Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Birja faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi birja faoliyatini (valyuta birjalari faoliyati bundan mustasno) tartibga soluvchi vakolatli davlat organi etib belgilansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi birja faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilotlarni 2003-yil 1-aprelgacha mazkur qaror talablariga muvofiq litsenziyalasin.
Belgilab qoʻyilsinki, 2003-yil 1-aprelgacha tegishli litsenziya olmagan birjalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq birja faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum etiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ikki hafta muddatda litsenziyalar berish yuzasidan xulosalar tayyorlash boʻyicha ekspert komissiya toʻgʻrisidagi nizomni hamda ekspert komissiyaning shaxsiy tarkibini tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida xodimlarning belgilangan soni doirasida xodimlarining cheklangan soni 3 nafardan iborat Birja faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boʻlimi tashkil etilsin, unga quyidagi funksiyalar yuklansin:
litsenziya talabgorlarining arizalarini qabul qilish, litsenziyalarni rasmiylashtirish va berish, litsenziya bitimlari tuzish;
birja faoliyati monitoringini olib borish;
birjalar tomonidan birja faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, birja savdolari qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 4-fevral,
66-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 25-modda; 2004-y., 32-son, 364-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 46-47-son, 458-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)