixonalarida — moddiy javobgar shaxs mas’ul hisoblanadi. Veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy o‘quv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida psixotrop moddalarni saqlash, hisobga olish uchun ularning rahbari buyrug‘i bilan tayinlangan shaxslar mas’ul hisoblanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
75. Psixotrop moddalar dorixonalardan qat’iy ravishda veterinariya vrachi retsepti bo‘yicha beriladi. Psixotrop moddalar uchun retseptlar bir oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
76. O‘zbekiston Respublikasida nazoratda bo‘lgan psixotrop moddalar uchun retseptlar dorixonalarda qoladi va bir yil mobaynida saqlanadi. Saqlash muddati tugagandan keyin retseptlar dalolatnoma tuzgan holda yo‘q qilinadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
77. Dorixonada tarkibida psixotrop moddalar bo‘lgan dorilar uchun retseptlarni qabul qilishda kasal hayvonning turi va yoshini hamda dozalashning to‘g‘riligini aniqlash zarur.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
78. O‘zbekiston Respublikasida nazoratda bo‘lgan psixotrop moddalar nomerlangan, ip o‘tkazib tikilgan, rahbarning imzosi va muassasa yoki yuqori tashkilot muhri bilan tasdiqlangan (mazkur Tartibga 12-ilova) maxsus daftarda ashyoviy-miqdor bo‘yicha hisobda turishi kerak. Har oyning 1-kunida ularning ixtiyoridagi mavjud psixotrop moddalar belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkaziladi va balans tuziladi. Balansdagi ma’lumotlarda normadan ortiqcha sarflashlar yoki o‘tkazilgan xatlov natijasi bilan balans ma’lumotlarida nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, dorixona mudiri uch kun muddatda bu to‘g‘rida yuqori tashkilotga va ichki ishlar organlariga xabar beradi.
O‘zbekiston Respublikasida nazoratda bo‘lgan psixotrop moddalarni veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida saqlash, hisobga olish, berish va sotish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
79. O‘zbekiston Respublikasida nazoratda bo‘lgan psixotrop moddalarni va ularni ishlab chiqarishdagi yarim tayyor mahsulotlar veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida ish tamom bo‘lgandan keyin moddiy javobgar shaxs tomonidan qulflanadigan, muhrlanadigan yoki so‘rg‘ichlanadigan, alohida jihozlangan xonalarda joylashgan seyflarda yoki metall shkaflarda saqlanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
80. Ko‘rsatib o‘tilgan korxonalarda psixotrop moddalar ashyoviy-miqdor bo‘yicha hisobda turishi kerak. O‘zbekiston Respublikasida nazoratda bo‘lgan psixotrop moddalar hisobi nomerlangan, korxona rahbarining yoki korxona bo‘yicha buyruq bilan vakolatlangan lavozimli shaxsning imzosi va muhr bilan tasdiqlangan alohida daftarlarda yuritiladi. Omborlarda hisobga olish daftari mazkur Tartibga 13-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha, bo‘limlarda (sexlarda) esa — ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarni hisobga olishning belgilangan shakli bo‘yicha yuritiladi.
81. O‘zbekiston Respublikasida nazoratda bo‘lgan psixotrop moddalar tayyor dori-darmonlar tayyorlash uchun omborlardan korxona rahbarining ruxsati bilan, sex boshlig‘ining yuk xati bo‘yicha beriladi.
IV. Prekursorlarni saqlash, berish, hisobga olish va sotish tartibi
Veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida), veterinariya dorixonalarida, laboratoriyalarda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy o‘quv yurtlarida, davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalarida prekursorlarni saqlash, berish, hisobga olish va sotish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
82. Veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida), veterinariya dorixonalarida, laboratoriyalarda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy o‘quv yurtlarida, davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalarida qo‘llaniladigan prekursorlar ularning saqlanishini ta’minlaydigan xonalarda saqlanishi kerak. Bir qator agressiv va tez o‘t oladigan prekursorlarni (sirka kislotasi angidridi, atseton, etil efiri, xlorid kislota, fenilsirka kislotasi, sulfat kislota, toluolni) saqlashda ularning fizik-kimyoviy xossalari ham hisobga olinishi kerak.
83. Tayyor dorivor vositalar hisoblanadigan prekursorlar metall shkaflarda saqlanishi kerak.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
84. Laboratoriyalarda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida prekursorlarni saqlash, hisobga olish va ulardan oqilona foydalanish uchun — laboratoriya (bo‘lim) rahbari, oliy o‘quv yurtlarida — kafedra mudiri, dorixonada — dorixona mudiri, davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalarida —muassasaning yoki xo‘jalik yoxud korxona veterinariya xizmati rahbari mas’ul hisoblanadi. Omborlarda (bazalarda) saqlash uchun mas’ul shaxs (ombor mudiri) mas’ul hisoblanadi.
85. Tez o‘t oladigan prekursorlar zich yopilgan, pishiq shisha yoki metall idishlarda saqlanadi.
86. Prekursorlar joylangan butilkalar, ballonlar va boshqa yirik idishlar balandligi bo‘yicha bir qatorda stellaj polkalarida saqlanishi kerak. Ularni balandligi bo‘yicha bir necha qatorda saqlash taqiqlanadi. Ushbu moddalarni isitish priborlari yonida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Stellaj yoki shtabeldan isituvchi elementgacha bo‘lgan masofa kamida 1 metr bo‘lishi kerak.
87. Tez o‘t oladigan suyuqliklar laboratoriyalarda ichki tomoni asbest yoki shishatola bilan qoplangan metall yashiklarda saqlanadi. Ularning ichki tomonida saqlanayotgan moddalarning laboratoriya (bo‘lim) rahbari imzolagan ro‘yxati yopishtirilgan bo‘lishi kerak. Idishlarning ko‘pi bilan uchdan ikki qismi suyuqlik bilan to‘ldirilgan bo‘lishi kerak. Yashik qopqog‘ining tashqi tomonida “Tez o‘t oladigan suyuqlik” yozuvi bo‘lishi, yashik qulflanishi kerak.
88. Tez o‘t oladigan prekursorlarni mineral kislotalar (ayniqsa oltingugurt va azot kislotalari), qisilgan va suyultirilgan gazlar, yonuvchi moddalar (o‘simlik yog‘i, oltingugurt, bog‘lash materiallari), shuningdek organik moddalar bilan birgalikda portlovchi aralashmalar (kaliy xlorat, kaliy permanganat, kaliy xromat va boshqalar) hosil qiluvchi noorganik tuzlar bilan birga saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
89. Prekursorlar bilan ishlashda (qadoqlash, tashish, yuklash va boshqalar) ehtiyot bo‘lish, shuningdek idishning holatini, uning zichligi va sozligini doimo kuzatib borish zarur. Idishda nuqson va nosozliklar mavjud bo‘lganda darhol ularni bartaraf etish choralari ko‘rilishi yoki undagi moddalar boshqa nuqsonsiz idishga qayta joylanishi kerak.
90. Bochkalar qopqoqlarining faqat urilganda uchqun chiqarmaydigan yumshoq metalldan tayyorlangan asboblar bilan ochilishi va yopilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bochkalarni yumalatishda va ularni omborga joylashda bochkaga urilish va uchqun hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ehtiyot bo‘lish zarur. Polga to‘kilgan suyuqlik darhol yo‘qotilishi kerak.
91. Ayrim tez o‘t oladigan prekursorlar (etil efiri va boshqalar) saqlash chog‘ida statik elektr hosil qilish xususiyatiga egadir, uning uchquni suyuqlikni yondirishi mumkin. Shu sababli omborda bunday suyuqliklarni qadoqlash yong‘indan saqlash vositalari bilan jihozlangan alohida xonalarda amalga oshirilishi lozim. Ularni quyish va metall idishlarga joylashda idishlar yerga tegib turishi kerak.
92. Prekursorlar joylangan idishlar (shtanglaslar, tunuka barabanlar, shisha idishlar va boshqalar) ushbu moddalar bug‘larining havoga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zich yopilishi zarur.
93. Etil efiri fabrika idishida, qorong‘i, salqin joyda (olovdan va isitish priborlaridan uzoqda) saqlanadi.
94. Etil efiri bilan ishlashda silkinishga, urilishga, ishqalanishga va shu kabilarga yo‘l qo‘yilmaydi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
95. Kaliy permanganatni omborlarda maxsus bo‘lmada tunuka barabanlarda, dorixonalarda esa — tiqinli shtanglaslarda, yuqorida qayd etilgan vositalardan alohida saqlash lozim. Uning tez o‘t oladigan va yonilg‘i moddalari bilan birga saqlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kaliy permanganat joylangan tunuka barabanlar va shtanglaslar ishqalanishga yo‘l qo‘ymagan holda, changdan ehtiyotkorlik bilan o‘z vaqtida tozalanadi.
96. Oltingugurt kislotasini saqlashda uning yog‘och qirindisi, poxol va boshqa organik moddalarga tegib turishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish kerak.
97. Laboratoriya xonalarining yong‘in xavfsizligini baholash ularda saqlanadigan va foydalaniladigan kimyoviy moddalarning portlash va yonuvchanlik xossalariga asoslanadi. Laboratoriyalarda yonuvchan inventarlar (shkaflar, stollar va shu kabilar)ning mavjud bo‘lishi ularda alohida xavf tug‘diradi. Bunday xonalar yong‘inga xavfli hisoblanadi, ular o‘t o‘chirgichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. O‘t o‘chirgich laboratoriyaning har bir xonasida bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, har qaysi laboratoriyada prekursorlarni so‘ndirishda foydalaniladigan quruq qum to‘ldirilgan yashik bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
98. Dorixonalarda tabiiy permanganatni 5 grammgacha va sulfat kislotaning 1—6 foizli eritmasini 250 milligrammgacha miqdorda retseptsiz berishga ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
99. Veterinariya maqsadlarida qo‘llaniladigan boshqa prekursorlar faqat veterinariya vrachi retseptlari bo‘yicha berilishi hamda maxsus daftarda ashyoviy-miqdor bo‘yicha hisobga olinishi, nomerlangan, ip o‘tkazib tikilgan, muhrlangan va tashkilot rahbari imzosi qo‘yilgan bo‘lishi kerak (ushbu Tartibga 14-ilova).
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
100. Ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, oliy-o‘quv yurtlari, dorixonalar va boshqa tashkilotlar omborlarida ilmiy tekshirish va diagnostika maqsadlarida qo‘llaniladigan prekursorlar nomerlangan, ip o‘tkazib tikilgan, muhrlangan va tashkilot rahbari imzosi qo‘yilgan maxsus daftarda hisobga olinishi kerak (ushbu Tartibga 15-ilova).
101. Har qaysi oyning 1-kunida prekursorlar belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkaziladi va balans tuziladi. Balansdagi ma’lumotlarda normadan ortiqcha sarflanganlik yoki balans ma’lumotlarining o‘tkazilgan xatlov natijalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda muassasa rahbari ular qayd etilgandan keyin uch kun muddatda bu haqda o‘zining yuqori tashkilotiga va ichki ishlar organlariga xabar qiladi.
Veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida prekursorlarni saqlash, hisobga olish va berish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
102. Veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida prekursorlarni ishlab chiqarish, saqlash, foydalanish, berish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish amaldagi texnologik reglamentga, prekursorning mazkur turi bo‘yicha standartga (GOST, RST, OST, TU va STPga) hamda boshqa normativ-texnik hujjatlarga muvofiq kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalarga, moddalarning xavflilik darajasiga bog‘liq holda amalga oshiriladi.
103. Prekursorlar saqlanadigan idishlar plombalangan bo‘lishi kerak.
104. Prekursorlar hisoblanadigan kimyoviy moddalar ishlab chiqariladigan va saqlanadigan ishlab chiqarish xonalari korxona maydonchalarida joylashgan bo‘lishi hamda boshqa ishlab chiqarishlardan normativ hujjatlarda nazarda tutilgan masofada ajratilgan bo‘lishi kerak.
105. Bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi prekursorlarning bitta omborda birga saqlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Mazkur prekursorlarni faqat bitta omborning alohida bo‘linmalarida (seksiyalarida) saqlashga ruxsat etiladi.
106. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan prekursorlar omborlarda yoki ularning saqlanishini ta’minlaydigan maxsus ajratilgan xonalarda saqlanadi. Agar ushbu obyektlarda ishlar uzluksiz xususiyatga ega bo‘lsa yoki ularning faoliyati noaniq vaqtga to‘xtatib qo‘yilsa korxona rahbarlari ularni qo‘riqlash choralarini ko‘rishi, omborlar esa moddiy javobgar shaxs tomonidan muhrlab qo‘yilishi kerak.
107. Prekursorlarni saqlashda ularning portlashiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan changlar bilan ifloslanishiga qarshi choralar ko‘rilishi lozim.
108. Korxona rahbari prekursorlarni ishlab chiqarish, saqlash va ulardan foydalanishning to‘g‘ri tashkil etilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
109. Korxonalarning prekursorlar saqlanadigan omborlarida prekursorning har bir turi uchun hisobga olish kartochkasi yuritilishi kerak, unda majburiy tartibda moddaning miqdori, keltirilgan sanasi, yetkazib beruvchining nomi, kimga, qachon va qancha miqdorda berilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
110. Omborda barcha materiallar, xom ashyo, mahsulotlar ro‘yxati bo‘lishi kerak. Ashyolarni saqlovchi idishlarning tashqi holatini va upakovkasini (butunligini, zichligini, markalanganligini) muntazam ravishda nazorat qilib borishi kerak.
111. Har qaysi omborda ko‘rinarli joyda GOST 12.4.026 “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari”ga muvofiq xavfsizlik belgilari, omborda saqlanadigan materiallarni joylashda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnoma, ushbu materiallarni joylash va saqlash bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar chog‘ida birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
112. Xom ashyo va mahsulotlarni saqlash uchun maydonchalar yog‘in-sochinlardan va quyosh nurlarining bevosita ta’siridan himoyalangan bo‘lishi, yuriladigan qismi sathidan kamida 15 sm balandlikda bo‘lishi hamda suyuqliklar, yog‘in-sochinlar va oqova suvlarning erkin oqib kelishini cheklaydigan qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
113. Kislotalar saqlanadigan ombor boshqa materiallar omborlaridan alohida joylashgan bo‘lishi kerak. Kislotalarning yerto‘lalarda saqlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kislotalar omborlarini shamollatish uchun tabiiy ventilyatsiyadan foydalaniladi.
114. Barcha ombor maydonchalariga erkin kirib borish ta’minlangan bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
115. Xom ashyo va tayyor mahsulotni maxsus maydonchalarda idishlarda saqlash har qaysisida ko‘pi bilan 100 ta idish bo‘lgan guruhlar holida amalga oshiriladi, guruhlar o‘rtasidagi oraliq 1 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Har qaysi guruhda muayyan turdagi mahsulot saqlanishi lozim.
116. Saqlash jarayonida prekursorlarning holati ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi kerak.
117. Sanoat korxonalari sexlarida prekursorlarni hisobga olish belgilangan tartibda ish daftarlarida — har smenada, sexning texnik hisobotlarida — har oyda, yil natijasi bo‘yicha — har chorakda yuritiladi. Texnik hisobotlarda tasdiqlangan normalar bo‘yicha sarflanish va hisobot davridagi prekursor sarfi aks ettiriladi.
V. Maxsus daftarlarni yuritish va saqlash tartibi
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq operatsiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish maxsus daftarlarini yuritish va saqlash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
118. Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish daftarini yuritishadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
119. Yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tkazish daftaridagi yozuvlar asosida belgilangan tartibda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq o‘z faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etishadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
120. Ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 31-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishdagi har qanday operatsiyalar ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida qayd etilishi kerak.
121. Ro‘yxatdan o‘tkazish daftarining shakli yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida yuridik shaxs faoliyati xususiyatlarini hisobga oluvchi va ushbu Tartibda nazarda tutilgan barcha zarur ma’lumotlarni aks ettiruvchi ustunlar bo‘ladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
122. Yuridik shaxs rahbari ro‘yxatdan o‘tkazish daftarini, shu jumladan tarkibiy bo‘linmalarda va filiallarda saqlanishi uchun mas’ul bo‘lgan, zimmasiga ro‘yxatdan o‘tkazish daftarining yuritilishi va saqlanishini nazorat qilish yuklanadigan shaxslarni tayinlaydi.
123. Ro‘yxatdan o‘tkazish daftari ip o‘tkazib bog‘langan, rahbarning imzosi va yuridik shaxsning muhri qo‘yilgan, uning sahifalari nomerlangan bo‘lishi kerak.
124. Ro‘yxatdan o‘tkazish daftaridagi yozuvlar uning yuritilishi va saqlanishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan, bevosita har qaysi operatsiyadan keyin xronologik tartibda, mazkur operatsiyaning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi (ro‘yxatdan o‘tkazish daftarining alohida ustunida ushbu hujjatlarning nomi, tartib raqami va sanasi ko‘rsatiladi).
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari alohida papkaga tikiladi, u ro‘yxatdan o‘tkazish daftari bilan birga saqlanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
125. Ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning ro‘yxatlariga muvofiq ravishda belgilangan tartibda ko‘rsatiladi, qavslarda esa — ular yuridik shaxs tomonidan olingan firmaning nomi qayd etiladi.
126. Ro‘yxatdan o‘tkazish daftaridagi yozuvlarning tartib raqami kalendar yil doirasida ortib boruvchi tartib raqamlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yangi ro‘yxatdan o‘tkazish daftaridagi yozuvlarning tartib raqami to‘lgan daftardagi oxirgi tartib raqamidan keyingi raqamdan boshlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish daftarining joriy kalendar yilda foydalanilmagan sahifalaridan navbatdagi kalendar yilda foydalaniladi. Bunda yozuvlarning tartib raqami 1 raqamidan boshlanadi.
127. Ro‘yxatdan o‘tkazish daftaridagi har bir yozuv uning yuritilishi va saqlanishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning imzosi bilan, uning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan holda tasdiqlanadi.
128. Ro‘yxatdan o‘tkazish daftaridagi tuzatishlar uning yuritilishi va saqlanishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida o‘chirib yozishlarga va tasdiqlanmagan tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
129. Ro‘yxatdan o‘tkazish daftari shkafda saqlanadi, uning kaliti daftarning yuritilishi va saqlanishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxsda turadi.
To‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish daftari belgilangan tartibda saqlanadi.
Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibiga 1-ILOVA
Veterinariya preparatlari omborlari (bazalari)dagi giyohvandlik vositalarini hisobga olish
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga taqdim etiladigan veterinariya preparatlari omborlari (bazalari)dan, veterinariya dorixonalaridan, davolash-profilaktika veterinariya muassasalaridan, xo‘jaliklar va korxonalardan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning talon-toroj qilinishi va o‘g‘irlanishi to‘g‘risidagi navbatdan tashqari
MA’LUMOT
(4-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
№
Nima haqida ma’lumot berilmoqda
Ma’lumotning mazmuni
Ma’lumotni kim taqdim etmoqda
Taqdim etish tartibi
Veterinariya preparatlari omborlari (bazalari)dan, veterinariya dorixonalaridan, davolash-profilaktika veterinariya muassasalaridan, xo‘jaliklar va korxonalardan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning talon-toroj qilinishi va o‘g‘irlanishi to‘g‘risida bildirish
Muassasaning nomi va uning manzili. Giyohvandlik moddalari saqlanishini ta’minlaydigan maxsus vositalar mavjudligi (qo‘riqlash signalizatsiyasi, idoradan tashqari qo‘riqlash, soqchi orqali qo‘riqlash, qo‘riqlash yo‘q). Binoning tavsifi (namunaviy loyiha bo‘yicha qurilgan, moslashtirilgan bino, g‘isht bino, yog‘och bino). Giyohvandlik vositalarini saqlash usullari (maxsus jihozlangan joyda, seyfda, metall javonda va boshqalarda) binoning derazalarida panjara bor-yo‘qligi (ha, yo‘q). O‘g‘irlik sodir etilgan sana, jinoyatchilarning binoga kirish usullari, o‘g‘irlangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning nomi hamda ularning soni, o‘g‘irlik to‘g‘risida ichki ishlar organlariga xabar berilgan sana
Davlat veterinariya xizmati hududiy organi rahbari
Bildirishnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga ichki ishlar boshqarmasining hududiy organlariga xabar berish nusxasi ilova qilingan holda yuboriladi.
Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibiga 5-ILOVA
Veterinariya maqsadlari uchun dorivor giyohvandlik vositalariga maxsus dorinoma blankasi
shakli
TARKIBIDA GIYOHVAND MODDA MAVJUD BO‘LGAN VETERINARIYA PREPARATINI OLISH HUQUQINI BERUVCHI DORINOMA
Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibiga 7-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” Rahbar Imzo Muhr 200 __ y. “____” _______________
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga dorinomalarni yo‘q qilish
DALOLATNOMASI
Quyidagi tarkibdagi komissiya (kamida 3 kishi) F.I.O., lavozimi
Yil, kun, oy
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga dorinomalarni yo‘q qildim:
Seriya raqami
Miqdori (yozuv bilan)
Dorinomalar yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.
Komissiya a’zolarining imzolari:
Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibiga 8-ILOVA
Davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik fermalari hamda xo‘jaliklar va korxonalar bo‘limlarining davolovchi veterinariya vrachlari va feldsherlaridagi giyohvandlik vositalarini hisobga olish
Moddaning nomi ___________________________ O‘lchov birligi _____________________________
Oy
Oy boshiga qoldiq
KIRIM
Qoldiq bilan birga bir oydagi jami kirim
CHIQIM
Bir oydagi jami chiqim
Qoldiq
Moddiy javobgar shaxsning imzosi
Kimdan olingan
Hujjat-ning raqami va sana
Miqdori
Kimga berilgan
Hujjat-ning raqami va sana
Miqdori
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 17-18-son, 147-modda; 2017-y., 33-son, 857-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)