Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.06.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli “Neft-gaz tarmogʻida litsenziyalash tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznesni yuritishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 3-ilova berilmaydi.
2. Komissiya:
ikki hafta muddatda Komissiya toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ikki oy muddatda mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalarni xatlovdan oʻtkazsin, ularning amal qilish muddati Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiqlashtirilishini hamda litsenziatlar bilan litsenziya bitimlari tuzilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 9-iyul,
310-son
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 9-iyuldagi
310-son qaroriga
1-ILOVA
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Neft, gaz (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi) hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish boʻyicha faoliyat litsenziyalanishi kerak.
3. Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish boʻyicha faoliyat faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
5. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatlarni qabul qilish, ular boʻyicha ekspert xulosalari tayyorlash, litsenziyalarni berish, litsenziya bitimi tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish uchun Komissiya huzurida “Oʻzdavneftgazinspeksiya” hamda davlat boshqaruvi boshqa organlari mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda ishchi guruh deb yuritiladi) tuziladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
7. Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga berilishi mumkin.
II. Litsenziya talablari va shartlari
8. Quyidagilar neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziat tomonidan neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek amaldagi ekologiya, sanitariya, metrologiya, yongʻindan saqlash va texnik normalar, normativlar va qoidalarga rioya etish;
b) yuridik shaxs shtatida litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha tegishli maʼlumotga va kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar va injener-texnik xodimlarning, shuningdek maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xizmat koʻrsatuvchi texnik xodimlarning mavjud boʻlishi;
v) qazib olinadigan va sotiladigan mahsulot turlariga sifat sertifikatining mavjudligi va ularning amalda sifat sertifikatiga muvofiqligi;
g) faoliyatning litsenziyalanayotgan aniq turini amalga oshirish, shu jumladan tegishli moddiy-texnika bazasidan, neft omboridan va yonilgʻi quyish asbob-uskunalaridan, boshqa texnika vositalaridan foydalanish uchun sharoitlarning yaratilganligi;
d) litsenziat tomonidan davlat siri hisoblanadigan maʼlumotlardan foydalanish bilan bogʻliq ishlar bajarilgan taqdirda rejim organining mavjudligi;
e) litsenziya talabgoriga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan, litsenziyalanadigan faoliyat turini amaldagi normalar va qoidalar talablariga muvofiq toʻliq hajmda bajarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazasining (binolar, xonalar, qurilish mashinalari, mexanizmlar va transport, asboblar, energetika qurilmalari, nazorat va oʻlchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlar) mavjud boʻlishi.
9. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 8-bandida sanab oʻtilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
10. Rahbarlarga, xodimlarga, moddiy-texnik bazaga, asbob-uskunalarga va neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish boʻyicha faoliyatning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa texnika vositalariga minimal talablar Komissiya tomonidan belgilanadi.
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqamining nomeri, litsenziya berish toʻgʻrisida faoliyatning (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanadigan turi;
(11-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
b) yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(11-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
v) litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizaning litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
g) litsenziya talabgori xodimlarining litsenziya talablari va shartlariga muvofiq keluvchi malakaga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, shu jumladan shtatdagi xodimlarning egallab turgan lavozimlari, maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi, mutaxassisligi boʻyicha ish staji koʻrsatilgan roʻyxati;
d) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan qurilish mashinalari, mexanizmlar va transport, asboblar, elektr qurilmalari, nazorat va oʻlchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlarga egalik huquqining yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
(11-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
e) Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining litsenziya talabgori moddiy-texnika bazasining mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonun hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek xodimlarning bilimlari tekshirilganligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
(11-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
j) “Oʻzdavneftgazinspeksiya”ning oʻrnatilgan texnologiya jarayonlarining va texnologiya asbob-uskunalari ahvolining amaldagi normalar va qoidalarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
z) Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining moddiy-texnika bazasi va ishlarni amalga oshirish texnologiyasining tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
(11-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
i) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yongʻin nazorati organlarining texnika bazasining va xodimlarning yongʻindan saqlash talablariga muvofiqligi va tayyorlanganligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
111. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
12. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
14. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar Komissiya huzuridagi ishchi guruh rahbari tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi). Ishchi guruh rahbari vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan belgilangan tartibda belgilanadigan shaxs bajaradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-sentabrdagi 213-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 394-modda)
15. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizaning koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish yuzasidan hujjatlarning koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
16. Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish muddati litsenziya olishga ariza va barcha zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab oʻttiz kunni tashkil qiladi.
17. Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosa tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni qaror protokolining tegishli loyihasi bilan birga Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya ishchi guruh taklifi olingandan keyin oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
18. Ishchi guruh litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
19. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ hamda litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
neft, gaz (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi) hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish boʻyicha faoliyat xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar.
Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya bitimi ishchi guruh rahbari tomonidan imzolanadi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
20. Litsenziya belgilangan shakldagi blankalarda ishchi guruh tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Litsenziyalar blankalarini tayyorlash, ularni hisobga olish, saqlash va rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 200-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
21. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Davlat boji summasi davlat budjetiga oʻtkaziladi.
22. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
23. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek ishchi guruh mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
24. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
25. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni qaror protokolining tegishli loyihasi bilan birgalikda Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya ishchi guruh taklifi olingandan keyin toʻrt kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
26. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda ishchi guruhga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
27. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
28. Ishchi guruh litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish ishchi guruh tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
29. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
30. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
31. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi guruh:
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻraydi va oladi;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzadi;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
Komissiyaga litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Davlat nazorat organlari, shuningdek davlat hokimiyati boshqa organlari oʻz vakolatlari doirasida, litsenziya talablari va shartlari buzilishlari aniqlanganda litsenziyalovchi organga aniqlangan buzilishlar va koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida xabar qilishi kerak.
32. Ishchi guruh litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda davlatning tegishli boshqaruv va nazorat organlari mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega. Tekshirishlar natijalari boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
33. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
34. Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
VIII. Litsenziyalar reyestri
35. Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi.
36. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
a) litsenziatlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar: yuridik shaxsning toʻliq va qisqartirilgan nomi, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (roʻyxatdan oʻtkazish sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami), pochta manzili, telefoni va faksi raqami, elektron pochtasi manzili;
b) litsenziyalanayotgan faoliyat turi;
v) litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
g) litsenziyalarning amal qilish muddati;
d) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
e) litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
j) litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi.
37. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish,
qayta ishlash va sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash
sxemasi
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 9-iyuldagi
310-son qaroriga
2-ILOVA
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq ishlar turlarini oʻz ichiga oladi.
2. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
3. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
4. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatlarni qabul qilish, ular boʻyicha xulosalar tayyorlash, litsenziyalarni berish, litsenziya bitimi tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish uchun Komissiya huzurida “Oʻzdavneftgazinspeksiya” hamda davlat boshqaruvi boshqa organlari mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda ishchi guruh deb yuritiladi) tuziladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
5. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirishga litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
6. Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga berilishi mumkin.
II. Litsenziya talablari va shartlari
7. Quyidagilar magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziat tomonidan magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek amaldagi ekologiya, sanitariya, metrologiya, yongʻindan saqlash va texnik normalar, normativlar va qoidalarga rioya etish;
b) yuridik shaxs shtatida litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha tegishli maʼlumotga va kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar va muhandis-texnik xodimlarning, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi texnik xodimlarda maxsus tayyorgarlikning mavjud boʻlishi;
v) faoliyatning litsenziyalanayotgan aniq turini amalga oshirish, shu jumladan tegishli moddiy-texnika bazasi (binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari, texnologiya asbob-uskunalari, transport, nazorat va oʻlchov vositalari, tashkiliy texnika, kompyuterlar, normativ-texnik hujjatlar)dan va boshqa texnika vositalaridan foydalanish uchun sharoitlarning yaratilganligi;
g) litsenziat tomonidan davlat siri hisoblanadigan maʼlumotlardan foydalanish bilan bogʻliq ishlar bajarilgan taqdirda rejim organining mavjudligi.
8. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 7-bandida sanab oʻtilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
9. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatining tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan rahbarlarga, xodimlarga moddiy-texnik bazaga, asbob-uskunalarga va boshqa texnika vositalariga minimal talablar Komissiya tomonidan belgilanadi.
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
10. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqamining nomeri, litsenziya berish toʻgʻrisida faoliyatning (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanadigan turi;
(10-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
b) yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
v) litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizaning litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
g) litsenziyalanadigan ishlar turlarini bajaradigan mutaxassislar toʻgʻrisida maʼlumotlar (soni, maʼlumoti, mutaxassisligi boʻyicha ish staji);
d) texnik jihatdan jihozlanganligi va litsenziyalanadigan ishlarni bajarish boʻyicha normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
e) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishda foydalaniladigan binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologiya asbob-uskunalariga egalik huquqining yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
j) Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining litsenziya talabgori moddiy-texnika bazasining mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonun hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek xodimlarning bilimlari tekshirilganligi toʻgʻrisidagi xulosasi (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish faoliyati bundan mustasno);
(10-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
z) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining texnologiya jarayonlarining va texnologiya asbob-uskunalari ahvolining amaldagi normalar va qoidalarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish faoliyati bundan mustasno);
i) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlarining moddiy-texnik baza va ishlarni amalga oshirish texnologiyasining tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi(magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish faoliyati bundan mustasno);
(10-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
k) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yongʻin nazorati organlarining texnik bazaning yongʻindan saqlash normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi va xodimlarning ular boʻyicha tayyorgarlik darajasi toʻgʻrisidagi xulosasi;
l) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining moddiy-texnik bazaning, ishlarni amalga oshirish texnologiyasining loyihalashtirish va qurilish boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyati bundan mustasno);
m) litsenziyalanadigan ishlarning nazoratini va qabul qilinishini tashkil etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
11. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
13. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar Komissiya huzuridagi ishchi guruh rahbari tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi). Ishchi guruh rahbari vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan belgilangan tartibda belgilanadigan shaxs bajaradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-sentabrdagi 213-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 39-son, 394-modda)
14. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizaning koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish yuzasidan hujjatlarning koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
IV. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
15. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 2-ilovaga binoan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish muddati litsenziya olishga ariza va barcha zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab oʻttiz kunni tashkil qiladi.
16. Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab oʻn besh kundan oshmaydigan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular yuzasidan ekspert xulosa tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni qaror protokolining tegishli loyihasi bilan birga Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya ishchi guruh taklifi olingandan keyin oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
17. Ishchi guruh litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
18. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ hamda litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyati xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar.
Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya bitimini ishchi guruh rahbari imzolaydi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
19. Litsenziya belgilangan shakldagi blankalarda ishchi guruh tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Litsenziyalar blankalarini tayyorlash, ularni hisobga olish, saqlash va rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 200-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Davlat boji summasi davlat budjetiga oʻtkaziladi.
21. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
22. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek ishchi guruh mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
23. Litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda, tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
24. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ular yuzasidan ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni qarorning tegishli protokoli loyihasi bilan birgalikda Komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Komissiya ishchi guruh taklifi olingandan keyin toʻrt kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishni uzaytirish, dublikat berish
(V boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
25. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
26. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
27. Ishchi guruh litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish ishchi guruh tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
29. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
30. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash uchun ishchi guruh:
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻraydi va oladi;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzadi;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
Komissiyaga litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Davlat nazorat organlari, shuningdek davlat hokimiyati boshqa organlari oʻz vakolatlari doirasida, litsenziya talablari va shartlari buzilishlari aniqlanganda litsenziyalovchi organga aniqlangan buzilishlar va koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida xabar qilishi shart.
31. Ishchi guruh litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda “Oʻzdavneftgazinspeksiya” mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega. Tekshirishlar natijalari boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
32. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
33. Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
VIII. Litsenziyalar reyestri
34. Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi.
35. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
a) litsenziatlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar:
toʻliq va qisqartirilgan nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (roʻyxatdan oʻtkazish sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami), pochta manzili, telefoni va faksi raqami, elektron pochtasi manzili;
b) litsenziyalanayotgan faoliyat turi;
v) litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
(35-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
d) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
e) litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
j) litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi.
36. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft
mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish,
ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatiga tegishli ish turlari
roʻyxati
Davlat ahamiyatiga ega boʻlgan ishlar:
magistral gaz quvurlarini loyihalashtirish
neft quvurlarini loyihalashtirish
neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish
magistral gaz quvurlarini qurish
neft quvurlarini qurish
neft mahsulotlari quvurlarini qurish
magistral gaz quvurlaridan foydalanish
neft quvurlaridan foydalanish
neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanish
magistral gaz quvurlarini taʼmirlash
neft quvurlarini taʼmirlash
neft mahsulotlari quvurlarini taʼmirlash
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft
mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 110-modda; 2004-y., 28-son, 321-modda, 30-son, 344-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2007-y., 19-20-son, 196-modda; 2008-y., 39-son, 394-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)